|
Tishli ģildiraklarni ta’mirlash,ta'mirdan so‘ng yig‘ish texnologiyasi
|
Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 184,39 Kb. | | #126100 |
Bog'liq 8-laboratoriya ishi. Tishli uzatmalarTMJT
Tishli ģildiraklarni ta’mirlash,ta'mirdan so‘ng yig‘ish texnologiyasi
Harakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g`ildiraklar vositasida uzatish mexanizmi tishli uzatma deb ataladi. Hozirgi vaqtda mashinasozlik sanoatida tishli uzatmalar keng ko`lamda ishlatilmoqda va ulardan texnikaning turli sohalarida foydalanilmoqda. Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bo`lgan tishli g`ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og`ir sanoatda diametri bir necha 10 m ga yetadigan tishli g`ildiraklarni ham uchratish mumkin. Vallari o`qlarining joylashuviga qo`ra tishli uzatmalar quyidagi turlarga bo`linadi:
vallarining o`qlari o`zaro parallel bo`lib, sirtqi yoki ichki tomondan ilashgan silindrik g`ildirakli uzatmalar;
vallarining o`qlari o`zaro kesishuvchi konussimon g`ildirakli uzatmalar;
vallarining o`qlari ayqash bo`lgan vintaviy silindrik va gipoid deb ataluvchi konussimon g`ildirakli hamda chervyakli uzatmalar.
Tishli uzatmalarning bu ususiyatlar bo`yicha turlanishi 3.2-sxemada keltirilgan. Tishlarning g`ildirak sirtida joylashuviga qarab, tishli uzatmalar to`g`ri tishli, qiya tishli g`ildirakli uzatmalarga bo`linadi.
Tish profili bo`yicha evolventali va doiraviy bo`ladi. Evolventa profilni 1760 yilda L. Eyler, doiraviy profilni esa 1954-yilda M.L. Novikov tavsiya etgan.
Tishli uzatmalarning afzalliklari:
yuqori yuklanish qobiliyatiga ega;
umrboqiyligi yuqori (30 000 soat) va ishlashi ishonchli;
• f.i.k. yuqori (0,97…0,98 gacha);
• uzatish nisbatining doimiyligi;
• sekundiga 150 m/s gacha tezlik bilan katta quvvat (bir necha ming kVt) uzata oladi va uzatish nisbati bir necha yuzgacha etadi;
• xilma-xil materialdan tayyorlanishi mumkin.
Tishli uzatmalarning kamchiliklari:
• tayyorlanishi nisbatan murakkabligi;
• katta tezlik bilan ishlayotganda shovqin chiqishi;
• zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko`proq sezilishi va shu kabilar.
Tishli uzatmalarning ishdan chiqish sabablari va turlari
Ilashishda bo`lgan tishlarga asosan ikki xil kuch ta’sir etadi. Ulardan biri 𝐹𝑛
normal kuch, ikkinchisi esa tishlar orasidagi ishqalanishdan hosil bo`ladigan ishqalanish kuchi 𝐹𝑖𝑠ℎ = 𝐹𝑛𝑓. Bu kuchlar ta’sirida tishlar murakkab kuchlanish holatida bo`ladi.
Tishlarning ishchanlik qobiliyatini belgilovchi asosiy kuchlanishlar tish sirtida hosil bo`ladigan kontakt (a) kuchlanish 𝜎𝐻 va tishning tubida paydo bo`ladigan eguvchi (b) kuchlanish 𝜎𝐹 dir.
Har bir tish uchun 𝜎𝐻 𝑣𝑎 𝜎𝐹 o`zgarmas muayyan qiymatga ega bo`lmay, vaqt oralig`ida o`zgarib turadi va pulsatsiyalanuvchi uzlukli sikl bilan ta’sir etadi. O`zgaruvchan kuchlanishlar tishlarning toliqishdan emirilishiga sababchi bo`ladi: kontakt 𝜎𝐻 kuchlanish tish sirtlarning uvalanishiga, eguvchi 𝜎𝐹 kuchlanish esa tishlarning toliqishdan sinishiga olib keladi. Ilashmadagi kontakt kuchlanish va ishqalanish ta’sirida tishlarning yeyilish, yemrilishi va tishlar sirtining boshqa turlari shikastlanishlari kuzatiladi. Tishlarning sinishi. Eguvchi kuchlanish ta’sirida tishlarning sinishi kuzatiladi. Tishlar sinishining ikki turi mavjud: zarbiy yoki statik yuklanishlar ta’sirida sinish (hisoblashlarda yuritmada o`ta yuklanish holatlari mavjudligini hisobga olish zarur); toliqishdan sinish uzoq muddat ishlash davomidagi o`zgaruvchan kuchlanishlar ta’siri natijasida vujudga keladi (bunda kuchlanishlar konsentratsiyasi - to`planishini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega).
|
| |