|
Mavzu: Soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari
|
bet | 1/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 120,34 Kb. | | #232446 |
Bog'liq Subxonova Charos kurs ishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI IQTISODIYOT VA INNOVATSIYALAR FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT”
Fanidan
Mavzu: Soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari.
KURS ISHI
Bajardi:
I-kurs 75-23 gurux talabasi
Subxanova Charos
Ilmiy raxbar:_________________
«Himoyadan o’tdi»
Baholandi __________________
«____» _____________ 2024 y.
Qabul qildi:
_____________________________
GULISTON-2024
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………..3
1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi.………………………6
2. Soliqlarning funksiyalari ……………………………………………………11
3. Soliqqa tortish tizimi va soliq stavkalari ………………..…………………..18
4. O'zbekiston Respublikasida soliqqa tortish va soliq imtiyozlari …………….27
Xulosa..............................................................................................................33
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………………………..35
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalar-dan hisoblanadi.2005-yilning 28-yanvarida mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Sena-tining qo‘shma majlisida mamlakatimizda olib borilayotganislohotlarga atroflicha to‘xtalib, 2005-yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalarini belgilab berdilar.
Mamlakatimizda soliq siyosatini yanada takomillashtirish zarurligi ham muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tirof etildi. Mamlakatimiz rahbari o‘z ma’ruzalarida soliq to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliqqonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbuyo‘nalishda ilg‘or mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar1.Bundan tashqari,mamlakat Prezidenti «... islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyot, soliq budjet siyosatini yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish» asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.Shu boisdan ham ta’lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rgatishda respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq sohasidagi islohotlarni talaba o‘quvchilarga to‘laroq yetkazish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, oliy o‘quv yurtlari ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar tayyorlash, soliq sohasida amaliy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimida tatbiq etishni amalga oshirish hukumatimiz diqqat e’tiborida bo‘lgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu darslik soliqlar, yig‘imlar va soliqqa tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, u 5340800 – «Soliqlar va soliqqa tortish»ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurti talabalariga mo‘ljallangan.
Darslik O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonuni, «Soliq kodeksi», O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda boshqa soliq qonunchiligiga oid me’yoriy hujjatlar asosida tayyorlandi.
Soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar, davlat budjetining soliqsiz daromadlari hamda soliqqa oid qonun buzilishlarga barham berish yettita guruhga bo‘lib o‘rganilgan.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi, funksiyalari, soliq elementlari hamda soliqqa tortish tamoyillari berilgan.
Soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan to‘lovlarga umumiy tushunchalar berilgan. Shuningdek, ushbu bobda soliqlarning guruhlanishi hamda soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari ko‘rib chiqilgan va sharhlangan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari tarkibida 80 foiz atrofida soliq tushumlari bilan hissa qo‘shayotgan yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar o‘rganilgan. Ushbu bobda, asosan, soliqlarning to‘lovchilari, soliq obyekti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, soliqlarni hisoblash va budjetga to‘lash muddatlari qisqa va lo‘nda berilishiga harakat qilinganhamda har bir soliq turlari bo‘yicha o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishlariga yordam beruvchi shartli misollar keltirilgan.
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishmasalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, daromaddan olinadigan soliq, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning qat’i belgilangan soliqlari, shuningdek, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin,dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlarni ko‘rib chiqishga harakat qilingan. Ushbu bobning mazmun-mohiyatini chuqurroq o‘rganish maqsadida amaliy misollar ham keltirilgan.
Davlat budjetining nobarqaror xarakterga ega bo‘lgan soliqsiz daromadlari berilib, unda soliqsiz daromadlarning zarurligi, mohiyati, ularning tarkibi kelti-rilgan. Ushbu bobda soliqsiz daromadlarning ayrim manbalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berilib, ular izohlangan.Undan tashqari, soliqsiz to‘lovlarning soliqli to‘lovlar bilan o‘xshashlik va farqli tomonlari ham keltirilgan.
|
| |