• Soliq stavkasi turlari.
  • Soliqqa tortish tizimi va soliq stavkalari




    Download 120,34 Kb.
    bet4/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi120,34 Kb.
    #232446
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Subxonova Charos kurs ishi

    3.Soliqqa tortish tizimi va soliq stavkalari.
    Soliq elementlari haqida gap borganda ko‘pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda soliqqa tortish tizimi soliq ti-zimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida soliq tizimi tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa soliqlarni undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi.Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo‘li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o‘zgarmas bo‘lib ko‘rinsada, uning shakl-shamoyili va yo‘nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa, soliq siyosatining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, soliqqa tortish tizimi o‘z ichiga tarkiban soliq elementlari,soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosati yo‘nalishiga bog‘liq.
    Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlarini ko‘proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi, soliqlarni undirishning qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog‘liq.Binobarin, shu ma’noda xuddi soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o‘ziga xos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin.Demak, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi.Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat budjeti o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
    Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi.Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi.Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo‘lib, ular tarkiban: soliq subyekti, soliq obyekti, soliq predmeti, soliq manbayi, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari kabi tushunchalarni qamrab oladi.
    Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.Soliq subyekti — soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq subyekti, bu soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o‘zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar),boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari, Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari qatnashadi. O‘z faoliyatida barcha yuridik va jismoniy shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki, buyerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar mavjudki, ular soliq subyekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok etmaydilar. Soliq agenti — yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat budjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o‘z faoliyatida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur korxonada o‘z mehnati, investitsiyasi bilan ishtirok etishi natijasida olgan daromadi (foydasi)dan soliqlarni ushlab qoladi va davlat budjetiga o‘tkazib beradi. Soliq agentlari davlat budjetiga soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga yollanganligi natijasida to‘lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy shaxslardan ushlanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab qoladi va budjetga o‘tkazib beradi, ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan va o‘z vaqtida o‘tkazib berilmagan soliq summasi uchun qonunchilikda belgilangan moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
    Har bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi bilan birgalikda soliq agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida qayd etiladi. Soliq obyekti — soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlarning qiymati,yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari,tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi.Soliq obyekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’naviy boyliklarning ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa tortishni ifodalaydi.Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq obyekti qilib albatta unga mulkiy huquqqa ega bo‘lgandagina yuzaga chiqadi.
    Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi,chunki egasiz imoratga nisbatan soliq subyekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan taqdirda ham soliq obyekti sifati-da imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki,soliq obyekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.Soliqqa tortish predmeti — soliq solinadigan daromad,oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas,balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati,ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq obyektini vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq subyektini yoki soliq to‘lovchisini namoyon etadi.Soliq manbayi bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbayi, ya’ni daromadi.
    Soliq obyekti va soliq manbayini bir-biridan farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan, foydaga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq obyekti ham, soliq manbayi ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima obyekt bo‘lsa, uning o‘zi manba hisoblanadi.Shu o‘rinda soliqqa tortish predmeti, soliq obyekti va soliq manbayini farqlash va ularning mohiyatini ochib berish uchun aniq soliq turi bo‘yicha ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Yer solig‘i bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, uning soliqqa tortish predmeti bo‘lib, yer uchastkasi maydoni, unga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo‘lsa soliq obyekti paydo bo‘ladi va ushbu yer solig‘i qaysi manba hisobidan davlat budjetiga to‘lansa, masalan, yerdan turli xil ko‘rinishda foydalanish natijasida olinadigan daromad uning manbayi hisoblanadi. Demak, soliqqa tortish predmeti o‘z-o‘zidan kimdadir soliq to‘lash majburiyatini vujudga keltirmaydi. Misolimizga qaytadigan bo‘lsak, yerga bo‘lgan huquqni joylardagi mahalliy hokimiyat organlari beradi va shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvchida soliq to‘lash majburiyati vujudga keladi, chunki unda ushbu yer uchastkasidan foydalanish huquqi mavjud. Demak, soliq predmetiga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, u soliq munosabatlarida soliq subyekti sifatida ishtirok etadi.
    Soliq bazasi soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori.Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bog‘liq.Soliq bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq bazasi soliq obyektidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin.Masalan, soliq to‘lovchiga soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq obyektidan kichik, soliq obyekti qonunchilik bilan kengaytiriladigan bo‘lsa undan katta bo‘lishi mumkin.Soliqqa tortish birligi — bu obyektning o‘lchov birligi.Masalan, daromad yoki mol-mulk solig‘ida obyektning o‘lchov birligi bo‘lib uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib kv. m yoki gektar hisoblanadi.
    Soliq stavkasi obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali dav-lat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, capital zarur sohalarga yo‘naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin.Soliq imtiyozlari soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy,to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexa-nizmlari, belgilash mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiyrivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud bo‘lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir.
    Kassa usulida soliq to‘lovchida soliqlarni to‘lash majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushishidan qat’i nazar tovarlarni jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlarni to‘lash majburiyatlarini vujudga keltiradi.Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Ular quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliqqa tortish usullariga ajratiladi. Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. Soliq qonunchiligida har bir soliq turining budjetga to‘lash muddatlari belgilangan. Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat budjeti oldida soliq majburiyatlarining bajarish muddati ifodalanadi.Soliqni to‘lash muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: avans(bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy daromad olinganidan keyingi to‘lovlar. Soliqni to‘lash tartibida esa: soliqni yo‘naltirilganligi(budjetga yoki budjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash vositasi (milliy valuta, so‘mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valutasida. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonun-chiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valuta so‘mda to‘lanishi mumkin) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqdpul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi.Soliq yuki — soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to‘lovlarining yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi.
    Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq og‘irligi aynan soliqni budjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir yilda budjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli funksiyalarni qo‘llashiga, qolaversa, bozor munosabatlarining rivojlanishini va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Soliqlarni yuridik va jismoniy shaxslardan undirish jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq yukini soliq to‘lovchilarning biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. Shu o‘rinda soliq bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan aytganda me’yorlashtirish muammosi yuzaga keladi.Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezo darajadagi soliq yuki va mikro darajadagi soliq yuki.
    Soliq yuki makro darajada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig‘ida davlat budjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisini ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi.Mezo darajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikro darajada esaaniq bir olingan subyektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi. Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, asosan, ularning stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi.Respublika soliq tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi eng munozarali masalalardan hisoblanadi. Soliq stavkalari respublika va mahalliy budjetlar xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda muvozanat darajasini hamda xo‘jalik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi.
    Demak, ular moliya budjet munosabatlarini sog‘lomlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliq stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaganlari holda, moliya-budjet munosabatlarining pul muomalasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siriga barham bera olishi ham kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotining muhim jihatini tashkil etadi.Soliq elementlari tarkibida soliq stavkalari alohida o‘rin tutadi. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq stavkasi deganda soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yor tushuniladi.Soliq stavkasining ahamiyati soliq obyektini qancha qismi qanday miqdorda majburiy to‘lov sifatida budjetga undirishini xarakterlaydigan masalaga javob beradi. Soliq stavkalarini mohiyati shundaki, ular soliq obyekti, soliq birligi va soliq normalariga asoslangan holda soliq mexanizmini samarali ishlashini ta’minlaydi. Soliq stavkalaridan davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida foydalanilsa, boshqa tomondan soliq imtiyozlarini bir turi sifatida ular orqali ishlab chiqarishni rivojlan-tirishga rag‘batlantirish rolidan foydalaniladi.Soliq stavkalari ikki xil ko‘rinishda: qat’i stavkalarda vanisbiy (foiz) stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi qat’iy stavkada belgilangan holda soliq obyektiga nisbatan qat’iyso‘mda belgilanadi. Masalan, yer solig‘ining har bir gektari uchun qat’iy so‘mda soliq miqdori o‘rnatilgan. Yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga, mol-mulklariga esa nisbiy stavkada yoki foizda soliq miqdori belgilangan.Soliq stavkasi bilan soliqqa tortish obyekti o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasiga qarab soliq stavkalarini proporsional,progressiv va regressiv kabi turlarga ajratish mumkin.Soliq stavkalari undirilishga, mohiyatiga va amal qilishi nuqtayi nazaridan bir necha turlariga ajratiladi (1.3.1-chiz-ma).

