Biznes uchun samarali strategiya ishlap chiqarish




Download 74.7 Kb.
Sana04.04.2024
Hajmi74.7 Kb.
#187845
Bog'liq
Rinat
ИК ИТ Тест 2021 22 Rus, GAZ den SUW dan Elektr energiyasinan qarizdarliq aniqlandi, ЛИЧНЫЙ САЙТ ПЕДАГОГА КАК ОДНО ИЗ УСЛОВИЙ УСПЕШНОЙ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ, 7 азык режим, 12-tema. Iymek sızıqlardan naǵıslar jaratıń, 5-LEK UZB, усим.физиол.биология (3), 15-svodka, 9-Statika. vektorlı simmetrik grafik obiektlerdi jaratıw., Joldasbaeva Uljan kursavoy MB, 1-Xabar sistemaları, Axborot xavfsizligi kafedrasi Tasdiqlayman, Multimediali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar Reja Multimedi, Monika KURS JUMISI MB3 (2), german paper work iot (2) (2)


Biznes uchun samarali strategiya ishlap chiqarish
KIRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, m a’naviy yangilanish uchun keng imkonivatlar yaratildi. Birinchi Prezidentim iz LA. Karimov tom onidan ishtab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o ‘tish tamoyillari, tanlangan yo‘l to‘g‘riligi va ta ’sirchanligi hayot sinovlarida tekshirilib, jarnoatchilik tom onidan m a’qullandi. Hozirgi kunda mazkur tamoyillami amalga oshirish natijasida, 0 ‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti numosabatiari keng joriy etilib, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va sezilarli iqtisodiy o ‘sish amalga oshirilmoqda. AmaSga oshirilgan islohotiar natijasida 2016-yil yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga, jum ladan, sanoat mahsuloti hajmlari - 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari — 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi — 14,4 foizga, xizm atlar — 12,5 foizga o‘sdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta ’minlandi. Inflyatsiya darajasi prognoz param etrlaridan oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi. Ijobiy tarkibiy o ‘zgartirishlar va iqtisodiyotning yuqori o ‘sish sur’atlari tufayli aholining real darom adlari 11 foizga oshdi'. Biznes slrategiyasi - kotnpaniya faoliyatidagi o ‘ta m uhim yo‘nalishlardan biridir. Strategik qarorlar korxona va kom paniyaning ko‘p yillik rivojlanishiga juda m uhim ta’sir ko‘rsat.sa, strategik xatolar esa tuzatib boMmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Korxona faoliyatida esa biznes strategiyasi «shtab funksiyasi» rolini bajaradi. Bu shtabda raqobat fronti kurashining uzoq muddatli rejalari ishlab chiqiladi. Rejali tizirn sharoitida raqobat korxona uchun hech qanday m azm unga ega emas edi. 0 ‘z navbatida strategik rejalashtirish hech qanday jiddiy mazmunga ega boMmagan. Bugun sharoit o‘zgardi va endilikda strategik qarorlarga ega bo‘lmasdan turib, raqobat kurashida g‘olib chiqish mumkin emas,

Strategik sharoitlar: makro, mikro, tarmoqlararo va bozordagi sharoitlar


Biznes g‘oya korxona jalb qilingan (yoki jalb qilinishi kutilayotgan) ishlab chiqarish-tijorat faoliyatining mazmuni va mohiyatini o‘zida ifodalaydi. Unda korxona ko‘zlayotgan ehtiyojlarni qondirish, tijorat omadiga erishish uchun zarurbo‘lgan qobiliyatlar ma’lumoti ko‘r$atiladi. Lekin bunday omadga erishish usuli korxonaning muayyan davrdagi egallab turgan strategik holatlariga chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Korxonaning strategik holatlari biznes g‘oyaning makrosharoitlar, mikrosharoitlar, bozor sharoitlari va tarmoqlararo sharoitlar darajasining mosligi taaJIuqllligi bilan aniqlanadi.
Makrosharoitlar, avvalo biznes g‘oyaning amalga oshirish maqsadini ko‘zda tutib, ularga quyidagilar kiradi:
— ijtimoiy sharoitlar;
— siyosiy sharoitlar; — iqtisodiy sharoitlar;
— texnologik sharoitlar.
Biznes g‘oyaning mikrosharoitlari korxonaning quyidagi tizimlariga asoslanib shakklanadi:
— ishlab chiqarish-texnologik tizim;
— moliyaviy-iqtisodiy tizim;
— boshqaruv tizimi;
— ishlab chiqarishga tayyorlash va marketing tizimi
— korporativ madaniyat tizimi.
Biznes g£oyaning tarmoqlar sharoitlarini amalga oshirish quyidagilar yordamida erishiladi:
— tarmoqning raqobatli muhit tuzilmasi va dinamikasi
— kutilayotgan raqobatning xavfxatari;

— mahsulot o‘mini bosuvchi ishlab chiqaruvchllarning bosimi. Biznes g‘oyaning bozor sharoitlarini amalga oshirish quyidagiiar yordamida erishiladi:


— bozoming salohiyati (hajmi);
bozoning tuzilmasi va biznes g‘oyaning salohiyatli segmenti;
— bozorning yoshi;
— talabning elastikligi;
— bozor omadining asosiy ko‘rsatkichlari. Psixologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, normal fikrlash jarayonida insonlar kiruvchi stimullami verbal harakatga aylantirishar ekan. Insonning absolyut fikrlash doirasi va qobiliyatlarining cheklanganligi shuni ko‘rsatadiki, inson faqatgina malum miqdordagi malumotlami yodlab qolish qobiliyatiga ega xolos. Malum biznes g‘oyani amalga oshirishda, aniq ijtimoiy sharoitlami qay darajada yaxshiligini (yoki yomonligini) miqdor ko‘rsatkichi bilan aniqlash qiyin. Bunday savollarga javob topishda, ko‘pincha qiyosiy shakldagi «juda ko‘proq», «ko‘proq», «ozgina ko'proq» kabi sifat ko‘rsatkichlariga tayangan holda ish yuritish o‘rinli boiadi. Masalan, hozirgi vaqtda biznes g‘oyani amalga oshirishda siyosiy sharoitlar juda yoqimli, yoqimli yoki yoqimsiz deb hisoblash mumkin. Inson psixologiyasi sohasidagi tadqiqot, tajriba va kuzatishlar natijasiga ko‘ra insonning fikrlashi ko‘pgina holatlarda tabiatdan aniq emas, balki taxminiy xarakterga ega boiadi deb aytish mumkin. Inson malum darajada miqdor jihatdan ifodalashi lozim bolgan masalani qiyinchilik bilan yechadi, masalan, biznesga siyosiy sharoitlarning mos kelishi darajasini miqdoriy aniqlash misolida. Bu ko‘rsatkich 1 yoki 0,75 ni tashkil qilishini aniqlash qiyin. Shu bilan birgalikda, inson verbal vaziyatni juda yaxshi tasvirlaydi va «juda yaxshi» siyosiy voqealami «o‘rta» voqealardan qiyinchiliksiz ajratib bera oladi. IJndan tashqari, inson quyidagi fikrlashlami osonlikcha hal qiladi: Agarda: siyosiy vaziyatlar yomon

boIsa va Agarda: iqtisodiy sharoitlar qoniqarsiz bolsa (I) U holda; biznes uchun imkoniyatlar, qiyinchiliklarga nisbatan kamroqdir.



