- 16 -
9- Mavzu
:
Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish.
Avtomagistrallarda harakatlanish. Turarjoy dahalarida harakatlanish. Tik nishablik va
balandlikda harakatlanish.
Tayanch iboralar. Temir yo‘l kesishmalariga kirish to‘xtash taqiqlangan holatlar. Temir yo‘l
kesishmasida majburiy to‘xtash. Avtomagistrallarda taqiqlangan holatlar. Turar joy dahalarida
taqiqlangan holatlar. Tik nishablik va tik balandlikda harakatlanishdagi talablar.
Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish bobi 5 bandni o‘z ichiga oladi:
1-band. Temir yo‘l kesishmalarida poezd (lokomotiv, drezina) larning imtiyozini;
2-band. Temir yo‘l kesishmalariga yaqinlashayotgan haydovchiga majburiyat yuklaydi,
haydovchi barcha yo‘l belgi va chiziqlariga, svetafor va navbatchi ishoralariga, shlagbaum holatiga,
yaqinlashib kelayotgan poezd yo‘qligiga ishonch hosil qilishi shart;
3-band. Temir yo‘l kesishmasiga
kirish taqiqlangan holatlarni, ya’ni quyidagi xonalarda temir
yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi:
Svetofor ishorasidan qat’iy nazar shlagbaum yopiq bo‘lganda;
Shlagbaumdan qat’iy nazar svetaforning taqiqlovchi ishorasida;
Navbatchini taqiqlovchi ishorasida.
Agar ko‘rinish chegarasidagi masofada kesishmagan poezd yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa;
Kesishmadan keyin hosil bo‘ladigan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to‘xtashga
majbur bo‘lsa.
Bundan tashqari:
Kesishma oldida turgan transport vositalarining qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib
aylanib o‘tishi;
Shlagbaumni o‘zboshimchalik
bilan ochish;
Kesishma orqali zanjirli qishloq xo‘jalik, yo‘l qurilishi mashinalari va mexanizmlarini yurib
o‘tishi;
Temir yo‘l boshlig‘ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 km/soatdan kam bo‘lgan transport
vositasini olib o‘tish taqiqlanadi.
4-band. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlanganda to‘xtash
joyini belgilaydi, ya’ni
haydovchi to‘xtash chizig‘i 2.5 raqamli belgisi yoki svetafor oldida, ular bo‘lmaganda
shlagbaumgacha kamida 5m, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10m
qolganda to‘xtashi kerak.
5-band. Temir yo‘l kesishmasida majburan to‘xtab qolgan haydovchiga majburiyat yuklaydi,
ya’ni majburan to‘xtab qolgan haydovchi darhol odamlarni tushirishi va kesishmani bo‘shatish
choralarini ko‘rishi zarur. Bo‘shatishni iloji bo‘lmasa, ikki tomonga 1000 metrdan odam yuborishi,
(agar 1 kishi bo‘lsa yo‘l yaxshi qo‘rinmaydigan tomonga), o‘zi transport vositasi yonida qolishi va
umumiy xatar borligi ishorasini berishi zarur. Poezd ko‘ringanda to‘xtash
ishorasini berib u
tomonga yugurishi kerak.
To‘xtash ishorasi - qo‘lni gir aylantirish.
Umumiy xatar 1 ta uzun va 3 ta qisqa tovush ishorasi orqali beriladi.
18. Avtomagistrallarda harakatlanish bobi o‘z ichiga 2 bandni oladi:
1-band. Avtomagistrallarda taqiqlangan harakatlar, ya’ni, avtomagistrallarda piyodalar, uy
hayvonlari, ot aravalar, velosipedchilar, mopedlar, traktorlar va o‘zi yurar mashina va mexanizmlar,
texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 km/soatdan
oshmaydigan transport
vositalari harakatlanishi.
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5t dan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi
bo‘laklardan boshqa bo‘lakda harakatlanishni taqiqlaydi.
5.15 va 6.11 belgilar bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonlaridan boshqa joylarda
to‘xtash.
- 17 -
Ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilab olish.
Orqaga harakatlanish.
Transport vositasini boshqarishni o‘rgatish.
2-band. Qatnov qismida majburiy to‘xtash haydovchiga majburiyat yuklaydi. Ya’ni qatnov
qismini tezroq bo‘shatish chorasini ko‘rish zarur.
19. Turarjoy dahalarida harakatlanish bobi 5 bandni o‘z ichiga oladi:
1- band. Turarjoy dahalarida
piyodaning imtiyozlari;
2- band. Turarjoy dahalarida taqiqlangan harakatlari, ya’ni:
Transport vositasini boshqarish mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
Motor ishlab turgan holda to‘xtash;
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5t dan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarning maxsus ajratilgan
joyidan tashqarida to‘xtatish.
3-band. Turarjoy dahalarida
atrof muhitni himoyalaydi, inshoat, qurilma va o‘simliklarni
shikastlantirmaslik kerak.
4-band. Turarjoy dahalaridan chiqishda haydovchiga majburiyat yuklaydi, ya’ni haydovchi
turarjoy dahalaridan chiqishda boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi kerak.
5-band. Ushbu bo‘limdagi talablar xavfli xududlarga ham tegishli ekanligini izohlaydi.
20. Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish bobi 3 ta bandni o‘z ichiga oladi:
1- band.
Harakatlanish navbatini;
2- band. Tormoz tizimi ishlamay qolganda transport vositalarini kirishi shart bo‘lgan joylarni;
3- band. Ushbu joylarda uzatma yoki ilashish muftasini ajratib nishablikka harakatlanish
taqiqlanishini izohlaydi.
- 18 -
Nazorat savollari:
1. Qanday hollarda temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi?
2. Qanday hollarda temir yo‘l kesishmalarida majburiy to‘xtash kerak?
3. Qanday yo‘llarni avtomagistral deyiladi?
4. Avtomagistrallarda nimalar taqiqlanadi?
5. Turarjoy dahalarida qanday yo‘l belgisi o‘rnatiladi?
6. Tik nishablik va tik balandlikda qanday harakatlanish kerak?