• Tarbiyaviy maqsad
  • Shakllantiriladigan kompetensiyalar : Kommunikativ, axborot bilan ishlash va shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish
  • Dars jihozi
  • Uyga vazifa
  • Dars turi
  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Talimiy maqsad
  • To`g`ri top” mashg`uloti
  • Rivojlantirish maqsadi
  • O`tilgan mavzuni so`rash
  • 5-sinf Adabiyot Sana 09. 17 Mavzu: “Istiqlol darsi” Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad




    Download 356,97 Kb.
    bet1/13
    Sana22.11.2020
    Hajmi356,97 Kb.
    #12683
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


    5-sinf Adabiyot Sana___2.09.17___________
    Mavzu: “Istiqlol darsi”

    Dars maqsadi:

    Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga Vatan, yurt, Mustaqillik, erk tushunchalari va bu yo’lda qilinayotgan ishlar, o’zgarishlar, izlanishlar haqida ma’lumot berish;

    Tarbiyaviy maqsad: Vatan va erk tushunchalarining tarbiyaviy jihatlariga e’tibor qaratish. O’quvchilar qalbida Vatanga muhabbat hissini kuchaytirish;

    Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, dunyoqatashini kengaytirishga erkin mushohada yuritishga, o’z fikrlarini dalillar bilan bayon qilishga o’rgatish.

    Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Kommunikativ, axborot bilan ishlash va shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarining komponentlarini shakllantirish:

    -o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish;

    -mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

    -o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish.



    Dars jihozi: Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, O’zbekiston xaritasi, magnitafon.

    Dars turi: aralash.

    Darsning bosqichlari:

    1.Tashkiliy qism: 2 daqiqa

    2.Takroriy qism : 5 daqiqa

    3.Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa

    4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 10 daqiqa

    5.Baholash: 5 daqiqa

    6.Uyga vazifa: 3 daqiqa

    Darsning borishi: O’quvchilar uch guruhga bo’linishadi.



    O’qituvchi: Vatan inson uchun bebaho boylik, Vatanning borligi odamga ulkan g’urur, iftixor bahsh etadi. Chunki insonning eng pokiza va muqaddas tuyg’ulari o’zi tug’ilgan, voyaga yetgan zamin - Vatani bag’rida uyg’onadi, kamolga yetadi. Kishi qadrdon yurtida o’zini ozod va erkin his qiladi.

    O’qituvchi: Bor ekanda, yo’q ekan,

    Bir sayyoh bo’lgan ekan

    Ot-ulovsiz yursa ham

    Ko’p yurtni ko’rgan ekan

    Qay hunarni qilmasin

    Arimabdi tashvish, oh

    Vatanidan yiroqda

    Baxtin topmabdi sayyoh.

    Aziz o’quvchilar! Sayyoh nega o’z baxtini topa olmadi?

    1-guruh: “Bilimdonlar”

    Begona tuproq – devona tuproq deydilar. Inson o’z yurtini tashlab o’zga yurtda baxtli bo’la olmaydi. Bugungi xalq og’zaki ijodida ko’plab misollar keltirishimiz mumkin.

    1. Vatansiz inson – kuysiz bulbul

    2. Elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar

    3. Ayrilmagin elingdan

    Quvvat ketar belingdan

    4. Ona tuprog’ing – oltin beshiging

    5. Ekin yerida ko’karar, Er elida.

    6. Vatani borning baxti bor.

    Bu haqida bir qancha rivoyatlar ham bor.

    - Podsho olis bir yurtlik kambag’al qizni yoqtirib qolibdi. Unga uylanish niyati borligini aytganida qiz shart qo’yibdi. Podshoga kichik xaltachani berib, shuni oltinga to’ldirib bersangiz roziman debdi. Xaltachani to’ldirish uchun butun mamlakatdagi oltinlar ham yetmabdi. Shunda podsho bu jumboqni yechish uchun qizning huzuriga kelibdi. Qiz xatchaga oyog’i ostidagi tuproqdan bir siqim solgan ekan, xaltacha to’libdi. Shunda qiz: “Ko’rdingizmi, Vatanimning bir siqim tuprog’iga yurtingizning jamiki boyliklari teng kelolmaydi”. – debdi.

