• Kafedra mudiri v.b: Norbosheva.M.O Fan o’qituvchisi: Xodjayorova.S.A
  • Maktabgacha ta’lim 3 kurs -guruh talabalari uchun Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment fanidan yakuniy nazorat savollari




    Download 50 Kb.
    Sana09.03.2024
    Hajmi50 Kb.
    #169168
    Bog'liq
    4 variant
    xat-2022 Меха, Akad yozuv fanidan 2 mavzu., He saw the glance, Бахижанов Уббинияз, Truba ichida truba, 13 Iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish, Access SQL, wеб дастурлаш аммалий иш, 101-105, Mavzu p-n o’tishning siljishdagi xususiyatlari p-n o’tishning v, abdulaziz sxema, SXEMA, Lab-2, Joriy nazorat ingliz tili, 100ta masala cpp

    Maktabgacha ta’lim 3 kurs -guruh talabalari uchun Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment fanidan yakuniy nazorat savollari
    4 variant
    1. Yalpi tekshirish usuli nima?
    A) tashkilotning kun davomidagi faoliyatining barcha jihatlari: tashkiliy-ma’muriy, moliyaviy-xo’jalik, ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, yo’nalishlari, samarasi va natijalari kuzatiladi.
    B) Pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
    S) Tekshiruvchi mashg’ulotlarni izchil tahlil qiladi, ularni tashkil etish mazmuni, tuzilishi va uslubiyatiga alohida ahamiyat beradi.
    D) Pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, tekshiruvchi mashg’ulotlarni izchil tahlil qiladi, ularni tashkil etish mazmuni tekshiriladi
    2. Hamkorlik nima?
    A) Mudira va jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi ishlari
    B) Insonga xos xislat, u har bir davrga mos mazmun- mohiyat kasb etadi.
    S) Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining o'zaro muloqotiga asoslangan ijodiy faoliyat jarayoni.
    D) Ota- onalar va jamoatchilik bilan ishlash
    3. Altruistik so’zining ma’nosi nima?
    A) qorishib ketishi
    B) tarbiyachi, ota-ona va bolalar
    S) o'zining shaxsiy qiziqishlarini emas, balki boshqalar manfaati uchun harakat qilishi
    D) oiladagi muhit
    4. Bolaning qonuniy vakillari kimlar?
    A) Vasiylari
    B) Bolalar uyi xodimlari
    S) Ota – onasi
    D) bolaning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar.
    5. Integrallashgan guruhda sog'lom bolalar bilan birgalikda necha nafardan ortiq bo'lmagan «ruhiy rivojlanishi sust» tashxisli bolalar ham yakka tartibdagi reja bo'yicha ta'lim oladi;
    A) 5 nafar
    B) 1 nafar
    S) 3 nafar
    D) 2 nafar
    6. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga qarab u yerdagi guruhlar taxminan qanday bo‘lishi mumkin?
    A) bolalar qisqa muddat (kuniga 3-4 soat) bo‘ladigan guruhlar
    B) to‘liq kunli guruh (kuniga 10,5 va 12 soat); bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar
    S) bolalar qisqa muddat (kuniga 3-4 soat) bo‘ladigan guruh;qisqa kunli guruh (bir kunda 9 soatgacha);to‘liq kunli guruh (kuniga 10,5 va 12 soat);bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruh.
    D) qisqa kunli guruh (bir kunda 9 soatgacha);to‘liq kunli guruh (kuniga 10,5 va 12 soat);bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar.
    7. Metodik ish kompleksi nima?
    A) maktabgacha ta’lim tashkilotida uslubiy-metodik ishlarga rahbarlik qiluvchi xodim
    B) tarbiyachilarning bolalar bilan ishlash usul va uslublarining umumiy majmui
    S) ta’lim-tarbiya, metodik va boshqa jarayonlarni kuzatish va muhokama qilish asosida tahlil etib boorish
    D) nazoratning o’zga xos turi bo’lib, tarbiyachilar faoliyatini o’rganish, ish. samaradorligini aniqash uslubi.
    8. Pedagogik kengash tarkibiga: kimlar kiradi
    A) Uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat ko‘rsatuvchi vrach, katta hamshira, kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, ota-onalar qo‘mitasining raisi kiradi