    1.3.1-chizma. Soliq stavkasi turlari.
    Soliq stavkalari turlaridan biri – bu proporsional soliqstavkalari bo‘lib, bu soliq stavkalarining asosiy mohiyati shundan iboratki, soliq to‘lovchi ega bo‘lgan foyda (daromad), dividend, oborot yoki mol-mulk qiymatining hajmi(summasi) qancha bo‘lishidan qat’iy nazar bir xil tartibda,ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo‘llaniladi.
    Masalan, dividend uchun barcha soliq to‘lovchilari soliq stavkasi 10 foiz qilib belgilangan. Bundan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi ham bugungi kunda proporsional soliq stavkasi hisoblanadi. Har qaysi soliq to‘lovchi qancha oborot (realizatsiya)ga ega bo‘lishidan qat’i nazar 20 foiz stavka bo‘yicha soliq to‘laydi. Shuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha ham proporsional soliq stavkasi qo‘llaniladi. Respublikamiz soliq tizimida amal qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki-ga soliq uning obyekti 500 ming so‘m bo‘lganida ham 800ming so‘m bo‘lganida ham soliq stavkasi o‘zgarmay qolaveradi, ya’ni soliq obyektining o‘zgarishi soliq stavkasining o‘zgarishiga ta’sir qilmaydi.Proporsional soliq stavkasi o‘zgarmas soliq stavkasi bo‘lib, uning miqdori (foizi) soliq obyektining hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu bir tomondan yuqori daromadga(oborotga) ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun qulay soliq stavkalari hisoblansada, ayrim soliq to‘lovchilar uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ya’ni ushbu soliq stavkasi soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini bajarmaydi.Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi hisoblanadi. Progressiv soliq stavkasi mohiyati jihatidan proporsional soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amalqilib, unga muvofiq soliq to‘lovchilarning daromadlari, foy-dasi yoki oboroti ortib, o‘sib borishiga muvofiq tarzda soliq stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida buni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i misolida ko‘rish mumkin. Bunga muvofiq, jismoniy shaxslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga belgilangan shkala asosida soliq stavkasi ham oshib boradi.
    1-yanvardan soliq to‘lovchining aylanmasi 500 mln so‘mgacha bo‘lsa, qat’iy belgilangan miqdordagi aylanma solig‘i stavkasi yiliga 25 mln so‘mni (hozir 20 million so‘m), agar aylanma 500 million so‘mdan oshsa, 34 mln so‘mni (hozir 30 mln so‘m) tashkil etadi.
    2026-yil 31-dekabrgacha (avval 2024-yil 31-dekabrgacha edi):