    - Bir podsho o’ziga bir yurtdagi so’lim bir maskanga joylashib olib, sharobxo’rlik bilan kunlarini o’tkazaveribdi. Oqibatda uning davlatida tartibsizlik kuchayib, hatto Vatani chegarasida dushmanlar paydo bo’libdi. Odamlar podshoga bir so’z aytishga botina olmay, donishmanddan maslahat so’rabdilar. Keksa donishmand podsho huzuriga yovshan giyohini olib kirishini maslahat beribdi.

    Podsho huzuriga kirgan kishining qo’lidagi giyohni ko’rib, ona vatanni eslaydi.

    Go’ya o’lmas bilinglar, hayot so’nmas bilinglar,

    Erkinlarning vatani erksiz bo’lmas bilinglar.



    Maqsud Shayxzoda

    2-guruh: “Ijodkorlar”

    Bu rivoyat Z.M. Bobur hayotini yodimizga soldi. Hikoya qilishlaricha, Movaraun-nahrdan qovun olib borganida Bobur ko’ziga yosh olib vatanini eslagan ekan. U Vatan ne’matlarini, tabiatini, mirishkor kishilarini nazm va nasrida tarannum etgan, musofirlik g’am-anduhlarini dard bilan kuylagan.

    Vatan sog’inchi va hasratini Bobur shunchalik yonib, qayg’u nadomatga to’lib kuylaydiki.

    Qovun birla uzumning hajrida ko’nglimda g’am har so’,

    Oqar suvning firoqidin ko’zimdin har doim oqar suv.

    Degan mahzun satrlarini u siyoh bilam emas, yuragining qoni bilan bitganidek tuyulaverardi.

    - Bobur g’ariblik haqida bir ruboiysida shunday yozadi:

    Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,

    Shod etmas emish ko’ngulni g’urbatda kishi

    Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi hech,

    G’urbatda sevinmas emish, albatta kishi

    - Boburning quydagi ruboiysida ham vatan sog’inchi o’z aksini topgan.

    Ko’pdin berikim, yor-u diyorim yo’qtur,

    Bir lahza-u bir nafas qarorim yoqtur.

    Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla,

    Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur.

    - Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat ham Vatan sog’inchi bilan yashab ijod qilgan.

    Vatanning ishtiyoqin tortaram g’urbat g’ami birla,

    Turubdurman kuturmay g’ussai ranju inolardin…

    Olib yodiga surmas kimsa Zokirjon Furqatni,

    Agarchi aytadur doir duo bodi sabolardin.

    3-guruh: “Maslahatchilar”

    Biz ikkala guruhning fikrlarini tinglagan holda shunday xulosaga keldik. Jon tanda emas, vatan tuprog’idadir, deganlaridek, o’z vatanini tark etgan inson hech qachon baxtli bo’la olmaydi. Sayyohga ham baxtini o’z vatanidan izlashini maslahat beramiz.

    Shu tariqa savol-javob, munozara guruhlar o’rtasida davom etadi.

    O’qituvchi:

    O’zbekiston kelajagi buyukdir. Bu buyuklikni ta’minlash, Mustaqillikni mustahkamlash biz yoshlarning zimmamizdadir. O’z ona yurtimizni, xalqimizni, madaniy merosimizni asrab avaylashga har birimiz burchlimiz. Yurtboshimiz aytganlaridek, “BIZ HECH KIMDAN KAM EMASMIZ VA HECH QACHON, HECH KIMGA QARAM BO’LMAYMIZ”.

    Ertangi kunimiz farovon bo’lishi uchun orzu-maqsadlar ro’yobi uchun xotirjamlikka berilmay o’qishimiz, ishlashimiz va yonib yashashimiz kerak.
    Uyga vazifa: “O’zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni” mavzusida matn tuzib kelish.