Strategik sharoitlaming auditi
Strategik sharoitlaming auditi har taraflama tahlil javoblariga tayangan holda, korxonaning ahvoli, uning bozori, faoliyat tarmog‘i, shu bilan birga biznesning makro muhitini belgilab beruvchi tashqi sharoitlardan kelib chiqib o‘rganilishi kerak. Bunda, tahlil obyekti, kelgan axborotning haqiqiyligi vaqtincha va jismoniy imkoniyatlardan kelib chiqib, turli xil tadqiqod usullari va modellari qo‘llanilishi mumkin va zarur hisoblanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish-texnologik tizimning tahlili korxonaning moliyaviyiqtisodiy tizimi tahlilidan farqli ularoq umuman boshqacha yondashishni talab qiladi. Tadqiqot texnologiyalari va makroiqtisodiy sharoitlami baholah shubhaiz bozor holatining tadqiqot texnologiyasidan tubdan farq qiladi.
U yoki bu sharoitlarga tegishli va muayyan tabaqani aniqlab olish uchun qollaniladigan model, obrazlami ajratib olish tamoyillarga tayanadi. Ajratib olish tamoyilida obrazlar sifatida esa, audit qilish davomida ma’lum bir savollar guruhiga olingan javoblar to‘g‘ri keladi (olinadi). Sharoitlar (makrosharoitlar, mikrosharoitlar, bozor sharoitlari va tarmoqlar sharoitlar) guruhining har bir elementida 5 ta turli savol bo‘ladi. Har bir savol uchun 3 ta oddiy variantlar javobi qabul qilinadi, ya’ni «ha», «yo‘q» va «bilmayman». Strategik boshqaruv modellari Strategik boshqaruv modeli qanday bo‘lishi lozimligi yuzasidan bir qancha takliflar mavjud. Fred R. Devid, John L. Tompson modellari nisbatan ko‘proq tanilgan. Strategik boshqarishni modellashtirish borasidagi farqlarga qaramay, ular o‘rtasidagi umumiylik ko‘proq. Eng awalo aytish joizki, istalgan modelda strategik boshqaruvni uch bosqichdagi jarayoni ajratiladi
• strategik rejalashtirish bosqichi (strategiyalar ishlab ehiqish, strategik tahlil va tanlov);
• strategik tashkillashtirish bosqichi yoki tanlash strategiyaga mos ravishda tashkiliy tizimni sozlash (strategiyani tadbiq etish, amalga oshirish);
• strategik nazorat va tartibga solish bosqichi (strategiyani baholash, ishontirish va ijroni baholash). Strategik rejalashtirish bosqichida raqobatbardoshlik ustunliklari kapitalizatsiyasi va rivojlanishi, saqlab qolishi va erishishga olib keluvchi tashqi va ichki omillar izlanuvchanligi, strategik holat tahlili, uning missiyasini aniqlash orqali korporatsiya strategiyasi aniqlanadi. Strategik tashkillashtirish bosqichida barcha resurslami bir joyga keltirish va korxona ichidagi munosabatlari, barcha maqsad, vazifa va tanlangan strategiyaga mos ravishda ishchilar ma’sulligmi amalga oshiriladi. Ayni shu yerda kompaniyaga kerakli tashkiliy 16-o'zgartirishlar kiritiladi va uning tuzilmaviy boshqarmalari siyosati ishlab chiqiladi.
Bizning fikrimizcha, Devid va Tompson taklif qilayotgan modellaming eng kamida ikkita kamchiligi mavjud:
Birinchidan, ular strategik boshqaruv jarayonini kelib ehiqish nuqtasi, boshlanish nuqtasi borasida ma’lumot bermaydi. Shuni taxmin qilish mumkinki, bunday nuqta tashkilot missiyasi hisoblanadi. Unda, agar missiya belgilansa, u hech qanday tuzatishlar kiritishga muhtoj emas. Ikkinchidan, bunday modellar strategik boshqaruvni taktik va operativ boshqaruv bilan o‘zaro tashkiliy bog‘liqligini yashiradi. Shuning uchun uning tashkilotni boshqarish tizimidagi roli yashirinligicha qoladi.
Strategik boshqaruv jarayonining boshlang‘ich punkti biznesg‘oyanining tug‘ilishi va tadbiq qilinishi deb bilish ma’qullanadi. Biznes-g‘oya bu har qanday tijorat va ishlab chiqarish faoliyatining «ruhi» hisoblanadi. «Ruhsiz» biznes bolishi mumkin emas.
Biznes-g‘oya asosida tashkilotning maqsadlari yuzaga keladi, ya’ni pirovard natijada o‘z faoliyatidan erishmoqchi bolgan natija paydo bo'ladi. So‘ngra tashkilotning muddatdagi o‘z biznesining strategik bo‘shlig‘ini qayerdaligi va, shuningdek, maqsadining moslashuvidan kelib chiqib, uning strategiyasi aniqlanadi. Qabul qilingan strategiyalar asosida ma’lum vaqtdan so‘ng erishish lozim boigan maqsadlar tizimi ishlab chiqiladi maqsadlar tashkilotning maqsad moslashuvi bilan o‘zaro mos keladi.
Qo‘yilgan maqsadlari asosida dasturlar, rejalar va, qolaversa, ishlab chiqarish jarayonini barcha tashkiliy tizimlari ishlab chiqiladi. Yuqorida qayd etilgan faoliyatlar jarayonida olinayotgan natijalar nazorat qilinadi va tekshiriladi va zarur bo'lganida tashkiliy ta’minot dastur va rejalariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Agar kompaniya ko‘p tarmoqli korporatsiya bo‘lsa, bu bosqichda korxonaning quyi tabaqalarida turgan tashkilotlarning strategik rejalash tirish va tashkillashtirish jarayoni amalga oshiriladi
Biznes strategiyasining vazifalari - biznes strategiyasini iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan, korxona faoliyatini tahlil qilishda strategik modellardan foydalanish yo‘llarini o‘rganishdan iborat hamda korxona strategiyasiga o‘zgartirish kiritish va uni qayta ishlab ehiqish bo‘yicha qarorlar qabul qilishni o‘rganadi.
«Biznes strategiyasi» fani bo‘yicha tayyorlangan darslikda strategik boshqaruvning metodologik va amaliy kontseptsiyalari keltirilishi bilan birga, asosiy e’tibor korxona strategik biznes birliklar holatini aniqlash, tahlil qilish va korxona faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqishga qaratiladi.
Biznes strategiyasi fani menejment (Kichik biznes va tadbirkorlik) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriyat talabalarini tayyorlash o‘quv dasturiga kiritilgan mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fan bo‘yicha davlat tilida o‘quv qo‘llanma yaratilgan, biroq darsllk yaratilmagan. Shu sababli ushbu darslikni ta\^yorlashni biz oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Talabalar uchun darslik qator qulayliklarga ega. Birinchidan, talaba «Biznes strategiyasi» mohiyati va uning biznes olamida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida atroflicha bilimga ega bo‘ladi.

