33-Maruza. O‘quv muassasalarida baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi




Download 159.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.02.2023
Hajmi159.4 Kb.
#42264
  1   2   3   4   5
Bog'liq
33-ma\'ruza.
31-ma\'ruza. (1), маданиятшунослик рр учун, бозор


33-Maruza. O‘QUV MUASSASALARIDA BAXTSIZ HODISALARNI 
TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH TARTIBI.
Tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan ta’lim oluvchilar bilan 
yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 
1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari 
to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz 
hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga 
olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 
Tekshiriladigan va hisobga olinadigan baxtsiz hodisalar turiga mazkur 
Nizomning 2-bandida keltirilgan holatlarda ro‘y bergan turli tan jarohatlarini olish
shikastlanish, issiqlik ta’siri, portlash, falokatlar, imoratlar va konstruksiyalar buzilishi, 
kuyish, muzlash, qizish, elektr toki yoki yashin urishi, hayvonlar, hasharotlar va 
sudralib yuruvchilar tomonidan hamda terroristik harakatlar natijasida shikastlanishlar, 
zaharlanishlar, tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, suvga cho‘kish, turli avariya 
holatlari va boshqalar) kiradi. 
Baxtsiz hodisa tufayli olgan jarohati jabrlangan ta’lim oluvchining kamida 
bir kunlik o‘quv mashg‘ulotlarini qoldirilishiga sabab bo‘lsa, mazkur Nizomning 1-
ilovasida keltirilgan shakldagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 
Baxtsiz hodisa yuzasidan tekshirish olib borayotgan komissiyalar baxtsiz 
hodisalarni tekshirish yuzasidan ichki ishlar bo‘limlari, sog‘liqni saqlash muassasalari, 
yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari va yong‘in xavfsizligi xizmati organlari bilan 
hamkorlik qiladi. 
Yuz bergan baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirilishi hamda 
hisobga olinishini, shuningdek baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini bartaraf 
etishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini ta’lim muassasasining yuqori turuvchi 
organlari va tarmoq kasaba uyushmasi nazorat qiladi.




Download 159.4 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 159.4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



33-Maruza. O‘quv muassasalarida baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi

Download 159.4 Kb.
Pdf ko'rish