Kema shifokori, Lemuel Gulliver, "Lilliputiya" davlatiga tushib qoladi. U yerda odamlardan o`n ikki marta kichkina bo`lgan odamchalar yashaydi. Ular Gulliverni asirga oladilar. Keyinchalik u lilliputlarga itoat qilishga so`z beradi va Lilliputiya shohi uni ozod qiladi. Lilliputlar Gulliverni xushmuomalik bilan qabul qiladilar. Unga yashashga joy beradilar va ovqat bilan ta`minlab turadilar. Uning kattaligi uchun, unga "Tog` Odam" ismini beradilar. Asta-sekin Gulliver davlat hayoti bilan tanishadi. Ularning hayoti, yevropaliklar hayotidan umuman boshqacha tuzilgan bo`ladi. U Lilliputiyada ikki partiya mavjudligini va biri ikkinchisidan har xil balanlikdagi poshna kiyishi bilan farqlanishini bilib oladi. Ular orasida doim shavqatsiz baxslar kelib chiqaveradi. Oradan oz vaqt o`tib Lilliputiya va Vlefusk davlatlari o`rtasida jang boshlanadi. Urushga sabab, pishgan tuxumni qaysi tarafidan ( uchli tarafidanmi yoki tekis tarafidan ) sindirgan ma`qulroqligi haqida baxs bo`ladi. Gulliver Lilliputiya davlatining g`alaba qozonishiga yordam beradi. Vlefusk qiroli Gulliverni o`z davlatiga taklif qiladi. U taklifni qabul qiladi. Gulliver Lilliputiyaningqahramoni hisoblanadi, unga "nardak" unvoni ( mamlakatdagi eng baland unvon) beriladi. Lekin keyinchalik Lilliputiyadauning dushmanlari paydo bo`ladi. Ular Gulliverni xiyonatlikda ayblaydilar. Gulliverni birinchi ko`r qilib, keyin ovqatini kamaytirib ochdan o`ldirmoqchi bo`ladilar. Lekin Gulliverning do`stlari uni vaqtida ogohlantiradilar va Gulliver Vlefuskga qochishga majbur bo`ladi. U yerda qayiq topib oladi, uni ta`mirlaydi va Vlefuskni tark etadi. Yo`lida kemani uchratadi vaAngliyaga qaytib keladi. Gulliver uyiga kichkina qo`ychalar olib keladi. Ikkinchi qism: Brobdingnegga sayohat
Gulliver devqomat odamlar davlatiga tushib qoladi. Uni, bo`yi 22 metr bo`lgan fermer topib oladi. Dev Gulliverni vatandoshlariga ko`rsatadi va shu orqali pul ishlaydi. Gulliver buni haqoratomuzlik deb biladi. Keyinchalik Brobdingnegning qirolichasi Gulliverni sotib oladi. Qirolicha unga o`yinchoqdek munosabatda bo`ladi. Gulliver uchun maxsus quti yasaladi. Sayohatlarda Gulliverni shu qutida olib yuradilar. Kichik, lekin havfli sarguzashtlar orasida u qirol bilan yevropa siyosatini mulohaza qiladi. Bu yerda, huddi I qismdagidek, jamiyat xulq-atvorlari satirik ravishda tanqidlanadi. Faqatlilliputlar niqobi ostida emas, qirolning nutqida. Safarlarning birida, Gulliverning qutisini ulkan burgut olib ketadi va dengizga tashlab yuboradi. Gulliverni dengizchilar qutqaradilar va uyiga qaytaradilar.
Uchinchi qism: Laputaga sayohat
Gulliver Laputa nomli uchar orolga tushib qoladi. Bu orol Balnibarbi davlatining poytaxti. Gulliver davlatning qit`a qismiga tushadi. U yerda barcha ziyoli odamlar haddan tashqari matematika va musiqa bilan band bo`lganlari uchun, boshqa hech narsaga e`tibor bermaydilar. Qit`ada "projektorlar akademiyasi" mavjud. U yerda har xil ilmiy bo`lmagan, kulgili tashabbuslar hayotga tadbiq qilinadi. Davlat hokimiyati esa bularni qo`llab quvvatlaydi. Shu sababli Davlatning rivoji past darajada bo`ladi. Kitobning bu qismida, muallif yashagan vaqtda mavjud bo`lgan, chayqovchilikka asoslangan nazariyalarga o`yuvchi satira mavjud.