    5-sinf Adabiyot Sana______________

    Mavzu: “Adabiyot so’z san’ati”

    Darsning maqsadi:

    a) tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarda badiiy so'zni qabul qilish va undan ta'sirlanish ko'nikmasini

    b) ta'limiy maqsad : O'quvchilarga “Adabiyot so’z san’ati” degan tushunchanii singdirish;

    d) rivojlantirish maqsadi : O'quvchilarda sog’lom adabiy didni tarkib toptirish

    Shakllantiriladigan kompetensiyalar:

    Kommunikativ, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarining komponentlarini shakllantirish:


    • o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish;

    • mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

    • shaxsning kamolatga intilishi va o‘zini nazorat qilishi;

    • shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun halollik, vijdon, to‘g‘rilik, jasorat kabi sifatlarga ega bo‘lishi;.

    Dars turi: suhbat

    Darsning jihozi: darslik, rangli rasmlar, mavjud texhika vositasi

    Darsning borishi:

    b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. O’tgan mavzuni so’rash.

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu:

    Qimmatli farzand, o‘zingizning uch-to‘rt yasharlik paytingizni eslaysizmi? Yodingizda bo‘lsa, u paytlar televizorda beriladigan turli-tuman ko‘rsatuvlar Sizni unchalik qiziqtirmasdi. Agar buni eslolmasangiz, ukalaringizni kuzating. Ular televizor tomosha qilishdan ko‘ra ertak eshitishni ko‘proq yaxshi ko‘radi.

    Shunday ham bo‘ladiki, buva va buvilar, ota va onalar har kuni aytaverib, ertaklari ham tugaydi. Eng qiziq ertaklar o‘nlab marotaba qayta aytilsa ham bolajonlar jon qulog‘i bilan eshitaveradi. Ularga ertak voqealari yod bo‘lib ketadi. Lekin, baribir, bolalar ko‘zlarini katta-katta ochgancha, bir nuqtaga tikilib ertak eshitishdan zerikmaydi.

    Nega shunday? Nega oddiy gaplar emas, balki ertak va she’rlar odamni bu qadar o‘ziga tortadi, deb o‘ylab ko‘rganmisiz?

    Abdulla Qahhorning «Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o'tin yorishga sarflamaslik kerak» degan gapi, bizning nazarimizda, faqat yozuvchi-shoirlaigagina taalluqli o'git emas. Tajribali adibning bu gapi adabiyotdan qanday foydalanish kerak, uni qanday o'qish va uqish lozim, uning ta'sirini qay yo'llar bilan ta'minlash zarur degan masalalaiga ham birdek tegishlidir.. Bola ko'z oldida unga hoziiga qadar notanish bo'lgan dunyolar eshigi ochiladi. U asar dunyosiga to'la olib kira olinsa, kundalik turmushdagi mayda narsalarni, o'y-fikrini chulg'agan bachki xayollarni unutadi, ruhi so'z san'atining o'ziga chorlovchi cho'qqilari sari talpinadi. Bular aslo paxtavon gaplar, qo'l yetmas orzular emas, balki Siz bilan bizning amalga oshirishimiz mumkin, nafaqat mumkin, hatto amalga oshirishimiz majburiy bo'lgan vazifalardir. Zero, adabiy ta'lim boshqa biror ta'lim turi ega bo'lmagan imkoniyatga, xazinaga ega.

    Xo'sh, bu imkoniyat nimalarda reallashadi?

    Awalo, bolaga so'zning muqaddasligi, uning ilohiy hodisa ekanligini tushuntirmoq, hozirga qadar insoniyat yig'gan jamiki ma'naviy boyliklar, tafakkurning nodir durdonalari aynan so'z orqali bizgacha zavol ko'rmay yetib kelgani, demak, so'z avlodni ajdod bilan bog'lovchi robita ekani haqida alohida to'xtalmoq joiz. Muqaddas kitobimiz Qur'oni karimning oimas oyatlari ham, hadisi shariflar ham so'zda ifodalangani, yozuvda naqshlanganiga o'quvchi e'tiborini tortish, ilohiy da'vatlar qud- rati oddiy tuyulgan mana shu so'z bag'riga yashiringanini ang- latish kerak.

