Otilgan mavzuni takrorlash. (10 daqiqa)




Download 356,97 Kb.
bet12/13
Sana22.11.2020
Hajmi356,97 Kb.
#12683
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

2.Otilgan mavzuni takrorlash. (10 daqiqa)

1. Alisher Navoiy sizningcha kim bo’lgan?

2.Navoiy Husayn Boyqaroga bag‘ishlab qanday qasida yozgan?

3. Navoiy forscha she’rlariga qaysi taxallusni qo‘llaydi?

4. Foniy so‘zining ma’nosi nima?

5. Navoiyning 5ta dostondan iborat asari?



3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)

Alisher Navoiyning “Xamsa” asariga kiruvchi birinchi doston “Hayrat ui-abror”, ya’ni “Yaxshi kishilarning hayratlanishi” deb nomlanadi. Mazkur doston 63 bob, 20 ta maqolotdan iborat. Har bir maqolot bir mavzuga bag’ishlangan bo’lib, shoir avvalo, o’quvchini bu mavzu bilan tanishtiradi. So’ngra o’sha mavzuga munosabat bildirib, uni har jihatdan tasvirlaydi. O’quvchining tasavvurlari aniq bo’lishi uchun juda ko’p qiyoslar, obrazli o’xshatmalar keltiradi va eng so’nggida mavzuga munosabat bildirib ibratli hikoyat bayon qiladi. Biz ko’rib o’tmoqchi bo’lgan o’ninchi maqolot ham xuddi shunday qurilishga ega. Dostonning bu maqoloti rostlik, to’g’rilik tushunchalariga bag’ishlanadi.

Bobomiz har bir inson o’ziga to’g’rilikni odar qilmog’I haqida so’z yuritarkan, turli narsa va hodisalarning, kundalik turmushda ishlatiladigan juda ko’p buyum va jihozlarning to’g’ri va egri xususiyatlarini solishtiradi.Masalan, sham o’zi to’g’ri bo’lgani uchun uni tikka qilib qo’yamiz. Shu sababli ham u kerakli narsa sifatida e’zozlanadi. Alisher Navoiy shu kabi o’xshatishlar orqali o’quvchini doimo to’g’ri bo’lishga chaqiradi.

4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)

1.O’ninchi maqolotda shoir nimalar haqida so’z yuritadi?

2.Shoir o’z fikrini izohlash uchun qo’llagan qiyoslar, o’xshatishlarni gapirib bering.

3. Sham bilan parvonaning, sozlangan va sozlanmagan cholg’uning to’g’rilik va egrilikka qanday aloqasi bor?

4.Qo’li egri odamni qayerda, qoachon va qanday jazolangan?

5. “Sher bilan durroj” hikoyatining g’oyaviy mazmuni haqida gapiring.



5.Baholash.(3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) “Rostgo’ylik –eng yaxshi fazilat” mavzusida matn yaratish.
O’TIBDO’: M.Murodova

5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 2.03.2018
Mavzu: Doston matni ustida ishlash.

Darsning maqsadi:

-“Hayrat ul-abror”asaridagi o’ninchi maqolot matnini tahlil qilish;

-to’g’riso’zlik, do’st tutinish insoniy fazilatlari ruhida tarbiyalash;

-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: suhbat, blits savollar

Dars jihozi: darslik, Navoiy portreti, Navoiy asarlari

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) salomlashish;

b) davomat

c) ma’naviy daqiqa

2.Otilgan mavzuni takrorlash. (10 daqiqa)

1.O’ninchi maqolotda shoir nimalar haqida so’z yuritadi?

2.Shoir o’z fikrini izohlash uchun qo’llagan qiyoslar, o’xshatishlarni gapirib bering.

3. Sham bilan parvonaning, sozlangan va sozlanmagan cholg’uning to’g’rilik va egrilikka qanday aloqasi bor?

4.Qo’li egri odamni qayerda, qachon va qanday jazolangan?

3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)

“Hayrat ul-abror” dostonining o’ninchi maqoloti rostlik,to’g’rilik tushunchalariga bag’ishlanadi.

