• Tayanch atamalar Firmaning nizomi
  • Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar




    Download 72 Kb.
    bet2/5
    Sana18.05.2024
    Hajmi72 Kb.
    #243023
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Iqtisoddan dars ishlanma 1

    Yangi mavzu bayoni:

    Darsni o’quvchilarga qiziqarli bo’lishi uchun Guruhlarga quyidagi faollashtiruvchi savol va topshiriqni tushuntiriladi va 5 minut vaqt beriladi. Chunki bu faollashtiruvchi savol va topshiriqlarni berishdan asosiy maqsad o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish oson kechadi.



    1. Biror bir yangi biznes g'oya o'ylab toping. U asosida yuqorida keltirilgan firma shakllaridan birini tanlab, yakka o'zingiz yoki o'rtoqlaringiz bilan birgalikda firma tashkil qiling. Nima sababdan firmaning aynan shu shaklini tanlaganingizni asoslang.

    2. Firmaga mos nom qo'ying.

    3. Firma nizomini tuzing. Nizomda firmani ochishdan ko'zlagan maqsad, firmaning tashkiliy huquqiy shakli, firma nima bilan shug'ullanishi, firma kimlar tomonidan tashkil qilinayotgani, firmaning nizom jamg'armasi miqdori, firma ofisi joylashgan manzil kabi ma'lumotlarni keltiring.

    4. Firma tashkilotchilari o'rtasidagi ta'sis shartnomasi tuzing va imzolang. Buning uchun avval kim nima bilan shug'ullanishi, firmani kim boshqarishi, nizom jamg'armasining miqdori va unga kim qatcha ulush qo'shishi, foyda qanday taqsimlanishi kabi masalalarni o'zaro muhokama qiling va shartnomada ko'rsating.

    5. Firmaning tovar belgisini chizing.

    Berilgan vaqt tugagandan so’ng guruhlarning bajargan ishlari ko’rib chiqiladi va baholanadi .
    Tayanch atamalar
    Firmaning nizomi- firmaning ichki va tashqi foliyatini tartibga soluvchi, huquqiy kuchga ega bo'lgan me'yoriy hujjat.
    Firmaning ta'sis shartnomasi- firma ta'sischilari o'rtasida o'zaro faoliyat yuritish bo'yicha tuzilgan kelishuv hujjati.
    Korxona- tovar va xizmatlar ishlab chiqarish amalga oshiriladigan xo'jalik tashkilot.
    Firma- tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona
    Yakka tartibdagi firma- yakka shaxs mulki asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan firma.
    Shirkat- birgalikda faoliyat ko'rsatish maqsadida ikki va undan ortiq kishilarning mulki asosida tashkil qilingan va faoliyat natijasiga birgalikda to'la javob beriladigan firma.

    Download 72 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

    Download 72 Kb.