• Auditorlik tekshiruvlari ish sifatni nazorat qilish yo’llari Reja
  • Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning tamoyillari va bosqichlari
  • Referat bajardi: sst-2S-02-21 gurux talabasi Sotqinov Zoxidjon Qabul qildi: Toshkent 2024




    Download 28,83 Kb.
    bet1/2
    Sana14.05.2024
    Hajmi28,83 Kb.
    #231627
    TuriReferat
      1   2
    Bog'liq
    Auditorlik tekshiruvlari ish sifatni nazorat qilish yo’llari


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

    _____________________________________________ FANIDAN


    REFERAT

    Bajardi: SST-2S-02-21 gurux talabasi


    Sotqinov Zoxidjon
    Qabul qildi: __________________

    Toshkent 2024



    Auditorlik tekshiruvlari ish sifatni nazorat qilish yo’llari
    Reja

    1. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning tamoyillari va bosqichlari

    2. Audit tekshiruvini dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi

    3. Audit teks hiruvining umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari

    4. Auditorlik xizmati ko’rsatish haqida shartnoma xujjatlarini tuzish


    Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning tamoyillari va
    bosqichlari
    Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi mumkin.
    «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagi iqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak:
    aktsiyadorlik jamiyatlari; o banklar va boshqa kredit tashkilotlari; o sug’urta tashkilotlari;
    investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari; o manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish
    xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; o mablag’larning hosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar; o ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.
    Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha yillik moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazmagan va auditorlik xulosasiga ega bo’lmasa, u majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlagan hisoblanadi.
    «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 10-moddasiga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar oldingi yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning 1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan o’tkazadilar. Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15 kun ichida tegishli soliq organlariga topshirishi lozim. Agar auditorlik xulosasining bunday nusxasini soliq organiga o’z vaqtida taqdim etilmasa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq organiga buning sababi ko’rsatilgan tushuntirish xati taqdim etadi.
    Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq organi tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to’lanib, to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z vaqtida to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so’zsiz undirib olinadi.
    Jarima undirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvdan o’tishdan ozod qilmaydi.
    2018 yilning sentyabr oyida Prezident auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga doir qarorni imzolagan edi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi (2019 va 2020 yillardan, tahr.), sababi buning uchun jumladan qonunlarga tuzatishlar tayyorlash va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish lozim edi.
    Xususan, uning bandlaridan biri bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab hisobot yili yakuni boʻyicha quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim:
    aktivlarning balans qiymati BHMning 100 000 barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
    mahsulotlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum BHMning 200 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
    хodimlarning oʻrtacha yillik soni 100 kishidan ortiq boʻlsa.
    Biroq qonun hujjatlariga kiritilgan tuzatishlar Prezident qarorining yuqorida koʻrsatilgan normalaridan qator jihatlari bilan farq qiladi:
    birinchidan, faqat bitta mezon - aktivlarning balans qiymati belgilangan. Har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun u BHMning 100 ming barobar miqdoridan , ya’ni 22 300,0 mln soʻmdan (material e’lon qilingan sanada) ortiq boʻlishi kerak. Tushum va хodimlarning oʻrtacha yillik soni bu holatda inobatga olinmaydi.

    ikkinchidan, tuzatishlar qarordan kelib chiqqanidek tijorat tashkilotlarining barchasiga ham emas, balki faqat mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarga taalluqli. Aksiyadorlik jamiyatlari, kredit va sugʻurta tashkilotlari, investitsiya fondlari, birjalar, davlatga tegishli ulushga ega sub’yektlar va DUKlarni ham esdan chiqarmaslik kerak (“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi);


