|
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
|
bet | 3/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 72 Kb. | | #243023 |
Bog'liq Iqtisoddan dars ishlanma 1Sherikchilik firmasi- ikki va undan ortiq shaxslarning (kishi yoki korxonalarning) mablag'lari asosida tashkil qilingan va ma'lum kelishuv shartlari asosida egalik qilinadigan, boshqariladigan va faoliyat natijasiga javob beriladigan firma.
Firmaning nizom jamg'armasi- firma faoliyatini yuritish uchun uning tashkilotchilari tomonidan qo'shiladigan hissa mol-mulk va mablag'dir.
Firmaning nizomi
Firma ochish uchun quydagi ishlarni amalga oshirish lozim bo'ladi. Eng avvalo, firma ochish bilan bog'liq hujatlarni: firmaning nizomi ta'sis shartnomasini tayyorlash zarur. Firmaning nizomida firmaning nomi, manzili, firma ochishdan ko'zlangan maqsad, firmaning qanday faoliyat turlari bilan shug'ullanishi, firma kimlar- qaysi ta'sischilar tomanidan tashkil qilinayotgani, firmaning tashkiliy shakli, firma faoliyatini yurg'zish uchun dastlab qancha miqdorda boshlang'ich mablag'- nizom jamg'armasi safarbar qilinayotgani, firma ta'sischilarining nizom jamg'armasiga qo'shgan hissasi, firma mol-mulklarinig tarkibi va uni hosil qilish tartiblari kabi ma'lumotlat o'z aksini topishi zarur. Firmaning nizomoda ko'zda tutilgan har bir band tadbirkorlik haqidagi amaldagi qonunlarga zid bo'lmasligi lozim. Firmaning nizomi odatda tadbirkorlikning shu firmaga xos yo'l-yo'riq va qonun-qoidalari majmuidan iborat bo'lib, kelajakda firma unga rioya qilgan holda faoliyat yuritishi shart bo'ladi.
Ta'sis shartnomasi
Ta'sis shartnomasi firma ta'sischilari ikki va undan ortiq shaxslar bo'lganda tuziladi. Firmaning ta'sis shartnomasi firmani tashkil qilish, faoliyat yurgazish, firmani boshqarish tamoili va mexanizmlarni, nizom jamg'armasining tarkibi va unga qo'shiladigan ulushlar, firma foydasini ta'sischilar o'rtasidagi taqsimlash qoidalari, firmaning ichki boshqaruv tuzilmalari, firma maqomini o'zgartirish va uni tugatishbilan bog'liq yol-yoriqlar va o'zaro kelishuvlar o'z aksini topgan bo'lishi kerak. Bu hujjatlar tuman (shahar) hokimligiga firmani davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun topshiriladi. Hokimlik topshirilgan hujjatlar asosida firma davlat ro'yhatiga olingani haqida qarorni qabul qiladi va maxsus guvonoma beradi. Bu qarorning chiqishi firma ochilganligidan dololatdir. Endi bu qaror asosida 30 kun ichida firma biror bankda o'z hisob raqamini ochishi, hiso raqamiga nizom jamg'armasida ko'zda tutilgan mablag'ni qo'yib, o'z moliyaviy faoliyatini boshlasi mumkin. Shu bilan bir qatorda soliq inspeksiyasi va kelajakdagi faoliyati bevosita bo'ladigan tashkilotlar ro'yxatiga kiritish kerak bo'ladi. Firma o'z nomi tushirilgan dumaloq va burchakli muhrlari va va ish qog'ozlarini tayyorlatib, to'la ma'noda o'z faoliyatini amalga oshirishga kirishadi. firmaning o'z nomi, muhri va belgilari bo'lib, ular davlat ro'yxatidan o'tkaziladi va firmaga iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida huquqiy (yuridik) shaxs maqomi beriladi. Firmaning rul bilan bog'liq barcha ishlari bank orqali amalga oshiriladi.
|
| |