To`rtinchi qism: Guigngnmlar davlatiga sayohat
Gulliver aqlli va xushkor otlar - guigngnmlar davlatiga tushib qoladi. Bu davlatda jiirkanch yexular - odamlar ham yashaydi. Yexularning xulq-atvorlari misolida odamlarning nuqsonlari ko`rsatilgan. Guigngnmlar Gulliverni yexularga o`xshatadilar, lekin ularga qaraganda aqliy va ma`daniy rivoji balandroqligini ta`n oladilar. Hikoyaning ohirida Gulliver bu utopiyadan haydaladi va u Angliyaga, o`z oilasiga qaytib keladi.
Uyga vazifa: Adibning hayoti va ijodini o’qib o’rganish, savol va topshiriqlar ustida ishlash.
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 10 .11.17
Mavzu: Jonatan SVIFT «Gulliverning sayohatlari» asarlari
Maqsad:
Ta’limiy maqsad:O`quvchilrning ifodali o`qish ko`nikmalarini shallantirish. Gulliverning sayohati orqali jahon bolalar adabiyoti bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning dunoqarashini kengaytirish va badiiy adabiyotlarni o`qishga qiziqtirish .
Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning ifodali o'qish va og`zaki nutqini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Tushuntirish, savol-javob, izlanish
Dars jihozi: Jonatan Svift portreti ,“Gulliverning sayohati” ga oid rasmlar,“Gulliverning sayohati”kitobi
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni takrorlash.(10 daqiqa)
J.Svift hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
3. Yangi mavzu.(15 daqiqa)
Bolajonlar bugun biz sizlar bilan ”Jahon bolalar adabiyoti” bo`limidagi Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohati” romanidan parchani o`rganamiz. Hozir sizlar bialan Jonatan Sviftning hayoti va ijodi haqida suhbat olib boramiz.
Jonathan Swift (talaffuzi: Jonatan Svift) (30-noyabr 1667 — 19-oktabr 1745) — ingliz/irland yozuvchisi, shoiri va satirachisi. Swift ingliz nasrining eng yuksak namoyondalaridan hisoblanadi.Swiftning shoh asari ilk bor 1726-yilda chop etilgan „Gulliverning sayohatlari“romanidir. Bu asar dunyoning koʻp tilariga, shu jumladan o`zbek tiliga tarjima qilingan. Romanni ko`pchilik bolalar uchun yozilgan deb o`ylaydi. Ammo „Gulliverning sayohatlari“ aslida insoniyat haqida satiradir.
Swiftning ijodidagi eng muhim va yagona roman — „Gulliverning sayohatlari“ (1-2-jildlar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, o`tkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy o`lkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (ulkanlar), guigngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bog`liq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaridagi sotqinlik, sudyalarning adolatsizligi va boshqalarni aks ettirgan.
Darslik bilan ishlash.
Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari“ romanidan parchani o`qib berish. Mazmunini tahlil qilish.
Lug`at ishi
Chilvir- Ingichka pishiq arqon, arg‘amchi.
liliputlar (mitti odamlar),
brobdingneglar (ulkanlar),
guigngnmlar (aqlli otlar)
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa) Savol-javob o`tkazish:
1.Gulliver uyg`onganda nimani ko`rdi?
2.Gulliver nimaga o`xshar edi?
3.Gulliver kimlarni ko`rdi?
4.Odamlar Gulliverga qanday munosabatda bo`ldilar?
5.Ular Gulliverni qanday ovqatlantirdilar?
6.Ularning maqsadi nima edi?
5.O'quvchilani baholash (3 daqiqa)
6.Uyga vazifa: (2 daqiqa) “ Gulliverning sayohati” ertak matnini ifodali qilib o'qishga, qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 14 .11.17
Mavzu: Matn ustida ishlash.Sarguzasht haqida.
