Yangi mavzuni mustahkamlash:
Bir parcha patir, Olamga tatir. (Oy)
Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi. (Quyosh, oy, yulduzlar)
Onasi bitta, Bolasi mingta (Oy va yulduzlar)
Zar gilam, zar-zar gilam, Ko‘taray desam, og‘ir gilam. (Yer)
Teg desam, tegmaydi, Tegma desam, tegadi.
Kel, kel desam, kelmaydi. Kelma desam, keladi. (Lab)
Boshi taroq, Dumi o‘roq. (Xo‘roz)
Otasi uzun xo‘ja, Onasi yoyma xotin, Bolasi shirin-shakar. (Tok, bargi, uzumi)
Kichkina dekcha, Ichi to‘ la mixcha. (Anor)
Qo‘shnimning arqoni devordan oshib tushdi. ( Oshqovoq)
Yer tagida oltin qoziq. (Sabzi)
Uyga vazifa: Darslikda keltirilgan topishmoqlardan kamida bitta topishmoqni yod olishni, o'zlari ham 2—3 ta yangi topishmoq to'qib kelishlari topshiradi
5-sinf Adabiyot Sana______________
MAVZU: IMOM MUHAMMAD IBN 1SMOIL AL-BUXORIY
HADISLAR
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.
2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
O'quvchilardagi diniy-islomiy tushunchalarni badiiy adabiyot, xususan, o'zbek mumtoz adabiyoti bilan bogiashda bu mavzuning alohida o'rni va qadri bor. Umuman olganda, diniy kitoblarimiz badiiyatdan uzoq emas. Aksincha. Masalan, Qur'oni karim she'r bilan bitilgan. Xuddi shuningdek, islomda ahamiyatiga ko'ra ikkinchi o'rinda turuvchi hadislar badiiy zavq va did bilan yaratilgan ixcham hikmatlar, hikoyatlardan tashkil topgan. Biz uchun masalaning har ikki jihati muhim. Ya'ni: hadislarning mazmuni qanchalar biz uchun ahamiyatli bo'lsa, ularning adabiy-estetik qimmati ham shunchalar keraklidir. Ularning birtomonini ajratib olib, ikkinchi tomoniga e'tibor qilmaslik xato bo'ladi.
Hadislarni yaxshi tushunish va tushuntirish uchun, awalo, ularning o'zi nima va qanday sharoitda maydonga keldi - shu masalalarni puxta bilib olish kerak bo'ladi. Buning uchun esa, hech bo'lmasa, ayrim ilmiy-ommaviy risolalardan xabardor bo'lmoq kerak. Jumladan, biz bugungi hadisshunos olimlardan Ubaydulla Uvatovning «Muhaddislar imomi»' risolasini tavsiya qilamiz.
Islom e'tiqodgina emas, yashash tarzi hamdir. Shunga ko'ra u faqat din emas, axloq, madaniyat hamdir. Bularning hammasi uchun asos Qur'oni karimdir. Biroq Qur'on juda qisqa vaqt ichida nozil bo'ldi. Va u umumiy bir dastur, yo'riqnoma edi. Uni hayotga, hayotning har bir kundalik hodisasiga moslash, tatbiq etish kerak edi. Bu ish payg'ambarimiz zimmasiga tushdi. Chunki Qur'oni karim u kishiga nozil qilingan edi. Olloh taoloning sirlari inson zoti orasidan u kishigagina ayon edi. Shuning uchun sharhlash sharafi ham u kishiga nasib etdi. Demak, hadislar Qur'oni karimning payg'ambarimiz tomonidan sharhlanishidir. Lekin gap shundaki, bular o'z davrida yozib olinmagan. Hatto payg'ambarimiz bunga o'zlari ruxsat bermaganlar. Avomning sharhlar bilan Qur'on oyatlarini aralashtirib yuborishidunxavotirlanganlar. Shu sababli, bu sharh va talqinlar, birinchi navbatda, ularning atroflaridagi sahobalar va undan so'ng esa, ular bilan muloqotda bo'lgan tobeinlarning xotiralaridan tiklangan. Lekin, vaqt o'tishi bilan tabiiyki, sahobalar u yoqda tursin, tobeinlar ham kamayib boiganlar. Xuddi shu paytlardan e'tiboran to'g'ri (sahih) hadislar bilan bir qatorda soxta (nosa- hih)lari ham paydo bo'la boshlagan. Va bu soxta hadislar ko'- pincha islomni obro'sizlantirishni maqsad qilib olgan uning dushmanlari tomonidan to'qib chiqarilgan.
