• E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
  • Mavzu: aksiyalar bozori reja




    Download 0.93 Mb.
    Sana14.05.2023
    Hajmi0.93 Mb.
    #59422
    Bog'liq
    4. Aksiya bozori
    17.Мавзу ДизГазДизАралЁниши

    MAVZU: AKSIYALAR BOZORI

    REJA:


    1. Aksiyalarning iqtisodiy mohiyati va ularning qo’llanish xususiyatlari
    2. Aksiyalarning turlari
    3. O’zbekistonda aksiyalar bozori holati.
    AKSIYA
    Oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz.
    AKSIYANING TURLARI
    Oddiy aksiyalar
    Imtiyozli aksiyalar
    Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugutilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz.
    ODDIY AKSIYA
    Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega:
    ovoz berish huquqi yoki korporativ tuzilmani boshqarishda ishtirok etish etish.
    korporativ tuzilma daromadlarida qatnashish yoki dividendlar olish huquqi.
    yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif etishdan oldin sotib olish huquqi afzalliklari.
    korporativ tuzilma tugatilishida mulk qismidan ulush olish huquqi.
    ovoz huquqi – oddiy aksiya egalari uchun muhim xususiyat.
    DIVIDEND
    bu korporativ tuzilma daromadlarining qismi boʻlib, aksiyalar soniga qarab aksiyadolarga taqsimlanadi. Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar barcha soliqlar, kreditorlik majburiyatlar, obligatsiya boʻyicha foizlar va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan keyin toʻlanadi
    IMTIYOZLI AKSIYA
    Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi.
    Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli huquqlar jamiyat ustavida belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday huquqlar berish taqdimotini imtiyozli aksiya egalari ovoz berish huquqiga ega emasliklari va buning uchun imtiyozli aksiya egalariga qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin.
    Imtiyozli aksiyalar kumulyativ va nokumulyativ boʻlishi mumkin
    Kumulyativ imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar boshqa turlari orasida keng tarqalgan aksiyalardir. Kumulyativ aksiyalar emissiya qilinayotganida jamiyat ustavida belgilanishi lozim boʻlgan ular boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq
    toʻlanmagan dividendlar miqdori jamgʻarilib boriladi va keyinchalik toʻlanadi. Emitent tomonidan ushbu aksiyalar boʻyicha navbatdagi toʻlanmagan dividendlarni
    toʻlovni amalga oshirmasligi majburiyatlarni buzganlik deb qaralmaydi.
    Nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan dividendlarni jamgʻarib borish mumkin emas. Agar aksiyadorlik jamiyati nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlashni eʼlon qilmagan boʻlsa, aksiyadorlar hech qanday kompensatsiya (aksiya uchun qoplamalar)siz dividendlarni yoʻqotadi.
    Kumulyativ imtiyozli aksiya egalari jamiyat umumiy yigʻilishlarida oʻz vakolati doirasida barcha masalalarda ovoz berish huquqi bilan kumulyativ aksiyalar boʻyicha toʻlanishi koʻzda tutilayotgan va bu masalaga doir qaror qabul qilish rejalashtirilgan kun tartibidagi masalalarni kurib chiqish va qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega.Aksiyadorlar huquqi – kumulyativ imtiyozli aksiya egalarining aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida qatnashish huquqi– ushbu aksiyalar boʻyicha jamgʻarilgan dividendlarning toʻliq toʻlovi amalga oshirilgandan soʻng tugatiladi. Emitent kumulyativ imtiyozli aksiyalarni chiqarayotganda ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlar akkumulyatsiya (jamgʻarish) muddatini qatʼiy belgilashi shart.
    Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar aniq bir turini oddiy aksiyalarga almashtirish yoki jamiyat ustavida belgilangan muddatda imtiyozli aksiyalar bir turini ularning egalari talabi bilan boshqa turiga almashtirishni nazarda tutadi. Bunday holatda, jamiyat ustavida konvertlanadigan imtiyozli aksiyalarni chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasigacha ushbu
    aksiyalarni almashtirish tartibi, shu jumladan, soni, qaysi aksiya turiga (kategoriyasi) almashtirilishi, almashtirish boshqa shartlari va boshqalar aniq belgilanishi lozim. Chiqarilgan birinchi konvertlanadigan imtiyozli aksiyalar joylashtirib boʻlgandan soʻng jamiyat ustavida tasdiqlangan nizom oʻzgartirilishi mumkin emas.
    Qaytarib olish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar – bunday aksiyalar emitentga aksiyani egasini oldindan ogohlantirmasdan qayta sotib olish huquqini beradi. Aksiyalarni qayta sotib olish aksiyadorlik jamiyatlari uchun qulay, investorlar uchun esa noqulay. Bunday aksiyalarni sotish maqsadida emitent investorlarni odatda, ushbu aksiyalarga asosiy kapitaldagi premiya miqdoridan yuqori premiya taklif qilish orqali jalb qiladi. Premiya – oʻz navbatida, aksiyalarni qayta sotib olish imkoniyati uchun mukofot sifatida qaraladi. Odatda, qayta sotib olish uchun emitent 30 kun oldin ogohlantiradi.
    Qatnashish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar – egasiga daromad olish huquqi (qoʻyilgan kapitalga qatʼiy foiz tariqasida belgilangandan yuqori qoʻshimcha dividendlar olish) va jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini (aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish) beradi. Aniqrogʻi, bunday imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalar kabi boʻlib qoladi. Odatda, bunday aksiyalar aksiyadorlik kapitalda tegishli ulushga ega boʻlgan aniq aksiyadorlar uchun chiqariladi.
    Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalar – korporatsiyalar qayta chaqirib olinadigan imtiyozli aksiyalarni emissiya qilganda, ularni nominalga nisbatan ustama bilan qayta chaqirib olish huquqini oʻzida qoldiradi..

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


    Download 0.93 Mb.




    Download 0.93 Mb.