    Albatta, adabiyotning tarbiyaviy ahamiyatini yoddan chi- qarish aslo mumkin emas. Biroq tarbiyaviy samaraga bevosita asar tahlili, qahramonlar xatti-harakatiga bola e'tiborini tortish, boshqacha qilib aytganda, «aytmasdan» tarbiya berishga erishilsa, nur ustiga nur bo'lur edi. 5-sinfda o'rganiladigan juda ko'p asar- lar markazida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-shafqat g'oya- lari turadi. Biz bu asarlarni o'iganishni shunday tashkil etsakki, natijada o'quvchi ayni tuyg'ularni o'z ko'nglida o'zi kashf etsa, hozirga qadar nomini bilolmayotgan hislariga o'zi nom topsa!

    Yana qaytaramiz - Sizda bunga erishishning real imkoniyatlari mavjud. Bobur ruboiylarini olasizmi, H. K. Andersenning «Bulbul» ertagini olasizmi yoxud M. Shayxzodaning «Iskandar Zulqarnayn» to'g'risidagi rivoyatiga to'xtalasizmi, qat'i nazar, agar bu asarlarni ixlos ila o'quvchi qalbiga olib kira olsangiz, bolajonning murg'ak qalbi so'zsiz aks sado beradi.

    Pirovardida Sizga eslatmoqchi bo'lgan yana bir muhim gap bor. Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari - gazeta- jurnallar, ko'chalar va yo'l chetlaridagi ko'rgazma taxtalarida, hatto adabiyotshunoslikka oid kitoblarda ham mumtoz adabiyotimiz vakillari ismi sharifini zamonaviy shaklda yozish urf bo'lmoqda — A. Navoiy, S. Sheroziy, Z. M. Bobur singari. Shu salbiy holatni bolalarga hozirdan eslatib, bunday yo'l tutish ma'qul emasligini, ulug' adiblar o'z asarlari ostiga bu taxlit imzo chekmaganlarini aytish, ularning muborak ismi shariflarini to'g'ri va to'liq yozish lozimligini uqtirish hamda nazorat qilishkerak bo'ladi. Qolaversa, mumtoz adabiyotimiz namoyandalari hayoti va ijodiga bag'ishlangan saboqlarni ularning ismlari, taxalluslariga kichikkina izoh berish bilan boyitilsa, bu ham ayni ijodkor shaxsi va badiiy olamini tushunishda yana bir kalit vazifasini o'tagan bo'lardi.



    Mashg'ulot mobaynida “Aqliy hujum” usuli orqali o'qituvchi o'quvchilar faolligini oshirish uchun

    «Qanday san'at turlarini bilasiz?»,

    «San'atlarning o'zaro o'xshash va farqli tomonlarini ayting»,

    «Badiiy adabiyot nima uchun so'z san'ati hisoblanadi?»,

    «Ilmiy haqiqat bilan badiiy haqiqatning farqli tomonlari qaysilar?»,

    «Badiiy asar ta'sirchanligini ta'minlagan omillar qaysilari?» singari savollar bilan murojaat qilishi mumkin.

    Bu savollarga olingan javoblar, to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligidan qat'i nazar, rag'batlantirilishi lozim.

    Chunki berilgan javob hozircha to'g'ri bo'lmasa-da, vaqti bilan to'g'rilanishi mumkinligi ko'zda tutilishi joiz.

    Odamlar fikrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Bunda ular nafaqat oqni qoradan, yaxshini esa yomondan ajratadi, balki nar-salar orasidagi o‘xshash, bir-birini takrorlovchi jihatlarni ilg‘aydi. Mana shu solishtirish jarayonida obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi yuzaga keladi.

    «Obrazli fikrlash» degan ibora Sizga sal og‘irlik qilayotgan bo‘lsa, buni bir sodda misol bilan tushuntiramiz.

