5-sinf Adabiyot Sana 09. 17 Mavzu: “Istiqlol darsi” Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad




Download 356,97 Kb.
bet10/13
Sana22.11.2020
Hajmi356,97 Kb.
#12683
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13


Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a)yod olingan she’rlar so’raladi.

b)savol-javob o’tkaziladi:

1.Usmon Nosir she’rlarida tabiat manzaralari haqida gapiring.

2. “Bolaligimga”she’rida bolalik nimalarga o’xshatiladi?

3. Shoir o’zini nimaga qiyoslaydi?

4. “Yurganmisiz birga oy bilan”she’ri qachon yozilgan?

5. Bu she’rda oy shoirga nima hadya etadi?

6. She’rda shoir nima sababdan “sil o’pkamni rosa yayratdim”deb yozadi?

7. Shoir nimadan ozor chekkan edi?



3. Yangi mavzu: (20 daqiqa)

O’quvchilarga Usmon Nosir hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish uchun slayd namoyish etiladi.

Sinf o’quvchilar uch guruhga bo’linadi.Guruhlarga nom qo’yiladi va quyidagi shartlar asosida bellashuv o’tkaziladi. 1- guruh “Zukkolar”, 2-guruh “Topqirlar”, 3-guruh “Donolar”

Bellashuv shartlari:

1-shart. Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida ma’lumot bering.

2-shart. “Bolaligimga” , “Yurganmisiz birga oy bilan”, “Yo’lchi” she’rlarini yod aytish

3-shart. O’quvchilar mustaqil yod olgan she’rlaridan ifodali yod aytishadi.

4-shart. “Otalar so’zi aqlning ko’zi”.Ushbu shartda guruhlar maqollar aytish bo’yicha bellashadilar.


4. Baholash.(5 daqiqa)

Guruhlar to’plagan rag’batlar soniga ko’ra g’olib guruh aniqlanadi. Faol o’quvchilar baholanadi. 5. Uyga vazifa:(5 daqiqa) Test savollari ,boshqotirmalar tayyorlash.


O’TIBDO’ M.MURODOVA



5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 24.01.2018

Mavzu: Mirtemir hayoti va ijodi. “Bulut”she’ri

Darsning maqsadi:

- Mirtemir hayoti va ijodi hamda she’rlari matnini o’rganish;

- o`quvchilarni tabiatni sevish,asrash ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: darslik,Mirtemir suratlari

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi,o’quvchilar tayyorlagan test va boshqotirmalar ustida ishlanadi

1.Usmon Nosir she’rlarida tabiat manzaralari haqida gapiring.

2. “Bolaligimga”she’rida bolalik nimalarga o’xshatiladi?

3. Shoir o’zini nimaga qiyoslaydi?

4. “Yurganmisiz birga oy bilan”she’ri qachon yozilgan?

5. Bu she’rda oy shoirga nima hadya etadi?

6. She’rda shoir nima sababdan “sil o’pkamni rosa yayratdim”deb yozadi?

3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Mirtemir Tursunov 1910-yilda Qoratog’ etaklarida –Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida tug’ilgan.Avval bobosi qo’lida, keyin esa maktabda tehsil olgan. So’ng Toshkentga kelib, “Almaiy” nomidagi ish-maktabda tarbiya ko’radi. Samarqanddagi O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o’qiydi. O’qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi,nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi.

Shoir birinchi she’ri “Tanburim ovozi” 1926-yili,16 yoshida e’lon qilindi. 1928-yili uning “Shu’lalar qo’ynida” nomli ilk she’riy to’plami nashr etiladi. Keyin “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong” to’plamlari dunyo yuzini ko’radi.

30-yillarda u juda ko’p vaqtini tarjimalarga bag’ishlaydi. A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, N.A.Nekrasov, T.G.Shevchenko asarlarini,shu bilan birga “Manas’qig’iz xalq eposini, “Qirq qiz”qoraqalpoq xalq dostonini o’zbekchaga o’girgan.

Shoir umri davomida o’nlab she’r va dostonlarini chop ettirdi: “Och”, “Surat”, “Qoraqalpoq daftari”, “Tingla ,hayot!”, “Izlaganim”, “Tog’day tayanchim”, “Yodgorlik”

Mirtemir 1978-yil 24-yanvarda 68 yoshida vafot etadi.