Egrilikning ham, to’g’rilikning ham o’z ta’rifi bor. Egrilik yolg’ondan paydo bo’ladi, to’g’rilik haqiqatadan. Demak, muallif, yolg’on so’zlash, yolg’on harakat qilish egrilikka olib keladi deb hisoblatdi. Alisher Navoiy inson hayotda adashishi, chalg’ishi mumkin; lekin vaqti bilan o’z xatosini anglab va uni afsuslansa, uni tuzatishga urinsa, u holatda kechiriladi, deb tushuntiradi.

Islom dini aqidalari bilan yashagan davlatlarda qadim zamonlardanoq qo’li egri, o’g’ri odamlarning qo’lini kesib, jazolashgan. Shoir dostonda ana shu jazo usulini nazarda tutib, xalq qo’li egri odamlarning qo’lini kesib “to’g’rilaydi”, deydi.Kimki to’g’rilik yo’li qanday ekanligini bilmoqchi bo’lsa, bu yo’l ikki xil bo’ladi, deb aytadi. Birinchisi,to’g’ri so’z odam.Agar u to’g’ri so’zli bo’lsa,uning ishi,o’zi ham to’g’ri bo’lishi kerak. Ikkinchisi toifa kishilar andisha bilan, betgachoparlik qila olmay, “to’g’ri” deguvchilardir.Navoiy birinchi toifani maqullagan holda, ikkinchisi ham yomon emas, deydi.Chunki bunday kishilar asli egri maqsadlilar emas.Albatta, iloji boricha yolg’onni gapirmagan ma’qul. Ammo sharoit majbur etsa, toza ko’ngilda ish bitmog’I uchun yolg’onni tasdiqlash ayb emas.



4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)

1. Navoiy to’g’rilik yo’li ikki xil bo’lishini aytadi. Ular qaysilar

2. Qanday paytda yolg’on gapirish ayb emas?

3.Do’stlik, xayrixohlik tushunchalariga izoh bering.

4. Rostgo’ylik, to’g’riso’zlik inson uchun qanday ahamiyatga ega?

5. Rost so’z, to’g’ri yashash haqidagi g’oyalar yana qaysi asarlarda ilgari surilgan?



5.Baholash.(3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Asardan olgan taasssurotlarni yozish.


5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 6.03.2018
Mavzu: “Sher bilan durroj” hikoyati timsollari tahlili.

Darsning maqsadi:

-Alisher Navoiy “Sher bilan durroj”hikoyatini tahlil qilish;

-to’g’riso’zlik, do’st tutinish insoniy fazilatlari ruhida tarbiyalash;

-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: suhbat, blits savollar

Dars jihozi: darslik, Navoiy portreti, Navoiy asarlari

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) salomlashish;

b) davomat

c) ma’naviy daqiqa

2.Otilgan mavzuni takrorlash. (10 daqiqa)

1.O’ninchi maqolotda shoir nimalar haqida so’z yuritadi?

2.Shoir o’z fikrini izohlash uchun qo’llagan qiyoslar, o’xshatishlarni gapirib bering.

3. Sham bilan parvonaning, sozlangan va sozlanmagan cholg’uning to’g’rilik va egrilikka qanday aloqasi bor?

4.Qo’li egri odamni qayerda, qoachon va qanday jazolangan?

5. “Sher bilan durroj” hikoyatining g’oyaviy mazmuni haqida gapiring.

3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)

Egrilikning ham, to’g’rilikning ham o’z ta’rifi bor. Egrilik yolg’ondan paydo bo’ladi, to’g’rilik haqiqatadan. Demak, muallif, yolg’on so’zlash, yolg’on harakat qilish egrilikka olib keladi deb hisoblatdi. Alisher Navoiy inson hayotda adashishi, chalg’ishi mumkin; lekin vaqti bilan o’z xatosini anglab va uni afsuslansa, uni tuzatishga urinsa, u holatda kechiriladi, deb tushuntiradi.

