|
Tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash usullari. Mexanik usulda qazib olishga tayyorlash
|
bet | 1/3 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 9,13 Kb. | | #133909 |
Bog'liq Tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash usullari. Mexanik usulda q-fayllar.org
Tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash usullari. Mexanik usulda qazib olishga tayyorlash
TOG’ JINSINI QAZIB OLISHGA TAYYORLASH USULLARI. MEXANIK USULDA QAZIB OLISHGA TAYYORLASH.
Reja:
Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari.
Muzlashdan himoya qilish va muzlagan tog’ jinsini eritish.
Mexanik usulda qazib olishga tayyorlash.
Xulosa
Adabiyotlar
Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari.
Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash keyingi ishlab chiqarish jarayonlari, ya’ni kon massasini qazish va yuklash, tashish, ag’darma hosil qilish va qayta ishlash jarayonlari uchun texnik imkoniyat va qulay sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshiriladi.
Tog’ jinslarini qazib olish tayyorlashning texnologik o’rni (pozistiyasi) bo’yicha ularni ikki guruhga bo’lish mumkin:
- mexanik yoki gidravlik usul bilan oldindan yumshatmasdan qazib olishga tayyorlash mumkin bo’lgan tog’ jinslari (tuproq, suglinok, yumshoq ko’mir, shamol ta’sirida to’la parchalangan metamorfik jinslar, mel, tuproqli rudalar);
- oldindan yumshatilishi zarur bo’lgan tog’ jinslari (tuproqli va qum-tuproqli slanestlar, tuproqli va ohakli qumlar, temir rudalari, argilitlar, alevrolitlar, gips, toshli tuz, toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir, ohaktosh, qum, kvarstitlar, granitlar, bazaltlar, gabbro).
Tog’ jinsining turi va holatiga bog’liq holda tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash asosan quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
muzlashdan himoya qilish;
muzlagan tog’ jinsini eritish;
gidravlik usulda tayyolash;
mexanik yoki portlatish usuli bilan tayyorlash.
Muzlashdan himoya qilish va muzlagan tog’ jinsini eritish.
Muzlashdan himoya qilish harorat 0˚dan past bo’lganida dastlabki yumshatish amalga oshirilmasdan ham qazib olish imkonini beradi. Muzlashdan himoya qilish uchun erning yuza qismini haydash, yumshatish, boronalash (molalash) va isitish usullari qo’llaniladi.
Haydash, yumshatish va bronalash tog’ jinsi sirtida hosil qilingan havo bilan to’ldirilgan bo’shliq hisobiga issiqlik o’tkazuvchanlikni ma’lum darajada pasaytiradi. Xaydash va yumshatish maxsus plug va yumshatgich yordamida o’tiladi. Bunda xaydash chuqurligi 40-50 sm, boronalash chuqurligi esa 20 sm ni tashkil etadi.
Er sirtini muzlashdan himoya qilish uchun teploizolyastion material sifatida mox, yog’och qirindisi, mineral vatalar qo’llaniladi.
|
| |