Mavzu: Bahs-munozara: “Alisherning fazilatlari”




Download 356,97 Kb.
bet8/13
Sana22.11.2020
Hajmi356,97 Kb.
#12683
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Mavzu: Bahs-munozara: “Alisherning fazilatlari” .

Darsning maqsadi:

1. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” asari bilan tanishtirish, mazmunini tahlillash;

2.O’quvchilarda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish.

3. O`quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, tahlili orqali o`quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijod qilishga o`rgatish.


Dars turi: mustahkamlovchi

Dars metodi: Bahs-munozora

Dars jihozi: darslik , Alisher Navoiy suratlari,tarqatmalar
Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish


2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

3. Yangi mavzu: (25 daqiqa)

Ushbu darsda M.Osimning “Zulmat ichra nur” qissasidan o’qib o’rganilgan ma’lumotlarni mustahkamlash maqsadida bahs-munozara tashkil etiladi. Bahs-munozara uchun quyidagi savollardan foidalaniladi:

1. Mantiq ut-tayr»ga munosabatlari orqali Alisher bilan Husaynning xarakter va qobiliyatda, shaxs sifatidagi o'ziga xosliklarini aniqlang.

2. Alisherning Attor haqida aytgan hikoyatiga diqqat qiling. Mo'g'ul askarining arzimagan somonga Mavlonodek bir zotni sotib yuborgani va qashshoq dehqonning bisotidagi oxirgi molini — somonini qartayib qolgan bir cholga alishganini qanday sharhlaysiz?

3. «Mantiq ut-tayr»ning yosh Alisher fikr-zikrini band etishi, ruhiyatiga ta'sir etganiigi sababi nimada deb o'ylaysiz?

4. Ustozi va otasining Alisherga munosabatini kuzating. Ularning shogirdi va farzandlariga qat'iy chora ko'rishdan tiygan narsa nima ekan?

5. G'iyosiddin bahodirning o'g'li bilan so'zlashishi yo'siniga qarab, uning qanday odam ekanini izohlang.

6. Alisherning otasi bilan domlasining unga munosabatlarini izohlang. Shundan kelib chiqib, ularning qanday odamlar ekaniga to'xtaling.


4.Baholash. (3 daqiqa)

5.Uyga vazifa.(2 daqiqa) “Zulmat ichra nur”qissasini to’liq o’qib chiqish.

O’TIBDO’ M.Murodova

5 “V”-sinf Adabiyot Sana: 12.12.17


5-nazorat ishi. Insho va tahlil: “Alisherni yaxshi ko’rib qoldim” (2 soat)
Darsning maqsadi:

a) ta`limiy – o`quvchilar egallagan bilimlarini sinovda o`tkazish;

b) tarbiyaviy – o`quvchilarni vafo ruhida tarbiyalash ;

c) rivojlantiruvchi – o`quvchilarning yozma nutqini o`stirish.



Dars turi: O`quvchilar egallagan bilim ko`nikma va malakalarini sinovdan o`tkazish.

Dars usuli: yozma nazorat

Dars jihozi: Nazorat ishi daftarlari.

Darsning borishi



1. Tashkiliy qism: (5 daqiqa)

a) salomlashish;

b) navbatchi axboroti;

c) sinf tozaligi;

d) davomat.

2.Takrorlash (5 daqiqa)

a) uyga vazifa

b) o`tilgan mavzu yuzasidan savol va javob

3.Yangi mavzu bayoni

1. Bugungi darsning maqsad va vazifalari yuasidan o`quvchilar bilan suhbatlashish;

2. O`quvchilarga nazorat ishi daftarlarini tarqatish va o`quv qurollarini tekshirish;

3.Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga individual yordamlashish;



4.Baholash. Dars so`ngida nazorat ishi daftarlari terib olinib baholanadi.

5.Uyga vazifa O`tilgan mavzulardan qoidalarni yod olish.

O’TIBDO’ M.Murodova

5 “V”-sinf Adabiyot Sana: 13.12.17

Mavzu: Insho tahlili

Dars maqsadi:

a) ta`limiy – o`quvchilar egallagan bilimlarini sinovda o`tkazish;

b) tarbiyaviy – o`quvchilarni vafo ruhida tarbiyalash ;

c) rivojlantiruvchi – o`quvchilarning yozma nutqini o`stirish.



Dars turi: O`quvchilar egallagan bilim ko`nikma va malakalarini sinovdan o`tkazish.

Dars metodi: suhbat

Dars jihozi: Nazorat ishi daftarlari, imlo lug’ati.