Ammo yolg’on gapirish odatga aylangan bo’lsa, mana bu yomon, kechirilmaydigan gunoh. Agar majbur qolganingda ham rost gapni aytishning iloji bo’lmasa, yolg’onni ham gapirma, deydi. Shu tariqa yolg’onning kishilar tabiatidagi yaramas va badbin illatligini, uning oqibatlarini qator qiyos-u o’xshatishlar bilan qoralab kelib, muallif, asar badiiy qurilmasiga ko’ra bu o’rinda ham majoziy bir hikoyatga murojaat qiladi. Ya’ni “Sher bilan durroj” haqidagi ramziy rivoyatni keltirib, o’z fikrlarini yanada ta’sirliroq bo’lishiga erishadi.

Durroj o’zining yolg’onchiligi bilan halokatga yuz tutadi.Bu esa barchamiz uchun saboq bo’lsin.

4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)

1.Shoir nega aynan shu hikoyatni o’ninchi maqolatga kiritgan?

2. Sher majoziy obrazida qanday insonlarga xos jihatlar mujassam.

3. Qanday illatlar durrojni fojiaga olib keldi.

4.Do’stlik, xayrixohlik tushunchalariga izoh bering.

5. Rostgo’ylik, to’g’riso’zlik inson uchun qanday ahamiyatga ega?

6. Rost so’z, to’g’ri yashash haqidagi g’oyalar yana qaysi asarlarda ilgari surilgan?

5.Baholash.(3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Asardan olgan taasssurotlarni yozish.
5 “V”-sinf Adabiyot Sana: 7.03.18

8-nazorat ishi. Taassurot yozish: “To’g’rilik –eng yaxshi fazilat”
Darsning maqsadi:

a) ta`limiy – o`quvchilar egallagan bilimlarini sinovda o`tkazish;

b) tarbiyaviy – o’quvchilarda yuksak insoniy tuyg’ularni shakllantirish ;

c) rivojlantiruvchi – o`quvchilarning yozma nutqini o`stirish.



Dars turi: O`quvchilar egallagan bilim ko`nikma va malakalarini sinovdan o`tkazish.

Dars usuli: yozma nazorat

Dars jihozi: Nazorat ishi daftarlari.

Darsning borishi

1. Tashkiliy qism: (5 daqiqa)

a) salomlashish;

b) navbatchi axboroti;

c) sinf tozaligi;

d) davomat.

2.Takrorlash (5 daqiqa)

a) uyga vazifa

b) o`tilgan mavzu yuzasidan savol va javob

3.Yangi mavzu bayoni

1. Bugungi darsning maqsad va vazifalari yuzasidan o`quvchilar bilan suhbatlashish;

2. Navoiyning “Hayrat ul-abror” asaridan olgan taassurotlari yuzasidan suhbat o’tkazish;

3. Yuksak insoniy fazilatlar, jumladan to’g’riso’zlik, rostgo’ylik fazilatlari yuzasidan fikrlashish;

4. O`quvchilarga nazorat ishi daftarlarini tarqatish va o`quv qurollarini tekshirish;

5.Fikr mulohazalarni umumlashtirib, taassurot yozishni topshirish;

6.Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga individual yordamlashish;
4.Baholash. Dars so`ngida nazorat ishi daftarlari terib olinib baholanadi.

5.Uyga vazifa. O`tilgan mavzulardan qoidalarni yod olish.

O’TIBDO’ M.Murodova

5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 9.03.2018
Mavzu: Bobur hayoti va ijodi . Ruboiylari

Darsning maqsadi:

- Bobur hayoti va ijodi hamda ruboiylari bilan tanishtirish;

-buyuk ajdodlarga hurmat,yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;

-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: suhbat, blits savollar

Dars jihozi: darslik, Bobur portreti, Bobur asarlari

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) salomlashish;

b) davomat

c) ma’naviy daqiqa

2.Otilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)

1.O’ninchi maqolotda shoir nimalar haqida so’z yuritadi?

2.Shoir o’z fikrini izohlash uchun qo’llagan qiyoslar, o’xshatishlarni gapirib bering.

3. Sham bilan parvonaning, sozlangan va sozlanmagan cholg’uning to’g’rilik va egrilikka qanday aloqasi bor?

4.Qo’li egri odamni qayerda, qoachon va qanday jazolangan?

5. “Sher bilan durroj” hikoyatining g’oyaviy mazmuni haqida gapiring.