Darsning maqsadi:
Tarbiyaviy maqsad: «Gulliverning sayohatlari» asarining yozilish tarixi, iming mazmun-mohiyatini tahlil etish maqsadga muvofiq o'quvchilarni vatanga, insonlarga muhabbat ruhida tarbiyalash;
Ta'limiy maqsad: asarning g'oyaviy- badiiy, ma'naviy-axloqiy jihatlari, bugun uchun ahamiyatini yoritish.
Rivojlantirish maqsad : asarni sharhlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Tushuntirish, savol-javob, izlanish
Dars jihozi: Jonatan Svift portreti , “Gulliverning sayohati”ga oid rasmlar,“Gulliverning sayohati”kitobi
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a)salomlashish b) davomatni nazorat qilish c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni takrorlash.(10 daqiqa)
J.Sviftning ”Gulliverning sayohatlari”asarining mazmuni o’quvchilarga gapirtiriladi.
3. Yangi mavzu.(15 daqiqa)
«Gulliverning sayohatlari» romani to'rt qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda Gulliverning liliputlar - mitti odamlar mamlakatidagi sarguzashtlari hikoya qilinadi. Mitti odamlar hayot tarzi, davlat tartiblari Angliyanikiga o'xshash. Liliputiyada ham Angliyadagi kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o'z manfaatlarini o'ylab janjallashadilar, bahslashadilar. Bu partiyalar baland poshnalilar vapast poshnalilar deb ataladi. Mazkur partiyalar vakillari qanchalik mitti bo'lsalar ularning maqsad va o'ylari ham o'zlari kabi arzimas va jo'n. Ular siyosatlari orasida farq poshnalarining baland yoki past bo'lganligidadir. Liliputiya davlatining qo'shni Blefusku davlati bilan nizolari sababi ham arzimas va kulgili - ular tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha olmaydilar. Birlari tuxumni uch qismidan sindirish kerak desalar, birlari poynak qismidan sindirish kerakligini uqtiradilar. Svift ularning bu kelishmovchiliklari arzimas va bachkana ekanligi ustidan kular ekan, ayni paytda Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabablari hech qanday ahamiyatga molik bo'lmagan ixtiloflar ekanligini uqtirgandek bo'ladi.
Romanning ikkinchi qismida Gulliverning ulkan odamlar yurti -Brobdingnegga sayohati hikoya qilinadi. Bu mamlakatda Gulliver teskari holatga tushadi - Liliputiyadagi odamlardan nafratlangan bo'lsa, ushbu mamlakat odamlarining tanti, olijanob, ma'rifatparvarligiga qoyil qoladi.
Asarning uchinchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati - Leputadagi sayohatlariga bag'ishlangan. Bu yerdagi Buyuk akademiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishini ko'radi. Ularning real hayotdan ajrab qolib, foydasiz ixtirolar bilan bandliklari muallif kulgisini qo'zg'aydi. Ayniqsa, bir olimning bodringdan quyosh energiyasini ajratib olib, undan yoz sovuq kelganda foydalanishga ahd qilganini, yana bir «alloma»ning uyni poydevoridan emas, tomidan boshlab qurish kashfiyoti haqidagi loyihasi - buning isboti sifatida hasharotlar - asalari va o'rgimchak faoliyati misol qilib keltirilganini ko'rib kishi o'zini kulgidan tiya olmaydi. Yozuvchi haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishilari ustidan kuladi.
Romanning to'rtinchi qismi Gulliverning guigngnmlar mamlakatiga qilgan sayohati haqida. Muallif Gulliverning bu sayohatini o'tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi. Bu mamlakatda inson qiyo-fasidagi ikki oyoqli maxluqlar yexular va aqlli, dono, halol mehnat bilan kun ko'ruvchi otlar yashaydilar. Yexular jirkanch, hazar qiladigan daraja-da tuban kimsalar. Ular Sviftning Angliyadagi vatandoshlarini eslatadilar. Ular o'z manfaatlari uchun bir-birlarini halok qilishga tayyor.
4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)
1.Romanning birinchi qismi haqida gapiring.
2.Romanning ikkinchi qismi haqida gapiring
3.Romanning uchinchi qismi haqida gapiring
4.Romanning to’rtinchi qismi nima haqida?