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa)

a) salomlashish;

b) navbatchi axboroti;

c) sinf tozaligi;

d) davomat.

2. Takrorlash (10 daqiqa)

a) uyga vazifa

b) o`tilgan mavzu yuzasidan savol va javob

3. Yangi mavzu bayoni.(20 daqiqa)

1. Bugungi darsning maqsad va vazifalari yuasidan o`quvchilar bilan suhbatlashish;

2. O`quvchilarga nazorat ishi daftarlarini tarqatish va o`quv qurollarini tekshirish;

3. Yo`l qo`yilgan kamchiliklar aytiladi.

4. O`quvchilar yo`l qo`ygan kamchiliklar yuzasidan qo`shimcha topshiriqlar berilib, baholanadi.

4.Baholash. (5 daqiqa)

5. Uyga vazifa:(5 daqiqa) G’afur G’ulom hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar to’plash.

O’TIBDO’ M.Murodova
5 “V”-sinf Adabiyot Sana: 15.12.17

MAVZU: G’. G’ulomning “Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi

Darsning maqsadi:

 – o’quvchilarni hikoya mazmuni bilan tanishtirsh va har qanday urush odamlarning orzu-umidlariga ziyon yetkazishi mumkinligini o’rgatish

– o’quvchilarning o’qigan asarlari yuzasidan xulosa chiqarish va ularni asoslab berish malakalarini rivojlantirish.:

– o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: guruhlarda ishlash

 Darsning jihozi: G’. G’ulom portreti, uning asarlari, hikoyaga ishlangan rasm, hikoyaga oid lug’at, vatman qog’oz, marker, tarqatma.       



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish


2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi, o’quvchilar shoirning hayoti va ijodi haqida so’zlaydilar.
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

“Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi “voqeiy hikoya”bo’lib, asarning asosiy qahramoni kampir “qora buvi”, hamda o’g’ri bola.“Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi matni yuzasidan suhbat (O’qituvchi hikoyani mazmunini rasm orqali so’zlab beradi   Otamizning o’lganiga ancha bo’ldi. Bu yil onamizdan ham ajraldik. Urushning dahshatli kunlarida biz to’rt yetimdan buvimiz onamning onalari tez-tez xabar olib turardi.Shunday kunlarning birida tunda biznikiga o’g’ri tushdi. Buvim kim bilandir anchagina baland ovoz bilan gaplashayotganlarida men uyg’onib ketdim. O’g’rini buvim “o’g’rigina bolam, hoy o’g’rigina bolam” – deb chaqirdilar… 

 Jarayon: o’quvchilar 4 guruhga bo’linib ishlaydilar. 1-bosqich: Suhbat quyidagi savollar asosida tashkil qilinadi:·       Hikoyaning asosiy qahramonlarini sanab bering.·       Xonadonga o’g’ri tushganda Qora buvining holatiga qanday munosabat bildirasiz?·       Sizningcha, Qora buvi qanday yo’l tutish kerak edi?·        2-bosqich: Individual ishlash. Har bir o’quvchiga ilovada ko’rsatilgan javal tarqatiladi.O’quvchilar jadval bilan tanishib, undagi  kataklarni to’ldiradilar.  


Hikoya nomi

  Qahramonlar

   Ularning o’ziga     xos fazilatlari

 Orzu maqsadlari

 Maqsadga g’ov     bo’lgan omil

 


 

 

 

 

























   3- bosqich: Guruhlarga topshiriq beriladi, vatman qog’oz va marker tarqatiladi.1) Siz Qora buvining o’rnida bo’lganingizda qanday yo’l tutar edingiz?2) Bugungi kundagi o’g’rilarning hikoyadagi o’g’ridan farqi nimada?3) Hikoyada tasvirlangan davr bilan bugungi davrni qiyoslang.( Guruhdan bir o’quvchi chiqib yozganlarini doskaga ilib, so’ng sharxlab beradilar.) 4- bosqich: Kam ball to’plagan o’quvchiga tarqatma(kartochka) beriladi. So’ng javobi tinglanadi. 

4Darsni mustahkamlash.(10 daqiqa) (savol-javob)

1.    Bolaning o’g’rilik qilishiga majbur qilgan narsa nima, deb o’ylaysiz?

2.    Asarda o‘g’riga xos bo’lmagan narsani sezdingizmi? Ha bo’lsa, u nima bilan ifodalanadi?

3.    Sizningcha, Qora buvining mehr – muruvvati o’g’riga qanday ta’sir etdi? Mehr – shavqat har qanday yovuzlikni yengishiga qodirligini qanday izohlaysiz?