3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)

Buyuk bobokalonimiz , o’zbek mumtoz adabiyotining darg’alaridan biri,temuriylar sulolasining zabardast vakili , boburiylar sulolasining asoschisi, shoh va shoir ,sarkarda va olim, Vatan sog’inchi,yurt ishqida yonib yashagan sohir qalb sohibi –Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi bilan quyi sinflarda ham bir necha bor tanishganmiz .Shunday ekan ,siz bugungi mavzu yuzasidan ma’lumotlarga egasiz.Demak, o’zingiz bilgan ma’lumotlar haqida suhbatlashamiz. (O’quvchilar Bobur hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni ketma –ket bayon etishadi.Zarur bo’lsa o’quvchilarning ma’lumotlari to’ldirib boriladi.)

Bobur –shoir :Boburning shoirligi o’zining takrorlanmas lirik ohanglari bilan butun insoniyatni rom etib kelmoqda.Uning se’rlarida vatanparvarlik ,yor va diyor so’g’inchi,yuksak ma’naviy fazilatlar tarannumi ustuvorlik qiladi. Bobur zullisonayn shoir bo’lib,o’zbek va fors tillarida ijod etgan.U o’z ona tilisidagi she’rlarini to’plab,1519-yilda “Kobul devoni”ni ,1528-1529-yillarda esa “Hind devoni”ni tuzgan.Ammo “Kobul devoni ”topilgan emas.Saqlanib qolgan she’rlarining miqdori 400 dan ortiq.Shundan 119 tasi g’azal,231 tasi ruboiy .Bobur bulardan tashqari tuyuq ,fard masnaviy,qit’a,muammo kabi janrlarda ham ijod qilgan .

Bobur –musiqashunos :U musiqa bilan shug’ullanib ,”Chorgoh ”maqomiga “savt”lar bitdi.Ammo uninig qolamiga mansub “Musiqa ilmi”nomli asari topilgan emas.

Bobur –tarjimon :Bobur Xoja Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy yo’l bilan o’zbekchaga tarjima qildi.

Bobur –olim :Bobur yigirma yoshida yangi bir yozuv “Xatti Boburiy”ni kashf qildi,aruz nazariyasi va amaliyotiga oid “Muxtasar”nomli tadqiqotni yuzaga keltirdi.

Bobur –tarixchi :Bobur o’zining “Boburnoma” nomli tarixiy-memuar asarida o’n ikki yosida taxtga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha ko’rgan-kechirganlarini bayon etdi.Bu asar –Movaraunnahr, Afg’oniston ,Hindiston,Eron xalqlari tarixi,geografiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.Shuning uchun bu asar tarix,etnografiya,geografiya,tilshunoslik,adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba bo’la oladi.

Bobur –shoh :Buyuk Amir Temur tuzgan saltanatni saqlab qolish majburiyati otasidan so’ng Boburning zimmasiga tushdi.Toj-u taxt uchun kurashda xonavayron bo’lgan saltanatni tiklash yo’lidagi kurashlar ,g’alaba va mag’lubiyatlar gohida shodlik,gohida g’am olib keldi.Uning yagona maqsadi yirik va markazlashgan davlat tuzish edi.Biroq bu maqsadi o’z yurtida emas, Hindistonda amalga oshdi.

Bobur –sarkarda :Bobur mohir sarkarda va davlat arbobi sifatida ham shuhrat qozondi.U ajoyib suvoriy,suzuvchi,tengsiz qilichboz va kamonboz edi.Dovyurakligi va epchilligi sababli u yoshligidan “Bobur”(sher) laqabini olgan.U janglarda o’z raqiblarining jang usullarini o’gangan.Jumladan,shayboniylardan “to’lg’ama” usulini,mo’g’ullardan pistirma qo’yish,afg’onlardan poroxli miltiq ishlatishni o’rgangan.Uning mohir sarkardaligini hatto chet el olimlari ham tan olishgan.

Bobur –mehribon ota: U Humoyun, Komron,Askariy,Hindol,Gulbadanbegim,Gulrangbegim,Gulchehrabegimlarning mehribon va talabchan otasi edi.Bobur Humoyun o’gil ko’rganida uni tabriklab,murabbiy va ustoz sifatida unga otalik nasihatlarini beradi.Humoyun kasal bo’lganida qattiq iztirobga tushadi,unga o’zini bag’shida qilib ,Ollohdan o’g’lining dardini o’ziga berishini so’raydi.Shundan so’ng o’gli o’ziga keladi-yu Bobur behol yiqiladi.

Tarixiy voqealarga asoslanib P.Qodirov Bobur haqida “Yulduzli tunlar”,uning davomi sifatida “Avlodlar davoni” romanlarini,Fris Vyurtle “Andijon shahzodasi” sarguzasht qissasini, bundan tashqari X.Sultonov,X.Davron ,M.Yusuf, S.Sayyid va boshqa ijodkorlar bir qator asarlar yaratishgan.

Bobur hayoti va ijodi haqida bir qator badiiy filmlar suratga olingan.Teatr va kino san’atida O’zbekistonda xizmmat ko’rsatgan iste’dodli aktyor M.Abduqunduzov Bobur siymosini nihoyatda yuksak mahorat bilan gavdalantirgan.



4.Mavzuni mustahkamlash:(10 daqiqa)

“Blits savol” metodidan foydalanib Bobur hayoti va ijodi yuzasidan olingan bilimlar mustahkamlanadi:

1.Bobur qachon va qayerda tavallud topgan?

2.Bobur necha yoshida taxtga o’tirdi?

3.Bobur qancha devon tuzgan?

4.Boburning yirik asari?

5.Bobur qanday janrlarda ijod qilgan?

7. “Bobur” so’zining ma’nosi?



5.Darsni yakunlash:(5 daqiqa)

Bobur Jamna bo’yida “Bog’i orom” , “Bog’i Zarafshon” , “Bog’i Nilufar” deb nomlangan so’lim maskanlar barpo etdi.U Andijonda hukmronlik qilgan yillarida Bog’ishomol adrlarida turib ona yurtini tomosha qilishni xush ko’rar,bu yerda ham bo’ barpo qilishni niyat qilgan.Oradan qariyb besh asr o’tib ,shoirning orzusi ro’yobga chiqdi.Istiqlolning dastlabki yillarida bu yerda milliy bog’ barpo etilib unga Boburning nomi berildi.Boburning adabiyot olamida yaratgan gulshani esa hozirgacha butun jahonni o’ziga mahliyo etib kelmoqda.



5.Baholash.(3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Hayoti va ijodini o’rganish.
O’TIBDO’: M.Murodova

5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 13.03.2018

Mavzu: Ruboiylardan o’qish va tahlil .

Darsning maqsadi:

- Bobur ruboiylari bilan tanishtirish;

-buyuk ajdodlarga hurmat,yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;

-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: suhbat, blits savollar

Dars jihozi: darslik, Bobur portreti, Bobur asarlari

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) salomlashish; b) davomat c) ma’naviy daqiqa

2.O’tilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)

1.Bobur qachon va qayerda tavallud topgan?

2.Bobur necha yoshida taxtga o’tirdi?

3.Bobur qanday janrlarda ijod qilgan?

4. “Bobur” so’zining ma’nosi?

3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)

Boburning shoirligi o’zining takrorlanmas lirik ohanglari bilan butun insoniyatni rom etib kelmoqda.Uning se’rlarida vatanparvarlik ,yor va diyor so’g’inchi,yuksak ma’naviy fazilatlar tarannumi ustuvorlik qiladi. Bobur zullisonayn shoir bo’lib,o’zbek va fors tillarida ijod etgan.U o’z ona tilisidagi she’rlarini to’plab,1519-yilda “Kobul devoni”ni ,1528-1529-yillarda esa “Hind devoni”ni tuzgan.Ammo “Kobul devoni ”topilgan emas.Saqlanib qolgan she’rlarining miqdori 400 dan ortiq.Shundan 119 tasi g’azal,231 tasi ruboiy .Bobur bulardan tashqari tuyuq ,fard masnaviy,qit’a,muammo kabi janrlarda ham ijod qilgan .

