|
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
|
bet | 1/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 72 Kb. | | #243023 |
Bog'liq Iqtisoddan dars ishlanma 1
Avval iqtisod- keyin siyosat
Mavzu: Firmani ochish tartibi
Darsning maqsadi:
firmaning asosiy hujjatlari haqida ma'lumotga ega bo'lish;
firmani ochish bilan bog'liq amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish
Firmani ochish tartibini tushuntirish
Firma ta’sis shartnomasi va Nizomi haqida tushuncha berish
Firma tovar belgilari haqida tushuntirish
Darsni olib borish usuli: Savol-javob, suhbat, baxs-munozara, interfaol usullardan “Aqliy hujum” va o’quvchilarni guruhlarga ajratib ular bilan ishlash, test tarqatmalar va turli savollar yozilgan konvertchalardan foydalanish
Darsning jihozlari: Elektron darslik, kitob, daftar, ruchka, oq qog’oz, marker flomaster, konvertchaga solingan savol, test yozilgan varaqchalar, mavzuga mos albomlar, yangi mavzuni yoritish uchun katta hajmdagi oq qog’ozga yozilgan eslatmalar va turli plakatlar
Darsning borishi: 1) Tashkiliy qism
2) Salomlashish
3) Davomatni aniqlash
4) O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollarni konvertga solish
Avvalo o’quvchilarni partalar bo’yicha uch guruhga bo’linadi, guruhlarga oldindan tayyorlab qo’yilgan 2 tadan savol tarqatiladi. Navbatma-navbat guruhlarning javoblari tinglangach, har bir to’gri javob uchun guruhlarga rag’batlantiruvchi ballar beriladi.
Quyudagi savollarni guruhlarga ikkitadan tarqatiladi:
Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining bir-biridan farqi nimada?
Oddiy va imtiyozli aksiyalarning afzallik hamda kamchilik tomonlarini aniqlang.
Hududingizdagi qanday aksiyadorlik jamiyatlarini bilasiz?
Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini davlat yoki chet el firmalari sotib olishi mumkinmi?
Firmalar qaysi xususiyatlariga qarab turlarga bo'linadi?
Siz ulgurji savdo bilan shug'ullanadigan firma ochmoqchi bo'lsangiz, firmaning qaysi turini tanlagan bo'lar edingiz
|
| |