• Gidravlik usul
  • Tog’ jinsini mexanik usulda yumshatish.
  • Tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash usullari. Mexanik usulda qazib olishga tayyorlash




    Download 9,13 Kb.
    bet2/3
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,13 Kb.
    #133909
    1   2   3
    Bog'liq
    Tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash usullari. Mexanik usulda q-fayllar.org

    Muzlagan tog’ jinsini eritish. Tog’ jinslarini eritish par, suv, chuqur yoki yuzaviy elektrisitgich elektrodlar va yuzani kuydirish yordamida amalga oshiriladi.
    Chuqur elektrisitgichda elektrodlar bir-biridan 0,5–0,7 m masofada bo’lgan shpurlarga muzlash chuqurligigacha joylashtiriladi. Elektr zanjiri erigan tog’ jinsida qisqa tutashuv hosil qiladi va uning erish jarayoni pastdan yuqoriga qarab hosil bo’ladi. Eritishga ketgan elektr energiya sarfi 1 m3 tog’ jinsiga 8-10 kvt s ni tashkil etadi.
    Yuzaviy elektr isitgichda elektrod metal setka ko’rinishida eritiladigan uchastka yuzasiga yotqiziladi. Elektr ta’minoti yuqori chastotali generator orqali amalga oshiriladi.
    Par bilan eritish havo harorati 0 dan past bo’lib, bu holat uzoq davom etadigan iqlim sharoitlarida muzlagan tog’ jinslarida qo’llaniladi. Par bilan eritishda ichki diametri 19-22 mm, uzunligi 1,5-3 m bo’lgan po’lat trubalar qo’llaniladi. Bu trubalar shpurlarga joylashtiriladi (shpurlar orasidagi masofa 2-2,5m) yoki skvajinalar burg’ulanib, bu skvajinalarga par yuboriladi yoki boshqa isituvchi materiallar joylashtiriladi. Eritish davomiyligi 4-6 soatda 24-27 kg parni sarflab 1m3 tog’ jinsini eritish mumkin.
    Yuza qismini kuydirish yordamida eritish muzlagan tog’ jinsi yuzasida ko’mir qatlami, torf yoki o’tin yoqish orqali amalga oshiriladi. 1m3 tog’ jinsini eritish uchun yoqilgi sarfi: 30-60 kg ko’mir, 120-140 kg torf va 0,14-0,17 m3 o’tin sarflanadi.
    Gidravlik usul. Tog’ jinsini qazib olishning gidravlik usuli tog’ jinsi tarkibiga suv va eritmalar jo’natishga asoslangan. Shag’al va qum qazib olish korxonalarida gidravlik usul, suv bilan yuvib olish yoki kimyoviy aralashmalar qo’llaniladi.
    Bulardan tashqari burg’ulashning: elektrogidravlik, skvajinlarni burg’ulash va tog’ jinslarini kesishda (qirqishda) ultratovushlarni qo’llash, portlatib burg’ulash, plazmali burg’ulash turlari ham mavjuddir.
    Tog’ jinsini mexanik usulda yumshatish.
    O’ta zich, muzlagan va yarim qoyali tog’ jinslarini qazib olishga tayyolashda turli xil yumshatuvchi mexanik vositalaridan foydalaniladi: ekskavator cho’michi, traktorli yumshatgich va maxsus struglar.
    Portlatish usuli bilan yumshatishga qaraganda mexanik usul bilan yumshatishda yuqori unumdorlikka erishiladi. Bu usul tog’ jinsi qattiqligi f=6 gacha bo’lgan tog’ jinslarida arzon tannarxga ishlarning bexatar olib borilishiga erishiladi.
    Mexanik usulda yumshatishning eng keng tarqalgan usuli bu-traktorli yumshatishdir. Bunda gusenistali quvvatli traktorlarga 1-5 tagacha yumshatuvchi tishlar o’rnatiladi. Tog’ jinsi qattiqligi oshgan sayin yumshatuvchi tishlar soni kamayadi. Yarim qoyali va katta yoriqli qoyali tog’ jinslarida bir tishli yumshatgichlar, kam mustahkamlikka ega bo’lgan tog’ jinslarida esa, ko’p tishli yumshatgichlar (ularning unumdorligini oshirish maqsadida) ishlatiladi. O’tkir tishlarga bo’lgan kuchlanish 250 kN gacha etadi. Harakat paytida bu o’tkir tishlar gidravlik sistema yordamida massivga 0,5 m chuqurlikkacha botishi mumkin.
    Tog’ jinsining yumshatiluvchanligi yumshatgich tishlarining botish chuqurligi bilan aniqlanadi va massivning yoriqligi hamda tog’ jinsi mustahkamligiga bog’liq bo’ladi.


    Download 9,13 Kb.
    1   2   3




    Download 9,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash usullari. Mexanik usulda qazib olishga tayyorlash

    Download 9,13 Kb.