1.2 Bitimlar tushunchasi va turlari.
3.Bitim fuqarolik-huquqiy munosabatlarning paydo bo`lishida eng ko`p tarqalgan asosdir.
Bitim dеb – fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini bеlgilash, uzgartirish va bеkor qilishga qaratilgan xarakatlarga bitimlar dеb ataladi.
Bitimlar:
a) bir tomonlama
b) ikki yoki ko`p tomonlama bitimlarga bo`linadi.
Bir tomonlama bitimlarda bitta shaxsning xatti-xarakati boshqa shaxslar uchun huquq va vazifalar vujudga kеltiradi. Masalan, vasiyat, ishonchnoma bеrish, xadya.
Ikki yoki ko`p tomonlama bitimlar shartnomalar dеb yuritiladi. Masalan, oldi-sotdi, pudrat, yollanish shartnomasi va x.k.
Bitim qonunda bеlgilangan muayyan kurinishda bo`lib:
a) ogzaki
b) yozma shaklda bo`lishi mumkin.
Yozma bitim :
Oddiy yozma bitimlarga
Notarial guvoxlantiriladigan bitimlarga bo`linadi.
Oddiy yozma bitim istak bildirgan shaxslar tomonidan yoki ularni vakillari tomonidan imzolanishi shart.
Notarial bitim qonunda kuzda tutilgan xollarda, ya'ni uyni sotish yoki olishda, vasiyatnoma yozishda, mashina sotish va olishda va x.k. tuziladi. Bitimlar bitim tuzuvchilar tomonidan imzolanishi lozim. Agar jismonan zaifligi tomonidan imzo kuya olmasa uning vasiysi tomonidan imzolanganligi albatta bitimda kayd etiladi. Aks xolda bitim xakikiy sanalmaydi.
4.Shartnoma tuzishda FK ning 353 – 385 – moddalari qullaniladi.
Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o`zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi (FK, 101-modda).
Har qanday bitim shaxslarning erki-irodasi bilan bog`liq bo`lib, muayyan huquqiy oqibat tug`dirishga qaratiladi. Bitimda fuqaro va tashkilotlarning ma`lum moddiy hamda madaniy ehtiyoj-larini qondirishga qaratilgan erklari ifodalanadi.
Bitim shaxslarning erki bilan bog`liq bo`lgan, ularning iroda-sidan kelib chiqadigan harakat bo`lganligi tufayli bitimda ifo-dalangan erk izhor qilinishi, ya`ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim.
Bitim tuzish natijasida muayyan huquqiy oqibat tug`dirish uchun bitim tuzuvchi shaxslar bitimda o`z erklarini ifodalashdan tashqari muayyan harakatni qilishlari lozim bo`ladi. Bu harakat shart qilingan ishni bajarishga, ma`lum mulkni topshirishga yoki ma`lum pulni to`lashga qaratilgan bo`lishi mumkin.
Fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan holatlar sifatida yuridik fakt tarkibiga kiradigan bitimlar boshqa yuridik fakt-lardan farq qiladi. Masalan, yuridik fakt hisoblangan hodisa shaxslarning erkidan tashqari vujudga kelsa, bitimlar faqat shaxslarning erki bilangina tuziladi.
Bitimlar uchun quyidagi shartlarning bo`lishi muhimdir:
a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subyekti hisoblanishi;
b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki bo`lishi va bu erk ma`lum huquqiy oqibatlar tug`dirishga qaratilgan bo`lishi;
v) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda o`zining tashqi ifodasini topishi, ya`ni ma`lum shaklda izhor qilingan bo`lishi kerak.
Fuqarolik huquqi fanida bitimlar o`zlarining belgilari bo`yicha quyidagi turlarga bo`linadi (klassifikatsiya qilinadi):
1. Bitim tuzuvchilarning erklari ifoda etilishiga qarab bitimlar bir tomonlama, ikki tomonlama yoki ko`p tomonlama bo`lishi mumkin. Bir tomonlama bitimdan faqat bir tomonning-gina erki ifodalanadi, huquq va majburiyat faqat bir tomonning irodasi bo`yichagina vujudga keladi, o`zgaradi yoki bekor bo`ladi. Bir tomonlama bitimlarga vasiyat, merosdan voz kechish, ishonch qog`ozi berish, vakolat olmasdan vakillik qilgan shaxsning hara-katlarini vakolat beruvchi ma`qullashini misol qilib ko`rsatsa bo`ladi. Bir tomonlama bitim uni tuzgan shaxs uchun majburiyatlar keltirib chiqaradi.