    B) jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari kiradi.
    S) Uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, ota-onalar qo‘mitasining raisi kiradi
    D) Maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat ko‘rsatuvchi vrach, katta hamshira kiradi
    9. “Bolalar bog’chalari to‘g‘risida”gi qaror qachon qabul qilingan?
    A) 1896-yilda
    B) 1903 yil fevral oyida
    S) 1937 yil 3 mayda
    D) 1944 yil 10 noyabrdagi
    10. Pedagogik kengash yig’ilishiga kimlar taklif etilishi mumkin.
    A) Uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, ota-onalar qo‘mitasining raisi taklif etilishi mumkin
    B) Maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat ko‘rsatuvchi vrach, katta hamshira taklif etilishi mumkin
    S) Yig’ilishiga jamoat tashkilotlari vakillari, maktab o’qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
    D) Uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat ko‘rsatuvchi vrach, katta hamshira, kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, ota-onalar qo‘mitasining raisi taklif etilishi mumkin
    11. “Lider” so’zining ma’nosi nima?
    A) Ikkinchi rahbar
    B) Jamoani ikkiga bo’luvchi
    S) Boshqaruvchi
    D) Yetakchi
    12. Istiqbolli reja bu –
    A) Har yili amalga oshiriladigan moliyaviy xo’jalik ishlari rejasidir.
    B) Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat boshqarmalari, tuman va shahar moliya – iqtisod bo’limlari tomonidan uzoq muddatga (5-10 yilga) mo’ljallab tuziladigan reja
    S) boshqaruv organlari qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga beradigan tegishli ko’rsatmalari
    D) Tashkilot o’z faoliyatida qonunchilikka qanchalik rioya qilayotgani, ijtimoiy mulkni qay darajada tasarruf etayotgan ishlab chiqarish va moliyaviy xo’jalik faoliyatini nazorat etishi.
    13. Boshqarish usuli nima?
    A) Biror-bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
    B) Boshqaruv sub’ektining (bizning holatimizda bu - xalq, ta’limi boshqaruvi idoralari, tashkilot rahbariyati va x-k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan holda boshqaruv ob’ektiga (bizning holatimizda bu - maktabgacha ta’lim tashkiloti, tarbiyalanuvchilar va h.k.) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.
    S) Bu shaxsning mustahkam psixologik xislatlari - diqqat, idrok, tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui.
    D) Har qaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi
    14. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoqlarini kengaytirish hamda xotin-qizlar va bolalarga tibbiy yordam va maishiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash tadbirlari to’g’risida”gi qaror qachon qabul qilingan?
    A) 1903 yil fevral oyida
    B) 1944 yil 10 noyabrda
    S) 1896-yilda
    D) 1937 yil 3 mayda
    15. Bola tarbiyasi yomon niyat va qo'pollik bilan emas, balki sabr-toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, shafqat-u sezgirlik bilan bo'lishi kerak degan fikrlar yozilgan va oila turlari ko’rsatib berilgan . “Oila” nomli risolasi kimning asari?
    A) Sen Semon
    B) Rizouddin ibn Fahriddin
    S) Shari Fure
    D) Abu Ali ibn Sino
    16. Ota – onalar qo'mitasi ota-onalarning umumiy majlisida necha yil muddatga saylanadi.
    A) bir yil
    B) ikki yil
    S) uch yil
    D) to’rt yil
    17. Rizouddin Ibn Faxriddinning "Oila" nomli risolasida oila necha turga bo’lingan
    A) Tinch oilalar. Notinch oilalar.
    B) Yuzaki tinch oilalar. Tinch oilalar . Notinch oilalar. To'liqmas oilalar.
    S) Notinch oilalar.
    D) To'liqmas oilalar. Yuzaki tinch oilalar. Notinch oilalar.
    18. Metodik birlashmaning yig’ilishlari necha oyda bir marta o’tkaziladi
    A) uch oyda
    B) bir oyda
    S) ikki oyda
    D) bir yilda ikki marta