Mustaqillik yillarida Mirtemirning xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari taqdirlanib, “Buyuk xizmatlari uchun”ordeni berildi.

So’ngra “Bulut”she’ri ifodali o’qiladi.



4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

1.Mertemir qachon va qayerda tug’ilgan?

2.Shoir qayerlarda tahsil olgan?

3.Shoirning ilk she’ri va she’riy to’plami qachon,qanday nom bilan nashr qilingan?

4.Mirtemir kimlarning asarlarini tarjima qilgan?

5.Shoirning yana qanday she’r va dostonlari chop etilgan?

6.Mirtemirga qanday orden berilgan?

7. “Bulut” she’ri qanday taassurot qoldirdi?



5.Baholash. (3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Mirtemir hayoti va ijodini haqida ma’lumotlarni yozish, “Bulut”she’rini yod olish. O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 26.01.2018
Dаrsning tеxnоlоgik xаritаsi


Mаvzu

Baliq ovi”, “Shudring”, “Qishlog’im”, “To’rg’ay”

Mаqsаd

Vаzifаlаr

Mаqsаd: - Usmon Nosir she’rlari o’qish va tahlil qilish orqali o’rganish;

- o`quvchilarni ona Vatanga, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.

Vаzifаlаr: O`quvchilаrdа mаvzugа nisbаtаn qiziqish uyg`оtish, ulаrdа mаvzu аsоsidа bilim vа ko`nikmаlаrni shаkllаntirish, kеngаytirish;



O`quv jаrаyonining mаzmuni

O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish, nafosat,badiiy did, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash

O`quv jаrаyonini аmаlgа оshirish tеxnоlоgiyasi

Uslub: suhbat, оg`zаki bаyon,ifodali o’qish ;

Shаkl: kichik guruhlarda ishlash;

Vоsitа: dаrslik, sаvоllаr, texnik vosita

Nаzоrаt: оg`zаki nаzоrаt, sаvоl-jаvоb;

Bаhоlаsh: 5 bаlli tizim аsоsidа


Kutilаdigаn nаtijаlаr

O`qituvchi: Mаvzuni qisqа vаqt ichidа bаrchа o`quvchilаr tоmоnidаn o`zlаshtirilishigа erishаdi. O`quvchi fаоlligini оshirаdi. O`quvchilаrdа fanga nisbаtаn qiziqish uyg`оtаdi.

O`quvchi: Yangi bilimlаrni egаllаydi, nutqi rivоjlаnаdi.



Kеlgusi rеjаlаr

O`qituvchi: Pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаrni o`zlаshtirish vа dаrsdа tаtbiq etish, tаkоmillаshtirish, o`z ustidа ishlаsh. Pеdаgоgik mаhоrаtni оshirish.

O`quvchi: Mustаqil ishlаshni o`rgаnаdi. O`z fikrini rаvоn bаyon qilа оlаdi. Shu mаvzu аsоsidа qo`shimchа mаtеriаllаr аxtаrаdi, ulаrni o`rgаnаdi. Do`stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi.






T/r

Dаrs bоsqichlаri

Daqiqa

1

Tаshkiliy ishlаr

5

2

O’tilgan mavzu va uy vаzifаsi tаhlili

10

3

Yangi mаvzu bilаn ishlаsh

15

4

Mustahkamlash

10

5

Baholash

3

4

Uygа tоpshiriq

2


Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi,o’quvchilar tayyorlagan test va boshqotirmalar ustida ishlanadi

1.Mertemir qachon va qayerda tug’ilgan?

2.Shoir qayerlarda tahsil olgan?

3.Shoirning ilk she’ri va she’riy to’plami qachon,qanday nom bilan nashr qilingan?

4.Mirtemir kimlarning asarlarini tarjima qilgan?

5.Shoirning yana qanday she’r va dostonlari chop etilgan?

6.Mirtemirga qanday orden berilgan?

7. “Bulut” she’ri qanday taassurot qoldirdi?


3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Shoir birinchi she’ri “Tanburim ovozi” 1926-yili,16 yoshida e’lon qilindi. 1928-yili uning “Shu’lalar qo’ynida” nomli ilk she’riy to’plami nashr etiladi. Keyin “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong” to’plamlari dunyo yuzini ko’radi.

