Mustaqil izlanish uchun topshiriqlar
Eng mashhur 10 ta firmaning tovar belgilarini chizib, ular haqida ma'lumot to'plang.
Yaqin qarindoshingiz ochgan firmaning nomi, nizomi, ta'sis shartnomasi va taniqlik belgilari bilan tanishib chiqing. Ularning firma faoliyatidagi ahamiyatini so'rab surishtiring va u haqida kichik risola tayyorlang.
Firmaning har bir turiga hududingizda faoliyat ko'rsatayotgan firmalardan misol keltiring.
Har bir firma turining afzallik va kamchilik tomonlarini sanang.
Siz ulgurji savdo bilan shug'ullanadigan firma ochmoqchi bo'lsangiz, firmaning qaysi turini tanlagan bo'lar edingiz
6. Firma ochish tartibini tushintirib bering.
7. Firmaga nizom nima uchun kerak va nizomda nimalar aks ettiriladi?
Firmaning ta'sis shartnomasi qanday hollarda tuziladi va nimalarni o'z ichiga oladi?
Firmaga tovar belgisi nima uchun kerak?
TESTLAR
1. Ehtiyojlar bu
a. Insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun zarur bo‘lgan narsalarga muhtojligi
b. Qondirilishi talab etiladigan har qanday muhtojlik.
c. Qondirishning imkoni bo‘lmagan inson orzu-istaklari.
d. Kundalik ehtiyoj mollari do'konida sotiladigan barcha tovarlar
e. Kishilarning tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga xohishi.
2. Tanlovning muqobil qiymati — bu:
a. Tanlov natijasida voz kechilgan, eng katta nafga ega bo‘lgan imkoniyat.
b. Tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatlarning barchasi
c. Imkoniyatlar ichidan eng nafliligi.
d. Tanlangan imkoniyatning o‘zi.
e. Imkoniyatlar ichidan naflik jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigani.
3. Qaysi guruhda keltirilgan misollar faqat ma'naviy ehtiyojlarga tegishli:
a. Daftar, soat, kitob, televizor va xat yozish.
b. Ta'lim olish, musiqa eshitish, kasb - hunar o'rganish, odobli bo'lish.
c. Til o'rganish, kitob o'qish, telefonda gaplashish, qalam.
d. Muzqaymoq, kompyuter, ta'lim olish, sport.
e. Rasm chizish, kino ko'rish, kalkulator.
4. Quydagi vaziyatlardan qaysi birida pul muomala vazifasini bajaradi?
a. Naqt pulga tovar sotib olindi
b. AQSH dollarining so'mga qiymati aniqlandi
c. Elektr energiyasi uchun to'lov bajarildi.
d. Ishchiga maosh belgilandi
e. Bankka omonat qo'yildi.
5. Bozor – bu
a. Noto'g'ri javob yo'q.
b. Sotuvchi va haridor uchrashadigan joy
c. Ishlab chiqarishni iste'mol bilan bog'laydigan vosita.
d. Aholi savdo qiladigan joy.
e. Tovar va xizmatlarni ayirboshlash joyi
|