• Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb
  • 31 mavzu xodimlarni jarohatlanishlar va kasb kasallanishlaridan sug‘urta qilishning huquqiy- me’yoriy asoslari




    Download 184.44 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana15.02.2023
    Hajmi184.44 Kb.
    #42262
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    31-ma\'ruza. (1)
    33-ma\'ruza., маданиятшунослик рр учун, бозор


    31 mavzu XODIMLARNI JAROHATLANISHLAR VA KASB 
    KASALLANISHLARIDAN SUG‘URTA QILISHNING HUQUQIY-
    ME’YORIY ASOSLARI. 
     
    1. SUG‘URTA QILISHNING TARIXI VA HUQUQIY-ME’YORIY 
    ASOSLARI. 
    Agarda xavf-xatar yonayotgan cho'g' kabi yong'indan xafli bo'lsa unda, sug'urta 
    bizning samarali o't o'chirish uskunamizdir. 
    Davlatlar va ularning fuqarolariga mavjud xatarlardan keladigan ziyonni keng 
    ommaga yoyish vazifasini bajaradigan tashkilotlar kerak edi. Xuddi shu maqsad yo'lida 
    sug'urta tashkilotlari vujudga keldi. 
    Xamurappi qonunlari 
    Xavf-xatarni odamlar o'rtasida taqsimlash g'oyasi insoniyat paydo bo'lganidan 
    beri bor. Bu xoh bug'ularni guruh bo'lib ovlash bo'lsin, xoh yuklarni bir necha karvonga 
    taqsimlab yuborish bo'lsin, buning hammasi sug'urtaning ilk ko'rinishlari hisoblanadi. 
    Ilk yozma sug'urta polisi qadimgi Bobilda podshoh Xamurappi tomonidan 
    biltilgan bo'lib, "Xammurappi kodeksi" nomi bilan atalgan. Bu qonunlar o'sha davr 
    uchun juda muhim hisoblanib hozirgi davr sug'urtasining asosini tashkil etadi. Uning 
    qonunlariga ko'ra, sug'urtalangan shaxs favqulotda holatlardan, o'lim, suv toshqini va 
    boshqa tabiiy ofatlardan zarar ko'rsa, u o'z yonidan zararni qoplamagan. 
    Gildiya Birlashmasi 
    O'rta asrlarda hunarmandlar gildiyaga birlashib ishlaganlar. Katta ustalarning 
    qo'lida yosh tajribasiz bolalar tekinga yoki arzimagan chaqaga mehnat qilishgan. Vaqti 
    kelib ular ham katta bo'lishganida gildiyaga qarzlarini to'lab usta darajasini olishgan. 
    Gildiyalar keladigan mablag'larni hozirgi sug'urtalarning ishini bajarishga sarflaganlar. 
    O'rta asr Yevropasida ko'p narsa yog'ochdan yasalganini hisobga olsak, ustaning 
    mehnati yong'inga uchrasa gildiya o'z mablag'idan ustaning ko'rgan zararini qoplab 
    bergan. Agarda ustani o'g'ri ursa u yana qayta foydaga chiqib olguncha gildiya ustani 
    mablag' bilan ta'minlab turgan. Usta o'lsa yoki nogiron bo'lib qolsa gildiya uning 
    oilasiga ham moliyaviy ko'mak berib turgan. 