“Ruboiy” arabcha so'z bo'lib, to'rtlik degani. Sharqda keng tarqalgan she'r turi, lirik janr. To'rt satrdan iborat bo'ladi. Ko'pincha birinchi, ikkinchi, to'rtinchi satrlari qofiyalanib keladi. Harflar bilan ko'rsatganda a-a-b-a shaklida bo'ladi. Ba'zan har to'rt satri o'zaro qofiyalanishi (a-a-a-a) mumkin. Qofiya misra oxiridagi ohangdosh so'zdir. Radif misra oxiridagi takrorlanuvchi so'zdir. Masalan: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz,

Har kimki, yomon bo'lsa, jazo topqusidur.

Qofiyadosh so'zlar: vafo-jafo-jazo: 1- 2- va 4-satrlar o'zaro qofiyalanyapti. Demak, qofryalanish tizimi a-a-b-a. Radif— topqusidur. Ruboiyda fikr tugallangan bo'lishi kerak. Yana muhim xususiyatlaridan biri shuki, ruboiy aruz vazni hazaj bahrining axram va axrab degan shakllaridagina yozilgan. Lekin keyingi yuz yilda bunga juda kam rioya qiladilar.

4.Mavzuni mustahkamlash:(10 daqiqa)

1. Boburning adabiy merosi qancha? 11. “Ahbob” so’zining ma’nosi? – do’stlar, yoronlar.

2. “Ruboiy” so’zining ma’nosi? – to’rtlik

3. Ruboiy necha xil bo’ladi? – ikki xil. Taronai ruboiy (a – a – a – a) va ruboiy xossa (a-a-b-a)

4. Radif nima? – misra oxirida takrorlanuvchi so’z.

5. Mehnat so`zining ma’nosi nima? - azob, mashaqqat.



5.Baholash.(3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Yod olish.

O’TIBDO’: M.Murodova

5- “V”sinf Adabiyot Sana: 14.03.18

Dars mavzusi: 9-Nazorat ishi. Test .

Dars maqsadi:

1.O`quvchilаrning mavzu yuzаsidаn BKMlarni аniqlаsh. ( 1 soat vaqt ajratiladi)

2.O’quvchilarda intizom,mas’uliyat tuyg’ularini shakllantirish.

3.O’quvchilarning mavjud tushunchalarni anglash tuyg’usini rivojlantirish.



Dars turi:BKMlarni nazorat qiluvchi

Dars metodi: Test sinovi

Dars jihozi: Test sinovi BKMlari, test

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish; b) navbatchilik hisoboti 2.Asosiy qism: (30daqiqa)

O’quvchilarga test materiallari tarqatiladi.Testlar bilan ishlash,javoblar jadvalini to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi.



Testlardan namunalar

1.”Sham bo`yi tuz kelib ayvon aro,Shohida bazm o`ldi shabiston aro.Egri urush birda chu ko`p aylanib,qaydaki parvona borib o`rtanib”.Ushbu misralarning nasriy bayoni to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.

A)Nay to`g`rib o`lgani uchun so`fiylar uni yaxshi ko`radi,egri bo`lganda tanbeh uchun qulog`ini buraydi.

B)Ko`z tug`ilishidan egri bo`lsa uning odati bittani ikkita qilib ko`rsatishdir.S)Ayvonda yonayotgan shamning bo`yi to`g`rib o`lgani sababli bazmning shohiga aylandi.Egri uchish qilib parvona ko`p aylan-

gani uchun oxiri sham o`tiga urilib yonib ketdi.D)Ayvonda yonayotgan shamdek to`g`ri bo`lsang,

qorong`ulikdan chiqa olasan.Egri uchish qilib parvonaga o`xshasang,qorong`ulikdan chiqa olmaysan.

2.”Hayrat ul-abror”dostonining o`ninchi maqolatida”Kimki to`g`ri yo`lni bilmoqchi bo`lsa,bilsinki bu ikki xil bo`ladi”deb ko`rsatilgan.Ikkinchisini toping.

A)O`zi ham,so`zi ham to`g`ri kishilar.B)Yolg`onni ham tasarruf qilib”to`g`ri”deydiganlar.

S)So`zlashganda xato gapirishga o`rgangan kishilar.D)Noto`g`ri fikrni to`g`ri deb o`ylaydiganlar.

3.”Mistar”so`zining ma`nosi? A) yoyning o`qi.B) qirg`ovul.S) chizg`ich.D) qalam.