Strategiya, missiya, SMART va tashkilot salohiyati tushunchalarning mazmuni


«Biznes strategiyasi» fani korxonalarda strategik boshqaruvning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganish bilan birga, korxona faoliyatini strategik modellar asosida tahlil qilish va strategik boshqaruv tamoyillar asosida korxonaning strategiyasiga o‘zgartirishlar kiritish, uni qayta ishlab ehiqish, shuningdek, xulosalar chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Biznes strategiyasi» fanining maqsadi - talabalarda biznes strategiya asoslari, strategik modellar, kompaniya va korporatsiyalaming faoliyatini tahlil qilishda mavjud strategik modellami ishlab ehiqish va amaliyotda qo‘llash uslublari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari:
— biznes strategiyasini iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib berish
; — korxona faoliyatini tahlil qilishda strategik modellardan foydalanish yo‘llarini oci^anish;
— strategik rejalashtirish modellarini o‘rganish
; — korxona strategiyasini tahlil qilishda strategik modellami amaliyotga qollash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish
; — korxona strategiyasiga o‘zgartirish kiritish va uni qayta ishlab ehiqish bo‘yicha qarorlar qabul qilishni o‘rganadi. Zamonaviy biznesning hozii^i sharoitida har qanday boshqaruvchi shaxs uchun, o‘zi boshqarayotgan kompaniyaning taqdiri u yoki bu darajada o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov o‘z nutqida shunday degan edi: «Iqtisodiyotimiz islohotlari va rivojining har bir bosqichida vaqtning o‘zgaruvchan talablariga, jumladan, mavjud jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga javob beradigan va boshlangan shakllanishlarning mantiqiy yakuni hisoblangan yangidan yangi vazifalar va istiqbolli yo'nalishlar aniqlanadi».
Biznesning yo‘nalish hissiyoti — bu alohida iqtidor sohiblari tarafidan tashkilotga olib kelinuvchi tug‘ma hissiyot emas, bu hissiyot strategik boshqaruv deb atalmish, fikrlashning alohida shakli, rejalashtirish, tashkil etish va korporativ boshqaruv jarayonida yuzaga keladi. Bu holatda koiporatsiya strategiyasi turli toifadagi printsipial boshqaruv qarorlami qabul qilishda asosiy holatni cgallaydi. Strategik boshqaruv jarayonini shartli ravishda uch turga qjratish mumkin: strategik rejalashtirish, strategik tashkillashtirish, strategik nazorat va tartibga solish boshqaruvidir. Bu turlaming har birida nisbatan alohida-alohida masalalar hal qilinadi. Strategik rejalashtirish - bu raqobatbardoshlik afzalliklarini moliyalashtixish va rivojlantirish, unga erishish va saqlab qolishga olib keluvchi ichki va tashqi omillami tadbiq qilish, korxona strategik holatini tahlili jarayonidir. Strategiyaning nafaqat koiporatsiya raqobatbardoshligi jihatlarini rivojlantirishga yo‘nalgan bo£lishi, balki uni kapitalizatsiyasiga ham yo‘nalishi lozimligini ko‘pgina strategik boshqaruv muammolari bilan shug‘ullanuvchi professional mualliflar ham ta’kidlashadi. Shu jumladan Fred R. Devid shunday deb yozadi: «Tanlanayotgan strategiya qulay tashqi muhitdagi afzaliiklami ola bilishi va tashqi xatarlardan ishonchli himoya qilishi, korxonaning kuchli taraflarini samarali ravishda kapitaiizatsiyalashi va uning yordamida zaif jihatlarni bartaraf eta oli&hi kerak. Ammo, tegishli tahlil o‘tkazishda foydalanish mumkin bo‘lgan analitik qurol, hali hamon jiddiy rivojlanishga muhtoj»
Strategik tashkillashtirish — korporatsiyani tanlagan strategiyasini nisbatan to‘liq va samarali bajarilishini taminlashni tashkil etishga moslashuv jarayonidir. Aslida bu moslashishlar qabul qilingan strategiyadan kelib chiqadigan korxonaning maqsad va vazifalari tizimini ishlab chiqish, uning o'zgarishi va resurslarin о‘mini bosishdan iborat. Strategik tashkillashtirish ko‘pincha butun strategik boshqaruv jarayonining eng qiyin bo‘g‘ini hisoblanadi, chunki bu har bir kishidan o‘ziga talabchanlikni taqozo qiladi. Buni samarali amalga oshirish menejerdan ishchilami to‘qri rag‘batlantirishni talab qiladi, bu esa san’at hisoblanadi.
Strategik nazorat va tartibga solish — korporatsiya erishgan holatining tahlili va baholash jarayoni bo‘lib, pirovardida strategik maqsadlarga to‘liqroq erishishni tashkil etishdan iborat.
Bizni o‘rab turgan muhit juda ko‘p elementlarning o‘zaro munosabatidan yuzaga keladigan turli voqea-hodisalardan iborat murakkab tizim. Biron bir voqeaga munosabat bildirishda, hech qachon ishonch bilan maqsad sari erishilgan barcha yutuqlami bu voqea yo‘qqa chiqara olmaydi, deb aytib bo‘lmaydi. Ammo voqea-hodisalarga munosabat bildirmay turib, o‘z maqsadimizga erishishga umid qilmasa ham bo'ladi. Shuning uchun ijobiy yutuqqa erishish imkoniyatini oshirish uchun voqealarga va u bilan aloqa tizimiga aktiv ta’sir etish, bir so‘z bilan aytganda, boshqaruv zarurdir.
Tashkilotning o‘z atrofidagii munosabat xarakteriga ko‘ra boshqaruvning uch modeli (yoki turi) ko‘rsatiladi: ma’muriy situatsion va strategik. Agar bu boshqaruv turlarining mazmunini izohlasak, u holda ma’muriy va direktiv, situatsion va reaktiv, strategik va proaktiv boshqaruvlar orasiga tenglik ishorasini qo‘yish lozim bo‘ladi.
Aslida ma’muriy boshqaruvning administrativ model falsafasi kabi qaror qabul qiluvchi va ijro etuvchi oiganlar mavjudligini taqozo qiladi. Javobgarlik esa qaror qabul qiluvchi organ zimmasiga tushadi. Ijro organlari esa ma’lum ko‘rsatmalar olmaguncha hech qanday harakatni amalga oshirmaydi. Shuning uchun, korxonaning ijro organi va uni o‘rab turgan olam o‘rtasida ma’muriy tizim to‘sig‘i mavjud.
Voqea-hodisalar o‘zgarishiga munosabat bildirish situatsion boshqaruv falsafasi kabi, tijorat-ishlab chiqarishning samarali faoliyati trayektoriyasini bashorat qiluvchi tashkilotning normativ faoliyatini talab qiladi.

Xarajatlarni minimallasbtirish strategiyasining tavakkalchiligi:


— raqobatchilar tomonidan xarajatlarni kamaytirish usullari qo‘lga kiritilishi mumkin; — texnologik yangilik eskirishi mumkin, mavjud raqobat ustunliklar va to‘plangan tajriba kam foydali bo‘lishi mumkin; — xarajatlarga ko‘proq e’tibor qilish (konsentratsiya) bozor talablarining o'zgarishini o‘z vaqtida payqab olishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin
Xarajatlar bo‘yicha liderlik strategiyasi. Xarajatlar bo‘yicha lider raqobatchiga nisbatan past narxni o‘rnatish imkoniyatiga ega va uning daromadlilik darajasi o‘zgarmaydi. Agar boshqa kompaniya mazkur tarmoqda narxni pasaytirishni xohlasa, u holda xarajatlar bo‘yicha lider kompaniyaning maqasi (foyda) raqobatchilarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Agar tarmoqda raqobat kuchayib, narx bo‘yicha raqobatlashish boshlansa, u holda xarajatlar bo‘yicha lider kompaniya bunday raqobat kurashida o‘zini yanada ishonchliroq his etadi.
Differensiasiya strategiyasi. Ushbu strategiyani amalga oshiradigan firma xarajatlar haqida kamroq qayg‘urib, ko‘proq uning mahsuloti tarmoq chegarasida foydali bo‘lishga harakat qiladi.
. Masalan, «Caterpillar» kompaniyasi raqobatchilar ichida ko‘zga alohida ko‘rinishi uchun, o'zining traktorlarini uzoq hayot kechirishini ta’kidlab, xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismiarga ega bo‘lishni hamda dillerlik tarmog'idan foydalanishni ta’minlagan. Ushbu strategiyadan «Mersedes», «Soni» kompaniyalari ham foydalanganlar.
Differensiasiya xarajatlarning ortishini talab etadi. Ushbu strategiyani tanlagan kompaniya tadqiqot ishlariga ko‘proq investitsiya qilishi kerak va mahsulotlar dizayni juda yuqori darajada bolishini ta’minlashi zarur. Shuningdek, qimmat xomashyolardan foydalanib, mahsulot sifatini yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashi kerak hamda xaridorlarga hizmat ko‘nsatish uchun katta miqdorda kapital qo‘yilmalar ajratishga va bozorning biror bir ulushidan voz kechishga tayor turishi kerak.
. Biznes g‘oya missiya o‘rnida
Hayot bizga har kuni o‘z o‘mida ishlab chiqarish-savdo faoliyatining asosi yo‘qolgan yoki umuman bo‘lmagan korxonalarning sinishi misollarini ko‘rsatadi. Ulaming jihatlari o‘zining muhiti bilan kundalik almashinuv jarayonini davom ettirish uchun yetarli bo'lmaydi va bu muhit oxir oqibatda bunday korxonalardan voz kechadi. Strategik rejalashtirish ishlari bo‘yicha ko‘pgina mualliflar korxona biznes-strategiyasining kontseptual asoslari sifatida korxona mavjudligini belgilab beruvchi tushunchani, uning missiyasini qo‘Hashni taklif qilishgan. Shuni ta’kidlash lozimki, missiya tushunchasi jami iqtisodiyot ta’limotiga harbiy ta’limotdan kirib kelgan. Ammo, harbiy ta’limotdagi missiya deganda bajariladigan mashg‘ulot tushunilsa, iqtisodiyot ta’limotida har bir muallif unga o‘zining ma’nosini kiritishni o‘z burchi deb biladi. Quyida eng ko‘p tarqalgan fikrlami keltiramiz.
Missiya bu ma’lum bir biznes turini boshqa biznes turlaridan ajratuvchi aniq maqsad tavsiyanomasi. Missiyani belgilab olish — bu biznesning mavjud bo‘lishidagi sabablarni oshkor etishdir. Missiyani ko£pincha kredo, maqsadlar, falsafa, boyliklar, tamoyillar yoki sodda qilib, biznesimizning ta’rifi sifatida aniqlash mumkin. Missiya — bu uzoq muddatli salohiyatli biznesni nazarda tutib, u qanday qilib shakllanishi va kimga xizmat ko‘rsatish maqsadini tushunishdan iborat. Missiya aniq tugallanishni ko‘rsatish uchun emas, balki tezroq biznesda qollaniladigan sabab, aniqlik, yo‘nalish va falsafani aniqlab olish uchun ishlab chiqiladi. Aynan xaridor biznes o‘zi nimadan tashkil topganligini aniqlab beradi. Aynan xaridor tovar va xizmat uchun haq to‘lash istagini bildirib, iqtisodiy resurslami boylikka, buyumlami esa — tovarga aylantiradi.