    Yong'in va vabo 
    1666 yilda Londonda katta yong'in bo'lib, 14 ming atrofida binoni vayron qildi. 
    Buning natijasida London vayronaga aylandi, omon qolganlarning uylari yonib kul 
    bo'ldi. Londonni yonib ketishidan keyin boshlangan xaos va g'azabga javoban, dengiz 
    sug'urtasi bilan shug'ullanadigan sug'urta kompaniyalari yong'indan sug'urta qilishni 
    taklif etgan sug'urta kompaniyalarini tashkil qildi. Paskalning uchburchagi bilan 
    qurollangan ushbu kompaniyalar tez orada o'z biznesini kengaytirdi. 1693 yilga kelib, 
    birinchi o'lim jadvali Paskalning uchburchagi yordamida yaratilgan va tez orada 
    hayotni sug'urtalash boshlangan rejani amalga oshirdi. 
    Sug'urta jarayonining Amerikaga kirib kelishi 
    Sug'urta kompaniyalari Yevropada, ayniqsa sanoat inqilobidan so'ng rivojlandi. 
    Amerikada hikoya juda boshqacha edi. Kolonistlarning hayoti hech qanday sug'urta 
    kompaniyalari tomonidan kafillikka olinmagan edi. Oziq-ovqat yetishmasligi, 
    mahalliy aholi va kasalliklar bilan bog'liq urushlar natijasida har to'rt kolonistning 
    deyarli uchtasi 40 yoshiga yetmasdan halok bo'ldi. Amerikaga sug'urtaning kirib 
    kelishi uchun 100 yildan ko'p vaqt kerak bo'ldi. Nihoyat, u o'sha davrda Yevropada 
    ishlab chiqilgan amaliyot va tajriba asosida tadbiq etildi. 
    Iqtisodiy reformalarning amalga oshirilishi, iqtisodiyotdagi strukturaviy 
    o’zgarishlarning yuz berishi, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanib borishi natijasida
    korxona va tashkilotlarining soni ko’paymoqda. Boshqa mulkchilik shakllari bilan bir 
    qatorda xususiy mulkchilik shaklidagi korxonalar iqtisodiyotning deyarli barcha 
    sohalarida tashkil qilinmoqda va faoliyat yuritmoqda.
    Mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimizda yangi tarmoq sifatida engil 
    avomobilsozlikni paydo bo’lishi va rivojlanishi, kimyo sanoatining rivojlanishi, 
    qishloq xo’jlagida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasining yo’lga 
    qo’yilishi, radio-elektronika tarmog’ining rivojlanib borishi yangi tarmoqlar, yangi ish 
    beruvchilar, yangi mutaxassisliklar paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Tabiiyki, ishlab 
    chiqarishning, jumladan yuqori texnalogiyalarga asoslangan tarmoqlarning jadal 
    su’atlar bilan rivojlanishi mazkur sohada faoliyat yurituvchi ishchi va xodimlarning 


    hayoti va sog’lig’iga jiddiy xavf soluvchi risklarning miqdori va ko’lamini oshishiga 
    olib keladi.
    Yangi tarmoqlar, yangi ish beruvchilar, yangi mutaxassisliklarning paydo 
    bo’lishi, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan ishchilarni huquqlarini himoya qilishni 
    talab qiladi. Ish beruvchilarning ishchilar oldidagi fuqarolik javobgarligi o’sib 
    borishi, ishchi va xodimlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasini
    dolzarbligini yanada oshirmoqda. Bozor iqtisodi sharoitida ish beruvchilarning
    ishchilar oldidagi fuqarolik javobgarligini davlat nazorat qiladi. Bir vaqtda 
    iqtisodiyotda Davlatga tegishli korxonalar soni kamayib, xususiy mulkchilikka 
    asoslangan korxonalar soni ortib bormoqda.
    Fuqarolarning hayot faoliyati davomida ularning mulkiy manfaatlariga turli 
    toifadagi xavf – xatarlar o’z ta’sirini o’tkizadi. Har-bir shaxs o’z mulkiy manfaatlarini
    xavf soluvchi risklardan himoyalanish vaqtida ular sug’urtaviy munosabatlarga 
    kirishda. Sug’urta jamiyatning barcha a’zolariga turli xil baxtsiz hodisalar natijasida
    yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlardan o’zlarini himoya qilish imkoniyatini 
    beradi.
    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat 
    ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining 
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 
    2008-yil 28-avgustda ma’qullangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb 

    Download 184.44 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 184.44 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    31 mavzu xodimlarni jarohatlanishlar va kasb kasallanishlaridan sug‘urta qilishning huquqiy- me’yoriy asoslari

    Download 184.44 Kb.
    Pdf ko'rish