Shuning uchun hadislarni to'plash va saralashga, minglab hadislarni tadqiq etib, ular orasidan payg'ambarimizga tegish- lilarini — «sahih»larini ajratib olishga katta ehtiyoj paydo bo'lgan. Bu hadisshunoslik edi va u VIII asrning boshlariga to'g'ri keladi.
Hadislar va ularning islom madaniyatidagi o'rni haqida o'quvchilarda ma'lum bir tasawur hosil qilgach, islom nima, islom madaniyati nima, degan savollarga javob berish kerak bo'ladi. Bu javoblar sodda, bolabop bo'lmog'i lozim. Unga uzun falsafalar, chuqur, har taraflama ilmiy asoslangan fikrlar emas, u tushunadigan «til»dagi so'zlar kerak. Fikr-mulohazalarni taxminan, quyidagi doirada ifodalansa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Islom - siz bilan biz mansub bo'lgan din. Din — ishonch, e'tiqod. Uning asosida Ollohning birligi va borligi turadi. Bu din VII asrda arab dunyosida, hoziigi Saudiya Arabistoni sarhadlarida maydonga keldi. Uning din holiga kelishida hazrati payg'ambarimiz Rasulullohning xizmatlari katta bo'ldi. Islom tarixida 622-yil Rasu- lullohning Makkadan Madinaga ko'chishlari muhim voqealardan sanaladi. Islom dunyosidagi hijriy hisob yili shundan olingan. Hozirgi biz rioya qiladigan milodiy yil hazrati Isoning tug'ilgan kunidan boshlangan. Bu yil milodiy 2003-yil hijriy hisobning 1424-yiliga to'g'ri keldi. Bizning yurtimizga islom VIII—IX asrlardan kirib kela boshladi. Qisqa muddatda islom dini bilan ba- robar islom madaniyati ham shakllandi.
O'quvchiga islom madaniyati haqida ma'lumot beiganda o'sha - davrning tarixiy faktlari asosida fikr yuritish kerak bo'ladi. Jumladan, ilk islom jamoasining maydonga kelishi, hazrati Muhammadning payg'ambarlik rutbasiga noil bo'lishlari, u kishining vafotlaridan keyingi yillar, xulafoyi roshidin (choryor- lar) — Abubakr, Umar, Usmon, Ali davri, ummaviylar... nihoyat, 4 yilda Bag'dod shahrining qurilib, xalifot poytaxtigaaylantirilishi, ilmiy markazlarning tashkil topishi, madrasalar... Xullas, bulardan bir qadar xabardorlik kerak.
Masalan, IX asrda dunyoda Bag'dodga yetadigan ikkinchi bir ilmiy-madaniy markaz yo'q edi, desak mubolag'a qilmagan boiamiz. Shu davrda bu shaharda o'ziga xos Fanlar akademiyasi hisoblangan «Baytul hikma» (Donishmandlar uyi) va zamona- sining eng boy kutubxonasi mavjud edi. Osmon yoritqichlarini o'iganadigan rasadxona qurildi. Ispaniyaning Kordovasidan Xitoy devorigacha bo'lgan xalifalik doirasidagi barcha ilm-fan egalari poytaxtga jalb qilindi. Xalifalikdagi ikkinchi ilmiy-madaniy markaz Damashq (Shorn) edi. Maktab-madrasa ta'limi yo'lga qo'yildi. Nafis qog'oz ishlab chiqarish, xattotlik, hatto kitob savdosi oddiy holga aylanib qoldi. Bu o'zgarish birgina poytaxt emas, muazzam islom dunyosiga daxldor barcha mamlakatlarga xos edi. Masalan, Buxoroda Ibn Sino zamonida kitob bozori bo'lganini yuqorida aytib o'tgan edik. Ispaniyaning Andalu- ziyasidagi madrasalar esa, Ovrupo ilmini bashariyat bayrog'iga aylantirgan universitetlar uchun o'rnak va andoza vazifasini bajargan edi. Shu sababli, islom madaniyati deyilganida, birgina arab madaniyati ko'zda tutilmaydi. Uning maydonga kelishida islom olamiga kirgan barcha millatlar ishtirok etdilar. Lekin bu «bino»ning qurilishida turkiy xalqlarning hissasi va xizmatlari benihoya buyuk bo'ldi.