    • jismoniy shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlarining ularga (aksiyadorlarga) tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar ko‘rinishidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

    • norezident yuridik shaxslarning ularga tegishli bo‘lgan aksiyalar (aksiyadorlar) bo‘yicha dividendlar ko‘rinishidagi daromadlariga 5 foiz miqdorida daromad solig‘i stavkasi qo‘llanadi;

    • jismoniy va yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlarining tadbirkorlik subyektlarining obligatsiyalari bo‘yicha foizlar ko‘rinishidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi

    Demak, bundan ko‘rinadiki, progressiv soliq stavkasida soliq obyektining oshib borishiga mutanosib ravishda soliq stavkasi ham oshib boradi. Qayd etish lozimki, ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda progressiv soliq stavkasi deganda faqat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I bo‘yicha stavkalar keltiriladi. Bundan tashqari, progressive soliq stavkalaridan davlat tartibga soluvchi vosita sifatida ham keng foydalanadi, masalan, respublika soliq qonunchiligiga muvofiq me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga belgilangan stavkaningikki baravari miqdorida soliq undirish belgilangan bo‘lib,2008-yildan yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i stavkasi 3,5foiz bo‘lgani holda, ularning me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan mol-mulkidan 7 foiz miqdorida soliq undiriladi.Progressiv soliq stavkasining ikki turi mavjud: oddiy progressiya va murakkab progressiya.
    Oddiy progressiyada soliqning orttirilgan stavkasi soliqqa tortiladigan barcha obyektga nisbatan qo‘llaniladi, murakkab progressiyada esasoliqqa tortish obyekti qismlarga bo‘linadi, ularning har biri o‘z stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi, ya’ni orttirilgan stavkalar butun obyektga nisbatan emas, balki bundan oldingi bosqichdan ortgan qismiga nisbatan qo‘llaniladi.Jismoniy shaxslarning daromadiga soliq stavkalari murakkab progressiya hisoblanadi.


    Download 120,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 120,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Soliqqa tortish tizimi va soliq stavkalari

    Download 120,34 Kb.