    Jajji ukalaringizning tiliga, xatti-harakatlariga e’tibor bering. Ular osmondagi bulutlarga qarab Sizga goh chopib borayotgan otni, goh ulkan odam qiyofasini ko‘rsatadilar. Bir sinchkov bola barg ustida sudralayotgan ipak qurtini har kuni qishlog‘ining chekkasidan o‘tadigan poyezdga o‘xshatsa, boshqa bola bahorda lolaqizg‘aldoq bilan qoplangan Dalalarni qip-qizil gilamga qiyoslaydi. Bolajonlar loydan kulcha, qumdan uy, plastilindan qushcha yasar ekan, yodiga o‘sha narsalarning surati — timsolini keltiradi. Qo‘lidagini xayolidagiga o‘xshatib yasashga urinadi.

    Ertaklarda esa mana shunday obrazli fikrlashning rang-barang ko‘rinishlari aks etadi. Ertak qahramonlari so‘z va obrazli ifodalar yorda-mida ko‘z oldingizda jonlanadi, turli sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Voqealar shunday qiziqarli hikoya qilinadiki, o‘zingizni xuddi ularning ishtirokchisidek his qilasiz.

    Demak, odamlarning tabiatida bir narsani ikkinchi bir narsaga qiyoslash, hamma narsani so‘z yordamida jonlantirishga moyillik, so‘z san’atiga — adabiyotga qiziqish azaldan bor ekan, degan xulosaga kelsak bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi!

    Ana endi ertak, she’r, hikoya ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan adabiyot — so‘z san’atining o‘zi nima, u qanday ehtiyojdan paydo bo‘ladi, degan savolga javob izlab ko‘raylik.

    Suhbatimiz boshida «odam boshqa mavjudotlardan o‘zining fikrlay olishi bilan farq qiladi» dedik. Fikrlaydigan insonga esa xayolga berilish, orzu qilish, agar maqsadlariga erisha olmasa, armon chekish singari juda ko‘p xususiyatlar ham xosdir.



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa.

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari:
    5-sinf Adabiyot Sana______________

    Mavzu: MAQOLLAR

    Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni milliy qadriyatlarimiz asosida bag'rikenglik, bir-birini tushunishlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash.

    Ta'limiy maqsad: O'quvchilarda maqollarni o'qish, uqish hamda tahlillash malakasini shakllantirish.

    Rivojlantirish maqsadi: O'smirlarda pokiza iymon, sobit e'tiqodni mustahkamlash

    Darsning jihozi: darslik, tarqatma materiallar, testlar, ko’rgazmali qurollar.

    Dars turi: aralash.

    Darsning bosqichlari:

    1.Tashkiliy qism: 2 daqiqa

    2.Takroriy qism : 5 daqiqa

    3.Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa

    4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 10 daqiqa

    5.Baholash: 5 daqiqa

    6.Uyga vazifa: 3 daqiqa
    Darslikdagi adabiy materiallar «Hikmat durdonalari» rukni ostida berilgan maqollar bilan boshlanadi. Maqollar xalq og'zaki ijodining muhim qismini tashkil qiladi. Ikkinchidan, ular o'quvchi fikr-qarashining shakllanishida, nutq madaniyatining o'sishida juda katta ahamiyatga ega.
    To`g`ri top” mashg`uloti uchun ikkita plakat kerak bo`ladi. O`qituvchi birinchi navbatda biror makolning boshlanishini yozib ko`yadi, ikkinchisi esa tartabni o`zgartirgan holda makolning davomini yozib ko`yadi. O`yinni 5 sinflarda “Makollar” mavzusini o`rganishda qo`llash mumkin.

    1. Qari bilganini...

    2. Avval o`yla...

    3. Otdan tushsa ham...

    4. Yaxshi topib gapirar...

    5. O`z uying...

    1. egardan tushmaydi

    2. yomon kopib

    3. pari bilmas

    4. o`lan to`shaging

    5. keyin so`yla

    Faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.