Biznes o‘zining ishlab chiqarishini, ayniqsa, o‘z kelajagini va o‘z muvaffaqiyatini qanday tasawur etishi muhim deb hisoblaydi. Hal qiluvchi omil sifatida xaridor xarid qilayotganda nima haqida o‘ylayotgani, belgilangan narxga qanday munosabatda bo'layotgani muhim ahamiyatga ega bo‘Iib, bu esa biznes o‘zi nimadan tashkil topganligi, nima ishlab chiqarishi va kelajakda rivojlanib borishini aniqlab beradi. Xaridor doimo tovar yoki xizmatni sotib olish paytida o‘z foydasini va manfaatini o‘ylaydi. Xaridor biznesning asosi bo‘lib, uning mavjudligining kafolatidir. Biznesning mavjudligi va rivojlanishi xaridorlarning shu biznesga bo‘lgan xohishida namoyon bo‘ladi. Korxonaning mavjudlik masalasini ta’minlovchi missiyadan farqli o‘laroq, strategik tahlil va rejalashtirishni biznes g‘oya asosida ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki u korxonaning ma’lum bir ishlab chiqarish-savdo faoliyatining boshqaruv asosini tashkil etgan holda korxonaning hozirgi va kelajakdagi salohiyatini belgilab beradi. Shu kuchlami harakatga keltirish uchun, ya’ni, biznes g‘oyani amalga oshirish uchun, avvalo bu g‘oyani to‘g‘ri tuzib olmoq zarur bo£ladi. Faqatgina to‘g‘ri tuzilgan biznes g‘oyani, o'rganish, hal etish, o‘zgartirish va yaxshilash mumkin bo‘ladi. Undan keyingina, birgalikda biznes g‘oyaning, ya’ni, strategiyaning amalga oshirish usullarini o‘rganish, hal etish, o‘zgartirish va yaxshilash imkoniyati tug‘iladi. Korxona muvaifaqiyatli bo‘lishi uchun, u qabul qilgan qiymatning to‘g‘ridan to‘g‘ri korxona egalari oladigan foydaga yoki kutilayotgan foydaga aylanishi kerak bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqiyatli biznesning asosini aynan shunday faoliyat turiari 109 tashkil etish kerak, ular qabul qilgan ma’lum qiymat uchun, ma’lum bir narx to‘lash istagini bildirgan ma’lum bir xaridorlar guruhi mavjud bo‘lishi talab etiladi. Bunday qiymat biznes g£oyaning talabiga ko‘ra, bir qator omillarning va ilgari hech kim aniqlay olmagan yangi kombinatsiyadagi alohida jihatlaming birlashuvi asosida tashkil etilishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun, tadbirkorlik muvaffaqiyatini belgilab beruvchi biznes g‘oyani tuzish uchun quyidagilar zarur


