O'zbekiston Respublikasida soliqqa tortish va soliq imtiyozlari




Download 120,34 Kb.
bet5/6
Sana14.05.2024
Hajmi120,34 Kb.
#232446
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Subxonova Charos kurs ishi
8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy
4.O'zbekiston Respublikasida soliqqa tortish va soliq imtiyozlari
Soliqlarning funksiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyotdagi rolini ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Ko‘plab iqtisodchilar soliqqa tortish iqtisodiyotning ravnaqiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tamoyillarni qayd etishgan.
Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor asoslab bergan:
1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.
2. Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham,boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma’lum bo‘lishi zarur.
3. Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak.
4. Har bir soliq shunday tarzda o‘rnatilishi kerakki,bunda soliq to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat budjetiga kelib tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l qo‘yilmasin.Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimining quyidagi tamoyillarini ta’riflab o‘tish mumkin: Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyiliga muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo‘jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliq qatortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya resurslari to‘planishini ta’minlashi lozim. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, soliq stavkalari soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to‘lovchi soliq to‘lar ekan, davlat tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo‘lgani holda ayni chog‘da o‘zining ba’zi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat umumiy foydalanish yo‘llarining holati yaxshi saqlanishini ta’minlash bilan soliq to‘lovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bepul maorif, sog‘liqni saqlashni ta’minlash bilan yollanma xodimlarning xarajatlarini qisqartiradi,demak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytirgan bo‘ladi.
Shunday qilib, to‘langan soliqlarning faqat xizmatlar ko‘rinishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanadi. Umuman olganda, yetarlilik tamoyili soliq siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qat’iy ravishda uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Soliq tizimi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, jumladan, chet el subyektlarini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag‘ yo‘naltirishni, ya’ni kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozim.Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qilmasligi hamda xo‘jalikni mustaqil yuritishomillarini cheklab qo‘ymasligi lozim. Agar soliqlar katta bo‘lgani uchun tadbirkorlarning ishlab chiqarishni kengaytirishdan, boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdan manfaatdorligiga putur yetkazsa, mamlakat iqtisodiyoti pastga qarab ketishi xavfi tug‘iladi. Soliqlar miqdori haddan tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib ketadi, bu jarayon zaxiralar, banklardagi pul mablag‘larining barakasi uchishiga, ilgari to‘plangan mablag‘larning yeyilib ketishiga olib keladi.
Soliqqa tortish, agar u, birinchidan, ishchi kuchini ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan darajada saqlab turishga zarur bo‘lgan iste’molning minimal hajmlariga salbiy ta’sir etsa, ikkinchidan, mehnatga nisbatan iqtisodiy va moddiy rag‘batlarning harakat doirasini toraytirib qo‘ysa, uchinchidan, jamg‘arma miqdorini kamaytirsa va mablag‘ning to‘planish jarayonini sekinlashtirsa ishlab chiqarishimkoniyatlarini yomonlashtirib yuborishi mumkin.Soliqqa tortish bazasi va uning hajmlarini noto‘g‘ri belgilash xodimlarning malaka oshirishga, ratsionalizatorlik vaixtirochilik faoliyati bilan shug‘ullanishga va boshqa soha-larga bo‘lgan intilishiga salbiy ta’sir etadi.Soliqqa tortishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat natijalari, jamg‘arish, investitsiyalash, yangi g‘oyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil ko‘rinishlari bilan shug‘ullanish uchun nisbatan kamroq darajada rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, progressiv (oshibboruvchi) soliqqa tortishda bunday oqibatning rag‘bat-lantirishga zid ta’siri yaqqol ifodalanadi.Dunyodagi bir qator mamlakatlarda kapitaldan kelgan daromad va iste’molga qarab soliqqa tortishni ko‘zda tutgan soliq islohoti o‘tkazilmoqda.
