• Ushbu Yoriqnomaquyidagi asosiy va muhim ozgartirishlarni oz ichiga oladi
  • Omonat kassalarda omonat operatsiyalarini bajarishda quyidagi hujjatlar yuritiladi
  • Jismoniy shaxslarning omonatlari boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirish va hisobga olish tartibi




    Download 1.05 Mb.
    Sana01.04.2024
    Hajmi1.05 Mb.
    #183916
    Bog'liq
    Jismoniy shaxslarning omonatlari boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirish va hisobga olish tartibi
    html, 4446-Текст статьи-10872-1-10-20211221 (1), 1d26510680dd1768cd12ef25ff414713 O`g`it qo`llash tizimi, test, Законодательное регулирование криптовалют в разных странах, Xushnazarov Azizbek Individual loyiha ishi, Xushnazarov Azizbek Individual loyiha ishi, 2-laboratoriya ishi, p4N7Wpxv6cXNCu3K6sq9mhyoGm8KuSuomcEoW0qI, Қарор

    Jismoniy shaxslarning omonatlari boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirish va hisobga olish tartibi
    O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 22 iyuldagi 19/11-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi Yo'riqnoma 2015 yil 26 avgustda 2711-son bilan Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tdi.

    Ushbu Yo'riqnomaquyidagi asosiy va muhim o'zgartirishlarni o'z ichiga oladi:


    - Omonat bo'linmasi va omonat kassalari kunlik hujjatlarining to'g'ri rasmiylashtirilishini qo'shimcha ravishda tekshiruvdan o'tkazish maqsadida Yakuniy nazorat xizmatini joriy etish;
    - Uzoq vaqt mobaynida talab qilinmayotgan omonatlar bo'yicha nazoratni kuchaytirish va ular bilan ishlashni soddalashtirish maqsadida omonatlarga “harakatsiz omonatlar” maqomini berish muddatini 3 yildan 1 yilgacha tushirish;
    - Xavfsizlik va qulaylik nuqtai nazaridan “xarakatsiz omonatlar” hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalar bajarilmasligi uchun omonatchi kelgunga qadar dasturda omonat bo'linmasi tomonidan ularga ta'qiq qo'yish;
    - Kun davomida ishlatilgan qat'iy hisobda turuvchi blankalar ishlatilishini nazoratga olish maqsadida “Kun davomida ishlatilgan qat'iy hisobda turuvchi blankalarning ishlatilishini nazoratga olish daftari”ni joriy qilish.
    -. Omonat amaliyotlarini takomillashtirish maqsadida Omonat daftarchalarini ham unda ko'rsatilgan shaxslar shaxsan imzo qo'yishi sharti bilan kompьyuterning tegishli dasturi orqali to'ldirilishiga ruxsat berish. Ilgari omonat daftarchasi bundan mustasno edi;
    - Omonat amaliyotlarini takomillashtirish maqsadida muddatli va jamg'arma omonatlar muddati tugaganidan so'ng, ularning muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur omonatlar uchun yangi hisobvaraqlar ochmasdan omonat hisobini avval ochilgan hisobvaraqda davom ettirilishiga ruxsat berish;

    Omonat kassalarda omonat operatsiyalarini bajarishda quyidagi hujjatlar yuritiladi:


    Shaxsiy hisobvaraq varaqchasi Kirim orderi Chiqim orderi «Kun davomida ishlatilgan qat’iy hisobda turuvchi blankalarni hisobini yuritish jadvali» «Yо‘qolgan omonat daftarchalari bо‘yicha arizalarni rо‘yxatga olish daftari»
    Operatsion kundalik Operatsion kundalikka ilova Ishlatilgan qat’iy hisobda turuvchi blankalarni hisobdan chiqarish orderi «Qat’iy hisobda turuvchi blankalarning harakatini hisobga olish daftari» Omonat daftarchasi
    Omonatlar bо‘yicha yuritiladigan hujjatlarni (orderlar bundan mustasno) rasmiylashtirishda yо‘l qо‘yilgan notо‘g‘ri yozuv uni о‘qish imkonini beradigan darajada о‘chirilishi va о‘chirilgan notо‘g‘ri yozuv ustidan (Shaxsiy hisobvaraq varaqchasida bо‘sh joyida yoziladi) tо‘g‘ri ma’lumotlar yozilishi va yozuvga tuzatish kiritgan xodim tuzatish sanasini kо‘rsatib, familiyasi, ismi va otasining ismini yozib, uni imzolashi lozim.
    Orderlarda hech qanday tuzatish, о‘chirishga yо‘l qо‘yilmaydi. Orderlarda biror-bir tuzatish mavjud bо‘lsa, ular bо‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
    Omonat daftarchasida yо‘l qо‘yilgan notо‘g‘ri yozuv ustidan chiziladi va amalga oshiriladigan operatsiya keyingi bо‘sh satrda yozilishi lozim. Tuzatish haqidagi yozuv nazoratchi tomonidan imzolanadi va omonat kassa muhri bilan tasdiqlanadi.
    Barcha qо‘lda yoziladigan hujjatlarga yozuvlar faqat kо‘k yoki qora rangli, siyohli yoki sharikli ruchkada amalga oshiriladi.
    Download 1.05 Mb.




    Download 1.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy shaxslarning omonatlari boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirish va hisobga olish tartibi

    Download 1.05 Mb.