Shoir umri davomida o’nlab she’r va dostonlarini chop ettirdi: “Och”, “Surat”, “Qoraqalpoq daftari”, “Tingla ,hayot!”, “Izlaganim”, “Tog’day tayanchim”, “Yodgorlik”

Shoir lirik merosida tabiat manzaralari va bolalik xotiralari bilan bog’liq she’rlar salmoqli o’rin egallaydi.Uning tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy xulosalar, go’zal qiyoslar, betakror obrazlar yaratish mahorati XX asrning 50-60-yillarida yozgan “Bulut” va “Shudring”nomli she’rlarida yaqqol seziladi.

Mirtemirning “Shudring” she’ridan ham xuddi shunday zavq tuyadi kitobxon. E’tiborli tomoni shundaki,sarlavhadan boshqa she’rning biror misrasida shudring so’zini uchratmaymiz. Shoir faqat tasvir, o’xshatish, qiyoslash, jonlangan tasavvurlar orqali tabiatning shudring deb nomlangan yana bir bag’oyat nozik va go’zal hodisasini aks ettiradi.

So’ngra shoir she’rlari ifodali o’qilqdi.


4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

1. “Shudring” she’rida shoir tabiat hodisasini nimalarag o’xshatadi va uni qanday badiiy izohlaydi?

2. “Baliq ovi” she’rida shoir tug’ilib o’sgan yurt tasviri haqida so’zlang.

3. “Mehmondo’stlik –milliy qadriyat” mavzusida suhbatlashing.

4. Mirtemir she’rlarida bolalik xotiralarining o’rnini qanday izohlaysiz?

5. Nima uchun shoir qishlog’ini “Qo’li qadoqlim” deb aytadi?

6. Mirtemir she’riyatining ahamiyati haqida mulohaza yuriting.

5.Baholash. (3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) She’rlardan yod olish

O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 24.01.2018

Mavzu: Aqsad Muxtor. “Hafta”she’ri

Darsning maqsadi:

- Asqad Muxtor hayoti va ijodi hamda she’rlari matnini o’rganish;

- o`quvchilarni vaqtdan unumli foydalanishga orgatish;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: darslik,A.Muxtor suratlari

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi.

1.Mertemir qachon va qayerda tug’ilgan?

2.Shoir qayerlarda tahsil olgan?

3.Shoirning ilk she’ri va she’riy to’plami qachon,qanday nom bilan nashr qilingan?

4.Mirtemir kimlarning asarlarini tarjima qilgan?

5.Shoirning yana qanday she’r va dostonlari chop etilgan?

6.Mirtemirga qanday orden berilgan?

7. “Bulut” she’ri qanday taassurot qoldirdi?



3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabrda Farg’ona viloyatining Farg’ona shahrida tugilgan. Otasidan erta yetim qolgan Asqad asosan bolalar uyida tarbiya topgan. O’rta maktab, O’rta Osiyo Davlat universitetlarida o’qigan. 15 yoshida ilk she’ri gazetada e’lon qilingan. Asqad Muxtorning shundan keyin ellikdan ortiq kitoblari bosilib chiqqan.

1.She’riy to’plamlari; “Po’lat quyuvchi”, “Hamshaharlarim”, “Rahmat,mehribonim”, “Sizga aytar so’zim bor”

2.Qissalari: “Daryolar tutashgan joyda”, “Qoraqalpoq qissasi”, “Bo’ronlarda bordek halovat”, “Buxoroning jin ko’chalari”

3.Romanlari: “Opa-singillar”, “Tug’ilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor”, “Amu”

4.Pyesalari: “Mardlik cho’qqisi”, “Yaxshilikka yaxshilik”, “Zar qadri”, “Samandar”

5.Tarjimalar: Sofokl, Evripid, Lermontov, Aleksandr Korneychuk

6.Bolalar uchun yozilgan asarlari: “Chin yurak” she’riy to’plami, “hayotga chaqiriq”, “Dunyo bolalari” hikoyalar to’plamlari

Asqad Muxtor 1974-yilda “Chinor” romani uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. Unga O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan edi. O’zbekistonning ana shunday atoqli va ardoqli vakili Asqad Muxtor 1997-yil 17-aprelda vafot etdi.

4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

1. Asqad Muxtor qachon va qayerda tug’ilgan?

2.Asqad Muxtor qyerlarda tehsil olgan?

3.Adibning qanday she’riy to’plamlari nashr qilingan?