    uchinchidan, oʻzgartirishlar 1 yanvardan emas, balki 2020 yilning 24 martidan amalga kiritiladi (tuzatishlar e’lon qilingandan e’tiboran uch oy oʻtgach, tahr.).
    2021 yil 25 fevral kuni «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Quyida yangi hujjatda keltirilgan ayrim muhim jihatlar haqida ma'lumot beriladi.
    Yangi qonunning ahamiyati nimada?
    Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sharofiddin Haydarov «O‘zbekiston 24»ga bergan intervyusida mazkur qonunda ko‘zda tutilgan bir necha masalalarga to‘xtalib o‘tgan. 
    «Qonun bilan auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish belgilanmoqda. Bu O‘zbekistondagi auditorlik faoliyatimizning xalqaro amaliyotdagi, rivojlangan davlatlardagi audit faoliyati bilan bir xilligi ta'minlanishiga olib keladi, degani.
    Mazkur qonun to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan hujjat sifatida qabul qilindi. Demak, barcha qonun osti hujjatlari, auditorlik sohasiga tegishli hujjatlar bitta tizimga tizimlashtirilib, yaxlit bir hujjat shaklida qonunda namoyon bo‘ldi», – dedi vazirlik vakili.
    Auditorlik faoliyati bo‘yicha Moliya vazirligi vakolatlari
    Moliya vazirligi vakolatli organ sifatida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi. Auditorlarga malaka sertifikatini beradi. Ularning reyestrini yuritadi.
    Respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlar malaka oshirishining namunaviy dasturini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, vazirlik auditorlik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi mas'ul idora sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
    Markaziy bank vakolatlari
    Qonun bilan O‘zbekiston Markaziy bankining vakolatlari ham belgilangan. Unga ko‘ra, Markaziy bank banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
    Banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi va uni beradi.
    Banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
    Auditorlik tekshiruvlari
    Qonunda auditorlik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar auditorlik tekshiruvlari hamda turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkinligi belgilangan.
    Auditorlik tekshiruvlari o‘z navbatida majburiy va tashabbus tarzidagi tekshiruvlarga ajratilgan.
    Shuningdek, hujjatda auditorlik tashkilotlari tomonidan turdosh xizmatlarni ko‘rsatish ham belgilangan. Xususan, moliyaviy hisobotlarni tuzish, buxgalteriya hisobini yuritish, tiklash, qayta tiklash masalalari ham alohida belgilab o‘tilgan.
    Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
    Qonunda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatiga tegishli alohida normalar kiritildi. Unga ko‘ra, mazkur birlashmalar malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test savollarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
    Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining odob-ahloq standartlari bo‘yicha kengash tomonidan e'lon qilingan professional buxgalterlarni odob-axloq kodeksiga rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta'minlaydi.
    Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a'zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi. Bu auditorlarning manfaatlarini himoya qilishga va ularning malakasini saqlab turish hamda oshirishga qaratilgan faoliyatdir.
    Auditorlik faoliyatiga oid yangi prinsiplar
    Qonunda auditor xolislik bilan tekshiruv o‘tkazishi, u o‘z kasbi bo‘yicha chuqur malakaga ega bo‘lishi, axborotlarning maxfiyligi kabi bir qator yangi prinsiplar joriy qilinmoqda.
    Bu ularning mustaqil holatda tekshiruv o‘tkazishlariga va xolis xulosa berishlariga, auditorlik tekshiruviga aralashuvga chek qo‘yilishiga hamda auditorlar xulosalarining ochiq va shaffofligi ta'minlanishiga olib keladi.
    Hujjatda auditorlar malakasini oshirish tartiblari, malaka sertifikati, uni olish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati belgilab berilgan.
    Qonunning asosiy prinsiplariga muvofiq, auditorlik tashkilotlarining faoliyatiga aralashishga va auditorlik tashkilotiga, shuningdek, uning xodimlariga qanday shaklda bo‘lmasin ta'sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Asosiy qoidalarga ko‘ra, auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
    Manfaatlar to‘qnashuvi va kimlar auditorlik tashkiloti tuza olmasligi haqida
    Qonunga binoan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan auditorlik tashkiloti tashkil etilishi mumkin emas.
    Agarda qaysidir idora yoki davlat organi auditorlik tashkilotini tuzadigan bo‘lsa, bu yerda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladi.
    O‘zining sohasi bo‘yicha kamchiliklarni aniqlashdan u manfaatdor emas. Shu nuqtai nazaridan ana shu davlat organlari va idoralar tomonidan tashkil qilinishining qat'iy ravishda cheklab, taqiqlab qo‘yilishi auditning xolisona, mustaqil faoliyat ko‘rsatishini ta'minlaydi.
    Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida qonunga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek, qonunichilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin emas.
    Qanday hollarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi?
    Qonunda auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydigan norma ham mavjud. Xususan, auditorlik tashkiloti sug‘urtalovchisi, kreditorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan o‘zining muassislari, ishtirokchilari, aksiyadorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan, audit tashkilotlari xodimlari bilan tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektning rahbarlik, moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq lavozimdagi shaxslar o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari mavjud bo‘lganida va shu kabi qator holatlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish taqiqlanadi.
    Shuningdek, auditorlik tashkiloti ketma-ket 7 yildan ko‘proq ayni bir xo‘jalik yurituvchi sub'yektning tekshiruvini o‘tkazishga haqli emas.
    Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    U tashkilotlar ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazishda tahlikali-tahlil natijalariga asoslanadi va tahlil darajasi belgilab olinadi.
    O‘z navbatida qonun bilan xalqaro tajribalar hisobga olingan holda auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar ham o‘rnatildi.
    Avvalroq, auditorlik faoliyatida qanday o‘zgarishlar kutilayotgani, qonunning yangi tahriri senatorlar tomonidan ma'qullangani xabar qilingandi.
    Ma'lumot uchun, «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun ilk bor 2000 yil 26 mayda qabul qilingan. U 9 bob, 29 moddadan iborat bo‘lgan. Qonunning yangi tahriri esa 55 ta moddadan iborat.
    2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 99ta auditorlik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Auditorlar soni esa 572 kishini tashkil qiladi. 19ta mahalliy auditorlik tashkilotlari yirik xalqaro tarmoq va assotsiatsiyalarning a'zolari hisoblanadi.

    Download 28,83 Kb.
      1   2




    Download 28,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat bajardi: sst-2S-02-21 gurux talabasi Sotqinov Zoxidjon Qabul qildi: Toshkent 2024

    Download 28,83 Kb.