    19. Mudiralar uchun tashkil etilgan metodik birlashma tarkibiga kiritiladigan pedagoglar (yirik tumanlar uchun) oliy ma’lumotli, necha yil va undan ziyod ish stajiga ega bo’lishi zarur:
    A) 1 yil
    B) 3 yil
    S) 10 yil
    D) 5 yil
    20. Metodik birlashmalar nima?
    A) Pedagog va tarbiyachilarning ijodiy faolligini oshirish va yangilikka intilishlarini qo'llab-quvvatlash,
    B) Tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, mudiralar faoliyatini takomillashtirish, ularning kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida tashkil etiladi.
    S) maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga oid eng dolzarb masalalar muhokama etiladigan va hal qilinadigan uslubiy tuzilmalardir.
    D) Har bir bo'limda 18-20 maktabgacha ta'lim tashkilotlari kiradi.
    21. Ma’orif Xalq Komissarligi Toshkentda qachon o'lka uch oylik kursi tashkil qilindi, bu kursda maktabgacha ta'lim nazariyasi, psixologiya, gigiyena asoslari o'qitilar edi.
    A) 1921-yil aprel
    B) 1918-yil 20-oktyabrda
    S) 1920-yil yanvar
    D) 1917-yil 20-noyabrda
    22. Direktiv hujjat - bu farmon, farmoyish, yo'l-yo'riq, ko'rsatma, ya'ni yuqori bo'limlar tomonidan quyi bo'limlarga yoki rahbarning o'z xodimlariga bergan ko'rsatma, yo'1-yo'riqlariga aytiladi.
    A) Me'yorlar qoidasiga asoslangan hujjatdir
    B) Tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish;
    S) Bolalarning yoshi bo'yicha yosh guruhlariga to'g'ri taqsimlash, xodimlarni shtat me'yori bo'yicha ishga qabul qilish, smeta bo'yicha xarajatlarni taqsimlash - sarflash, bolalarning ovqatlantirish me'yorlari, tarbiyachilarning oylik ish haqlari va hokazolardan iborat.
    D) Farmon, farmoyish, yo'l-yo'riq, ko'rsatma, ya'ni yuqori bo'limlar tomonidan quyi bo'limlarga yoki rahbarning o'z xodimlariga bergan ko'rsatma, yo'1-yo'riqlariga aytiladi.
    23. Qaysi hujjat ikki nusxada, zarur bo’lgan hollarda esa uch nusxada tuziladi?
    A) Smeta
    B) Akt
    S) Joriy reja
    D) Istiqbol reja
    24. Koordinatsiya qilish nima?.
    A) tezlikda, bir zumda, izchillikd
    B) yakkama-yakka va jamoa maslahatlari.
    S) Muvofiqlashtirish.
    D) Na’munaviy ish joyi.
    25. Ma’orif Xalq komissarligi "Maktabgacha ta'lim" yuzasidan dekloratsiyani qachon e'lon qildi.
    A) 1917-yil 20-noyabrda
    B) 1917-1918-yillarda
    S) 1918-yil 20-oktyabrda
    D) 1921-yil aprel
    26. Nazoratchi-metodist necha yilda 1 marta malaka oshirish kurslarida o'z malakasini oshiradi.
    A) 5 yilda
    B) 3 yilda
    S) 1 yilda
    D) 2 yilda
    27. «Muammoli bola» guruhi bolalari negha yosh bo’ladi.
    A) 3- 7 yoshgacha
    B) 4 yoshdan 7 yoshgacha
    S) 5- 7 yoshgacha
    D) 3- 5 yoshgacha
    28. Ishlab chiqarish majlislari nima?
    A) Shanbaliklarni tashkil etish, yangi ishga tushirilayotgan obyektlarga yordam ko'rsatish va paxta kompaniyasiga qatnashish. Ulug' sanalarga tayyorgarlik ishlari boshqa masalalar ko'riladi.
    B) Ekologiya, iqtisodiy tarbiya bo'yicha ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish
    S) Maktabgacha ta'lim bo'limining yangi o'quv yili rejasi bilan tanishtirish
    D) Tuman qaramog'idagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarni komplektlash qoidalari.
    29. Tashkilot filiali nima?
    A) Qo’shimcha tashkilot
    B) Tashkilotning homiyligi
    S) Ikkita tashkilotning birlashuvi
    D) tashkilot bo'linmasi.
    30. Integrallashgan guruhda bolalar soni qancha?
    A) 20- 25
    B) 17- 20
    S) 25-30
    D) 15- 20


    Kafedra mudiri v.b: Norbosheva.M.O
    Fan o’qituvchisi: Xodjayorova.S.A
    Download 50 Kb.




    Download 50 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim 3 kurs -guruh talabalari uchun Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment fanidan yakuniy nazorat savollari

    Download 50 Kb.