4.Qanday qissa va romanlari bor?

5.ijodkor bolalar uchun qanday asarlar yozgan?



5.Baholash. (3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) A.Muxtor hayoti va ijodini haqida ma’lumotlarni yozish, “Bulut”she’rini yod olish.

O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 31.01.2018

Mavzu: “Po’latjon yuz tup ko’chat ekmoqchi” she’rini o’qish va tahlil qilish.

Darsning maqsadi:

- Asqad Muxtor ijodi hamda she’rlari matnini o’rganish;

- o`quvchilarni do’stlik,ahillik ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: darslik,A.Muxtor suratlari

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi.

1. Asqad Muxtor qachon va qayerda tug’ilgan?

2.Asqad Muxtor qyerlarda tehsil olgan?

3.Adibning qanday she’riy to’plamlari nashr qilingan?

4.Qanday qissa va romanlari bor?

5.Ijodkor bolalar uchun qanday asarlar yozgan?


3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Do’stlik,ahillik insonning go’zal fazilatlari. Donishmand bobolarimiz “Boylik boylik emas,ahillik boylik”, “Ahil ishlasang ish unar,har mushkul oson bo’lar” kabi ko’plab maqollarni bekorga aytgan emas.Chunku ahillik bor joyda buyuk ishlar qilinadi. Mana shu fikrlar Asqad Muxtorning “po’latjon yuz tup ko’chat ekmoqchi” she’rining ham mazmunini tashkil etadi.

She’rda Po’latjon degan bola ko’chib kelgan uyni dadasining tanishlari yaqinlari qurgan deb o’ylaydi.Ammo onasining gaplari uni o’ylantiradi.Ularning uyi butunlay notanish odamlar tomonidan qurilgan. Har kim o’z ishini bilib, shuni halol bajarsa,bundan boshqa birovlar naf ko’radi.Qachonki, ahillik bilan kishilar bir-birlaridaning xizmatiga yaroqli bo’lsalar, el-yurt rivojlanadi, ravnaq topadi.Shularni o’ylab Po’latjon o’zi ko’rgan voqealarni eslaydi. Kimdir daraxt o’tkazadi,kimdir ko’prik quradi va hakozo. Ular begonalar bo’lsalar ham barcha uchun foydali ish qilyaptilar. Demak, shu ahillik degani ekan-da. Polatjon ham odamlar uchun foydali ish qilishga ahd qiladi. Ubahorga chiqib, do’stlari bilan birgalashib odamlar qatnaydigan gavjum yerga kelgusida soya solib, hammaga naf yetkazishi uchun yuz tup ko’chat ekishga ahd qiladi.

Siz ham aziz o’quvchilar, Po’latjondan ibrat olib hamma uchun foydali ish qilishga harakat qiling.



4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

1. Xalqimizda ahillik fazilatiga oid qanday maqol va hikmatli so’zlarni bilasiz?

2.Po’latjon yangi uyga ko’chib kelib nimaga hayron bo’lib qoldi?

3.Odamlarni begona qiladigan illatlar nima-yu, do’st-ahil qiladigan xislatlar nima?

4.Nega po’latjon yuz tup ko’chat ekishga ahd qildi?

5.Baholash. (3 daqiqa)



6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) Ahillik haqidagi maqollar yozish, she’rdan parcha yod olish.

O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 31.01.2018
Mavzu: O’. Hoshimov. Adibning hayoti va ijodi. “Dunyoning ishlari” asari
Darsning maqsadi:

- O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi bilan tanishish, “Dunyoning ishlari”asarini o’rganish;



- o`quvchilarni onalarni e’zozlash, hurmat ko’rsatish ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: darslik,O’tkir Hoshimov suratlari

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi.

1. Xalqimizda ahillik fazilatiga oid qanday maqol va hikmatli so’zlarni bilasiz?

2.Po’latjon yangi uyga ko’chib kelib nimaga hayron bo’lib qoldi?

3.Odamlarni begona qiladigan illatlar nima-yu, do’st-ahil qiladigan xislatlar nima?