4.    Qora buvi va o’g’ri boladan siz nimani o’rgandingiz?

5.    O’g’ri nega qozonni olib ketmadi? ( O’qituvchi savol berganda qaysi guruh a’zolari tez va to’g’ri javob berishlari kuzatiladi.) 

5.Baholash.(3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Hikoyani o’qing, uyda oila a’zolaringiz bilan hikoya mazmuni haqida suhbatlashing. Ota – onangizning nima uchun hozir odamlar orasida o’g’irlik hollari uchrab turgani haqidagi fikrlarini daftaringizga yozing

O’TIBDO’ M.Murodova
5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 19.12.17
Mavzu: G`afur G`ulom "Mening o`g`rigina bolam" hikoyasi

Darsning maqsadi:

- asarning mazmun-mohiyati haqida bilim berish, mustaqil fikrlashga o`rgatish;

- o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: G`.G`ulom asarlari, yozuvchi hayoti va ijodiga bag`ishlangan fotoalbom, video tasvir.

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi, o’quvchilar shoirning hayoti va ijodi haqida so’zlaydilar.

Aqliy hujum:

G`afur G`ulom kim, u haqda nimalarni bilasiz? O`quvchilarning javoblari doskaga yozib boriladi, asosli javoblar umumlashtiriladi.

Darslikda berilgan materiallar va qo`shimcha ma’lumotlar asosida G`afur G`ulom tarjimai holi yuzasidan qisqa suhbat o`tkaziladi.



3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Hikoya matni ifodali o`qiladi. Matnni o`qishda hikoya mazmunidan kelib chiqib ifodali o`qishga, ovozni tovlantirib, o`rni bilan balandlatib, pastlatib o`qilishiga ahamiyat berish muhim. Shunday qilinganda o`quvchi nafaqat eshitadi, balki his etishga ham o`rganib boradi. Matn o`qib bo`lingach (o`quvchilar ikki guruhga bo`linadi: 1- "Bilimdonlar" guruhi, 2- "Chaqqonlar" guruhi), asar yuzasidan suhbat tashkil etiladi.



Savol- javob o`tkazish:

1. Hikoyada qaysi davr voqealari tasvirlangan?

"Bilimdonlar": XX asr boshlarida birinchi jahon urushi davridagi xalq hayoti manzarasi tasvirlangan.

2. O`g`rini tun qorong`usida hovli oshib o`g`rilikka tushishga nima majbur qildi?

"Chaqqonlar: oilani boqish tashvishi majbur qildi.

3. Qora buvining olti oydan buyon uyqusi kamligiga sabab nima?

"Bilimdonlar": bolalarni boqish, ertasini o`ylash, uyli- joyli qilish.

4. O`g`ri nima uchun boshqa kasb bilan shug`ullanmadi?

"Chaqqonlar": chunki o`sha davrda barcha kasbning bozori kasod edi.

5. Nima uchun o`g`ri boylarnikini emas, kambag`alning uyini tanladi?

"Bilimdonlar": boylarning uyini devori baland, itlari qopag`on. O`g`rini ushlashlari uchun qorovullari bor edi.

6. O`g`ri nima uchun buvi bilan choy ichishga unamadi?

"Bilimdonlar": tong otib qolsa buvi uni tanib qolishi mumkin edi.

4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

O`rganilgan asar matni yuzasidan o`quvchilar bahs- munozaraga tortiladi.

1.Ushbu asar orqali kim qanday tasavvurga ega bo`ldi?

-Mening tushunishimcha, bu sahna orqali G`afur G`ulomning yoshlik yillaridagi davr ifodalangan.

2. Asar orqali yozuvchining bolalik yillari qay tariqa kechganligining guvohi bo`ldik?

-Buvining o`g`riga bo`lgan munosabati meni hayron qoldirdi.

-Onaxon buvi qalbidagi onalarga xos cheksiz mehr- muruvvat tufayli o`g`ri chin insoniy fazilatlarni tushunib yetdi.

-Buvining o`g`riga muruvvati uning haqiqiy insoniy fazilat egasi ekanligini namoyon etgan.

-Hayot shunday beshafqat, og`ir bo`lgan davrda ham shum niyatli o`g`ri qalbini yumshata olgan, o`zi nochor bo`lsa- da, o`g`riga achinib, "Qutlug` uydan quruq chiqmasligi, hech bo`lmasa qozonni olib ketishini so`ragan qora buviga nisbatan qalbimda cheksiz muhabbat uyg`ondi.
B.B.B strategiyasi bo`yicha oldindan tayyorlangan quyidagi jadval to`ldiriladi.


