Soliqlarning funksiyalari




Download 120,34 Kb.
bet3/6
Sana14.05.2024
Hajmi120,34 Kb.
#232446
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Subxonova Charos kurs ishi

2.Soliqlarning funksiyalari
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi.Funksiya deganda, odatda, kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi. G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi.Bu konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.Neo keynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot,N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega.
Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydilar.Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasini yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De.Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furastye hisoblanishadi.Ularning fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daroma-dini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funksiyalaridir. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq,ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funksiyasi I. Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan,funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’i tak-rorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak.Soliqlarning funksiyalari masalasida hozirga qadar olimlar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas.Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi. Soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish – soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakl-lantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi.
Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiscal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi,bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga,ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi.Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»niyaratadi.
Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki turadi, jilovlab sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o‘sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot»tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati saqlanib qoladi. Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiya-laridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol- mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi.
Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiscal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi. Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning budjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va oson kechadi.Soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi.Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o‘rnini belgilovchi bir qancha funksiyalari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o‘rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zarurligi. Ma’lumki, respublikamizda Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi.
Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, ayniqsa, uning kam ta’minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo‘lishi kerak.Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi omili. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu, eng avvalo, uning mamlakatga chet el valyuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o‘tamoqda.Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligi o‘zining budjetnomasida 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan soliq va bojxona siyosatining asosiy yo‘nalishlarini taqdim etildi.
2024-yil uchun daromad solig‘i (15 foiz, ayrim toifalar uchun — 20 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), ijtimoiy soliq (budjet tashkilotlari — 25 foiz, boshqalar — 12 foiz), aylanmadan olinadigan soliq stavkalari (4 foiz), shuningdek, avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi
va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlar stavkalarining miqdorlari va alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish
huquqi uchun yig‘imlar saqlanib qoladi
Bundan tashqari, QQS (12%), mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i (10%), qishloq xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘i (0,95%), yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i (1,5%) stavkalari ham o‘zgarmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘rnini belgilovchi asosiy omillardan yana biri — hozirgi kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq to‘lovini yuzaga keltirish.Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi.Mukammal soliq mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
1-apreldan ortiqcha iste’mol qilish natijasida kasalliklar, jumladan, qandli diabet kabi kasalliklarning ko‘payishini hisobga olgan holda, tarkibida shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklar uchun 1 litr uchun 500 so‘m miqdorida aksiz solig‘ini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunday soliq 50 dan ortiq mamlakatlarda (Fransiya, Vengriya, Buyuk Britaniya va boshqalarda) mavjud. Aksiz solig‘idan tushgan mablag‘lar Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
2024-yil 1-iyuldan boshlab bitta avtomobil shinasi og‘irligidan (har bir kg) kelib chiqqan holda bazaviy hisoblash miqdorining 0,3 foizi (990 so‘m) miqdorida utilizatsiya to‘lovini joriy etish rejalashtirilmoqda. Yengil avtomobil shinalari og‘irligidan kelib chiqqan holda (R13 dan R20 gacha) to‘lov 6200 so‘mdan 16 200 so‘mgacha, yuk avtomobillari uchun (R16 dan R18 gacha) 11 300 so‘mdan 58 800 so‘mgacha bo‘ladi.

Soliqlarning funksiyalariesa ana shu vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Shunday ekan, soliqlarning funksiyalari va vazifalari o‘rtasidagi aniq farqli jihatlarni o‘rganish va soliq munosabatlarini tashkil etish mobaynida bu chegaralarni asoslashni qayd etib o‘tish lozim.Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga ega.Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning fiskal funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskal funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi.


Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi.Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak.Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi.Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi.
Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy oqibatlar-ning oldini olishi mumkin. 70—80-yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan.Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromalarni taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yil-malarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliqqa tortish tizimida mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi.Soliqlarning budjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin.Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi yangi paydo bo‘lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo‘li orqali hal etish mumkin.Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o‘rta va uzoq muddatli vazifalarga bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki davlat daromadlarini budjetning o‘rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.


Download 120,34 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 120,34 Kb.