— xaridorlar uchun ma’lum bir qiymatni anglatuvchi yangi daromad usulini yo‘lga qo‘yish
— ushbu usulni ta’minlab turuvchi alohida qobiliyatlar majmuasini tuzish;
— tadbirkorlikda maksimal darajada qo‘yilgan me’yorga erishish uchun yangi bir noyob formula tuzish va bu me’yomi foydaga aylantirish.
Ko‘rinib turibdiki, buning uchun birinchi navbatda, salohiyatli xaridorlaming xojatlarini qondiruvchi foydaliklar haqida yaxshi tasawurga ega bo‘lish. Ikkinchidan, qaysi jihatlar yordamida yangi foydaliklami yaratish va korxonada shu jihatlar mavjud!igi kabi masalalami (agarda mavjud bo‘Isa qaysi darajada) aniq bilish. Uchinchidan, tadbirkorlik daromadini qaysi yo‘l bilan va nima hisobiga yaratishni va u qanday qilib ko‘paytirilishi mumkinligi ifoda eta olish talab qilinadi. Shunday qilib, biznes g‘oya mozayika shakliga o'xshab:
1) Bozoming ehtiyojlaridan;
2) Korxonaning ichki jihatlaridan;
3) Korxona jihatlarining rivojlanish imkoniyatlaridan;
4) Biznesni amalga oshirish sharoitlaridan tashkil topadi
Jihatlarning qonuniy himoyasi
. Agarda belgilangan jihat, yechish imkoniyati bo‘lmagan institutsional bilim asosida tarkib topgan bo'lsa, unda uni ko‘chirib bo‘lmaydi. Bu tarmoqda noyob bilimga ega bo‘lishning o‘zi yetarli hisoblanmaydi. Jihatlar faqatgina korxonadagi a’zolaming har biri uchun emas, balki tolaligicha korxonaning osziga tegishli bo‘lmog‘i darkor. Agarda korxona o‘z i l l muvaffaqiyatiga erishish uchun alohida bir mutaxassisga tayansa, unda uning daromadi faqatgina shu ishchiga tegishli bo‘ladi. Bunday sharoitlarda, korxona mustahkam asosda o‘zining kuchli taraflarini foyda salohiyatiga aylantirishi amalda deyarli ro‘y bermas hodisa hisoblanadi. Biroq biznes g‘oya institutsional bilimga tayangan holda asos topsa, unda foyda salohiyati uzoq vaqt davomida saqlanib turishi mumkin. Shuning uchun biznes g‘oyani tuzish paytida, shaxsiy va institutsional bilimni farqlash lozim boMadi. Ko‘pgina holatlarda, mustaqil shaxs o'zining kuchli taraflarini faqatgina korxonaning kuchli taraflariga mos ravishda ishlatishi mumkin. Bunday moddiy yordarn (masalan, kompyuter jihozlari shaklida) yoki moddiy bolmagan (masalan, korxona xodimlari tomonidan qo‘shimcha bilim va maslahatlar shaklida) holatida bolishi mumkin. Shunday qilib, institutsional bilim bilan tashkiliy va korxonada ro‘y berayotgan jarayonlar asosida bog‘langan odamlar tomonidan tuziladi. lkkinchi farqlanuvchi manba raqobatchilarga tegishli bo‘lib, ular foyda salohiyatiga erishish umidida shunga o'xshash qiymatni ishlab chiqishadi. Masalan, yangi raqobatchi boshqa faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sarflagan sarmoyalari singari sarflashi kerak bo‘ladi. Agarda bu sarmoyalar bozordan xarid qilinadigan mulkka sarflansa, unda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan va yangi korxonalar o‘rtasidagi raqobatchilik farqlari kuzatilmaydi. Amalda faoliyat ko‘rsatyotgan korxonalar yangi korxonalar singari o‘z mulkini qaytadan ko‘rib chiqishlari zarur, ya’ni mulkni sotilmay qolishi amaldagi ishtirokchilar uchun, yangi korxonalarning ilk bor sarmoya sarflashi singari zarar va to‘sqinliklarga olib kelishi mumkin.
Biznesning strategik tahlili biznes g‘oyaning tahlilidan boshlanishi bejiz emas albatta. Gap shundaki, o‘zining biznes g‘oyasiga ega bo‘lmagan korxonada maxsus biznes-muhiti ham bo‘lmaydj, modomiki, uning strategik joylami baholash, kelajakdagi mavjudligini va rivojlanish masalalari haqida strategik yechimlar qabul qilish, eng muhimi esa ma’lum bir xatti-harakatlar rejasini tuzish ilojisi yo‘q.
Biznes g‘oya korxona biznes muvaffaqiyatining asosiy sharti hisoblanadi. Bu narsa biznes g‘oya tushunchasi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaga mos kelishi va shu korxonaga qarab moslashishi kerak degani emas.
Biznes g‘oya bo‘lsa, korxonani tuzish qxyin ish emas. Biroq biznes g‘oya faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaga birikishi lozim bo‘ladi, chunki korxona egalik qilgan kapital xaridor uchun yangi qiymatni tuzishda asos bo‘lmogi zarurdir. Bunday kapital korxonada boimasa, unda uni topish va sotib olish uchun sarflangan kuchlar korxonani yo‘q bo‘lib ketishi bilan ifodalanishi mumkin. Agarda korxona hech qanday o'zgarishlar ro‘y bermaydigan statik muhitda faoliyat ko‘rsatganda edi, unda strategik rejalashtirishga hojat qolmas edi. Ammo bizning muhitimiz oxir-oqibatda iqtisodiyot, texnologiya, siyosat, jamiyat, madaniyat nuqtai nazardan o‘zgarib boradi. Shuning uchun, strategik rejalashtirish va tahlil bu o‘zgarishlarga bir paytning o‘zida reaksiya, bu o‘zgarishlarga moslashish vositasi hamda shu o‘zgarishlardan kelib chiqib, korxona kelajagini yaratishda zamin bo‘ladi.
Turli mualliflar strategik rejalashtirish va tahlil tushunchasiga turlicha yondashadilar. Birlari korxonaning tashqi va ichki muhitini o‘rganishda natijalar oqibatidagi jarayon deb hisoblashadi. Uning maqsadi — korxonaga o‘zining kuchli tomonlarini ko‘paytirib, zaif tomonlarini kamaytirishdir hamda paydo bo‘layotgan imkoniyatlardan foydalanib qolish va bostirib kelayotgan xavfxatarliklardan himoyalanishdan iboratdir. Ularning fikricha, strategik rejalashtirish korxona kelajakda qanday bolishi kerakligini ko‘ra bilishdan boshlanib ma’lum bir tanlov tizimini o‘zida aks ettiradi. Boshqalar strategik rejalashtirish jarayonini kelajakka erishish uchun zarur operatsiyalar va mashg‘ulotlar jarayoni sifatida ko'radilar. Ular tabiatan reaktiv bo‘lgan uzoq muddatli rejalashtirishni va korxona o‘zining kelajagini tuzishda yordam beradigan strategik rejalashtirishni farqlashadi. Uchinchi toifa mualliflar strategik rejalashtirishni tashkiliy yangilanish va transformatsiya jarayoni sifatida tasawur qiladilar. Bunda ular uzoq muddatli rejalashtirishni strategik rejalashtirishdan yana bir farqli tomonini ko‘rsatishadi: uzoq muddatli rejalashtirishda loyiha va maqsadlar boshqaruv mustahkamligi asosida tuzilsa, strategik rejalashtirish esa korxonaning roll, uni urab tuiqgan muhiti miqiyosida o‘rganiladi. Strategik rejalashtirish muhitdagi talablami qondirish maqsadida korxonaning faoliyati va xizmatlarini shu mexanizmga moslashuvini ta’minlab beradi. Tashkiliy xulq-atvor tarmoqdagi ba’zi mutaxassislaming fikricha, korxona foydani rejaning mavjudligidan emas, balki shu rejani ishlab chiqish jarayonidan ko‘radi: bu jarayon xodimlar o‘rtasida va ishga o‘zaro munosabatni paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu kabi umumiy foydadan tashqari, korxona menejerlaming strategik rejalashtirish mazmunini tushunishi oqibatida ikki maxsus afzallikka ega bo'ladi. Birinchidan, har bir menejer, uning boshqarmasi shu umumiy maqsadlar tizimiga moslashishini ko‘ra biladi va shu orqali korxona maqsadlarini o‘zi uchun aniqlashtirib oladi. Cheklangan resurslar uchun ko'rash olib borayotgan menejer o‘z taiablarininng real qiymati haqida yaqqol tushuncha va tasawurga ega boladi. Undan tashqari, menejer hamkorlik zaruriyati tug‘ilgan paytda olzi uchun qulay holatda bo‘ladi. Ko‘pgina sharoitlarda, menejerlarni o‘z fikrlash doirasidan kelib chiqib, yechimlarni hal qilishlarini kechirsa bo‘ladi, sababi ular resurslarning taqsimoti va korxona qaysi yo‘nalishga qaratilgani haqida to la taassurotga ega bo‘lmaydilar. Ikkinchidan, menejer salohiyatli takliflardan qaysilari umumiy reja uchun foydali bo‘lishlarini yaxshiroq tushunadi va, shu qatorda, o‘z takliflarini isbotlab berish layoqatiga ega boladi.
Ehtiyojlami organish, tug‘ma va ixtiyoriy ehtiyojlar
Biznes g‘oya korxona haqida shunday tasawumi uyg'otadiki, bu tasawur orqali korxona xaridorlar uchun ma’lum bir qiymatga ega bolgan muayyan foydalilikni yaratish bilan birga, korxonaning farqlanuvchi qobiliyatlaming qaysilari tijorat unumdorligiga ta’sir qilishini ham o‘zida mujassam etadi. Biznes g‘oya asosida awaio korxona missiyasi ishlab chiqiladi, keyinchalik esa uning butunlik holatini aniqlab beruvchi ko‘rsatkichlar hamda siyosat va tashkiliy tadbirlar ishlab chiqiladi. Shuning uchun, biznes g‘oya tahlilining metodologik muammolari qanday yechilishiga qarab qolgan barcha strategik yechimlar qabul qilinadi. Biznes gsoya tahlilining mazmuni korxona tomonidan qanaqa mahsulot ishlab chiqariladi, korxona tomonidan qaysi xususiy kapital ishlatilmoqda va qaysi turdagi qo‘shimcha mahsulot kor~ xonaga tegishli kabi savollar bilan ifodalanadi. Qo‘shirncha mahsulotning sarflanayotgan kapitalga bogliqligi oxir oqibat biznes g'oyaning samaradorligini belgilab beradi. Har qanday ishlab chiqarish-savdo korxonasining maksimal foyda me’yorini olish imkoniyati bolgan biznes turlarida faoliyat ko‘rsatishga bolgan intilishlari tushunarli holat albatta. Ammo, bu intilishlar to‘siqlarga duch keladi. Birinchidan, bu korxona kapital tuzilmasi, ikkinchidan, ma’lum turdagi biznes turini amalga oshirish, va uchinchidan, shu turdagi biznesning istiqbollariga qarab belgilanadi. 115 Biznes g‘oyani shakllantirish uchun: — bmnchidan, talab va ehtiyojlar tuziimasini, - ikkinchidan, korxona egalik qiladigan shaxsiy kapital tuzilmasi haqida tasawurga ega bo'lish kerak, qolaversa, korxona shu kapital tuziimasini istiqbolli biznes turlariga mos ravishda belgilay olishini anglamog‘i lozim bo‘ladi. Talablami o'rganishda, awalom bor, jamiyatda aynan hozirgi vaqtda qaysi narsa muayyan qiymatga ega bo‘lishini o‘rganish uchun zarur, aniqrog'i, qaysi foydaliklar jamiyatda shu qiymatni keltirib chiqarishi mumkin.
