• Dividend siyosatiga ta’sir etuvchi omillar
  • Dividend siyosati va ichki moliyalashtirish Jurabekov Muhammadali




    Download 5.38 Kb.
    Sana30.10.2023
    Hajmi5.38 Kb.
    #91090
    Bog'liq
    Dividend siyosati va ichki moliyalashtirish Jurabekov Muhammadal-fayllar.org
    10 sinf nazorat ishi, 108-19 Egamberdiyev Sherzod, ПКНеорг.№2, 1031e29b-7aa4-e133-e669-23436bb2994f docs , 5 talik, Dvigatel energiya manbai, 4 amaliy ish Mavzu Konveyerli qayta ishlash rejimini o\'rganish , Web dasturlash fanidan taxminiy test(ON) Web-sahifa bu, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, @oqituvchi ga., xorazmshoxlar sulolasi, 5-Mustaqil ish mavzulari, TZ, 11-amaliy

    Dividend siyosati va ichki moliyalashtirish Jurabekov Muhammadali

    Dividend siyosati va ichki moliyalashtirish

    Jurabekov Muhammadali

    Allayeva Shaxnoza

    Dividendlarning iqtisodiy mohiyati


    • Dividend – bu sotilgan aksiyalar, ulushlar, paylar soniga muvofiqlikda mulkdorlar oʻrtasida aniq bir davr boʻyicha taqsimlanadigan korxona foydasining bir qismidir.

    • Dividend siyosati – korxonaning bozor qiymatini va mulkdorlar turmush farovonligini oshirish maqsadida foydaning iste’mol qilinadigan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari oʻrtasidagi proporsiyani optimallashtirishga yoʻnaltirilgan korxona moliyaviy siyosatining bir qismidir

    • Dividend siyosatida aks etadigan olingan foydani taqsimlash boʻyicha korxona va mulkdorlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar murakkab va koʻp qirrali hisoblanadi. Shuning uchun dividendlarning iqtisodiy mohiyati va paydo boʻlish tabiatidan boshlab uning tarkibiy qismini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.

    Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan qismidir. Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart. Dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra pul mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qog‘ozlari bilan to‘lanishi mumkin.


    • Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni qimmatli qog‘ozlar bilan to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi. Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

    Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra jamiyat ixtiyorida qoladi.


    • Aksiyadorlik jamiyatlari O‘zbekiston Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga ko‘ra unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablag‘larni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazib berishi shart. Jamiyat aksiyadorlarining reestridan olingan, jamiyat tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma hamda jamiyat buxgalteriyasining hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ayirboshlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Kompaniya oʻzi uchun qulay boʻlgan davrda aksiyadorlarga yoʻnaltirilgan pul oqimini koʻpaytirishning usullaridan biri har chorak yoki yarim yilda toʻlanadigan muntazam dividendlardan tashqari qoʻshimcha dividendlarni e’lon qilishdan iboratdir.


    • Jahon xoʻjaligi amaliyotida dividendlarning turli xil tiplari ma’lum. Ular quyidagilar:

    • - davriylik va doimiylik asosida toʻlanadigan muntazam dividendlar; -

    • ma’lum bir davrda yuqori foyda olingan holatlarda toʻlanadigan qoʻshimcha dividendlar;

    • - qoʻshimcha ravishda bir marta toʻlanadigan maxsus dividendlar;

    • - korxonani yoki uning alohida bir qismini tugatish holatlari yuzaga kelganda toʻlanadigan likvidatsion dividendlar.

    Dividend siyosatiga ta’sir etuvchi omillar




    Omillar guruhi


    Guruh tarkibi

    1

    Korxonaning investitsion imkoniyatlarini tavsiflovchi omillar

    - korxonaning hayotiy sikli bosqichlari; - kompaniyaning oʻz investitsion dasturlarini kengaytirish zaruriyati; - yuqori darajada samaradorlikka ega alohida investitsion dasturlarga tayyorgarlik bosqichi.


    2

    Muqobil manbalardan moliyaviy resurslarni


    • oldingi davrlarda shakllantirilgan xususiy kapital zaxirasining yetarliligi;

    3

    shakllantirish (jalb qilish) imkoniyatlarini tavsiflovchi omillar

    - qoʻshimcha aksiyadorlik kapitalini jalb qilish uchun talab qilinadigan xarajatlar; - qoʻshimcha qarz kapitalini jalb qilish uchun talab qilinadigan xarajatlar; - moliya bozoridan kredit jalb qilish imkoniyati; - korxonaning joriy moliyaviy holati bilan belgilanadigan kreditga layoqatlilik darajasi;


    davomi



    4

    Obyektiv cheklovlar bilan bogʻliq omillar




    - soliqqa tortish darajasi; - korxona mol-mulkini soliqqa tortish darajasi; - foydalanilgan xususiy va qarz kapitali oʻrtasidagi nisbatga bogʻliq holda erishilgan moliyaviy leverij samarasi; - haqiqatda olingan foyda miqdori va xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti.

    5

    Boshqa omillar

    - korxona ishtirok etadigan tovar bozori holati sikli; - raqobatchi kompaniyalar dividend toʻlovlari darajasi; - olingan kreditlar boʻyicha kechiktirib boʻlmas toʻlovlar; - kompaniya boshqaruvi ustidan nazoratni yoʻqotish mumkinligi.




    http://fayllar.org
    Download 5.38 Kb.




    Download 5.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dividend siyosati va ichki moliyalashtirish Jurabekov Muhammadali

    Download 5.38 Kb.