Nimani bilar edik

Nimani bilmoqchimiz

Nimani bildik

Biz shu darsgacha G`.G`ulomning "Shum bola"asari bilan tanish edik

Biz esa "Shum bola" asarini o`qib, televideniye orqali tomosha qilib G`.G`ulomning hajviy asarlar muallifi deb bilardik.

G`.G`ulomning hayot yo`li to`g`risida va "Mening o`g`rigina bolam" asari yuzasidan kengroq ma’lumotga ega bo`lishni

Bu asar orqali o`sha davr voqealari, bizning tengdoshlarimizning bolalik davri qanday o`tganligini

Dars so`ngida ko`rgazmani to`ldirish

Jadval shu tariqa to`ldirib boriladi.



Milliylik haqida ma’lumot.

O`quvchilar, siz bilan o`qib tahlil qilganimiz, voqeiy hikoyadir. Shuning uchun bu hikoya aynan hayotning o`zidek tasvirlangan yetuk romantik asar bo`lib, haqiqiy milliy jozibaga ega. Milliylik bu- asarda millat, xalq turmushi manzaralarini milliy urf- odatlarini millat vakillariga xos xususiyatlarni jonli. hayotiy ko`rsatishdadir. Hikoyadagi kampirning bolajonligi, saxovati, mehribonligi, o`zi qashshoq bo`lsa-da, mehmondo`stligi o`zbek xalqiga xos milliy xususiyatlardir.



5.Baholash. (3 daqiqa) Dars yakunida guruhlar orasida eng ko`p ball to`plagan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

6.Uyga vazifa:(2 daqiqa) "Oradan o`n yil o`tdi" O`g`ri qora buviga xat yozdi.(Sizningcha o`g`rining hayot yo`li, kasbi o`zgardimi, fikringizni yozing).

O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 12.01.18
Mavzu: Do`stiga xat yozish
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarning yozma nutqini o`stirish;

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda badiiy so`zni qabul qilish va undan ta`sirlanish ko`nikmasini shakllantirish;

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarda sog‘lom adabiy didni tarkib toptirish
Dars turi: mustahkamlovchi
Darsning metodi: guruhlarda ishlash, yakka tartibda ishlash.

Dars materiallari va jihozlari:

- «Adabiyot» darsligi, I. A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari , badiiy kitoblar

O`quvchilar o`zlashtirishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malaka:

- Erkin fikrlash konikmasini o`zlashtirish, badiiy so`zni qabul qilish va undan ta`sirlanish ko`nikmasini shakllantirish, sog`lom adabiy didni tarkib toptirish.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi, o’quvchilar shoirning hayoti va ijodi haqida so’zlaydilar.
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
O’quvchilar bilan qishki ta’til davomida o’qilgan badiiy asarlari yuzasidan suhbat o’tkaziladi.Suhbat uchun quyidagi savollardan foydalaniladi:

1.Siz qishki ta’tilni qanday o’tkazdingiz?

2.Qishki ta’tilda qanday badiiy asarlar o’qidingiz?

3.O’qigan badiiy asarlaringizda qanday g’oya ilgari surilgan?

4.Ushbu badiiy asarlardan qanday xulosalar chiqardingiz? Taassurotlaringiz bilan o’rtoqlashing.

5.Sizga qaysi qahramon yoqdi va nima uchun?


O’quvchilarning fikrlari tinglanib ,so’ngra umumlashtiriladi. Keyin har bir o’quvchi o’zi yoqtirgan badiiy asar qahramoniga maktub yozish topshiriladi.Maktubda o’quvchilar o’z dil izhorlarini,minnatdorchiliklarini,taklif va tilaklarini yozishlari mumkinligi aytiladi.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)

O’quvchilarning o’zlari yoqtirgan badiiy asar qahramoniga yozgan maktublari o’qitiladi.



5. Baholash. (5 daqiqa)

O’quvchilarning mustaqil fikrlashlari , bayon etilayotgan fikrning mazmun –mohiyatiga ko’ra yozgan maktublari baholb boriladi.



6. Uyga vazifa.(2 daqiqa) Vatan haqida she’rlar yod olish


O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 22.12.17

Dars mavzusi: 6-Nazorat ishi. Test .

Dars maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O`quvchilаrning mavzu yuzаsidаn o`zlаshtirgаn аmаliy ko`nikmа vа mаlаkаlаrini, mаntiqiy fikrlаsh qоbiliyatlаrini аniqlаsh.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni izchil fikrlashga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning mavjud tushunchalarni anglash tuyg’usini rivojlantirish.

Dars turi: BKMlarni nazorat qiluvchi

Dars metodi:Nazorat ishi.