Shaharlarni bir-biriga karvonlar bog'lar edi. Karvonlar esa, yurtdan yurtga mol-matohgina emas, dunyo yangiliklarini ham olib borar edilar. Savdo yuklari, davlat — elchilik ashyolari orasida nodir kitoblar ham ko'p bo'lar edi. Sayyohlar, olimlar, shoirlarni esa, deyarli har bir karvonda uchratish mumkin edi.
Zamonning eng muhim xususiyatlaridan biri arab tilining Ispaniyadan Qashqarga qadar bo'lgan ulkan mintaqada yagona ilmiy tilga aylanishi bo'ldi. Bir vaqtlar qadim antik madaniyat taraqqiyoti uchun lotin tili qanday vazifani bajargan bo'lsa, arab tili ham bir dinga mansub xiima-xil el-elatlarni bir-bir- lariga yaqinlashtirish, markazlashgan davlat yaratish va bular orqali mushtarak bir madaniyatni maydonga keltirish yo'lida xizmat qildi. Turkistonda islomning yoyilishi o'lka ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy hayotida muhim bosqich yasadi. Davlat va jamiyat islom qonunlari asosida yashashga o'tdi. Undagi tenglik, ozodlik, ilm va ma'rifat, xushaxloqlik g'oyalari Turkiston tur- mushiga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Ayni paytda turkistonliklar ham islom ravnaqi yo'lida juda katta xizmat qildilar. Imom Buxoriydan
Mahmud Zamaxshariygacha bo'lgan allomalar islomning chinakam jahoniy dinga aylanishida buyuk xizmat ko'rsatdilar.
Mana, Imom Buxoriy dahosini maydonga chiqargan muhit.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Imom al-Buxoriy islom dunyosining eng mashhur kishilaridan. U kishini «muhaddislar imomi» deydilar. Muhaddis — «hadis biluvchi», «hadis aytuvchi» degani. Hadis esa payg‘ambarimiz so‘zidir. Bundan chiqadiki, u kishi payg‘ambarimiz so‘zlarini yig‘gan, o‘rgangan, aytgan allomadir. Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda, oldindagi boshlab boruvchi imom bo‘ladi. Demak, Buxoriy barcha muhaddislarning eng oldingi qatorida turgan, hammalari tomonidan tan olingan ustozidir.
Islomda islomiy yashash va o‘zaro muomala qilishning bosh kitobi Qur'oni karimdir. Qur'oni karim payg‘ambarimizga vahiy qilib yuborilgan. «Vahiy» degani Olloh taoloning o‘z sevgan bandasi diliga o‘z so‘zlarini, ya'ni ilohiy so‘zlarni solishidir. Shuning uchun ham Qur'oni karimning yana bir nomi Kalomi Ollohdir, ya'ni Olloh so‘zlaridir. Uni xalq orasida «Kalomulloh» deydilar.
Hadislar Qur'oni karimdagi oyatlarni tushuntiradi, sharoitga tatbiq etadi. Shunga ko‘ra, ular o‘z ahamiyati jihatidan Qur'oni karimdan keyingi eng muhim qo‘llanmadirlar.
Hadislarni yig‘ish payg‘ambarimiz davrlaridan boshlangan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ularni saralash, ishonchlilarini ishonchsizlaridan ajratib olish qiyinlashib borgan. Islomni obro‘sizlantirish, musulmonlarni chalg‘itish uchun uning dushmanlari soxta hadislar to‘qib tarqatganlar. Shuning uchun bu hadislarning kim tomonidan aytilganligiga va ularning shaxsiga alohida e'tibor berilgan. Hadisshunoslik degan fan hadislarning «sahih» (ishonchli)larini «nosahih» (ishonchsiz)laridan ajratish bilan shug‘ullangan.
Payg‘ambarimiz so‘zlari — hadislar roviylardan yig‘ilgan. «Roviy» ma'lumot beruvchi, aytuvchidir. Roviylar asosan ikki xil bo‘lgan: sahobalar, tobeinlar. Sahoba deb payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lganlarga aytilgan. Tobeinlar esa, payg‘ambarimizni emas, sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilardir. Hadis ikki qismdan — sanad va matndan tashkil topgan. Sanad payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati bo‘lsa, matn uning mazmunidir. Imom al-Buxoriy mana shunday hadis ilmining Buxorodan yetishib chiqqan va butun dunyoga shuhrat taratgan allomasi edi. U kishining hayot yo‘llari ham ibratlidir.
