Firmaning taniqli belgilari




Download 72 Kb.
bet4/5
Sana18.05.2024
Hajmi72 Kb.
#243023
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisoddan dars ishlanma 1

Firmaning taniqli belgilari
Firmaning nomi, tamg'asi yoki tovar belgisi taniqlik belgilari xisoblanadi. Ularni tanlashda firmaning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Firmaning tamg'asi yoki tovar belgisi, uning mahsulotlari mahsulotlaridan ajralib turishi uchun xizmat qiladi. Firmaning tovar belgisi iste'molchilar uchun ham qulaylik yaratadi. Ular peshtaxtalardan, reklama va e'lonlardan u yoki bu firmaning mahsulotlarini tovar belgilariga qarab tezda ajratib olishadi. Shuningdek, firma o'z nomi, tovar belgisi ham belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarda ro'yxatdan o'tkazishi lozim bo'ladi. Chunki boshqa mavjud firmalarning nomini qo'yish, tovar belgilaridan foydalanish dunyo bo'yicha taqiqlangan.
Bilasizmi?
2000- yilga kelib mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan kichik va o'rta biznes korxonalarining soni 140 mimngdan oshib ketdi. Shundan 52 mingtasi dehqon fermer xo'jaliklaridir. Mamlakatimiz sanoatiga 11%, qurilishda 36%, qishloq xo'jaligida 68%, zavodda 46% va xizmat ko'rsatish sohasida 36% mahsulot kichik va o'rta biznes korxonalarida ishlab chiqarilmoqda.
Tadbirkorlik insonni nafaqat bandlik va daromad bilan, balki o'z kelajagini yaxshiroq boshqarish imkoniyati, ish va shaxsiy hayotini yanada yaxshiroq birlashtirish imkoniyati, o'z ishini o'zi tashkil qilish, o'z qobiliyatlari vva iste'dodini namoyon qilish imkoniyati bilan ta'minlaydi.
Yangi mavzuni tushuntirib bo’lgach, o’quvchilarga test tarqatmalarini tarqatiladi.
1. Noto’g’ri javobni toping. Firmaning nizomida quyidagi ma’lumotlar o’z aksini topgan?

a. Firmaga tegishli bo’lmagan huquqiy hujjat


b. Firma ochishdan ko’zlangan maqsad.
c. Firma faoliyatiga qarshi bo’lgan huquqiy hujjat.
d. Firmaning nomi va manzili.
e. Firmaning nomi va manzilidan boshqa barcha ma’lumotlar ko’rsatilgan hujjat.

2. Firmaning tovar belgisi nima uchun kerak?


a. Firma tovarini ko’proq iste’mol qilish uchun.
b. Firma tovarini ko’proq ishlab chiqarish uchun.
c. Firma tovarini tezda ajratib olish uchun.
d. Firma tovarini ko’proq sotish uchun.
e. Firma tovarini ko’proq sotish uchun.

3. Firma ta’sischilari o’rtasida o’zaro faoliyat yuritish bo’yicha tuziladigan kelishuv hujjati qanday nomlanadi?


a. Firmaning taniqlik shartnomasi.


b. Firmaning ta’sis shartnomasi.
c. Firmaning asosiy shartnomasi.
d. Firmaning nizomi.
e. Firmaning moliyaviy shartnomasi.

Test bajarib bo’lingach, o’quvchilar bilan tezkor savol-javob o’yinini o’tkaziladi. Unda quyidagi saviollar beriladi



  • a) firmaga kim egalik qiladi?

  • b) firmaning mulki qanday shakllanadi?

  • c) firma kim tomonidan va qanday boshqariladi?

  • d) firmaning foydasi qanday taqsimlanadi?

  • e) faoliyatining natijasiga javobgarlik mas'uliyati qanday?

Test va savollarda faol ishtirok etgan o’quvchilarga dars yakunida baho qo’yiladi. Eng ko’p ball to’plagan guruh g’olib deb topiladi va guruh a’zolariga rag’batlantiruvchi baholar qo’yiladi. Past darajada ishtirok etgan va darsda ishtirok etmagan o’quvchilar bilan alohida to’garakda shug’ullaniladi.
Dars yakunida o’quvchilarga uyga vazifa qilib quyidagi topshiriqlarni beriladi

Download 72 Kb.
1   2   3   4   5




Download 72 Kb.