4.Nega po’latjon yuz tup ko’chat ekishga ahd qildi?
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

O’tkir Hoshimov 1941-yilda Toshkentning Do’mbirabod mahallasida tug’ilgan.Yoshligidan ilmga, adabiyotga, san’atga qiziqqan yozuvchi 5-sinfda o’qib yurgan vaqtlaridayoq she’r mashq qila boshlagan. Dastlabki kitobi talabalik davrlarida yozilgan. Shundan keyin adibning bir qancha kitoblari, publitsistik maqolalari chop etildi. Hozirda adibning “Urushning so’nggi qurboni”, “Muhabbat” kabi ko’plab hikoyalari, “Nur borki, soya bor”, “Iki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” nomli romanlari, “Odamlar nima derkin”, “Shamollar esaveradi”, “Ikki karra ikki besh”, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” nomli qissalari respublikamiz va xorijda sevib oqilmoqda. “Qatog’on”, “Inson sadoqati”, “To’ylar muborak”dramalari teatrlarda sahnalashtirildi.

Bugun siz bilan yozuvchining “Dunyoning ishlari” qissasini o’qiymiz. Mazkur asar eng ezgu, eng samimiy tuyg’ular haqida, eng e’zozli zot –ona to’g’risida hikoya qiladi. Otkir Hoshimovning bu asari har biri o’ziga mustaqil syujetli hikoyalardan tashkil topgan. Unda “Gilam paypoq”, “Oq-oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularning har birida Ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yahlitlik kasb etadi.

Otkir Hoshimov 2013-yil 24-may kuni kasallik tufayli vafot etdi.



4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

1. O’tkir Hoshimov qachon va qayerda tug’ilgan?

2. Otkir Hoshimov qachondan she’rlar mashq qila boshlagan?

3.Adibning qanday hikoyalari bor?

4.Yozuvchining yirik asarlarini bilasizmi?

5. “Dunyoning ishlari”qanday asar?

6. Qissada qanday hikoyalar mavjud?

7. Ushbu hikoyalarni nima birlashtiradi?



5.Baholash. (3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) O’tkir Hoshimov hayoti va ijodini o’rganish, “Dunyoning ishlari” asridan parchalar bilan tanishish.

O’TIBDO’ M.MURODOVA

5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 6.02.2018
Mavzu: “Dunyoning ishlari” asaridan parcha o’qish
Darsning maqsadi:

- “Dunyoning ishlari”asarini o’rganish;

- o`quvchilarni onalarni e’zozlash, hurmat ko’rsatish ruhida tarbiyalash;

- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: darslik,O’tkir Hoshimov suratlari

Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi.

1. O’tkir Hoshimov qachon va qayerda tug’ilgan?

2. Otkir Hoshimov qachondan she’rlar mashq qila boshlagan?

3.Adibning qanday hikoyalari bor?

4.Yozuvchining yirik asarlarini bilasizmi?

5. “Dunyoning ishlari”qanday asar?

6. Qissada qanday hikoyalar mavjud?

7. Ushbu hikoyalarni nima birlashtiradi?



3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Bugun siz bilan yozuvchining “Dunyoning ishlari” qissasini o’qiymiz. Mazkur asar eng ezgu, eng samimiy tuyg’ular haqida, eng e’zozli zot –ona to’g’risida hikoya qiladi. Otkir Hoshimovning bu asari har biri o’ziga mustaqil syujetli hikoyalardan tashkil topgan. Unda “Gilam paypoq”, “Oq-oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularning har birida Ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yahlitlik kasb etadi.

Asar O’zbekiston qahramoni Said Ahmad aytganidek “…dostondek o’qiladi.Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz…” Asardagi “Iltijo”deb nomlangan bobida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hach qachon to’lab bo’lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi. Chinki onalarimizning hayotdagi o’rni beqiyosdir.Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda parvona bo’ladi, parvarishlab voyaga yetkazadi. Buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo’msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg’ularini g’oyat samimiy tasvirlaydi.

4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

1. “Dunyoning ishlari”qanday asar?

2. Qissada qanday hikoyalar mavjud?

3. Ushbu hikoyalarni nima birlashtiradi?

4. “Alla”bobini so’zlang.

5. “Iltijo” deb nomlangan bobida nimalar haqida yozilgan?

6. “Qarz”hikoyasidan qanday taassurot oldingiz?

5.Baholash. (3 daqiqa)

6.Uyga vazifa. (2 daqiqa) “Dunyoning ishlari” asridan parchalar bilan tanishish.


Download 356,97 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 356,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-sinf Adabiyot Sana 09. 17 Mavzu: “Istiqlol darsi” Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad

Download 356,97 Kb.