Ammo ehtiyojlami qanday o‘rganish kerak degan savolni ko‘rib chiqishning o‘zidayoq bu narsa katta muammoga aylanadi, sababi nima uchun insonlar u yoki bu mahsulotni afzal ko‘rishlarining boisi, obyektiv va subyektiv omillar, maydon, vaqt va harakatlardan tashkil topgan o‘ta murakkab funksiyadir. Korinib turibdiki, bunday murakkabliklar tufayli ko‘pincha anglashmovchilik kelib chiqadi, birinchi misolda ehtiyojlar xohishning mavjudligi evaziga paydo bo‘Isa, ikkinchisi esa ehtiyojlar talabning mavjudligi hisobiga paydo ho‘ladi. Shu bilan bir qatorda, shu uchta kategoriyalar orasidagi farq ancha katta va ulami tushunmaslik keyingi tahlili uchun u yoki bu biznes turida noto‘g‘ri yechimlar qabul qilishga olib kelishi mumkin. Talabdagi mavjud xohishlami olganda, biz shu faoliyatimiz bilan muayyan mahsulotning bozordagi sotuv hajmini sun’iy ravishda kattalashtiramiz degan umidda katta miqdordagi kapital talab qiladigan bozomi rivojlantirishga kirishamiz. Ammo, iste’molchilaming bizning mahsulotimizni xarid qilish qobiliyati ko‘p vaqt mobaynida past darajada bo‘lsa, unda xohishlar xohishligicha qolib ketadi, biz sarflagan kapital esa narx-navo o‘zgarishini keltirib chiqara olmaydi va bekorga sarflanganligi ayon bo‘lib qoladi. Aksariyat hollarda, insonlar ehtiyojlar va xohishlar o‘rtasidagi farqlikni ko‘ra bilmaydilar, sababi ular ehtiyojlar xohishlar evaziga paydo bo‘ladi degan fikrga tayanadilar. Aslida esa, har qanday ehtiyoj negizida yotgan faqatgina ikkita rag'batlantirishdan biri amalga oshadi, ya’ni o‘ziga zarar yetkazmasdan rohat olish istagi inson xulq-atvorining asosiy sabablari sifatida qaraladi. Bu paytda 116 zarar ham rohat ham keng tushuncha sifatida qaraladi. Ba’zi paytlarda insonlar shunday narsalardan rohat olish lari mumkinki, bu rohatning oqibati aslida zarar keltiradi (narkotiklar, alkogol).
Ehtiyoj — bu iste’molchi muayyan qiymatga ega boigan intilish. Bunda qiymat moddiy-ashyoviy hamda nomoddiy (ma’naviy) shaklda aks ettirilishi mumkin. «Moddiy va ma’naviy oziqa» borasidagi aytiladigan so‘zlar bejiz bo‘lmasligi ayon albatta. «Ehtiyoj-xohish-talab» mantiq zanjirida, xohish deyilganda o‘z ehtiyojini qondirish tushuniladi, ya’ni, muayyan bir ehtiyojga asoslangan holat tushuniladi. Ehtiyojlar xissiyotlar bilan uyg‘unlashib xohishlarga aylanadi. Xohishlar va ularning mavjud bo‘lish sharoitlari esa talabni shakllantiradi. Iste’molchi mahsulotni o‘zining xohishlari asosida sotib oladi. Sharoitlar asosida tashkil topadigan talab negizida bu xohishlaming stimullari yoki cheklovchilari yotadi. Lekin, sotib olingan mahsulotdan keladigan rohatlanish jarayoni obyektiv foydalilik holati bilan bir vaqtning o‘zida ro‘y beradi. Xohishlar shaklanmagan paytda talabga ta’sir o‘tkazishlik bekorchi vaqt va kuch sarflanishiga sabab bo‘ladi. Xohishlarga ma’lum bir ehtiyojni sezmasdan turib ta’sir o‘tkazishlik ham ijobiy samara bermaydi. Ehtiyojlar o‘zining turkumlanishiga qarab mutlaq, sun’iy, tabiiy va xohish evaziga paydo bo‘lgan ehtiyojlarga bo‘linadi. Mutlaq ehtiyojlar turkumiga, iste’molchining qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar mavjud ehtiyojlarga aytiladi. Bunday ehtiyojlami qondira olmaslik iste’molchining hayotiga zomin bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bularga insonlaming barcha tabiiy ehtiyojlari kiradi (oziq-ovqat, axborot, muloqot va h.k.). Biznesda absolyut ehtiyoj bozorda o‘z mahsulotini sotishni misol qilib keltirish mumkin. Sotuv mavjud boimasligi biznesning tugashiga olib keladi. Absolyut ehtiyojlami hisobga olib va to‘yintirish mumkin bo‘lsa, nisbiy ehtiyojlami baholab yoki qondirib bo‘lmaydi. Nisbiy ehtiyojlar kategoriyasiga shu muhitda mavjud boMgan boshqa ehtiyojlarga nisbatan ustunlik tushuniladi. Bunday ehtiyojlaming 117 o‘ziga xos tomoni shundaki, ular qondirilgandan keyin sezilishi mumkin. Sun’iy ehtiyojlar kategoriyasi deganda demonstrate qo‘llanilish uchun mo‘ljallangan mahsulotlami sotib olish tushuniladi. Bunday mahsulotlaming foydalilik tomonlari boshqa mahsulotlardan deyarli farq qilmasligi mumkin, lekin ulaming narxi o‘z o‘zidan ehtiyojlami shakklantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Misol qilib, kostyumdagi tilla tugmalarga bo‘lgan ehtiyojni, o‘z hayot darajasini ko‘reatish istagi bilan izohlash mumkin. Ba’ zi tadqiqotchilar ixtiyoriy va tug‘ma ehtiyojlar orasidagi qiziq farqlanishlami taklif qilishmoqda. Ixtiyoriy ehtiyojlar mahsulotga bo‘lgan texnologik xususiyatlarida namoyon bo‘lishi bilan bir qatorda, o‘sha vaqtning o‘zida xohish obyekti hisoblanadi. Masalan, avtomobil individual harakatlanish vositalarida tug‘ma ehtiyojga nisbatan ixtiyoriy ehtiyojni shakllantiradi. Har qanday biznes u yaratgan mahsulot o‘z iste’molchisini topa olsagina o‘z omadiga erishishi mumkin. Biznes g‘oyani shakllantirish bosqichidayoq rejalashtirilayotgan mahsulotni sotib olishi mumkin bo‘lgan iste’molchini ko‘zda tutish talab etiladi. Lekin iste’molchi bozorda muayyan bir mahsulotni qidirish bilan yo‘lga chiqmaydi, aksincha, o‘z muammosining yechimini hal eta oladigan ko‘pgina boshqa mahsulotlardan ham topishi mumkin. Har qanday mahsulot asosiy foydaliklar bilan birga bir qator yordamchi foydaliklarni ham o‘zida mujassam etadi. Yordamchi foydaliklar mahsulotni kim iste’mol qilishidan qat’i nazar obyektiv bo‘lishi yoki muayyan bir iste’molchi yoki bir guruh iste’molchilaming xissiyot holatlari bilan bogMiq subyektiv shaklda namoyon bo'ladi. Masalan, mashhur pop-guruhning maykadagi sur’ati faqatgina shu pop-guruhning muxlislari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Yader foydalilik firma murojaat qilayotgan asosiy bozoming yaratilishiga yordam berishi mumkin. Lekin chalkashmovchilikning oldini olish uchun, yader foydalilik va tug‘ma ehtiyoj biri biridan farq qiluvchi kategoriyalar ekanligini unutmaslik lozim. Yader foydalilik ba’zida tug‘ma ehtiyojdan kamroq bo‘lsa, ba’zida u bilan teng qiymatda bo‘ladi, boshqa hollarda esa uni butkul qoplashi ham mumkin. Masalan, termoqog'ozning yadcr foydaliligi aloqa vositasida tug‘ma ehtiyojni qoplashga yo‘naltirilgan. Lekin, o‘z mazmuni jihatidan termoqog‘oz texnologik jarayonning bir clementidir xolos, ya’ni faksimil apparatlarning muayyan kategoriyasiga mo£ljallangan. Bu apparatlar mavjud boimasa, termoqog‘ozning yader foydaliligi ko‘zga tashlanmay qoladi. Shunday qilib, ehtiyojlami tahlil qilish natijasida shunday tug‘ma etiyojni aniqlab olish kerakki, u iste’molchilar nuqtai nazaridan eng salohiyatli deb topilmog‘i lozim bo‘larkan. Bunday ehtiyojni aniqlab olgandan keyin, biz biznes g£oya asosini topishimiz mumkin bo‘ladi, chunki «Biz qanday biznes bilan shug‘ullanamiz?» degan savolga javob topgan bo‘lamiz. Konsalting xizmatlari o‘z tuzilmasiga qarab yetarlicha murakkab mahsulotni tashkil etadi. Lekin, murakkab bo‘lishiga qaramay, undan tug£ma ehtiyojni o‘zida mujassam etgan bitta yoki bir guruh asosiy xizmatlarni tanlab olish imkoniyati mavjud. Bitta tug£ma ehtiyojni qondirish uchun bir nechta yader foydaliklarning xizmati talab qilinishi mumkin. Boshqa tarafdan, xuddi shu yader foydalilik bir vaqtning o‘zida bir nechta tug£ma ehtiyojlami qondirish uchun xizmat qilishi mumkin. Ko'rinib turibdiki, konsalting xizmati komplekslashib borgani sari, iste’molchilaming tug‘ma ehtiyojlari ham to‘laroq qondirilishi ta’minlanadi. Shu bilan birga, xizmat turi qanchalik ko‘p tug£ma ehtiyojlami qamraydigan bo£lsa, iste’molchilarning shu xizmatga bo‘lgan talablari va umidlari shunchalik yuqori boladi. Quyidagi konsalting xizmatlaridagi ba’zi bir yader foydaliklarning qondirilishi kutilgan tug£ma ehtiyojlar bilan aloqadorligini korsatadi.
Obyekt yo‘li bilan o‘qitish muayyan bir mijoz uchun mo‘ljallangan maxsus o‘qitish kursi shaklida va muayyan obyektga biriktirilgan vaziyatning ma’lumotlariga asoslangan shaklda bo‘lishi mumkin. Bunday o‘qitishning maqsadi: o‘z mijoziga o‘zi faoliyat olib borayotgan biznesning holatini tushuntirishga ko'maklashish hamda vaziyatni yaxshilash usullarini va yo‘nalishlarini tanlab berishdan iborat.Diagnostik tadqiqot mijoz auditining turli xil shakllarini (moliyaviy, texnologik, ijtimoiy-psixologik, ekologik, tashkiliy) loyihaviy takliflarning ekspertizasi va kelishuv aloqalar, bozor konyunkturasi va shu kabi masalalami ko'zda to‘tishi mumkin. Ta’kidlab o‘tish muhim, bozordagi mavjud turli mahsulotlar u yoki bu ko‘rinishda o‘zida bir hi! foydaliliklarni mujassam ettirishlari mumkin. Bir hil foydalilikning ko‘pgina jihatlari mavjud bo‘lishi mumkin. Turli mahsulotlarda bu jihatlar kuchliroq, boshqalarda esa kuchsizroq boMishi mumkin.