4.”Hayrat ul-abror”asari nimalardan iborat?

A) 63ta bob,20ta maqolat.B)60ta bob,10ta maqolat.S)Faqat maqolatlar.D)36ta bob,20ta maqolat.

5.”Hayrat ul-abror”asarida nima uchun10-maqolatdan so`ng aynan”Sher bilan Durroj”hikoyati keltiriladi?

A) badiiy qurilishga ko`ra.B) o`z fikrlarining isboti uchun.S)Ta`sirchanligini oshirish uchun.D)A,B,S.

6.”Bobur”so`zining ma`nosi? A) she`r.B) sher.S) tug`ma iste`dod.D) ayriliq.

7.Z.M.Bobur Hindistonning shohi bo`lsa-da,bu hayotni g`ariblik deya xulosa qilgan ruboiysi qaysi? A)”Tole`yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi”.B)”Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi”.S)”Ko`ngil tilagan murodig`a yetsa kishi”.D)”Ko`pdin berikim,yor-u diyorim yo`qtur”.

8.Boburning bizgacha yetib kelgan she`rlari soni qanchani tashkil etadi?

A) 400.B) 400dan ortiq.S) 231.D) 500.



3.Baholash: (3daqiqa) O’quvchilarga testlarni baholash tartibi tushuntiriladi

4.Uyga vazifa: (2daqiqa) Takrorlash.

5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 16.03.18
Mavzu: Takrorlash

Dars maqsadi:

a)tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarda Olam va Odam haqida tushunchalarini boyitish, o’z taassurotlarini erkin bayon eta olish ko’nikmalarini o’stirish, badiiy so'zni qabul qilish va undan ta'sirlanish ko'nikmasini shakllantirish.

b)ta'limiy maqsad : O’quvchilarning ikkinchi chorakda o’rgangan mavzularini qayta ko’rib chiqish, mustahkamlash, bo’shliqlarni to’ldirish.O'quvchilarga shaxsiy kuzatuvlar natijasida “Inson qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish” degan tushunchanii singdirish;

c) rivojlantirish maqsadi : O'quvchilarda sog’lom adabiy didni tarkib toptirish.



Dars turi: mustahkamlovchi

Dars metodi: guruhlar musobaqasi

Darsning jihozi: badiiy asarlar, darslik ,tarqatmalar

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual – yod olingan she’rlar so’raladi.

b) Frontal (guruh bilan ishlash) savol – javob bo’lib o’tadi.

3. Yangi mavzu: ( 20 daqiqa)

Sinf o’quvchilar uch guruhga bo’linadi.Guruhlarga nom qo’yiladi va quyidagi shartlar asosida bellashuv o’tkaziladi. 1- guruh “Zukkolar”, 2-guruh “Topqirlar”, 3-guruh “Donolar”

Bellashuv shartlari:

1-shart. 3-chorak davomida o’rganilgan shoir yoki yozuvchining hayoti va ijodi haqida ma’lumot bering.

2-shart. “Kim ko’p badiiy kitob o’qidi?” Ushbu shartda guruh o’quvchilari o’zlari mustaqil o’qigan badiiy asarlarini ro’yxatini tuzishadi.

3-shart. “Ifodali yod aytish” O’quvchilar mustaqil yod olgan she’rlaridan ifodali yod aytishadi.

4-shart. “Otalar so’zi aqlning ko’zi”.Ushbu shartda guruhlar maqollar aytish bo’yicha bellashadilar.
4. Baholash.(5 daqiqa)

Guruhlar to’plagan rag’batlar soniga ko’ra g’olib guruh aniqlanadi. Faol o’quvchilar baholanadi.



5. Uyga vazifa:(5 daqiqa) Test savollari ,boshqotirmalar tayyorlash.


O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 27.03.2018

Mavzu: Muqumiy hayoti va ijodi . “Sayohatnoma” asari

Darsning maqsadi:

- Muqumiy hayoti va ijodi bilan tanishtirish;

-buyuk ajdodlarga hurmat,yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;

-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.



Download 356,97 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 356,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Otilgan mavzuni takrorlash. (10 daqiqa)

Download 356,97 Kb.