Dars jihozi: Test sinovi BKMlari, test.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(3 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

2. O’tgan mavzuni so’rash.(5 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

3.Asosiy qism: (35 daqiqa)

III. TESTLARDAN NAMUNALAR

1. Mirkarim Osim tomonidan al-Xorazmiyning 1200 yilligiga bag’ishlab yozilgan hikoya qanday nomlanadi?

A) “Jayhun ustida bulutlar” B) “Buyuk Xorazmiy” C) “Zulmat ichra nur” D) “Al-jabrning tug’ilishi”



2. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” asarida qaysi bobokalonimiz hayoti tasvirlangan?

A) Beruniy B) Xorazmiy C) Navoiy D) Ibn Sino



3. “Jayhun ustida bulutlar” asari qaysi alloma hayotidan hikoya qiladi? A) Beruniy B) Xorazmiy C) Navoiy D) Ibn Sino

4. Boborahim Mashrabning murakkab va fojeali taqdiri Mirkarim Osimning qaysi asarida aks etgan?

A) “Oshiqlar sultoni” B) “Oriflar sultoni” C) “Singan setor” D) “Vatanparvar darvesh”



5. Hamid Olimjon o’z qahramoni Baxtiyorni sharqning qaysi buyuk qahramoniga qiyos etadi?

A) Alpomishga B) Go’ro’g’liga C) Siyovushga D) Rustamga



6. “Oygul bilan Baxtiyor” ertagida zolim xonni soqchilar qayerda qo’lga tushiradilar?

A) saroyda B) og’ilda C) haramda D) bozorda



7. Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalar…

A) rivoyatlar B) afsonalar C) asotirlar (miflar) D) ertaklar



4.Baholash.

5. Uyga vazifa: (2 adqiqa) She’r yodlash

O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 16.01.18
Mavzu: Takrorlash

Dars maqsadi:

a)tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarda Olam va Odam haqida tushunchalarini boyitish, o’z taassurotlarini

erkin bayon eta olish ko’nikmalarini o’stirish, badiiy so'zni qabul qilish va undan ta'sirlanish ko'nikmasini shakllantirish.

b)ta'limiy maqsad : O’quvchilarning ikkinchi chorakda o’rgangan mavzularini qayta ko’rib chiqish, mustahkamlash, bo’shliqlarni to’ldirish.O'quvchilarga shaxsiy kuzatuvlar natijasida “Inson qalbida ezgulikka muhabbat,

yovuzlikka nafrat uyg’otish” degan tushunchanii singdirish;



c) rivojlantirish maqsadi : O'quvchilarda sog’lom adabiy didni tarkib toptirish.

Dars turi: mustahkamlovchi

Dars metodi: guruhlar musobaqasi

Darsning jihozi: badiiy asarlar, darslik ,tarqatmalar

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual – yod olingan she’rlar so’raladi.

b) Frontal (guruh bilan ishlash) savol – javob bo’lib o’tadi.
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Sinf o’quvchilar uch guruhga bo’linadi.Guruhlarga nom qo’yiladi va quyidagi shartlar asosida bellashuv o’tkaziladi. 1- guruh “Zukkolar”, 2-guruh “Topqirlar”, 3-guruh “Donolar”

Bellashuv shartlari:

1-shart. 2-chorak davomida o’rganilgan shoir yoki yozuvchining hayoti va ijodi haqida ma’lumot bering.

2-shart. “Kim ko’p badiiy kitob o’qidi?” Ushbu shartda guruh o’quvchilari o’zlari mustaqil o’qigan badiiy asarlarini ro’yxatini tuzishadi.

3-shart. “Ifodali yod aytish” O’quvchilar mustaqil yod olgan she’rlaridan ifodali yod aytishadi.

4-shart. “Otalar so’zi aqlning ko’zi”.Ushbu shartda guruhlar maqollar aytish bo’yicha bellashadilar.
4. Baholash.(5 daqiqa)

Guruhlar to’plagan rag’batlar soniga ko’ra g’olib guruh aniqlanadi. Faol o’quvchilar baholanadi.



5. Uyga vazifa:(5 daqiqa) Test savollari ,boshqotirmalar tayyorlash.


O’TIBDO’ M.MURODOVA
5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 20.12.17
Mavzu: Oybek."Fonarchi ota " hikoyasi

Darsning maqsadi:

-Oybek hayoti va ijodi bilan tanishtirish, “Fonarchi ota” hikoyasining matnini o’rganish;

- o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish.



Download 356,97 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 356,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Bahs-munozara: “Alisherning fazilatlari”

Download 356,97 Kb.