Soliqqa tortishning salbiy ta’sirini silliqlash maqsadida ishchi kuchini taklif etish sohasida ish haqi ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan soliqlarning eng yuqori qilib belgilangan stavkalari pasaytirilmoqda.Jamg‘arish va investitsiyalashga soliqlarning ta’sir etishi borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda.Soliqlarning ta’siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli ko‘rinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat budjeti daromadlarining o‘zgarishiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Jahon soliq tizimining asosiy va ajralmas qismlaridan biri – bu soliq imtiyozlaridir. Har qanday davlat uning xo‘jalik yuri-tish tizimi qanday bo‘lishdan qat’i nazar davlat budjetini daromadlar bilan ta’minlashda asosiy vositalardan biri – bu soliqlar va soliqsiz to‘lovlardir. Ammo joriy etilgan soliqlar sof fiskal shaklda o‘rnatilishi mumkin emas. Chunki faqat budjet manfaati nuqtayi nazaridan o‘rnatilgan soliqlarni amal qilishi uzoq vaqtni o‘z ichiga olmaydi. Shuning uchun muayyan darajada soliq imtiyozlaridan foydalanish taqozo etiladi.Soliq tizimida soliq imtiyozlaridan foydalanishning bir qator obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy sabablari mavjud bo‘lib,ular quyidagilardir:
— birinchidan, soliq imtiyozlarini mavjudligini asosiy sabablaridan biri bu soliq to‘lovchi (yuridik va jismoniyshaxs)larning jamiyatda tutgan mavqeyi, ijtimoiy holati turlicha ekanligidan. Shu jihatdan barchaga bir xil tartibda(miqdorda) soliq solish ma’noga ega bo‘lmaydi; ikkinchidan, davlat iqtisodiyotga ta’sir etib, uni tartiblash vazifasini amalga oshiradiki, bunda turli xil dastaklardan foydalanadi. Bu dastaklarning asosiylaridan biri —bu jamiyatdagi ba’zi muhim sohalarni yoki soliq to‘lovchilarning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari belgilanadi.
Ya’ni, davlat soliq imtiyozlari orqali iqtisodiyotni samarali va qulay boshqarish yoki tartiblash imkoniyatiga ega bo‘ladi, bundan ko‘rinadiki, soliq im-tiyozlari davlatni o‘z funksiya va vazifalarini yuzaga chiqaruvchi muhim dastak sifatida yuzaga chiqadi; uchinchidan, soliq imtiyozlari qo‘llanilishining asosiy sabablaridan yana biri bu milliy daromadni qulay, samaraliva oqilona taqsimlashga erishishdan iboratdir. Ya’ni, bundan soliqlar sifatida budjetga jalb etilishi lozim bo‘lgan moliyaviy resurslar imtiyoz berish tufayli budjetga jalb etilmasdan soliq to‘lovchilarning o‘zlariga maqsadli ravishda qoldiriladi. Buning afzallik tomoni shundaki, soliq to‘lovlarini budjetga olish va uni yana qayta taqsimlash ishlarini osonlashtiradi va ish faoliyat turlarini rag‘batlantirishga erishiladi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq islohotlarini samarali yuritish maqsadida soliqlar vositasida ta’sir etish, ular bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash, iqtisodiyotning turli sohalarini bir tekis rivojlanishini ta’minlash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi. Davlat soliq imtiyozlarini qo‘llash orqali iqtisodiyotning turli sohalariga turlicha ta’sir ko‘rsatadi,ya’ni ayrim rentabelli va norentabelli sohalar o‘rtasidagimuvozanatni ta’minlash muammosi yuzaga keladi. Qayd etish joizki, soliq imtiyozlari xususida turli xil fikrlar mavjud. Soliq imtiyozlarining mohiyatini to‘laroq anglab yetish uchun, avvalo, ana shu turli xil fikrlarni keltirish maqsadga muvofiq.Q. Yahyoyev fikriga ko‘ra «Soliq to‘lovchilarni soliqdan ozod etish, ular to‘laydigan soliq miqdorini (soliq bazasini)kamaytirish yoki soliq to‘lash shartini yengillashtirish soliq imtiyozidir».3
Shuningdek, ushbu iqtisodchining ta’kidlashicha soliq imtiyozi degan termin o‘rniga soliq yengilligi termini bu jarayonning mohiyatini ochib beradi.Sh.Gataulin soliq imtiyozlariga quyidagicha ta’rif beradi: «Soliq imtiyozlari amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda soliqlardan to‘liq yoki qisman ozod qilishdir (skidkalar,chegirib tashlashlar va hokazo)».T. Malikovning ta’kidlashicha soliq imtiyozlari deganda soliq to‘lovchining soliq majburiyatlari hajmining to‘liq yoki qisman qisqarishi, to‘lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi tushuniladi. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliq qatortish obyektining o‘zgarishida, soliqqa tortish bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va boshqalarda o‘z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan obyekt minimumi, alohida shaxslar va soliq to‘lovchilarning ayrim toifalarini soliq to‘lashdan ozod qilish, soliqqa tortish obyektidan ayrim elementlarni chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari, soliq kreditlari (soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar soliq imtiyozlarining ko‘rinishlaridir(turlaridir). Masalan, korxonalar foydasidan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va uy-joy qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishni, tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar va pensionerlarning bandligini ta’minlashni, ijtimoiy, madaniyva tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag‘batlantirishga qaratilgandir. Individual xarakterga ega bo‘lgan imtiyozlarni berish, odatda, taqiqlanadi.
Aniq belgilangan soliqlar oshishi
2024-yil 1-fevraldan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalari bo‘yicha soliq stavkalarini 10 foizga oshirishni taklif etilmoqda.
Mulkni ijaraga beruvchilar uchun 2024-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ijara to‘lovlari quyidagi miqdorlarda (amalda bunday) belgilanishi mumkin:

  • Toshkent shahridagi turar joylar kv/metrga 25 000 so‘m, viloyat markazlarida 12 000 so‘m, boshqa hududlarda 5 000 so‘m;

  • Toshkent shahridagi noturarjoy binolar kv/metrga 40 000 so‘m, viloyat markazlarida 23 500 so‘m, boshqa hududlarda 10 000 so‘m;

  • yengil avtomobillar uchun oylik ijara haqi (haydovchi o‘rindig‘i 8 dan ko‘p bo‘lmagan transport vositalari) — 780 ming so‘m, mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk mashinalari uchun — 1,55 million so‘m.

2024-yil 1-apreldan boshlab jismoniy shaxslar uchun ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalardan tashqari) va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga ijara haqining eng kam stavkalarini joriy etiladi.
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga bozordagi real ijara narxlaridan kelib chiqib, 3 barobargacha oshirish koeffitsientini qo‘llash huquqi berilishi mumkin.
Jismoniy shaxslardan mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘ining 10 foizini mahalla budjetiga o‘tkazish so‘raladi.
2024-yil 1-yanvardan soliq to‘lovchining aylanmasi 500 million so‘mgacha bo‘lgan taqdirda qat’iy belgilangan miqdorda aylanma soliq stavkasi yiliga 25 million so‘mni (amalda — 20 million so‘m) va agar tovar aylanmasi 500 million so‘mdan oshsa 34 million so‘mni (hozir — 30 million so‘m) tashkil etadi.
Kelgusi yildan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan bazani belgilashda noturarjoy mulklari ham hisobga olinadi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliqni hisoblashda eng kam miqdordan foydalangan holda soliq solish tartibi joriy etiladi.

Xulosa
Soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari mamlakatdan mamlakatga o'zgaradi, chunki har bir davlatning soliq siyosati va qonunchiligi o'zaro farq qiladi. Bundan tashqari, soliq tizimining o'zgarishi ham mamlakatning iqtisodiy va siyosiy holati, milliyati va boshqa ko'rsatkichlari bilan bog'liq. Ammo, umumiy holatda, soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari qonunchilik, moliyaviy siyosat, va iqtisodiy talablar asosida belgilanadi.Soliq solish tamoyillari odatda mamlakatning moliyaviy va iqtisodiy vaziyati, sosial muammosi, va siyosiy maqsadlariga mos ravishda belgilanadi. Ular mamlakatning daromadini to'plash va uning moliyaviy xarakteristikalarini oshirishga yordam beradi. Soliq imtiyozlari esa mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini va boshqa maqsadlarni ta'minlash uchun belgilanadi. Bunday imtiyozlar, qo'shimcha soliq to'lovlari, soliq ustida chegirmalar, yoki boshqa soliq ta'sirlarini o'z ichiga oladi.Umuman olganda, soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari o'z davlatning moliyaviy siyosati, iqtisodiy maqsadlari va milliy siyosatiga qarashlilarga asoslangan. Mamlakatning soliq tizimi, soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarini olish uchun, o'z mamlakatingizning soliq qonunchiligini o'rganishingiz yaxshi bo'ladi. Bu ma'lumotlar odatda moliya vazirligi yoki moliyaviy idoralarning rasmiy veb-saytlarida yoki qonun hujjatlari orqali olishingiz mumkin. Soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari odatda mamlakatning moliyaviy siyosati, iqtisodiy maqsadlari va milliy siyosatiga qarashlarga asoslangan. Soliq solish tamoyillari mamlakatning moliyaviy va iqtisodiy vaziyati, sosial muammosi, va siyosiy maqsadlari bo'yicha belgilanadi.
Ular mamlakatning daromadini to'plash va uning moliyaviy xarakteristikalarini oshirishga yordam beradi.Soliq imtiyozlari esa mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini va boshqa maqsadlarni ta'minlash uchun belgilanadi. Bunday imtiyozlar, qo'shimcha soliq to'lovlari, soliq ustida chegirmalar, yoki boshqa soliq ta'sirlarini o'z ichiga oladi.Barcha mamlakatlarda soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari o'zgarib turadi va bu jarayonlar mamlakatning iqtisodiy va siyosiy muhitiga bog'liq. Soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari to'g'risida to'liq ma'lumot olish uchun, o'z mamlakatingizning soliq qonunchiligini o'rganishingiz yaxshi bo'ladi. Bu ma'lumotlar odatda moliya vazirligi yoki moliyaviy idoralarning rasmiy veb-saytlarida yoki qonun hujjatlari orqali olinadi.


Download 120,34 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 120,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston Respublikasida soliqqa tortish va soliq imtiyozlari

Download 120,34 Kb.