    5-sinf o'quvchisiga maqolning ilmiy ta'rifi-yu tasniflarining zarurati yo'q. Birinchidan, u buni tushunishga tayyor emas. Ikkinchidan, unga keragi yo'q. Chunki u adabiyotshunoslikka o'qiyotgani yo'q. Unga umumiy bir ma'lumot kerak, xolos. Shuning uchun maqol nima, u qanday xususiyatlarga ega, uning boshqa folklor janrlaridan farqi haqida fikr yuritganda, bu jihatlarni hisobga olish lozim bo'ladi. Shunga qaramasdan, har bir tushunchani o'quvchiga yetkazishning ma'lum tartib-qoidasi borki, bunga rioya qilish kerak. Masalan, maqolni tushuntirganda to'g'ridan to'g'ri uning xillaridan boshlamaysiz-ku. Boshqa adabiy janrlar bilan imkon doirasida qiyoslab, farqlarini ko'rsatamiz. Poetikasi haqida fikrlar bildiramiz. Mavzu doirasi haqida fikr yuritamiz. Nihoyat, o'zaro suhbat doirasidan badiiy ijodgacha tutadigan o'rni haqida ma'lumot beramiz.

    Yuqorida bildirilgan mulohazalardan kelib chiqib, darsning asosiy qismida xalq hayoti, qadriyatlari, hozir urfga kirgan ibora bilan aytadigan bo'lsak, xalqimiz mentalitetini o'zida mujassam etgan ibratli maqollar ustida sinf bilan birgalikda munozara o'tkazishingiz mumkin. Masalan, «Do'st yig'latib aytur, dushman kuldirib» maqolida qanchalar achchiq tajriba va saboq yotibdi. Yo bo'lmasa, «Qayg'uni bo'lishsang, ozayadi, quvonchni bo'lishsang, ko'payadi» degan maqolni oling. Boshingga biror g'am-tashvish tushsa, qarindosh-urug', yor- do'stlaring yoningga kelib ko'ngil so'raydilar, hamdard bo'ladilar. Sening g'am-tashvishing ularga ham o'tadi. G'am bo'linadi. U ozayadi. Masalaning psixologik tomoni ham bor. Shuncha odamning sen tufayli ma'yuslanishi o'zingga ham ta'sir qiladi. Musibat bag'ridan tezroq chiqishga urinasan. Ularni bu ahvolda uzoq qoldiiging kelmaydi.

    Quvonch-chi?! Unda ham yor-do'st, birodarlaring atrofingda bo'ladilar. Endi ular quvonchingga sherik bo'ladilar. Sen tufayli ular ham quvonadilar. Quvonch ko'payadi. Shuncha odamni quvontiiganingni ko'rganingdan keyin, ular sening quvonchingdan quvonayotganliklarini bilganingdan keyin sendagi bu quvonch yana oshadi. Quvonch kuchayadi. Ko'ryapsizmi, naqadar bag'rikenglik va xayrixohlik millatiiniz ko'ksiga jo bo'lgan.

    Xuddi shunday tahlilni «Duo bilan el ko'karar, yomg'ir bilan yer ko'karar», «Kishi yurtida shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l», «Yurgan — daryo, o'tirgan - bo'yra», «Arg'amchiga qil quvvat», «Bir kun urush bo'lgan uydan, qirq kun baraka ketar» singari o'nlab maqollar ustida ham olib bo- rish mumkin.

    Bular hammasi maqollarning umumiy jihatlariga tegishli bo'lgan gaplar. Maqollarni tushunish va tushuntirishda, tahlil qilishda bular ko'zda tutilsa, zarar qilmaydi. Lekin o'qituvchi ushbu mavzuni o'tar ekan, u haqdagi ilmiy fikrlardan, nashr- lardan qisman bo'lsa-da, xabardor bo'lishi kerak.

    Masalan, 1988—1989-yillarda maqollarimiz «0'zbek xalq maqollari» nomi bilan ikki jildda nashr etilgan. U haqda tad- qiqotlar yaratilgan1. Oliy maktab darsliklariga kiritilgan2.