Ikki tomonlama bitimlar har ikki tomonning erkiga muvofiq tuziladi. Bunday bitimlar – shartnomalardir. Ikki tomonlama bitimga, oldi-sotdi, mulk ijarasi, sug`urta va boshqa shartnomalar kiradi.
Ko`p tomonlama bitimlarda uch va undan ortiq shaxslarning erklari ifodalanadi. Ko`p tomonlama bitimga oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi misol bo`ladi. Ko`p tomonlama bitimlar ham ikki tomonlama bitimlar singari o`zaro kelishuvlar, ya`ni shartnomalardir.
Xulosa qilib aytganda, har qanday shartnoma bitim hisoblan-sa ham, har qanday bitim shartnoma bo`la olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi mumkin.
2. Bitimlar muqobil ijroning bo`lish-bo`lmasligiga qarab haq baravariga va tekinga tuziladigan bitimlarga bo`linadi.
Haq baravariga tuziladigan bitimlar bo`yicha tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul to`lash, ishni bajarish, bironta xizmat ko`rsatish singari harakat-larni qilish majburiyatini oladi. Haq baravariga tuziladigan bitimlarga qarshi (muqobil) ijro nazarda tutiladigan bitimlar oldi-sotdi, ayirboshlash, pudrat, sug`urta kabi bir qancha shartno-malardir, chunki ularda tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga bironta harakat qiladi. Masalan, sotuvchi pul evaziga ma`lum mulkni topshiradi.
Tekin, ya`ni haq to`lanmay tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan birigina ikkinchi tomon foydasiga biron-bir harakat qilish majburiyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yo`q. Masalan: hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) to`g`risidagi shartnomalarni ko`rsatish mumkin.
3. Bitimlar qay paytdan e`tiboran tuzilgan deb hisoblani-shiga ko`ra konsensual va real bitimlarga bo`linadi.
Konsensual bitim deb huquq va majburiyatlarni o`zaro keli-shish va bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.
Real bitim deb o`zaro kelishuvga muvofiq ashyolar yoki pulni topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real bitimlarga qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini misol qilib ko`rsatsa bo`ladi.
Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar
Huquq subyektlari o`rtasida tuziladigan bitimlar muayyan muddatlarda ijro etiladi va bekor bo`ladi.
Agar bitimda huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi yoki bekor bo`lishi vaqti ko`rsatilgan bo`lsa, bitimlar muddatli hisoblanadi. Bitimlarda muddatlar quyidagicha:
a) ma`lum kun, oy, yil bilan (masalan, 2005 yil 15 sentabr);
b) ma`lum vaqtning o`tishi bilan (masalan, bir yarim yildan keyin o`tishini ko`rsatish);
v) ma`lum bir voqea yuz berishi (masalan, daryo orqali yuk tashish – muz erishi bilan) bilan belgilanadi.
Agar bitimda uning ijro etilish muddati ko`rsatilmagan bo`lsa, bunday bitim muddatsiz hisoblanadi. FKning 242-moddasi-da ko`rsatilganidek, agar majburiyatni bajarish muddati ko`rsatil-magan yoki talab qilib olish payti belgilab qo`yilgan bo`lsa, kreditor har qachon ijroni talab qilishga, qarzdor esa ijroni har qachon amalga oshirishga haqli bo`ladi. Majburiyatni darhol baja-rish vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kunidan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart.
Shartli bitim deb taraflar o`rtasida tuziladigan bitimning amalga oshirilishi yoki bekor bo`lishi, biron-bir shartga bog`lab qo`yilishiga aytiladi. Shartli bitimlar ikki xil ko`rinishda bo`ladi:
a) sharti kechiktirilgan;
b) bekor bo`lish sharti bilan tuzilgan bitimlar.
FK 104-moddasining birinchi qismida aytilganidek, agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi noma`lum bo`lgan holatga bog`liq qilib qo`ysalar, bitim sharti kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. Aytaylik, uy egasi turar joyni ijaraga berilishini o`g`lining ma`lum vaqtga boshqa shaharga o`qishga ketishi sharti bilan bitim tuzadi, agar o`g`li boshqa shaharga ketmasa, bunda taraflar o`rtasida hech qanday huquq ham, majburiyat ham vujudga kelmaydi.