Imom al-Buxoriyning ismi — Muhammad, otasining oti — Ismoil bo‘lib, 810-yilning 21-iyunida Buxoro shahrida tug‘ildi. Otasi Ismoil Buxoriy ham muhaddis edi, goho tijorat bilan shug‘ullanardi. Lekin juda halol, xudojo‘y odam edi. Zamondoshlari, uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirgan emas edi, deb yozadilar.
V. Uyga vazifa. Adib hayoti va ijodini o`qib,o`rganish.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari:
5-sinf Adabiyot Sana______________
MAVZU: IMOM MUHAMMAD IBN 1SMOIL AL-BUXORIY
HADISLAR
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy:
. O'quvchilarni milliy ua diniy qadriyatlarimiz asosida bag'rikenglik, bir-birini tushunishlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash.
b) tarbiyaviy:
O'quvchilarda hadislarni o'qish, uqish hamda tahlillash malakasini shakllantirish.
c) rivojlantiruvchi: O'smirlarda pokiza iymon, sobit e'tiqodni mustahkamlash O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.
2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Mana, Siz islom madaniyati haqida ma'lum tushuncha berdingiz. Endi yana asosiy mavzuga qaytish, gapni hadislarga keltirib bog'lash kerak bo'ladi. Hadislarni esa Qur'oni karimsiz tushuntirib bo'lmaydi. Lekin gap shundaki, uni ham iloji boricha yurtimiz, madaniyatimiz tarixi bilan bog'lash kerak. Shu bog'lanishlarni topish kerak. Shunda uning biz uchun qadr- qimmati keskin oshadi.
Darhaqiqat, islomning asosida Qur'on yotadi. U ilohiy kitobdir. Olloh tarafidan Muhammad payg'ambarga nozil qilingan (tushirilgan) kitobdir. Kitobni Muhammadning kotibi Zayn ibn Sobit qog'ozga tushirgan. Xalifa Abubakr davrida u yaxlit holga keltirildi. Hazrat Usmon davrida tahrir qilinib, qiyomiga yetkazilgan bu nusxa «Mus'haf» (o'rama qog'oz) deb atala boshlandi. Naql qilishlaricha, xalifa Usmon undan o'zi uchun bir shaxsiy nusxa ko'chirtiradi. Amir Temur o'zining Arabistonga qilgan yurishlaridan birida Usmon avlodlari qo'lida meros saqlanib qolgan bu nusxani Samarqandga keltiradi. Rusiya 1868-yilda Samarqandni bosib olganida, uni Peterburgga olib ketadi. «Hazrati Usmon mus'hafi» nomi bilan mashhur ushbu obida 1923-yilda Toshkentga qaytariladi. Hozirda u O'zbekiston musulmon idorasi kutubxonasidadir.
Qur'onda olam va odam, tarix va taqdir, islom qoidalari haqida gap ketadi. Ezgulik, xayrixohlik, ilm-ma'rifat, xush xulqdan bahs ochiladi. Shulardan kelib chiqib, islom jamoasining turish- turmushi tartiblarini belgilaydi. U ilm-fanga zid emas. Aksincha. Masalan, unda 751 o'rinda ilm so'zi tilga olingan. Asrlar davomida davlat va huquq ishlarida, jamoat axloqini belgilashda Qur'on oyatlari qonun darajasida keladi. U ma'lum darajada badiiy asar ham edi. Undagi ohangdorlik, ko'p oyatlarning saj (qofiyali nasr) bilan bitilganligi, ba'zilarining aruzda yozilgani ma'lum. Uning izohli taijimasini o'zbek tiliga 1992-yilda Alouddin Man-sur amalga oshiigan.
Qur'oni karim haqida ma'lumot berdingiz, uning Turkiston tarixi bilan ayrim aloqalarini ham bir qadar topdingiz. Endi hadislarga o'tish mumkin.
Hadislar Rasulullohning hayotlik paytlarida jamlangan emas. So'ng yig'ilgan. Ularning bir qismi Rasululloh davrida yozib olingan. Dastlabki hadislarning hammasi «sahih» (to'g'ri) sanaladi va shar'iy huquqqa egadirlar.