5.Baholash. (3 daqiqa)
6.Uyga vazifa:(2daqiqa) Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana:15.11.17
Mavzu: Hans Kristian ANDERSEN (1805-1875)
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy:Hans Kristian Andersen hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish.
b) tarbiyaviy: badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish,
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Tushuntirish, savol-javob, izlanish
Dars jihozi: darslik, Andersen ertaklari.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish b) davomatni nazorat qilish c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
Andersen 1805-yil 2-aprelda Daniyaning Odens shahrida kambag‘al etikdo‘z oilasida dunyoga keldi. Andersen oilasi muhtojlikda kun kechiradi. Bo‘lajak ertakchining bolaligi muhtojlik va yupunlikda o‘tadi. Biroq yupun va nochor ahvoliga qaramay yosh Andersen ko‘proq o‘qish, o‘rganish payidan bo‘ldi. Otasi vafot etgach, o‘n to‘rt yoshli Andersen Daniya poytaxti Kopengagenga keladi. Bu yerda ham o‘qish, izlanishda bo‘ladi. Dastlab u teatrga qiziqadi. Bu sohada jiddiy shug‘ullanishga ahd qiladi. Aktyor bo‘lish rejasi amalga oshmagach, o‘zicha kichik-kichik sahna asarlari yozadi, ularni shahar teatrlariga taklif qilib ko‘radi. Kopengagen teatrlaridan birining direktoriga uning yozganlari ma’qul bo‘ladi shekilli, u pyesalarni sahnalashtirmasa-da, qaysidir mulohaza bilan yosh muallifni qo‘llab-quvvatlashga qaror qiladi. Andersen uning tavsiyasi bilan teatrdan stipendiya oladi va unga Lotin maktabida bepul tahsil olish huquqi beriladi. So‘ngroq Andersen Konpengagen universitetida o‘qiydi.O‘qish-o‘rganishda suyagi qotgan yosh Andersen uzoq-uzoqlarga sayohat qiladi. U Yevropa, Osiyo, Afrikaning qator mamlakatlarida bo‘ladi. O‘zi uchun qiziq tuyulgan har bir narsani ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab ko‘rmaguncha ko‘ngli joyiga tushmasdi. Bundan tashqari, sayohatlari davomida zamonasining mashhur shoir va adiblari, san’atkorlari bilan uchrashdi. Gyugo, Balzak, Dyuma, Dikkens, Geyne, Rossini, Vagner, List kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo‘ldi.
1835-yilda adib o‘zining birinchi yirik asari - «Improvizator» romanini e’lon qiladi. Roman o‘quvchilar orasida mashhur bo‘lib ketadi. Biroq bu mashhurlik shundan keyingi muvaffaqiyatlar oldida hech narsa bo‘lmay qoladi. Gap shundaki, adibning o‘sha yili bosib tarqatilgan dastlabki ertaklar to‘plami kutilmaganda unga katta shuhrat keltiradi. Boshda ertaklarini o‘quvchilar yoqtirishiga o‘zi ham ishonmagan yosh ertaknavis adib bu to‘plamdan so‘ng bolalar va kattalar birday qiziqib o‘qiydigan ertaklar yaratishga qodir ekanligiga amin bo‘ladi va bundan keyingi umrini ijodning shu sohasiga bag‘ishlaydi. Unga yaratgan ertaklari olamshumul shuhrat keltirdi. «Bolalarga aytilgan ertaklar», «Yangi ertaklar», «Tarixlar», «Yangi ertaklar va tarixlar» to‘plamlari Andersen nomini dunyoga mashhur qilib yubordi.
Andersen ertaklari shunchaki xayoliy voqealar tasviri emas, aksincha, jonli hayot bilan bog‘liq real hikoyalardir. Ularda real buyum va hodisalarga fantastik tus beriladi, jonlantiriladi, harakatga keltiriladi. Masalan, «Dyumchaxon», «Suv parisi», «Qor malikasi», «Bulbul» ertaklaridagi talqin jonli inson muhitiga yaqinlikda berilsa, «Bronza to‘ng‘iz», «Kumush tangacha» ertaklarida jonsiz ashyolar harakatga kelib, odamlarday so‘zlaydilar, bu esa kishida qiziqish uyg‘otadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa) Og’zaki savol-javob.