FK 104-moddasining ikkinchi qismi bekor bo`lish sharti bilan tuzilgan bitimni ta`kidlaydi. Unda ko`rsatilishicha, agar tarafning huquq va burchlarining bekor bo`lishining yuz berishi yoki bermasligi noma`lum holatga bog`liq qilib qo`ysalar, bunday bitim bekor bo`lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi. Masalan, turar joyni ijaraga beruvchi fuqaro muayyan bir hol sodir bo`lganda, aytaylik, o`g`lining harbiy xizmatdan qaytgach, uyni bo`shatib berishni shart qilib, ijara shartnomasi tuzgan bo`lsa, o`g`li qaytishi bilan ijara shartnomasi bekor bo`ladi.
Shartli ravishda majburiyat olgan shaxs shartga bog`liq bo`lgan huquqni yomonlashtirish yoki yo`q qilishga qaratilgan harakatlarni qilmasligi kerak.
Agar shartning yuz berishiga, ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor bo`lgan taraf insofsizlik bilan yordamlashgan bo`lsa, bu shart sodir bo`lmagan hisoblanadi (FK, 104-modda, 4-band). Ma-salan, mol-mulklarini sug`urta qildirgan shaxs sug`urta summasini olish maqsadida mol-mulkka qasddan o`t qo`yib yondirsa, bu holda sug`urta summasi to`lanmaydi.2
Bitim tuzishda erkni ifodalash usuliga bitim shakli deb aytiladi. Bitimlar og`zaki va yozma (oddiy yoki notarial tasdiq-langan) shaklda tuziladi (FK, 105-modda, 1-band).
FKning 106-moddasiga binoan qonun hujjatlarida yoki taraf-larning kelishuvida yozma tasdiqlangan shakl belgilab qo`yilmagan, jumladan, u tuzilayotgan vaqtning o`zidayoq bajariladigan bitim og`zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.
Jeton, patta yoki odatda, qabul qilingan boshqa belgi berish bilan tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tar-tib belgilangan bo`lmasa, og`zaki shaklda tuzilgan bitim hisob-lanadi.
Yozma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo`lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og`zaki tuzilishi mumkin.
Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzi-lishi mumkinligi nazarda tutiladi. Bu holda xalqimizning qadim-dan mavjud “sukut – rozilik alomati” qoidasi amal qiladi. Biroq bunday usulda bitim tuzishga faqat cheklangan hollardagina yo`l qo`yiladi. FKning 105-moddasiga asosan sukut saqlash qonun huj-jatlarida yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollar-da bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodaning ifodasi hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, shaxsning xulq-atvori, xatti-harakat-laridan bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodasi bilinib turgan hol-larda ham bunday bitim tuzilgan hisobanadi. Bu usulda tuzilgan bitimlarning nomi lotincha “konklyudo” so`zidan olingan bo`lib, “tuzaman” degan ma`noni anglatadi. Konklyudent harakatlar shun-day harakatlarki, ular og`zaki shaklda ham, yozma shaklda ham ifoda etilmagan bo`lsada, shaxsning niyati, maqsadi haqida o`z-o`zidan guvohlik berib turadi. Yozma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga:
a) oddiy yozma;
b) notarial idoralarda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga bo`linadi.
Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o`z ichiga olgan va taraflar (yoki bir taraf) tomonidan imzolangan hujjatga aytila-di. Bitimlar quyidagi hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi:
1) yuridik shaxslarning o`zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari (chunki, yuridik shaxslar mavzusida aytganimizdek, yuri-dik shaxslarning mulki va mablag`lari uning balansida aks etti-rilishi kerak. Binobarin, yuridik shaxsning turli bitimlar tuzish orqali ko`rgan daromadi yoxud zarari ham buxgalteriya balanslarida rasmiylashtirilishi kerak);
2) fuqarolar o`rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o`n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa – bitim summasidan qat`i nazar boshqa bitimlar.
Yozma bitim uni tuzuvchilar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanishi kerak. Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki boshqa biron sabablar tufayli bitimni imzolay olmasa, bu holda uning topshirig`iga binoan boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Bu fuqaroning imzosi bitim tuzuvchi ishlab yoki o`qib turgan tashkiloti va yashash joyidagi uy boshqarmasi yoki u davolanayotgan muassasaning ma`muriyat yoxud notarial idora tomonidan tasdiq-lanishi lozim. Bunday hollarda bitim tuzgan shaxsning o`zi qanday sabab bilan bitimni imzolay olmaganligi, albatta, ko`rsatilishi kerak.
Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur tashkilot rahbarining imzosi va muhri bo`lishi lozim. Ba`zi yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarda ikkita imzo: tashkilot rahbari va boshqa mansabdor shaxs, odatda, bosh buxgalter yoki buxgalterning imzosi bo`ladi.
Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogram-malar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasi mazmuni-ni belgilaydigan boshqa hujjatlarni o`zaro ayirboshlash, agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi.
Ba`zi hollarda yozma tuzilgan bitim qo`shimcha talabga ham javob berishi lozim (muayyan shakldagi tuzilishi, muhr bilan tasdiqlanishi va h.k.).
Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi ta-rafdan ijroni tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli. Bu qoida og`zaki tadbirkorlik bitimiga nisbatan ham joriy qilinadi.
Qonun bilan talab etilgan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi-ni, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko`rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi (FK, 109-modda).
Oddiy yozma shaklga rioya qilmasdan tuzilgan bitim qonun yoki taraflarning kelishuviga bevosita zid bo`lmasa, o`z o`zicha haqiqiy bo`lib sanalsa ham, nizo chiqqan taqdirda bitimning tuzilganligi-ni va uning mazmunini guvohlarning ko`rsatmalari bilan isbotlab bo`lmaydi.
Notarial guvohlantirilgan bitim deb belgilangan shaklda notariat xati bo`lgan, notarius tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan yozma hujjatga aytiladi. Notarial shakldagi bitim uni tuzuvchilar yoki vakillari tomonidan notarius huzurida imzolanadi.
Bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qonun[93]da ko`r-satilgan yoki taraflardan biri talab qilgan hollardagina maj-buriydir. Jumladan, uy-joylarni oldi-sotdisi, garovga qo`yish shartnomalari va boshqa ba`zi shartnomalar, shuningdek mulkni vasiyat qilish to`g`risidagi bitim (vasiyatnoma) notarial tartibda tasdiqlanishini talab qiladi.
Bitimlarning oddiy yozma va notarial tasdiqlangan shaklda tuzilishi ba`zi muhim asoslar bo`yicha belgilangan, chunonchi:
birinchidan, bitimning yozma shakli bitim tuzilganligi fakti-ni bir tomonning bayonotiga yoki guvohlarning ko`rsatmalariga qara-ganda asosliroq isbotlaydigan dalil bo`la oladi;
ikkinchidan, yozma shakl og`zaki shakldan ko`ra bitimning haqi-qiy mazmunini aniqlashga yaxshiroq yordam beradi va zarur hollar-da uni tegishli davlat organlari tomonidan tekshirilishini yen-gillashtiradi. Shu nuqtai nazardan bitimning insofsiz ishtirok-chilari tomonidan ba`zi hollarda yo`l qo`yiladigan suiiste`molchi-liklarga qarshi ma`lum darajada garov bo`lib xizmat qiladi;
uchinchidan, bitimning yozma shakli taraflar uchun majburiy bo`lishi – yuridik faktlarni hujjatlashtirish va taraflarning faoliyatlari ustidan nazorat olib borish imkoniyatini beradi;
to`rtinchidan, bitimlarning yozma shaklda rasmiylashtirilishi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini muayyan tartibga, o`z erklarini aniq ifoda etishga va bitim bilan nazarda tutilgan shartlarni puxta bajarishga o`rgatadi.
Qonun ba`zi hollarda bitimlarning yozma yoki notarial shakl-da rasmiylashtirilishidan tashqari tegishli davlat muassasa-larida qayd etilishini (ro`yxatdan o`tkazilishini) talab qiladi. Masalan, yer uchastkalari va boshqa ko`chmas mol-mulk bilan bog`liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak (FK, 111-modda).
Qonun bo`yicha talab qilinadigan shaklga rioya qilmaslik oqi-batida qonunda to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilgan taqdirdagina bitim-ning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo`ladi. Jumladan, bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro`yxatidan o`tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o`z o`zidan haqiqiy bo`lmaydi (FK, 112-modda, 1-qism). Bunday hollarda bitim tuzgan taraflar har bir bitimga binoan olingan hamma narsani qaytarishga, buning imkoniyati bo`lmaganda, agar haqiqiy bo`lmagan bitimning boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilmagan bo`lsa, uning qiymatini pul bilan to`lashga majbur bo`ladi.
Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadi-gan bitimni to`la yoki qisman bajargan bo`lsa, ikkinchi taraf esa – bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo`yicha uni haqiqiy hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi (FK, 112-modda, 2-qism).
Agar davlat ro`yxatidan o`tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo`lib, ammo taraflardan biri uni ro`yxatdan o`tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni ro`yxatdan o`tkazish to`g`risida qaror chiqarishga haqli. Bunday hollarda bitim sud qaroriga muvofiq ro`yxatdan o`tkaziladi (FK, 112-modda, 3-band).3
|