    Masalan, mutaxassislar «maqol» so'zining kelib chiqishini arabcha «qavlun» so'zi bilan bogiaydilar. Bu so'z «aytmoq», «gapirmoq» ma'nolarini anglatadi. «Oola», «maqol» shu so'z- ning muayyan ichki ma'no anglatuvchi shakllari. Ehtiyoj tug'ilsa, bolalarga saviya va qiziqishlariga qarab, bu haqda ham ma'lumot berilsa, foydadan xoli bo'lmaydi. Yo bo'lmasa, maqol janrining boshqa masal, matal, topishmoq, hikmatli so'z kabilar bilan munosabatlarini olib ko'raylik. Bu yerdagi masal va hikmatli so'z adabiyotimiz tarixida juda ko'p o'rinlarda maqol bilan bir ma'noda ishlatiladi. Maqol ham, masalan, aslida hikmatli so'zdir. Buning ajablanadigan joyi yo'q. Masalga keladigan bolsak, darslikda biz tilga olganimiz Gulxaniy uni xuddi shu maqol o'rnida ishlatadi. Masalan, kitobning nomi «Zarbulmasal» ham aslida maqolni maqolga urishtirish, bir-birlariga maqol bilan javob berish ma'nolarida keladi. Arabcha so'z bo'lgan «masal»ning lug'aviy ma'nosi ham «o'rnak», «maqol», «hikoyat»ga to'g'ri kelar ckan. Lekin «matal» boshqacharoq. Uni ko'pjoylarda hikoya ma'nosida qo'llaydilar. «Topishmoq» o'z oti bilan topishmoq. Uning belgilari va maqoldan farqlari darslikda aytildi.

    Darsda e'tibor berilishi lozim bo'lgan masalalardan yana biri maqollarning mavzu ko'lamiga oid bo'lgan gapdir. Maqollarning mavzu ko'lami bizda g'oyat keng. Iloji boricha, shu kenglikni misollar bilan ko'rsatishga harakat qilinadi. Uni mustahkamlash maqsadida darslikda keltirilgan maqollarni mavzusiga ko'ra, o'quvchilarga tasniflatish yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, mavzularni oldindan belgilab, ularga tegishli maqollar topib kelishni o'quvchiga vazifa qilib topshirish kerak.


    Uyga vazifa: «O'zbek xalq maqollarida Vatan mavzusi» nomi ostida ijodiy matn tuzib kelish.
    5-sinf Adabiyot Sana______________

    MAVZU:“TOPISHMOQLAR”
    Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni zehni o’tkir, topqir, dono va bir-birini tushunishlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash.

    Ta'limiy maqsad: O'quvchilarda xalq og’zaki ijodini o'qish, uqish hamda tahlillash malakasini shakllantirish.

    Rivojlantirish maqsadi: O'smirlarda pokiza iymon, sobit e'tiqodni mustahkamlash

    Darsning jihozi: darslik, tarqatma materiallar, testlar, ko’rgazmali qurollar.

    Dars turi: aralash.

    Darsning bosqichlari:

    1.Tashkiliy qism: 2 daqiqa

    2.Takroriy qism : 5 daqiqa

    3.Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa

    4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 10 daqiqa

    5.Baholash: 5 daqiqa

    6.Uyga vazifa: 3 daqiqa

    O`tilgan mavzuni so`rash:

    MAQOLLARDAN NAMUNALAR YODLASDH

    Bilim baxt keltirar.

    Ilmsiz - bir yashar,

    Ilmli - ming yashar.

    Ona yurting - oltin beshiging.

    Izzat tilasang, ko‘p dema,

    Sihat tilasang, ko‘p yema.

    Do‘st bo‘lsang, do‘stingning aybini tuzat.

    Qunt bilan o‘rgan hunar,

    Hunardan rizqing unar.

    Aql - yoshdan, odob - boshdan.

