|
Mundarija Kirish I bob fuqarolik huquqi tushunchasi. 1 Fuqarolik huquqi tushunchasi va uning tamoyillari
|
bet | 1/5 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 139 Kb. | | #110346 |
Bog'liq fuqorolik huquqi
Mundarija
Kirish
I BOB Fuqarolik huquqi tushunchasi.
1.1 Fuqarolik huquqi tushunchasi va uning tamoyillari.
1.2 Bitimlar tushunchasi va turlari.
II BOB Shartnomalar va ularni tuzish.
2.1 Shartnomalar va ularni tuzish haqida.
2.2.Mulk huquqi va vorislik huquqi.
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar
Krish
Inson hayoti va sog‘ligi oliy qadriyat sanalganligi bois, har bir shaxsning yashash huquqlarini ta’minlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Zero, insonning sog‘ligi va yashashga bo‘lgan huquqlari, ya’ni hayoti bu dunyoda boshqa hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan bebaho ne’matdir. Inson omilisiz shaxs, jamiyat va davlat, shuningdek millatlar va mamlakatlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tasavvur etish mumkin emas. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 3-moddasida ham har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi qayd etib o‘tilgan”1 . Mamlakatimizda fuqarolar, ya’ni insonlar hayoti va sog‘lig‘i birinchi o‘rinda qo‘yilar ekan, bu borada zarar yetkazish bilan bog‘liq vujudga keluvchi munosabatlar va ularni tartibga solish o‘ziga xos huquqiy ahamiyat kasb etadi. Hayotimizda shunchalik ko‘plab voqea-hodisalar yuz beradiki, bular orasida inson hayoti va sog‘lig‘i hech bir holatda zarar yetkazilmasligi mumkinligidan kafolatlanmagan. Fuqarolik huquqidagi normalar qo‘riqlash funksiyalarini bajarishga qaratilgan huquq sohalaridan farqli ravishda, inson sog‘lig‘ini tiklashga, moddiy yo‘qotishlarni qoplashga yo‘naltirilgan. Ilm-fan va texnologiyalar taraqqiy etgan sari yer yuzida yirik sanoat majmualari va korxonalar soni ham oshib boradi. Bu esa mehnat munosabatlari sohasida ham xodimlarning hayoti va sog‘lig‘i ximoyasini kuchaytirishni talab etadi. Mamlakatimizda islohotlarning rivojlanishi va amaliyotda vujudga kelayotgan muammoli vaziyatlar mazkur sohani tadqiq etishni, shu bilan birga masalaning to‘g‘ri yechim topish uchun qonunchilik normalarini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirish choralarini ko‘rish zaruratini ham yuzaga keltirmoqda.
|
| |