5.Baholash. (3 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2daqiqa)
O’TIBDO’: M.Murodova
5- “V”sinf Adabiyot Sana: 17 .11.17
Mavzu: Xans Xristian Andersen. "Bulbul" ertagi
Darsning maqsadi:
Talimiy: o`quvchilarni asar matni va uning mazmuni bilan tanishtirish
Tarbiyaviy: o`quvchilarda chin ezgulik va go’zallikni payqash tuyg`usini shakllantirish
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarda aslni soxtadan ajratish, o`zgalarning tuyg`ylariga sherik bo`la olish ko`nikmalarini shakllantirish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol usullar, savol-javob
Dars jihozi: darslik,Andersen ertaklari
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a) salomlashish b) davomatni nazorat qilish c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa) Aqliy hujum
1.Andersen kim? Uning qaysi asarlarini o`qigansiz?
2.Asarlari asosida yaratilgan qaysi filmlarni bilasiz?
Javoblar to`ldirilib umumlashtiriladi va yangi mavzu bayon qilinadi. Hikoya matni o”quvchilarga o’qitiladi. Asar yuzasidan quyidagi savol-topshiriqlar asosida suhbat tashkil etiladi.
1.Asl va soxta bulbul haqida fikr bildiring
2. “Jonli bulbul har gal o`zicha kuylar, sun`iy bulbul esa ... faqat bir yo`sinda qo`shiq aytar edi”, – degan tasvirning tagidagi ma`noni toping.
3.“O`rmonga ketib qolgan bulbul va yning bu harakatini qoralagan olomonni bir-biriga solishtirib, fikr bildiring”
4. “Saroy musiqachisi haqiqiy bulbulning kamchiligi sifatida : “...qachon qanday qo`shiq aytishini oldindan bilib bo`lmaydi”, – deb bildirgan e`tiroziga qanday qaraysiz?
5. Asl bulbul ovozini eshitganda: “Yo parvardigor, hayot naqadar yaxshi!” degan kambag`al baliqchi, “Shunday paytda ko`zlarimdan duv-duv yosh oqadi, onajonim bag`rida orom olayotganday, sevinib, ichimga sig`may ketyapman!” degan oshpaz qizcha so`zlarini izohlang
6. “Sun`iy bulbulga berilgan unvonning nomi haqida chuqurroq o`ylab ko`ring”
7. “O`lim to`shagidagi shahanshohning ko`ziga chiroyli va xunuk arvohlarning ko`rinishi sabablari haqida gapiring.
8. “Sun`iy bulbulning sayramay qolish sababini toping”.
Berilgan savollarga kutilganidek javob chiqmasligi mumkin. Bunda o`qituvchi asardagi muhim o`rinlarni qayta o`qitadi va yo`naltiruvchi qo`shimcha savollar bilan o`quvchilarni bahsga chorlaydi.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa) Guruhlarda ishlash. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, nomlanadi va har bir guruhga quyidagi topshiriqlar beriladi:
1. Ko`pchilikka mustaqil yo`li bor bulbul emas, o`rgatilganni qaytaradigan sun`iy qush yoqqanligi sababini izohlang.
2. Asl bulbulning mamlakatdan quvilishiga munosabat bildiring. O`zimizga yoqmaydigan talantli kishilarni haydagan to`g`rimi yoki unga sharoit yaratib bergan ma`qulmi?
3. “Shahanshohning ko`zlaridan yosh oqqanini ko`rdim– bundan ortiq mukofot bo`lmaydi. Shahanshohning ko`z yoshida katta qudrat bor. Xudo shohid – menga bundan ortiq mukofot kerakmas!” Ko`z yosh nimaning belgisi?
4. Bulbulning hukmdorga: “...seni boshingdagi tojing uchun emas, qalbing uchun sevaman”, degan gapini odamlar o`rtasidagi munosabatlarga ko`chirib tahlil qiling.
5.Baholash: (3 daqiqa)Faol ishtirokchilar rag‘batlantiriladi.
6.Uyga vazifa: (2 daqiqa) Ijodiy ish. “Asl inson qanday bo`ladi?”