    Daraxtni yer ko‘kartiradi,

    Odamni el ko‘kartiradi.

    Ona yurting omon bo‘lsa,

    Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.

    Xalqqa xizmat — oliy himmat.

    Yangi mavzu bayoni:

    Topishmoqlarga bag'ishlangan dars bir soatga mo'ljallangan. Darvoqe, ushbu mavzu o'quvchi uchun ham, o'qituvchi uchun ham notanish narsa emas. Bola esini taniganidan buyon topishmoq uning dil-u joni, jumboq yechish sevgan mashg'ulotlaridan biri. Beshinchi sinfgacha o'quvchilar darslarda, sinfdan tashqari mashg'ulotlarda turli mavzudagi va turli murakkablikdagi topish- moqlarni yechishgan, zavqlanishgan. Hurmatli hamkasaba, bu sinfda bolalarga topishmoqlarni o'tishingizdan maqsad - xalq og'zaki ijodining ushbu turi, uning janr xususiyatlari, mavzu doirasi haqida nazariy ma'lumot berish, adabiy, tarbiyaviy mohiyatini tushuntirishdan iborat. Topishmoqlar mavzusiga bag'ish­langan darsni qay yo'sinda (savol-javob, ma'ruza, amaliy mash- g'ulot tarzida kabi) olib borish o'zingizga havola. Agar yangi darsni ma'ruza shaklida o'tishga qaror qilsangiz, topishmoq haqida quyidagi ma'lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

    Topishmoq xalq og'zaki ijodining avloddan avlodga o'tib kelayotgan mustaqil janri hisoblanadi. Topishmoq odamlarga tabiat hodisalarini taqqoslash, o'xshatish orqali ularni tus.hu- nib olishga yordam bergan. Topishmoqni insoniyat tarixidagi dastlabki tafakkur mushohada vositasi deyish mumkin. Keyin- chalik xalq og'zaki ijodining ushbu janri ham ko'ngil ochish, ham mantiqiy fikrlash vositasi sifatida yildan yilga sayqallanib kelgan.

    Topishmoqlar xalq og'zaki ijodining boshqa janrlari, jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchraydi. Ular doston va ertaklar mazmunini boyitib, ularning qiziqarliligini, o'qimishliligini ta'minlaydi. Agar esingizda bo'lsa, doston yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aqli va ziyrakligini topishmoqlar orqali sinaydilar. Bu hodisa ko'proq ertaklarda uchraydi. Topishmoq qatnashadigan ertaklar ikki xilda bo'ladi: Birinchisi, topishmoqli ertak bo'lib, bunda topishmoq ertak ichida keladi. Ikkinchisi, ertak-topishmoq hisoblanib, undagi asar voqealari topishmoq asosida qurilgan bo'ladi.

    Topishmoqlar mavzu jihatdan rang-barang bo'lib, ular olam va odam haqidagi barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi. Ma­salan, tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlari, hayvonot dunyosi, odam, uning a'zolari va xislatlari, mehnat va o'quv qurollari, cholg'u asboblari, turar joy, uy-xo'jalik asboblari, qurol-yarog'lar haqida bo'lishi mumkin. Bundan tashqari topishmoqlar o'zining yaratilishi davriga ko'ra an'anaviy topishmoqlar va yangi, za- monaviy topishmoqlar sifatida farqlanadi.

    Topishmoqlaming mumtoz adabiyotimizdagi yana bir ko'rinishi — chiston majoziy ma'noda bo'lib, she'riy (fard, bayt, ruboiy, qit'a, g'azal) shaklida yaratiladi. Chiston odatda ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega.


    O'qituvchi topishmoq haqidagi suhbatining so'ngida xalq og'zaki ijodining boshqa janrlari, xususan, maqol va topish­moqlaming mushtarak, farqli jihatlari haqida tushuntirish berishi ham maqsadga muvofiq.

    Download 356,97 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 356,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-sinf Adabiyot Sana 09. 17 Mavzu: “Istiqlol darsi” Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad

    Download 356,97 Kb.