Biznes-tarmoqlarining chegaralarinl aniqlash


Iste’molchilar ham ma’lum bir jihatlari bo‘yicha foydaiilikni aks ettiradi. Bunda, iste’molchilar mahsulotning ba’zi jihatlarga boshqalarga nisbatan ko£proq e’tibor beradilar. Shuning uchun, bizning mahsulotimizda mavjud foydalilik jihatlarini bilgan holda bozorimizning taxminiy hajmini (bizning iste’molchilarimiz salmog‘ini) bilib olishimiz mumkin. Shunday tarzda o‘tkazilgan iste’molchilaming afzalliklaii bo‘yicha bozor tuzilmasining tahlili talab bahosining aniqligini ko‘paytirib, biznes g‘oyani aniqroq shaklantirish imkoniyatini beradi. Ehtiyojlar va talabning tahlili biznes g‘oyani tayyorlash ishining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ehtiyojlar va talablarni qondirish uchun shu muhitda faoliyat olib borish natijasida bu tahlil nafaqat biznesimizning predmetini, balki uning obyektini, ya’ni, iste’molchisini aniqlab olishga ham imkoniyat beradi. Biznes g‘oyani shakllantirishdagi keyingi bosqichi o‘z imkoniyatlarining yoki korxona imkoniyatlarining nazariy jihatdan shakllanib bolgan talab va ehtiyojlarning tahlili hisoblanadi. Biz uni korxona xususiy kapitalining tahlili deb atab, u bilan kapitalni kengaytirilgan ma’noda korxonada amalga oshirilgan mehnatni tushunamiz. 122 Korxonaning xususiy kapitalining tahlili o‘zining mavjud bo‘ lishi tarixi mobaynida ishlab chiqargan mahsulotga ta’rif berishdan boshlanadi. Keyin esa, shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxona qanday xususiy kapitalni ishlatganligi aniqlanadi. Kcyingi bosqich, korxona bo‘limlari qaysi aktivlarga egalik qilishini aniqInshdan iborat. Bunda korxona tashkiliy resurslarning birlashishi natijasida paydo bo‘ladi deb tushuniladi. Korxonagabiriktirilishidan oldin resurslar hozirda ishlab chiqarilmaydigan mahsulot ishlab chiqarishida ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan. Agarda gap endigina tuzilayotgan korxona haqida borsa, unda bunday korxonadagi xususiy kapitalning tahlili uning bolimlarini tashkil etuvchi aktivlar tahlilidan boshlanadi. Korxonadagi xususiy kapitalning tahlili natijasida qanday mahsulotlami ishlab chiqarish mumkinligi haqidagi tushunchaga ega bo‘lgandan keyin, birinchidan, uning biznes-tarmog‘idagi chegaralarini aniqroq betgilab olish mumkin, ikkinchidan esa, korxonadagi mavjud qobiliyatlarning qaysilari uning farqlanuvchi qobiliyatlari sifatida korxona uchun raqobatli ustunliklarni ta’minlab beradi degan savolga javob olish mumkin. Konsalting xizmatlari bozoridagi ehtiyojlar tuzulmasining tahlili jarayonida 40 turdagi konsultativ mahsulotlar aniqlangan. Har bir turini sinchkovlik bilan o'rganish natijasida yuqorida ko‘rsatib 0‘tilgan 40 dan ortiq mahsulotlardan xohlagan birini ishlab chiqarishini ta’minlay oladigan konsalting korxona ega bolishi zarur bo‘lgan keyingi qobiliyatlar kompleksini aniqlab olish imkonini berdi: Korxonaning ichki salohiyatiga konsalting xizmati bozori talablariga binoan tahlilini qulay tarzda o‘tkazish mumkin, sababi yuqoridagi 40 dan ortiq mahsulotlar bo'yicha ikki qatordan iborat jadval tuzib, tepa qatoriga malum bir mahsulotni chiqarish uchun zarur qobiliyatlami, pastki qatoriga esa hozirgi paytda korxona egalik qilayotgan qobiliyatlami joylashtirish mumkin.
Tadbirkorlik tavakkalchiligini hisobga olgan holda biznes-tarmoqlarini aniqlashtirish
Bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi ehtiyoj sezilmaydigan mahsulot tavakkalchil igidi r, bu esa o‘z navbatida yanada umumiyroq tadbirkorlik tavakkalchiligidir. Ehtiyoj sezilmaydigan mahsulot tavakkalchiligi xaridorning korxona ishlab chiqarayotgan mahsuloti yoki xizmatidan voz kechishi natijasida korxonaga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar miqdori bilan belgilanadi. Bunday tavakkalchilk o‘z navbatida moliyaviy va investitsion tavakkalchilik darajasini belgilashi mumkin, agarda bu yerda gap ishlab chiqarishni moliyalashtirish va rivojlantirish borasida bo‘lsa. Korxona nafaqat o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsuloti va xaridorini bilishi, balki korxona mahsulotini xaridorga keraksizlik darajasini belgilovchi omillami ham bilishi lozim.
Bugungi kunda iqtisodiy nazariya adabiyotlarida mahsulotning kcraksizlik darajasini belgilovchi omillaiga an’anaviy qarash mavjud. Bu omillarning tavsiflanishi, odatda, ishlab chiqarish omillari (ishlab chiqarish fondlari, aylanma vositalar, mehnat), tavakkalchilikning kelib chiqish sabablari (ichki va tashqi), xarajat markazi (mahsulot ishlanishi, mahsulot o‘zlashtirilishi, ishlab chiqarilishi, saqlanishi va realizatsiyasi) va shunga o'xshashlar. Ammo strategik nuqtai nazardan mahsulot keraksizligi tavakkalchiligiga bunday yondashuv moliyaviy tahlilga mutlaqo foydasiz hisoblanadi, chunki tavakkalchilik omillari tuzilmasi oddiylashtirib, mahsulotning keraksizligini asosiy sababini bilishga yo‘l qo‘ymaydi. Ayni vaqtda mahsulot keraksizligining haqiqiy sababini bilmay turib, mazkur biznes foydaliligi darajasini bashorat qilish qiyin. Mahsulot keraksizligi tavakkalchilik omilining an’anaviy tavsiflanishi keraksizlikning ko‘zga ko‘rinadigan jihatlariga asoslanadi. Masalan, tavakkalchilikning shunday tashqi omili ma’- lumki, bu iste’molchining mahsulot uchun to'lov qobiliyatiga ega emasligi, ya’ni iste’molchida mahsulotni sotib olishga mablag‘ning mavjud erriasligidir. Agar bunga e’tiborliroq qarasak, muammo negizi nafaqat xaridorda, balki sotuvchida hamdir. Iste’molchi tarifga kocra shunday subyekt, uning uchun taklif qilinayotgan mahsulot ma’lum darajada foydali boMishi, ya’ni mahsulot uning xohishini qondirishi lozim.
Mahsulot xarid qilish uchun mablag‘ning yo‘qligi bu iste’- moldan voz kechishga olib kelmaydi. Iste’mol qilish istagi yuqorida aytilganidek obyektiv ravishda namoyon bo‘ladi. Agar iste’mol qilish istagi paydo bo‘lsa, demak u qondirilishi lozim. Agar mos mahsulot bo‘lsa u holda iste’mol qondirilishi mumkin. Lekin mahsulot oldi-sotdi munosabatlarida mablag'ning yo‘qligi iste’~ molni qondirishda va korxona mahsuloti talabgorligiga to‘siq bo‘ladi. Demak, mahsulot keraksizligi negizi ist’emolchining to‘lov qobiliyatiga ega emasligi emas, balki ishlab chiqaruvchi va xaridor munosabatlarining iqtisodiy tizimidir. Shuning uchun eng awalo iste’molchi to‘lov qobiliyatiga ega emasligi ta’siri ostida mahsulotning keraksizligi tavakkalchiligini tahlil qilishda, mahsulot oldi125 sotdisida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarning variantlarini birma-bir ko‘rib chiqish lozim. Bunday variantlar ko‘plab bolishi mumkin. Agar mahsulotni bir zumda sotib olish imkoniyati bo‘lmasa, u holda iste’molchiga turli hit qulayliklar yaratish mumkin, masalan to‘lovni muddatli amalga oshirish, tovar lizingi, forfeyting va shu kabilar. Har bir variant to‘lovsizlik qobiliyati tavakkalchiligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi lozim. Yuqorida keltirilgan qulayliklami yaratishdan maqsad, mahsulot keraksizligi tavakkalchiligining shunday klassifikatsiyasini yaratish kerakligini taqozo qilmoqdaki, u bir tarafdan keraksizlik yuzaga kelishini negizini yashirishi va ikkinchi tarafdan bu sabablami bartaraf etish istiqbollarini baholashga imkon berishi lozim.
Keraksizlik tavakkalchiligi iste’molchi xohishlari tizimi dinamikasi bilan izohlanishi. Iste’molchilaming ichki va tashqi muhitida bo‘layotgan o£zgarishlar tanlanayotgan mahsulot astunligining kamayishiga olib keladi. Shuning uchun iste’molchida doimiy ravishda xarid qiladigan mahsulotidan voz kechish holati yuzaga kelishi mumkin. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o'tishda tashqi bozoming liberallashuvi avtomobillarga boMgan talabning kamayishiga olib kelmadi, lekin iste’mol tizimining o‘zgarishini taqozo qildi. Iste’molchi uchun endilikda avtomobil tanlashda uning qulayligi, ishonchliligi, obro‘si kabi omillar ahamiyat kasb eta boshladi. Natijada o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga bolgan talab keskin pasaydi. Bu tavakkalchilikni baholashda quyidagi savolga javob berish lozim: mahsulotning xaridorga borib yetishida keraklilik tizimi iste’molchining xohishlari bilan to‘liq mos kelishi ehtimoli qay darajada?
Keraksizlik tavaldkalchiligi mahsulot qiymatining ishlab chiqaruvchi va iste’molchiga to‘g‘ri kelmasligi bilan izohlanishi. Bu mahsulot sifati, narxi, sotilish shartlari va kafolati tizimi. Agar masalan, shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotining sifatini faqat uning kuchli elektromagnit, vibratsion va tashqi kuchlardan himoyalanishga va bu kocrsatkichlarini, hatto tannarxning ortishi hisobiga amalga oshirsa, u holda bu tadbirkor bozorda fiaskoga uchraydi, chunki aksariyat xaridomi bu ko‘rsatkichlar 126 ч mutlaqo qiziqtirmaydi. Shunday qilib, mahsulot keraksizligi tavakkaichiligida iste’molchi va islilab chiqaruvchini mahsulotni baholashidagi farqliliklami baholashda quyidagi savolga javob berish lozim: «Bizning va iste’molchining mahsulot sifati, narxi va sotish shartlari borasidagi qarashlarimiz to'liq mos kelishi ehtimoli qay darajada». Mahsulot keraksizligi tavakkaichiligi ihniy-texnikaviy taraqqiyot sababli izohlanishi. Shunisi aniq, vaqt o‘tishi bilan ilmiytexnikaviy taraqqiyot sababli ba’zi mahsulotlaming boshqalarga nisbatan xaridorga yanada mukammal, arzonroq turi taklif qilinib, u mahsulot bozordan siqib chiqariladi. Bunday tavakkalchilikni baholashda quyidagi savolga javob berish lozim: «Konkret mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan kapital bozorda texnologik yangi tovar paydo bo‘lguniga qadar o‘z samarasini berish imkoniyatlari qanday». Mahsulot keraksizligi tavakkaichiligi mazkur bozordagi raqobatchi kuchlar bilan izohlanishi. Bozorda mahsulotga qay darajada yuqori raqobat mavjud bo‘lsa, iste’molchi mazkur mahsulot ishlab chiqaruvchi raqobatchi tarafning mahsulotini tanlash ehtimoli shu qadar yuqori boladi. Bu ehtimolga baho berishda talab qilinadigan narsa faqat bu bizning mahsulot raqobatchilarimiz ishlab chiqarayotgan nusxaga qaraganda xaridorbop bo‘lishi ehtimolini o‘rganishdan iborat. Mahsulot keraksizligi tavakkaichiligi xaridorning ishonchsizligining sababini izohlanishi. Har qanday mahsulotni xarid qilishda xaridor mahsulotga nisbatan ishonchsizlik tuyg‘usi bilan qaraydi, u o'ziga ushbu mahsulotdan qanday foyda olish mumkmligi, mahsulot bilan bogliq qanday muammolarga duch kelishi mumkinligi, xarid o‘zini oqlamaslik mumkinligi ehtimoli haqida bosh qotiradi. Iste’molchi ishonchsizligining sababi har turdagi mahsulot uchun turlichadir.
Biznes g‘oyaning shakiianishi
Biznes g‘oyaning mantiqiy yakuni uning maqsadini aniq va lo‘nda, ayni paytda to‘liq va chuqur ifoda etuvchi formula qurishdan iborat bo'ladi. Firmaning o‘z natijali talabi tahlili va salohiyatli mahsulotlaming foydaliligi, oxir oqibat mazkur biznesning kvintesentsiyasi va ifodalashi uchun asta-sekin informatsion bazani shakllantiradi. Biznes g‘oya formulas]' matn, chizma va boshqa ifoda ko'rinishida bo‘lishi mumkin. Har qanday holda ham, birinchidan, barchaga tushunarli, kimga bu biznes taalluqli bo‘lsa, kirnga tegishli bo‘lsa va, ikkinchidan, quyidagi savollarga javob berishi lozim:
1) Biznes asosida (qanday mahsulot, tovarlar yoki faoliyat turlari) nima yotadi?
2) Ishlab chiqarilayotgan mahsulot yordamida bizning tashkilotimiz biznesda qanday qilib omadga erisha oladi?
3) Nima uchun biznesda omadga erishish shart hisoblanadi?
Ishdagi omad — bu tashkilot tarafidan narxning shunday bo£- lishi bunyod etiladi va u tarafidan beg‘araz o‘zlashtiriladi. Nima uchun beg‘araz? Chunki tashkilot bu bolakka ega bo‘Sa turib, o‘zidagi resurslami ishlatmaydi. Paradoksmi? Axir narx tashkilot tarafidan o‘matilgani yo‘q! Narx tashkilot, uning mahsuloti va mijozi o‘rtasidagi munosabat asosida yuzaga kelgan, tashkilot faqat mazkur munosabat uchun o‘z tasarrufidagi ma’lum kapitalni ishlatadi. Tashkilot o‘zi narxni belgilamaydi. Tashkilot narxni belgilash uchun qulay sharoit yaratadi xolos. Bunda tashkilotning farqli jihati - mijozlar uchun qulayliklar yaratishi ikkinchi jihati - ishlab chiqarayotgan mahsulotidan mijoz foydalanishi va kerakli foydani olishi (bu bilan narxni belgilash munosabatiga kirishish), uchinchi jihati esa qo‘shimcha qiymatni tannarxdan aj'ratishga sarflashi. Agar bu uch jihat biznes sohasidagi raqobatga samarali bardosh bera olsa, u holda bujihatlar raqobatbardosh ustunliklarga aylanadi. Tashkilotning asosiy raqobatli ustunliklari nimadan iborat? Bunday fikrlashning foydali tomoni ~ bu mijozga raqobatchi korxonanining emas, aynan u taklif qilayotgan mahsulotni tanlashi lozimligini tushuntira olishi. Boshqacha qilib aytganda, biznes g‘oya formulasi bu mijozdan bozorda qo‘shimcha qiymatni chiqarib olish va xaridorga mahsulotdan foydalanishga ko‘maklashishdir. Bunda omadga erishish firmaning barcha qobiliyatlarga ega boiishiga bogMiq. Ko‘pgina adabiyotlarda omadning yo‘qotilishi firmaning yoki korxonaning mahsuloti o ‘z xaridorini topmaganligi bilan izohlanadi.
Aslida yo‘qotishlar firmaning o‘z qobiliyatlarini to'g^i yo‘naltira olmaganligidan iborat. 0 ‘z qobiliyatlami to‘g‘ri yo‘naltira olish ~ asosiy va strategik afzalliklardir. 130 Mahsulotni xaridorga yetkazish bu bozor scgmcntidir. Bunda xaridor va tovar bir biriga nisbatan rivojlanishda bo'ladi. Nahotki siz avvallari o‘ylab ham koTmagan tovar sotib olmagan boMsangiz. Lekin u bilan uchrashganingiz hamon uni sizga kcrakligiga ishonch hosil qilgansiz? Tovar segmentatsiyasi va prezcntatsiyasi qayoqda qoldi. Shunday misol keltiramiz. Maslahatchi yirik kompaniya rahbariga biznes strategiyani rivojlantirish bo‘yicha o‘zining pullik xizmatini taklif qvlmoqda. Rahbar xayolida darhol bir qancha savol tug‘iladi:

XULOSA
Korxonaning strategik holatlari makrosharoitlar, mikrosharoitlar, bozor sharoitlari va tarmoqlar sharoiti darajasining biznes g'oyaga taalluqliligi bilan aniqlanadi. Strategik holatlarning fazosi 36 ta sohaga bo‘lingan bo‘lib, har bir sohada biznes sharoitlaming, missiyalarning va strategik altemativalaming nisbiy tengligi kuzatiladi. Strategik maydon nisbiy ravishda to‘rtta maydonchalardan tarkib topadi. Bitta kvadrantdan ikkinchisiga o‘tish paytida korxona xulq-atvorining radikal o‘zgarish jarayoni kuzatiladi. Strategik sharoitlaming auditi har taraflama tahlil javoblariga tayangan holda, korxonaning holati uning bozori, faoliyat tarmog‘i, shu bilan birga biznesning makromuhitini belgilab beruvchi tashqi sharoitlardan kelib chiqib o‘rganiladi. Bunda, tahlil obyekti, kelgan axborotning haqiqiyligi vaqtincha va jismoniy imkoniyatlardan kelib chiqib, turli xil usullar va modellar qo‘llanilishi mumkin va zarur hisoblanadi.




Download 74.7 Kb.




Download 74.7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biznes uchun samarali strategiya ishlap chiqarish

Download 74.7 Kb.