O’TIBDO’: M.Murodova
5 “V”-sinf Adabiyot Sana:21.11.17
Mavzu: Asar matni ustida ishlash.( “Bulbul”ertagi)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o`quvchilarni asar matni va uning mazmuni bilan tanishtirish
Tarbiyaviy: o`quvchilarda chin ezgulik va go’zallikni payqash tuyg`usini shakllantirish
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarda aslni soxtadan ajratish, o`zgalarning tuyg`ulariga sherik bo`la olish ko`nikmalarini shakllantirish
Dars turi: mustahkamlovchi
Dars metodi: suhbat,bahs-munozara, Venn diagrammasi
Dars jihozi: darslik, Andersen ertaklar to’plami
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa)
a) salomlashish b) davomatni nazorat qilish c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
1.Asl va soxta bulbul haqida fikr bildiring
2. “Jonli bulbul har gal o`zicha kuylar, sun`iy bulbul esa ... faqat bir yo`sinda qo`shiq aytar edi”, – degan tasvirning tagidagi ma`noni toping.
3.O`rmonga ketib qolgan bulbul va yning bu harakatini qoralagan olomonni bir-biriga solishtirib, fikr bildiring
4. Saroy musiqachisi haqiqiy bulbulning kamchiligi sifatida : “...qachon qanday qo`shiq aytishini oldindan bilib bo`lmaydi”, – deb bildirgan e`tiroziga qanday qaraysiz?
5. Asl bulbul ovozini eshitganda: “Yo parvardigor, hayot naqadar yaxshi!” degan kambag`al baliqchi, “Shunday paytda ko`zlarimdan duv-duv yosh oqadi, onajonim bag`rida orom olayotganday, sevinib, ichimga sig`may ketyapman!” degan oshpaz qizcha so`zlarini izohlang
6. Sun`iy bulbulga berilgan unvonning nomi haqida chuqurroq o`ylab ko`ring
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
«Bulbul» ertagi zamirida yuqorida ta'kidlaganimizdek, sof estetik g'oya yotadi.Mazkur ertakni go'zallik va ezgulikni ulug'lovchi, soxtalik va qabihlikni qoralovchi, uning inqirozi muqarrarligi haqidagi asar desak yanglishmaymiz.
Asl inson go‘zallikdan bahra ola biladigan, huzur qiladigan, bahra olishga moyil, yoqimli ovozdan ta’sirlanadigan, zavq-shavqqa to‘ladigan bo‘ladi va bundan ko‘ngli ham tani ham yayraydi. Biroq bosh vazir va saroy amaldorlariga o‘xshash bulbul degan narsaning borligini ham bilmaydigan, bulbul xonishini sigir ma‘rashiga, qurbaqa vaqirlashidan farqlamaydigan, faqat bir yo‘sindagi qo‘shiq tinglashdan nariga o‘tolmaydigan insonlar hayotimizda ham uchrab turishi mumkin . Aziz o’quvchilar, odamlarning turfa tabiatga ega, ruhiyati, qalbi toza, samimiy insonlargina go‘zallikni ko‘ra oladi, his qila oladi.
4.Mustahkamlash: (10 daqiqa)
VENN diagrammasi asosida asl bulbul va soxta bulbul tabiatiga qiyosiy ta’rif beriladi.
Yakka tartibda ishlash. Mustaqil ish. O`quvchilarning har biriga quyidagicha topshiriq beriladi:
Hikoya qahramonlarini ikki ustunga bo`lib chiqing
Asl inson Soxta inson
1.Oshpaz qizcha 1. Bosh vazir
2.Baliqchi 2. Saroy musiqachisi va h. k
Vazifa bajarilgach, har bir o‘quvchi nima uchun shunday xulosaga kelganligini asoslab berishi talab etiladi.
5.Baholash.(3 daqiqa)
6.Uyga vazifa: Adibning hayoti va ijodini o’qib o’rganish, savol va topshiriqlar ustida ishlash.Mavzu yuzasidan ijodiy ish tayyorlash.
O’TIBDO’: M.Murodova
5 “V”-sinf Adabiyot Sana:23.11.17
Mavzu: Bahs-munozara: “Bulbul” ertagini qanday tushundim?
Darsning maqsadi:
a) tarbiyaviy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) ta’limiy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c)rivojlantiruvchi:O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: mustahkamlovchi
Dars metodi: bahs-munozara
Dars jihozi: Darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa)
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
|