Hadislar asosan hijriy uchinchi asrda ko'plab yig'ildi. Ilmi hadis bilan shug'uilanish avj oldi. Uning «musnad», «sahih», «sunan» degan yo'nalishlari paydo bo'ldi. Bu uch yo'nalishning eng ishonchli va eng mo'tabari «sahih» bo'lib, uning asoschisi buyuk vatandoshimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy edi.
Imom Buxoriy o'z hayoti davomida 20 ga yaqin asar yozgan. Ular orasida eng mashhuri «Jome' as-sahih...» nomli to'rt qismdan iborat hadislar to'plamidir. Zamondoshlari uning favqulodda zehn va xotiraga ega bo'lganini qayd qiladilar. U minglab hadislarni yod bilgan. Shunchaki yod bilish emas, ularning aytilish shart-sharoiti, guvohliklarigacha xotirasida saq- lagan. Shu tufayli hadislarning «sahih» (rost)idan «nosahih» (yolg'on)ini ajratishda tengi bo'lmagan. Mutaxassislar «Jome' as-sahih»ning 600 ming hadisdan tanlab olinganligini qayd etadilar. Imom Buxoriy to'plamiga kirgan hadislarning umumiy
soni esa, 7397 tadir. Mazkur kitob o'z qadr va e'tiboriga ko'ra islom olamida Qur'ondan keyingi mavqega egadir. Uning ikkinchi nomi «Sahihi Buxoriy»dir. Asar to'rt jildda o'zbek tiliga tarjima qilinib, XX asrning 90-yillarida nashr etilgan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Hadislar haqida gap ketganida, bir qator istilohlarga duch kelinadi. Ularning ayrimlari darslik va majmuada berilgan hadislarda ham bor. O'quvchi, albatta, so'raydi. So'ramagan taqdirda ham ularni bilib qo'yish kerak. Mana, eng muhimlari:
-Sollallohu alayhi vasallam — faqat Rasululloh, hazrat i payg'ambarimiz sha'nlariga aytiladigan salavot. Ma'nosi: U kishiga Ollohning salomi va rahmati bo'lsin.
-Raziyallohu anhu — sahobalar haqida aytiladigan duo. Ma'nosi: Olloh u kishidan rozi bo'lsin.
-Sahoba — payg'ambarimizning suhbatdoshlari, u kishini ko'rgan, u kishining xizmatida bo'lgan yaqin kishilar.
-Tobein — payg'ambarimizni ko'rgan kishilar bilan uch- rashganlar.
-Roviy — hadis aytib beruvchi kishi.
-Tadviyn etish — hadislarni muayyan bir devonga to'plash.
-G'arib hadis — bir roviy rivoyat etgan hadis.
-Aziz hadis — ikki roviy rivoyat etgan hadis.
-Mashhur hadis — ikkitadan ortiq roviy rivoyat etgan hadis.
-Sahih hadis — ishonchli hadis.
-Nosahih hadis — ishonchli bo'lmagan hadis.
Mazkur mavzuni o'tayotganda e'tibor berilishi mutlaqo shart bo'lgan yana bir masala bor. Bu hadis va badiiy adabiyot masalasidir. Buni o'tayotgan darsimiz — adabiyot fani taqozo etadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, adabiyot fanining tub asosida odob- axloq tarbiyasi yotadi. Hadislar esa, birinchi navbatda, axloq dasturidir. Demak, adabiyot bilan hadis orasida to'g'ridan to'g'ri bog'lanish bor. Boshqacha aytganda, hadis adabiyotning ilhom va oziq manbayidir. Shuning uchun ham hadislarning ko'pchiligi allaqachon she'riyat mulkiga aylangan. Shoirlarimiz ularni sharhlaganlar. Buning eng mashhur misoli Alisher Navoiyning «Arbain» — qirq hadis kitobidir.
V. Uyga vazifa. Hadislrni o`qib tahlil qilish.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari:
5-sinf Adabiyot Sana______________
MAVZU: EZOP VA UNING MASALLARI HAQIDA
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ezop to'g'risida tushuncha berish, masallarning mazmuni bilan tanishtirish; Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.
2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Xo‘sh, nega bunday ibora paydo bo‘lgan, Ezop degani kim, qabilida savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savollarga javob topish uchun qadimiy Yunonistonga, ya’ni hozirgi dunyo xaritalariga Gretsiya, Makedoniya nomi ostida kiritilgan mamlakatlar va o‘sha atroflardagi ko‘hna davlatlar. shaharlar tarixiga murojaat qilishimiz kerak.
Rivoyatlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand bo‘lib, uni Ezop deb atashgan ekan. Uning asli kelib chiqishi o‘sha davrlardagi bo‘lib urushlar natijasida qul qilib olinib. Yunonistonga kelib qolgan. Aql-u farosati, topqirligi bilan o‘z xo‘jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan. Hatto shaharlarni bosqinlardan asrab, podshohlarni qirg‘in-barot urushlardan to‘xtatib qolgan. Oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so‘ng Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko‘tarilgan. Keyinroq, haqgo‘yligi, adolatparastligi, kinoyali achchiq tili uchun ko‘rolmagan, hasadgo‘y dushmanlari uni Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib yuborib, o‘ldirganlar.
Ezop hayoti haqidagi ma’lumotlar o‘sha davrdagi va undan keyingi asrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan rivoyatlar, ibratli hikoyatlar orqali yetib kelgan. Uning 500 ga yaqin masallari qadim davrlardayoq jamlanib, «Ezop masallari» nomi ostida kitob qilingan va donishmandlik o‘gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan.
«Ulug‘ masalchi»ning o‘zi haqida rivoyatlar ham juda ibratomuz. Masalan, ularning birida hikoya qilinishicha, Ezopning xo‘jayini safarga otlanar ekan, o‘z qullariga yuklarni bo‘lib olib, ko‘tarib ketishlari lozimligini buyuradi. Ezop ularning oldiga kelib, o‘ziga yengilroq yuk berishlarini iltimos qilganida, qullar uning o‘zi tanlab olishiga ruxsat beradilar. Ezop borib, to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan qutini tanlaydi. Atrofidagilar barchasi undan kulib, yengil narsa so‘rab, eng og‘ir yukni tanlagani uchun ahmoq deya masxara qiladilar. Xo‘jayini uning og‘ir yukka o‘zini urganini ko‘rib, Ezopni maqtab qo‘yadi. Aslida Ezop olis safarga ketayotganlarini sezib, uzoqni ko‘zlab ish tutgan edi.
Anchagina yo‘lni bosib, kun peshinga yetganda, barcha to‘xtab, ovqatlanishga o‘tiradilar. Shunda Ezop ko‘tarib kelgan qutidan barchaga non ulashib, yukini ikki barobar yengillashtiradi. Kechga borib, yana yo‘lda ovqatga unnaganlarida, qutining ichidagi qolgan nonlarni ham ulashib, yukidan tamomila xoli bo‘lib oladi-yu boshqa qullar manzilgacha olgan yukini qiynalib ko‘tarishda davom etsa, Ezop qup-quruq qutini yelkalab, oldinda o‘ynoqlab, chopib boradi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
- Bolalar, Siz kundalik hayotingizda turli kasb va turli yoshdagi kishilar bilan muloqot va suhbatlaringizda ularning tilida o'z fikrlari yoki o'git-nasihatlarining ta'sirliroq chiqishi uchun har xil maqol va masallaiga, ya'ni hikmatli so'zlar yoxud kichik-kichik ibratli voqealaiga murojaat etishlariga e'tibor qilgan bo'lsangiz kerak. Maqol yoki masal orqali ifodalangan fikr albatta oddiy xabar yo axborot tarzida bildirilgan mazmundan ko'ra ta'sirliroq bo'lib, xotirangizda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Odatda, bilimlari chuqur, hayotiy tajribalari boy bo'lgan kishilar shunday so'zlashadi. Ana shunday so'zlash usulini ovrupoliklar «Ezop tilida so'zlash» yoki «Ezopona til» deb yuritishadi. Xo'sh, nega bunday ibora paydo bo'lgan? Ezop degani kim, qabilida savol tug'ilishi tabiiy. Bu savollarga javob topish uchun qadimiy Yunonistonga, ya'ni hozirgi dunyo xaritalariga Gretsiya, Make- doniya nomi ostida kiritilgan mamlakatlar va o'sha atroflardagi ko'hna davlatlar, shaharlar tarixiga murojaat qilishimiz kerak.
Shu o'rinda ma'ruza qadim Yunoniston shaharlari, madaniyati va san'atiga oid suratlar, slaydlar bilan boyitilsa, o'quv- chining taassuiotlari kengayadi va tasawur aniqlanishiga erishiladi. So'ng Ezop haqida hikoya qilinadi.
Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa. Uyga vazifa qilib Ezop masallaridan biri mazmunini yozma bayon qilib kelish topshiriladi.
|