• 4. Buyuruvchi belgilar
  • 5. Axborot–ishora belgilari
  • 3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/23
    Sana29.05.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #256961
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari



    - 3 - 
    3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l - ko‘cha sharoitida qo‘llash.
    Tayanch iboralar: Yo‘l belgilari. Ogohlantiruvchi belgilar. Imtiyoz belgilari. Taqiqlovchi 
    belgilar. Buyuruvchi belgilar. Axborot-ishora belgilari. Servis belgilari. Qo‘shimcha axborot 
    belgilari. Belgilarni o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar. 
    4. Buyuruvchi belgilar 
    Buyuruvchi belgilar transport vositalariga ko‘rsatilgan yo‘nalishda yoki faqat ma’lum 
    yo‘nalishlarda harakatlanishlari kerakligini buyuradi. 
    Buyuruvchi belgilar doira shaklda bo‘lib, foni ko‘k, tasviri oq rangda bo‘ladi. Ular 8 ta bo‘lib, 
    birinchi va ikkinchi belgilar turlanishlarga ega, ya’ni 4.1.1, 4.1.2, 4.1.3, 4.1.4, 4.1.5, 4.1.6 kabi. 
    Belgilarni ta’sir doirasi va dahldorligi: 
    4.1.1-4.1.6 belgilarining belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga dahli yo‘q. 
    4.1.1-4.1.6
    belgilarining ta’siri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, 
    shu kesishmaga tadbiq etiladi. 
    4.1.1 belgisi yo‘l boshlanishiga o‘rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi o‘ng 
    tomonda joylashgan hovli va yo‘lga tutash boshqa xududlarga burilishni taqiqlamaydi. 
    4.4. «Engil avtomobillar harakatlanadi» yengil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, to‘la 
    vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat 
    etiladi. 
    Belgining ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli ularga va korxonalarga 
    xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tadbiq etilmaydi. 
    Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki 
    chiqib ketishlari kerak. 
     5. Axborot–ishora belgilari
    Axborot-ishora belgilari harakat qatnashchilariga yo‘ldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda 
    aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi. 
    Axborot-ishora belgilari asosan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, foni ko‘k, yashil, oq va 
    sariq rangda bo‘ladi. Tasviri esa oq va qora rangda bo‘ladi. Axborot-ishora belgilari 40 ta bo‘lib, 
    ma’lum belgilar turlanadi. 
    Yashil fonli axborot-ishora belgilari avtomagistralga ta’luqli ekanligini bildiradi. Oq fonli 
    axborot-ishora belgilari aholi yashash joyidaligini bildiradi. Sariq fonli axborot-ishora belgilari esa 
    ta’mirlash ishlari ketayotgan yo‘llarga o‘rnatiladi. 


    - 4 - 


    - 5 - 

    Download 1,75 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish