• Mavzu: Turizmni tashkillashtirishda turagentliklarning roli
  • Mavzu: Turizmni tashkillashtirishda turagentliklarning roli




    Download 215,77 Kb.
    bet1/3
    Sana22.05.2024
    Hajmi215,77 Kb.
    #249623
      1   2   3
    Bog'liq
    AbdurahmonovMuzaffar.


    O’zbekiston Respublikasi Qishloq Xo’jaligi Vazirligi

    Toshkent Davlat Agrar Universiteti


    Huquq va Turizm fakulteti
    Agroiqtisodiyot va Turizm kafedrasi

    Turizm yo’nalishi 22-151 guruh talabasi


    Abdurahmonov Muzaffarning Turizm iqtisodiyoti fanidan
    Kurs ishi
    Mavzu: Turizmni tashkillashtirishda turagentliklarning roli
    Bajardi: Abdurahmonov Muzaffar
    Ilmiy rahbar: i.f.n. dotsent Ochilov Ilhom

    Toshkent 2024


    MAVZU: Turizmni tashkillashtirishda turagentliklarning roli
    Kirish…………………………………………………………………………3
    Turagentliklarning turizm bozorining sub‘ekti sifatida…………………………………4
    Turagentlikning asosiy funksiyalari……………………………………………………14
    Turagentlik xizmatlarini tashkil etishda axborot texnologiyalari…………22
    Turagentkliklar o‘rtasidagi shartnomalar…………………………………………….30
    XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………………37
    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..……..39

    Kirish
    Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko`rsatuvchi sohalarning o`rni va roli g`oyat sezilarli bo`lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko`rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur‘atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O`zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog`liq bo`lgan masalalarga katta e‘tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo`llari shakllanmokda. Buni shundan ham anglash mumkinki, keyingi yillarda uni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining bir qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta‘minlashga bag`ishlangan qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga «O`zbekiston Respublikasida 2016–2017-yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorini kiritish mumkin. Ushbu qaror bilan xizmat ko`rsatish, servis va turizm sohasini rivojlantirishning mamlakatimiz va hududlar bo`yicha aniq dasturlari ham tasdiqlangan. Bulardan ham ko`rinib turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan sub‘ektlar soni keskin o`sadi, ular ko`rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga mos ravishda oshadi. Ma‘lumki, turistik xizmat ko`rsatish va tashkil etishda turoperatorlik xizmatlari asosiy o`rinda turadi. "Turizm to`g`risida"gi qonun bo`yicha o`z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o`z yo`llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Ta‘lim yo`nalishining o`quv rejasiga «Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari» fani kiritilgan bo`lib, mazkur fanda turoperatorlik faoliyatining asosiy mazmuni o`rgatiladi. Mazkur yaratilgan o‘quv qo‘llanma birinchi galda turizm yo`nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo`ljallangan bo`lib, bu fan bo`yicha o`zbek tilida yaratilgan birinchi adabiyotlardan hisoblanadi.



    1.Turagentlik turizm bozorining subekti sifatida.

    Chakana agentlar bilan bir qatorda tovar o`tkazish kanalida ulgurjichilar ham muhim rol o`ynaydi. Bu tijoriy vositachilik korxonalari tovarlar (xizmatlar)ni sotib olish va ularni chakana savdo tarmoqlari orqali sotish bilan shug`ullanadi. Turizm sohasida ko`proq ulgurji sotuvchi turoperator hisoblanadi. Unga turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda alohida o`rin ajratiladi. Turoperatorlar faoliyati bosh yo`nalishi ommaviy iste‘mol talablariga mo`ljallangan turistik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Ulgurjichilar seriyali xizmatlarni yig`ib komplektlashadi. Ularni safar marshrutlarini standartlash, dasturlar va kompleks xizmat ko`rsatish yo`li bilan turistlarga yagona paketda (pekij-turlar) sotadilar. Bu esa ularga bozorga raqobatbardosh takliflar bilan chiqishga imkon beradi. Turoperatorlar tomonidan tashkil qilingan xizmat ko`rsatish turlari uzoq yillar davomida sezilarli o`zgarishlarga duch keldi. Xizmat to`plamlari ular tomoniga kamayayotgan pekidj – turlar evolyutsiyasi ruy berayapti. Bir tomondan turistik firmalarni bu qisqartirishga o`tkir raqobat majbur etayapti. Mijoz uchun kurashda har bir turoperator jalb qiladigan narxlarni belgilashga intiladi. U paketdan ayrim xizmatlarni chiqarib tashlaydi. Bu bilan arzon safar tasavvurini uyg`otadi. Masalan, ko`pchilik firmalar o`zlari sotayotgan safarlarda faqat marshrut bo`yicha joydan-joyga olib borish va aeroportdan (vokzaldan) mehmonxonaga va yana orqaga transferni saqlaydi. Boshqa xizmatlar (ovqatlanish, ekskursiya, bagajni olib borib berish va boshq.) ni turistlar safar chog`iga qo`shimcha pul to`lash orqali olishadi. Natijada sayohatchilarning asosiy va qo`shimcha xizmatlarga harajatlari 60 ga 40 nisbatga keladi. Bunday proporsiyaga turgan gap turizm infrstrukturasi yuksak rivojlangan sharoitda (kofe, barlar, attraksionlar, kazino va boshq.) gina erishiladi. Turoperator xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar bo`yicha va turistlar ehtiyojlariga mos ravishda turlar komplektatsiyasi bilan shug`ullanadigan turistik firma(tashkilot)dir. Turoperator - bu turistik paket ishlab chiqaruvchidir. U turistik yo`nalishlar ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi bilan shug`ullanadi, ularning amal qilishini ta‘minlaydi, reklamani tashkil qiladi, bu yo`nalishlar bo`yicha narxlarni hisoblaydi, turlarni to`g`ridan-to`g`ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga sotadilar. Turoperator turistlarni turli turistik xizmatlardan tanlash imkonini ta‘minlab beradi va bir vaqtning o`zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko`rsatishga buyurtma berish vazifasini o`z zimmasiga olib osonlashtiradi. Turoperatorlar turizm industriyasida maxsus rolni bajaradilar. Ular turmahsulotlarni (joylarni-samolyotda, nomerlarni-mehmonxonada) sotib oladilar, turistik xizmatlar paketini shakllantiradilar va foyda olish maqsadida turli to`g`ri yoki bilvosita foydalanuvchilarga (turistlarga) sotadilar. Turoperator turistik xizmatlarni alohida ham sotishi mumkin. Bu yo foyda olish, yoki zaruriyat yuzasidan qilinadi. 6 Masalan, imtiyozli narxlarda sotib olingan samolyotdagi joylar sonini to`ldirish uchun u chiptalarni ham sotishi mumkin va bunda u vositachi sifatida keladi. Birinchi holda, ya‘ni, turoperator paket shakllantirayotganda u turmahsulotlar ishlab chiqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Ikkinchi holda, ya‘ni, turoperator xizmatlarini alohida sotayotganda turistik xizmatlarning ulgurji dileriga aylanadi. Bu holat turoperator ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish uchun keragidan ortiqcha turistik xizmatlar sotib olganda bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ommaviy (ko`p) sotib olgani uchun mehmonxonalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar orasida tegishli imtiyozlarga ega bo`lgan maxsuslashgan ulgurji turoperatorlari mavjud. Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u turistlar uchun iqtisodiy qulay bo`lgan turistik paketlarni shakllantirish uchun oladigan xizmatlarining narxi o`zgarishidan kafolatlana olish qobiliyatiga ega. Ulgurji turoperator narxlari har doim mehmonxonalar narxlaridan arzon bo`ladi. Ammo baribir turoperatorlar mahsulotlarning keng ko`lamining ulgurji sotuvchisi sifatida emas, balki yangi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida ko`rib chiqish lozim. Shunda u haqiqatga to`g`ri bo`ladi, turoperatorning asosiy faoliyati turlar yoki turpaketlarni shakllantirishdan iboratdir. Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga manfaat keltiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog`i unga turistik safarlarni sotish hajmini o`stirishga imkon beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan chiqish turizmining provinsial bozoriga kirib boradi. Bu bilan o`z xodimlarini ta‘minlash harajatlarini, ijara binolarini, ularni uskunalarini tejaydi. O`z navbatida turagent safarlarni oxirgi iste‘molchisiga sotib bergani uchun vositachiligiga komission mukofat oladi. Uning hajmi odatda sotilgan turistik mashulot bahosiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va 10 % ni tashkil qiladi. U ko`paytirilishi ham mumkin (masalan, kelishilgan hajmdan ko`proq turistik xizmat sotilganda). Komission mukofat turagentlikning asosiy daromad manbai bo`lib xizmat qiladi. Turoperator har doim sotish uchun turmahsulot zahirasiga ega bo`ladi, turagent bo`lsa mijoz sotib olish istagini bildirgan holdagina ma‘lum xizmatlarni talab etadi. Biroq amaliyotda ba‘zan turoperator va turagent orasidagi farqni ajratib bo`lmaydi, chunki har ikkalasi o`xshash vazifalarni hal qilishlari mumkin. Masalan, firma turoperator sifatida yo`nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa agentliklarga sotishi ham mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu turistik tashkilot turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi ham mumkin. Turizm industriyasining shiddat bilan rivojlanishi, turizm bozorida raqobatning yuzaga kelishi va kuchayishi - hammasi turoperatorlar strukturasiga ta‘sir ko`rsatdi va ularning keyingi maxsuslashuvini qayta aniqlab berdi. Turoperatorlar quyidagilarga ajratiladi: Faoliyat turiga ko„ra: 1. Ommaviy bozor turoperatorlari. Ular ommaviy turizm joylariga charter aviareyslardan foydalangan holda turpaketlar sotadilar. 2. Maxsuslashgan turoperatorlar - bozorning ma‘lum segmenti yoki mahsulotiga maxsuslashgan turoperatorlardir. Bular o`z navbatida quyidagilar bo`lishi mumkin:  maxsus qiziqishlar turoperatorlari (masalan, sport-sarguzasht turizmi, Afrikada safari uyushtirish va boshqalar);  maxsus boriladigan joylar turoperatorlari (masalan, Angliya, Fransiya va boshqa joylarga safarlar); 7  ma‘lum mijozlar guruhi turoperatorlari (yoshlar, oilalar, ish odamlari va boshqalar);  maxsus joylashtirish joylari turoperatorlari (dam olish uylari, turbazalar va hokazo);  ma‘lum transport turlaridan foydalanadigan turoperatorlar (teploxod, poyezd va boshqalar). Faoliyat joyiga ko„ra: 1.Mahalliy (ichki) turoperatorlar. Ular o`zi yashayotgan mamlakat chegaralari doirasida yo`nalishlar bilan birgalikda turpaketlar tuzadilar. 2.Chiqish turoperatorlari turpaketlarni xorijiy davlatlarga yo`naltiradilar. 3.Qabul qiluvchi turoperatorlar. Ular turistlsrlar boradigan mamlakatda joylashgan bo`ladi va ularga xizmat ko`rsatishadi. Bundan tashqari, turoperatorlarni Initsiativ va Reseptiv turoperatorlarga ham bo`lish qabul qilingan. Initsiativ turoperatorlar - bular turistlarni qabul qiluvchi (Reseptiv) operatorlar yoki to`g`ridan-to`g`ri turistik korxonalar bilan shartnoma asosida xorijga yoki boshqa regionlarga jo`natadigan operatorlardir. Bu operatorlarning faqat o`zgalar turlarini sotish bilan shug`ullanadigan turagentlardan farqli tomoni ular BTT me‘yorlari bo`yicha kamida uchta xizmatlardan (joylashtirish, turistlar transportirovkasi va yuqoridagi ikkitasidan boshqa istalgan xizmat turi) tashkil topadigan turmahsulot komplektatsiyasi bilan shug`ullanishadi. Klassik Initsiativ turoperator turli joylardagi mahalliy turoperatorlar xizmatlaridan foydaianib, murakkab yo`nalishli turlarni shakllantiradi, sayohat boshlanadigan joyga borishni va u yerdan qaytib kelishni ta‘minlaydi. Shu bilan birgalikda yo`nalish ichida transport xizmati ko`rsatilishini tashkil etadi. Reseptiv turoperatorlar - qabul qilish joyida qabul qiluvchi va xizmat yetkazib beruvchilar bilan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida ish olib boradigan turoperatorlardir. Real turizm tadbirkorligida, ko`pincha, turizm bozori uchun harakterli bo`lgan vazifalarning aralashuvi uchrab turadi. Turistik firma o`zining ba‘zi mahsulotlariga nisbatan ham Reseptiv, ham Initsiativ turoperator, ba‘zi hollarda esa boshqa turoperator tomonidan shakllantirilgan tayyor turlarni sotish bo`yicha turagent sifatida ham kelishi mumkin. "Turizm to`g`risida"gi Qonun bo`yicha o`z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o`z yo`llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Bunday talablarni turfirma bajaradi. Yo`llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko`rsatish joyiga ko`rsatiladigan asosiy hujjat - vaucherdir). Reseptiv turoperator qabul qilish uchun turlarni shakllantirish bilan shug`ullanadi. Initsiativ maxsuslashgan turoperator, qoida bo`yicha, bir necha punktlarda qabul qilishlardan mujassamlashtirib turlarni shakllantiradi. Bunga misol qilib ijaraga olingan maxsuslashtirilgan transportdagi transturlami olish mumkin. Turoperator buyurtma yoki inklyuziv tur bo`lishi mumkin bo`lgan (sotish chog`ida o`zgarmaydigan, oldindan aniq bo`lgan xizmatlar to`plami) dasturlar paketi, turpaket (pekidj-tur) tuzadi. Mos ravishda birinchisi xizmat ko`rsatish variantlari bilan, ikkinchisi - variantlarsiz, xizmatlar kompleksning to`plami bilan sotiladi. Bu qabul qilish imkoniyatlari va sayohatlar yo`nalishiga bog`liq.
    Turizm operatori – tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini realizatsiyasini, uni taklif etuvchi, tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorini faol 8 sub‘ektidir. Bu turoperator faoliyati yordamida vakolat imtiyoziga ega haridor agentlari nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat ilgari harid etish, bronlash, o`zlashtirish, turpaketlar hozirlash demakdir. Operator shunday qilib, sayohatni murakkab tizimini inobatga olgan holda uni iste‘molchi bilan bog`lovchi, turizm industriyasidagi suptuzilmani va korxona infratuzilmasi bilan bevosita aloqador, to`g`ridan-to`g`ri xizmatlar ijrochisi (mehmonxonalar, tashuvchilar, ekskursiya firmalari, sug`urta kompaniyalari, banklar va b.) maqsadida turistlarga samarali xizmatlarni uyushtiruvchidir (transferlar, ekskursiya dasturlari va b.). Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har bir turoperatorning vazifasi kelajakdagi sayohat tadbirini rejalashtirish, vaqtga uyg`unlashtirish, xizmat arzlariga munosib ravishda jadval asosida sayyohlarga sifatli xizmat turini tashkil etishdir. Aniq rejalashtirilgan sayyohlik tadbiri hech qachon kamchiliklar yo`l qo`yilmaydigan xizmat turiga ehtiyoj sezadi. Sayyohlik xizmatlarini obdon rejalashtirish malakali va tajribali turoperatorlarni samarali mehnati tufayli erishiladi. Turizm xizmat bozorida turoperator bir qancha funksiyalarni bajaradi. Jumladan, narxni shakllantirish funksiyasi turoperatorlar uchun muhim ahamiyatga egadir. Har bir turoperatorning imkoniyati narxni shakllanishiga ko`ra bir xil emas. U o`z ob‘ektiv va sub‘ektiv omillariga ega. Eng avvalo bu turoperator ishining hajmiga bog`liq. Doimiy ravishda turistlarni kutib olish, kuzatish xizmatlari, o`z navbatida xususiy charter reyslarini tashkil etishni taqozo etadi, bunday holat esa pirovardida dam olish markazlarida xususiy vakilliklarini ochish, mehmonxona korxonalariga o`z ta‘sirini o`tkazishga olib keladi. Ta‘kid etilgan omillar turistik xizmatlarni narxiga bevosita ta‘sir etadi. O`z-o`zidan ma‘lumki, yirik turistik operatorlar har qanday sharoitda ham turizm bozorida baholarni belgilanishida korcholonlik rolini o`ynaydilar. Bu bozor segmentlarida, VIP – turlarda, ommaviy va yangi raqobatda, narx sharoitlarida yaqqol namoyon bo`ladi. Siljitish funksiyasi, ya‘ni turizm mahsuloti turoperatorning marketing faoliyatini belgilovchi muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Turloyihani maksimal rentabilligini ta‘minlash uchun xususan, yangi yoki modifikatsiyalangan turoperator barcha ma‘lumotlarni har qanday turini yoyilishida manfaat yuzasidan kirishadi (marshrut, transfer mablag`larini taklif etilish, joylashtirish, bo`sh vaqtlarni o`tkazish, narx diapozoni taklifi, reklamalar). Axborotlashtirish funksiyasi zamonaviy turizm operatorlaridan ehtimol tutilgan dalillarni qayta ishlash, siljitish, turoperator realizatsiyasida (masalan, sayohatlarni farqli xususiyatlari, turistik markazlar va taklif etilgan xordiq chiqarish, turistik imkoniyatlari xususiyati, madaniyat va mahalliy aholining vakillari, yodgorlik va muqaddas joylar, kirim-chiqim hujjatlarining rasmiylashtirish jarayoni va boshqalar) kamnoma yoki umuman noma‘lum xabarlar jarayonida namoyon bo`ladi. Bir butun ko`rinishda turistik ma‘lumotlarni ommaboplashtirish yoki alohida olingan turlari bo`yicha turbiznes mutaxasislari o`rtasida keng targ`ibot qilish mumkin, shuningdek, turizmga bevosita ishtirok etuvchilar ya‘ni katalog, buklet, reklama vositalari va iste‘mol omillarini rasmiylashtiruvchi muhitda info sayohatlarni turizm industriyasi ishchilari uchun tashkillashtirishda moslashtirish maqsadga muofiqdir. Turoperatorning novatorlik funksiyasi har qanday tijorat tashkilotini turizm bozorining o`zgaruvchi sharoitlardan kelib chiqib, turmahsulotni yangi xillarini, modifikatsiyalarini ishlab chiqish, yaratishda tinimsiz izlanishlar olib borish, turistlarni maksimal ehtiyoji talablarini qondirish, agent tarmog`ida ko`pqirrali o`zgarishlarga moyil savdo-sodiq ishlarini tashkil etishda ko`zda tashlanadi. 9 Yangi turmahsulot bozor segmentini ehtiyojlarini ifodalabgina qolmasdan, o`z modifikatsiyasidan kelib chiqqan holda uning sifatigina turoperatorga kelajakda shiddatli bozor raqobatida o`z mavqeini saqlab qolishda asosiy tanyanch nuqta hisoblanadi. Har qanday sharoitda operatorni mijoz uchun kurash ham eniga va bo`yiga kengayib borish manfaati bilan muofiqlashadigan (bir turistik yo`nalishda sayohat xiliga ko`ra) turizm to`plamni maydonga chiqaradi. Yirik pul mablag`i aylanmalari, muhim ahamiyatga molik ishchilar soniga ega bo`lish, turoperatorlarni byudjetni shakllantiruvchi funksiyalarini bajarilishi uchun nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Bu asosan kam rivojlangan davlatlarda, iqtisodiy tizimlari kam samaraga ega mamlakatlarda, beqaror bank tizimi hukm surayotgan bir vaqtda kuchli investitsiya imkoniyatidan mahrum mintaqalarga xos xususiyatdir. Bir muhim nuqtai-nazarni diqqat e‘tibordan qochirmaslik zarur, ya‘ni turoperatorlar aviyakompaniyalar, transport tashkilotlari, mehmonxona industriyasi korxonalari, ekskursiya firmalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, ko`ngilochar xizmatlarni ko`rsatuvchi tashkilotlarni ish bilan ta‘minlaydi, kelib-ketuvchi turistlar hisobidan foyda olishga imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda ko`pgina mintaqalarni va hatto dunyo davlatlarini turizm sohasini iqtisodiy tizim bilan chambarchas bog`liq ravishda ish yuritiyapti desak mubolag`a bo`lmaydi albatta. Turoperatorni integratsiyalovchi funksiyasi bevosita yoki bilvosita mamlakat tashqi siyosati, uning yo`nalishi, ustivorligini jahon miqiyosida tashqi siyosatda belgilayapti desak xato qilmaymiz. Nafaqat tashqi iqtisodiy aloqalar shaklini o`zida mujassamlashtirish balki xalqaro turizm madaniy, ijtimoiy, ilmiy almashuvlar vositasi hamdirki, o`z navbatida bunday holat diplomatik aloqalardan ham kuchliroq quvvatga egadir. Bir tomondan resipiyent mamlakat barqaror sayyohlar oqimi degani bu valyuta tushumi, ish o`rinlari, aholi bandligini o`sishi, iqtisodiy infratuzilmani rivojlanishidan mahrum bo`lib qolishdan hech bir manfaat topmaydi. Ikkinchi tomondan donor mamlakat o`z fuqorolarini chetga chiqishiga to`sqinlik qilmaydi, bu degani tadbirkorlikni barqaror rivojlanishi, yangi ish o`rinlarini yaratish, barqaror soliq to`lovlari, mamlakat uchun iqtisodiy faollikni yiriklashishidir. Pirovardida qarabsizki ikki mamlakat sayyohlik ayirboshlov faoliyatiga qo`l urgan, ikki tomon ham iqtisodiy hamkorlik rishtalarini hozir etishganlar. Yuqorida ta‘kid etilgan funksiyalaridan tashqari yana bittasi postindustrial iqtisodiy tizimiga oid davlatlar tavsifiga mansublikni ifoda etuvchi operator lobbilik funksiyasidir. Funksiyani bunday nomlanishiga ko`proq siyosiy termin izohlarini ishtiroki sabab bo`lgan. Turoperatorlar haqiqatdan ham iqtisodiyotni hohlagan go`shasida faoliyat yurituvchi korxonalarga o`z ta‘sirini o`tkazish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Ushbu korxonalarni ishlab chiqarish yo`nalishi bo`yicha turoperator lobbisi ta‘minotchi – korxona ya‘ni turistik xizmatlarni taklif etuvchilardir. Turoperatorlarning qarorlari va irodasi nafaqat aviyakompaniyalarni faoliyatida, balki aviyaquruvchi konsernlar va kelajakdagi fraxt xizmatini ko`rsatuvchi kuchlar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Analogik vaziyatga avtotransportlar va temir yo`l korxonalari faoliyati taaluqlidir. Haqiqatni aytish kerakkki turoperator lobbilari faqat postindustrial iqtisodiyotga xos, yuqori daromadli turist potensialini mujassamlashtirgan, yuqori darajadagi raqobatni taqozo etuvchi tizimga xos va mosdir. Shunday qilib, turoperator zamonaviy dunyoda ko`pgina infra va suptuzilmali turistik industriya korxonalariga potinsial mijozlar taklif etishda kafolat ramziga aylandi, bu o`z navbatida uni haqiqiy kuch salohiyatini qulga kiritishga olib keldiki, oxir oqibatda 10 u funksiyalangan tobe korxonalargagina o`z ta‘sirini o`tkazib qolmasdan, boshqa sohalarda ham o`z ustivorlik tomonlarini namoyon eta boshladi. Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o`rni, iqtisodiy tizimga ta‘sirini keng tus ola boshlaganidan tuooperatorlar xususida dunyo davlatlari o`rtasida o`zaro rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan. Birinchi o`rinda turopereytingga oid faoliyat uchun ruxsatnoma, davlat organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi. Talab etiladigan ruxsatnomani (litsenziya) davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga bo`lish mumkin: - mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turoperator ruxsatnomasini (litsenziyani) yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta‘sischilari haqida ma‘lumot, uning tashkiliyhuquqiy shakli, ustav kapitalini o`lchami, ishtirokchi firmasining mulki to`g`risida ma‘lumot; - turizm sohasida tajribaga ega bo`lgan ishchilar guruhining, shtatlarning mavjudligi yoki ma‘lumoti muofiq keladigan, ya‘ni kelajakda sifatli turoperator xizmatlari ko`rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi; - kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar (yuk tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari) mavjudligi. Turoperator tavakkalchilik darajasini hisobga olib operator ishi bilan bog`liq yuk tashuvchilar, konsullik xizmatlari, fors-mojor holatlari va turistlar xuquqlarini buzilishi ehtimollari, ularga ma‘naviy zarar yetkazishlarni hisobga olib jahon turoperator reytingi tomonidan turoperatorlar uchun moliyaviy kafolatlar ishlab chiqilgan. Bu pul ko`rinishida banka depozit sifatida qo`yiladi, u albatta ma‘lum summa qiymati ifodalaydi. Bu chora turizm bozorida kichik va o`rta darajali turoperatorlarni faoliyatini qisqarish va cheklanishga olib keldikim, bu o`z o`rnida yirik turoperatorlarga raqobatda yengillik hosil qiladi. Moliyaviy kafolat naqdligi turoperator uchun kutilmagan muammolarni bartaraf etishda imkoniyat yaratadi, turistlar huquqlarini himoyasini kafolatlaydi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har bir turoperatorning vazifasi kelajakdagi sayohat tadbirini rejalashtirish, vaqtga uyg`unlashtirish, xizmat arzlariga munosib ravishda jadval asosida sayyohlarga sifatli xizmat turini tashkil etishdir. Aniq rejalashtirilgan sayyohlik tadbiri hech qachon kamchiliklar yo`l qo`yilmaydigan xizmat turiga ehtiyoj sezadi. Sayyohlik xizmatlarini obdon rejalashtirish malakali va tajribali turoperatorlarni samarali mehnati tufayli erishiladi. Turizm xizmat bozorida turoperator bir qancha funksiyalarni bajaradi. Jumladan, narxni shakllantirish funksiyasi turoperatorlar uchun muhim ahamiyatga egadir. Har bir turoperatorning imkoniyati narxni shakllanishiga ko`ra bir xil emas. U o`z ob‘ektiv va sub‘ektiv omillariga ega. Eng avvalo bu turoperator ishining hajmiga bog`liq. Doimiy ravishda turistlarni kutib olish, kuzatish xizmatlari, o`z navbatida xususiy charter reyslarini tashkil etishni taqozo etadi, bunday holat esa pirovardida dam olish markazlarida xususiy vakilliklarini ochish, mehmonxona korxonalariga o`z ta‘sirini o`tkazishga olib keladi. Ta‘kid etilgan omillar turistik xizmatlarni narxiga bevosita ta‘sir etadi. O`z-o`zidan ma‘lumki, yirik turistik operatorlar har qanday sharoitda ham turizm bozorida baholarni belgilanishida korcholonlik rolini o`ynaydilar. Bu bozor segmentlarida, VIP – turlarda, ommaviy va yangi raqobatda, narx sharoitlarida yaqqol namoyon bo`ladi. Siljitish funksiyasi, ya‘ni turizm mahsuloti turoperatorning marketing faoliyatini belgilovchi muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Turloyihani maksimal rentabilligini ta‘minlash uchun xususan, yangi yoki modifikatsiyalangan turoperator barcha ma‘lumotlarni har qanday turini yoyilishida manfaat yuzasidan kirishadi (marshrut, transfer mablag`larini taklif etilish, joylashtirish, bo`sh vaqtlarni o`tkazish, narx diapozoni taklifi, reklamalar). Axborotlashtirish funksiyasi zamonaviy turizm operatorlaridan ehtimol tutilgan dalillarni qayta ishlash, siljitish, turoperator realizatsiyasida (masalan, sayohatlarni farqli xususiyatlari, turistik markazlar va taklif etilgan xordiq chiqarish, turistik imkoniyatlari xususiyati, madaniyat va mahalliy aholining vakillari, yodgorlik va muqaddas joylar, kirim-chiqim hujjatlarining rasmiylashtirish jarayoni va boshqalar) kamnoma yoki umuman noma‘lum xabarlar jarayonida namoyon bo`ladi. Bir butun ko`rinishda turistik ma‘lumotlarni ommaboplashtirish yoki alohida olingan turlari bo`yicha turbiznes mutaxasislari o`rtasida keng targ`ibot qilish mumkin, shuningdek, turizmga bevosita ishtirok etuvchilar ya‘ni katalog, buklet, reklama vositalari va iste‘mol omillarini rasmiylashtiruvchi muhitda info sayohatlarni turizm industriyasi ishchilari uchun tashkillashtirishda moslashtirish maqsadga muofiqdir. Turoperatorning novatorlik funksiyasi har qanday tijorat tashkilotini turizm bozorining o`zgaruvchi sharoitlardan kelib chiqib, turmahsulotni yangi xillarini, modifikatsiyalarini ishlab chiqish, yaratishda tinimsiz izlanishlar olib borish, turistlarni maksimal ehtiyoji talablarini qondirish, agent tarmog`ida ko`pqirrali o`zgarishlarga moyil savdo-sodiq ishlarini tashkil etishda ko`zda tashlanadi. 9 Yangi turmahsulot bozor segmentini ehtiyojlarini ifodalabgina qolmasdan, o`z modifikatsiyasidan kelib chiqqan holda uning sifatigina turoperatorga kelajakda shiddatli bozor raqobatida o`z mavqeini saqlab qolishda asosiy tanyanch nuqta hisoblanadi. Har qanday sharoitda operatorni mijoz uchun kurash ham eniga va bo`yiga kengayib borish manfaati bilan muofiqlashadigan (bir turistik yo`nalishda sayohat xiliga ko`ra) turizm to`plamni maydonga chiqaradi. Yirik pul mablag`i aylanmalari, muhim ahamiyatga molik ishchilar soniga ega bo`lish, turoperatorlarni byudjetni shakllantiruvchi funksiyalarini bajarilishi uchun nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Bu asosan kam rivojlangan davlatlarda, iqtisodiy tizimlari kam samaraga ega mamlakatlarda, beqaror bank tizimi hukm surayotgan bir vaqtda kuchli investitsiya imkoniyatidan mahrum mintaqalarga xos xususiyatdir. Bir muhim nuqtai-nazarni diqqat e‘tibordan qochirmaslik zarur, ya‘ni turoperatorlar aviyakompaniyalar, transport tashkilotlari, mehmonxona industriyasi korxonalari, ekskursiya firmalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, ko`ngilochar xizmatlarni ko`rsatuvchi tashkilotlarni ish bilan ta‘minlaydi, kelib-ketuvchi turistlar hisobidan foyda olishga imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda ko`pgina mintaqalarni va hatto dunyo davlatlarini turizm sohasini iqtisodiy tizim bilan chambarchas bog`liq ravishda ish yuritiyapti desak mubolag`a bo`lmaydi albatta. Turoperatorni integratsiyalovchi funksiyasi bevosita yoki bilvosita mamlakat tashqi siyosati, uning yo`nalishi, ustivorligini jahon miqiyosida tashqi siyosatda belgilayapti desak xato qilmaymiz. Nafaqat tashqi iqtisodiy aloqalar shaklini o`zida mujassamlashtirish balki xalqaro turizm madaniy, ijtimoiy, ilmiy almashuvlar vositasi hamdirki, o`z navbatida bunday holat diplomatik aloqalardan ham kuchliroq quvvatga egadir. Bir tomondan resipiyent mamlakat barqaror sayyohlar oqimi degani bu valyuta tushumi, ish o`rinlari, aholi bandligini o`sishi, iqtisodiy infratuzilmani rivojlanishidan mahrum bo`lib qolishdan hech bir manfaat topmaydi. Ikkinchi tomondan donor mamlakat o`z fuqorolarini chetga chiqishiga to`sqinlik qilmaydi, bu degani tadbirkorlikni barqaror rivojlanishi, yangi ish o`rinlarini yaratish, barqaror soliq to`lovlari, mamlakat uchun iqtisodiy faollikni yiriklashishidir. Pirovardida qarabsizki ikki mamlakat sayyohlik ayirboshlov faoliyatiga qo`l urgan, ikki tomon ham iqtisodiy hamkorlik rishtalarini hozir etishganlar. Yuqorida ta‘kid etilgan funksiyalaridan tashqari yana bittasi postindustrial iqtisodiy tizimiga oid davlatlar tavsifiga mansublikni ifoda etuvchi operator lobbilik funksiyasidir. Funksiyani bunday nomlanishiga ko`proq siyosiy termin izohlarini ishtiroki sabab bo`lgan. Turoperatorlar haqiqatdan ham iqtisodiyotni hohlagan go`shasida faoliyat yurituvchi korxonalarga o`z ta‘sirini o`tkazish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Ushbu korxonalarni ishlab chiqarish yo`nalishi bo`yicha turoperator lobbisi ta‘minotchi – korxona ya‘ni turistik xizmatlarni taklif etuvchilardir. Turoperatorlarning qarorlari va irodasi nafaqat aviyakompaniyalarni faoliyatida, balki aviyaquruvchi konsernlar va kelajakdagi fraxt xizmatini ko`rsatuvchi kuchlar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Analogik vaziyatga avtotransportlar va temir yo`l korxonalari faoliyati taaluqlidir. Haqiqatni aytish kerakkki turoperator lobbilari faqat postindustrial iqtisodiyotga xos, yuqori daromadli turist potensialini mujassamlashtirgan, yuqori darajadagi raqobatni taqozo etuvchi tizimga xos va mosdir. Shunday qilib, turoperator zamonaviy dunyoda ko`pgina infra va suptuzilmali turistik industriya korxonalariga potinsial mijozlar taklif etishda kafolat ramziga aylandi, bu o`z navbatida uni haqiqiy kuch salohiyatini qulga kiritishga olib keldiki, oxir oqibatda 10 u funksiyalangan tobe korxonalargagina o`z ta‘sirini o`tkazib qolmasdan, boshqa sohalarda ham o`z ustivorlik tomonlarini namoyon eta boshladi. Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o`rni, iqtisodiy tizimga ta‘sirini keng tus ola boshlaganidan tuooperatorlar xususida dunyo davlatlari o`rtasida o`zaro rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan. Birinchi o`rinda turopereytingga oid faoliyat uchun ruxsatnoma, davlat organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi. Talab etiladigan ruxsatnomani (litsenziya) davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga bo`lish mumkin: - mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turoperator ruxsatnomasini (litsenziyani) yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta‘sischilari haqida ma‘lumot, uning tashkiliyhuquqiy shakli, ustav kapitalini o`lchami, ishtirokchi firmasining mulki to`g`risida ma‘lumot; - turizm sohasida tajribaga ega bo`lgan ishchilar guruhining, shtatlarning mavjudligi yoki ma‘lumoti muofiq keladigan, ya‘ni kelajakda sifatli turoperator xizmatlari ko`rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi; - kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar (yuk tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari) mavjudligi. Turoperator tavakkalchilik darajasini hisobga olib operator ishi bilan bog`liq yuk tashuvchilar, konsullik xizmatlari, fors-mojor holatlari va turistlar xuquqlarini buzilishi ehtimollari, ularga ma‘naviy zarar yetkazishlarni hisobga olib jahon turoperator reytingi tomonidan turoperatorlar uchun moliyaviy kafolatlar ishlab chiqilgan. Bu pul ko`rinishida banka depozit sifatida qo`yiladi, u albatta ma‘lum summa qiymati ifodalaydi. Bu chora turizm bozorida kichik va o`rta darajali turoperatorlarni faoliyatini qisqarish va cheklanishga olib keldikim, bu o`z o`rnida yirik turoperatorlarga raqobatda yengillik hosil qiladi. Moliyaviy kafolat naqdligi turoperator uchun kutilmagan muammolarni bartaraf etishda imkoniyat yaratadi, turistlar huquqlarini himoyasini kafolatlaydi.
    Turoperatorning asosiy funksiyalari.
    Turoperator firmada asosiy funksiyalar va ularni ketma – ket bajarilishi o`z yurtdoshlarini xorijga safarini tashkil qilishda namoyon bo`ladi. Belgilangan funksiyaga muvofiq turistlarning xorijga safarini tashkil etish texnologiyasi bosqichma-bosqich qo`llanadi. Ana shu bosqichlarni tavsiflaymiz: 1.Turistik safarni umumiy rejalashtirish, yo`nalishni tanlash (tashrif buyuriladigan mamlakat), turizm turlari, turizmning sonli hajmi, safar davomiyligi va taxminiy sanasi, narx darajasiga yaqinroq xizmatlar to`plami va klassikligi. Bu ko`rsatkichlar bozor konyuturasi, maqsadli bozor potensialini baholash va turistik talablarni sigmentlash tahlili asosida aniqlanadi. Bunda yana turoperatorning moliyaviy, moddiy-texnik, odamlar va ma‘muriy resurslari hisobga olinishi kerak. 2.Tegishli mamlakat (mamlakatlar)da mahalliy turoperatorlar bilan ular orqali turistlarga xizmat ko`rsatish va qabulni tashkil qilish bo`yicha hamkorlik o`rnatish. Ular bilan qabul va xizmat ko`rsatish aniq shartlari kelishib olinadi:  qabul qilinadigan turistlarning umumiy soni, guruhlar soni va ularning son jihatdan tarkibi;  guruh jo`nab ketish va yetib kelish sanasi;  marshrutlar va dasturlar (turistlarning sayohat kunlari bo`yicha);  ko`rsatiladigan xizmatlar paketi (joylashtirish, ovqatlanish, uchrashuv va kuzatuv, ekskursiya va boshq.), ularning miqdori va sifatiy harakteristikasi;  xizmat paketi bahosi;  xorijiy tomon majburiyatlari, viza olishga yordamlashish, hisob- kitob shartlari, safarni bronlash va bekor qilish, sotilgan xizmatlarni bekamiko`st bajarilishiga javobgarlik, reklamatsiya tartibi va boshqa mavjud shartlar. 3.Xorijiy mamlakatda turistlarga xizmat ko`rsatish shartlarini kelishib olish bilan birga turoperator milliy yoki xorijiy tashuvchilar bilan guruhlarni yoki individual turistlarni xalqaro tashish uchun zarur o`rinlar bronlashtiradi. 4.Shunday tarzda shakllangan turmahsulot (mahsulotlar)ni turoperator barcha vositalar imkoniyati bilan chiqish turizmning milliy bozoriga chiqarish choralarini ko`radi. Shu maqsadda o`z moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, u imkoni bo`lgan potensial haridorlar barcha kommunikatsiya vositalaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalarida reklama sotilishni rag`batlanitirish, jamoatchilik bilan aloqa, bevosita marketing, taklif qilinayotgan turmahsulotga potensial haridor chorlashda reklama ta‘sirchanligiga erishish muhim. 5. Bir vaqtning o`zida turoperator o`z turlarini vatandosh turistlarga sotish tizimini yaratish chora-tadbirlarini ko`rishi kerak. Sotish hududi masshtabi va bozor talabini sigmentlashga bog`liq holda ko`p yoki kam sonda xususiy va tobe bo`lmagan chakana turagentliklaridan foydalaniladi. Turoperator vazifasi – o`z sotish tarmog`i ishini faol ishlashga rag`batlantirish, sharoit yaratish va o`z turlarining sotilishi ustidan doimiy nazoratni ushlab turish. Turistik safarlarni tashkil qilishning yakuniy bosqichi turistlar bilan ishlash. U quyidagilardan iborat: 12 1) Haridorlarga taklif qilinadigan safar chog`ida taqdim etilgan turlar haqida to`liq axborotlar, xorijga sayohatni turistik tashkil qilish shartlari va turfirmaning o`zi haqida ma‘lumotlar. Bu axborotlar haridorga u aniq turni sotib olishga qaror qilgunicha taqdim etiladi. Bunday axborotlar oddiy ommaviy axborot kanallari yoki haridorlarga turlarni sotuvchi turfirma xodimlari orqali yozma yoki og`zaki tarzda yetkaziladi; 2) Haridordan aniq turga buyurtma olingach, sotishni tasdiqlash undan turhujjatlarni rasmiylashtirish uchun to`lov olinadi. Ko`p hollarda bu funksiyani turagent bajaradi u turoperator bilan turlarning chakana sotilishi bilan shug`ullanishga kelishib olgan bo`ladi. Turist qo`liga har ikki tomon imzolagan turning oldi-sotdi shartnomasi bir nusxasini, tur-1 shaklidagi yo`llanmani, dasturlar, marshrut varaqasi (ichki turizm uchun), xalqaro uchastka safar uchun transport hujjatlarini, qabul qiluvchi firma uchun vaucher, sug`urta shartnomasi va sug`urta polisi, tanlangan mamlakatga sayohat xususiyatlari haqidagi eslatmani oladi. Turoperator turistning xorijga chiqish vizasi bilan bog`liq masalalarni xorijiy konsullik bilan hal etish, rasmiylashtirishni zimmasiga oladi. 3) Turistga sotilgan xizmatlarni turist xorijga jo`nab ketgan payt (moment)dan boshlab kam-ko`stsiz bajarilish uchun nazorat o`rnatadi. Bu maqsadda turoperator turistlar berayotgan mamlakatdagi o`zining vaqtinchalik vakilidan foydalanishi mumkin. Uning vazifasiga turistlar tomonidan sotib olingan xizmatlarni o`z vaqtida kamchiliksiz bajarilishi, xorij tomonidan yo`l qo`yilgan nuqsonlarni tezda bartaraf etishni ta‘minlash kiradi. Ko`zda tutilmagan vaziyatlar vujudga kelsa turistga yordam ko`rsatadi. Xuddi shunday funksiyani turistlar guruhini xorijga turmarkazlarga kuzatib boradigan, u yerda mavsumiy vakillari bo`lmagan turfirmalar xodimlari ham bajaradi. Mavsumiy vakillar va kuzatuvchi guruh qabul qiluvchi tomondan turistik xizmat ko`rsatilishida ruy beradigan qoida buzilishlari haqida firmalari rahbarlariga xabar qilishadi, bu ishga doir muzokaralar chog`ida prinsipial baholanadi. 4) reklamatsiya ishlari, bundan ko`zda tutilgan maqsadga erishishda yo`l qo`yilgan kamchilik yuzasidan turistlarning da‘volari va shikoyatlarni tartibga solish. Milliy turoperator vazifasi shundan iboratki, shikoyatlarni nisbatan oddiy yo`llar bilan ko`rib chiqadi, zarur bo`lganda turistga yetkazilgan moddiy zararni undirib beradi. Turoperator vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. Potensial turistlarning turlar va turistik dasturlarga bo`lgan talablarini o`rganish. 2.Prespektiv xizmat ko`rsatish dasturlari, turlarni tuzish va ularning turistlar talablariga mos kelishini aniqlash maqsadida bozorda aprobatsiyadan o`tkazish. 3.Turlarga shartnoma asosida xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan quyidagicha hamkorlik qilish:
     mehmonxonalardan turistlarga yashash uchun joy berishda;
     ovqatlantirish korxonalari bilan turistlarga ovqatlantirish xizmatini ko`rsatishda;
     transport korxonasi, firmasi va kompaniyalari bilan - turistlarga  transport xizmatini ko`rsatishda;
     ekskursion firmalar, muzeylar, ko`rgazmalar zallari, parklar va boshqa joylarda turistlarga ekskursion xizmatlarni ko`rsatishda;
     turli maishiy xizmatlar ko`rsatuvchi firmalar bilan turistlarga tegishli xizmatlarni ko`rsatishlarida;
     sport inshootlari ma‘muriyati bilan turistlarning sport inshootlaridan foydalana olishlarida;
     shou, kino, video, teatr korxonalari menejerlari bilan turistlarning u yerlarga borishlarida; 13
     qo`riqxonalar, bog`-xiyobonlar, ov va baliqchilik xo`jaliklari direksiyasi bilan u joylarda turistlar dam olishini va ularga xizmat ko`rsatilishini ta‘minlashda. 4.Tur, transtur qiymatini hisoblash va bozor holatini hisobga olgan holda narxlarni aniqlash. Turli tarkib klassi bo`yicha, turlar komplektatsiyasi bo`yicha o`z xizmatlariga narx va tariflarni belgilash. 5.Tur yo`nalishi bo`yicha sayohat qilayotgan turistlarni barcha zarur reklamasuvenir harakteridagi materiallar, maxsus anjom va inventarlar bilan ta‘minlash. 6.Yo`nalishda turistlar bilan aloqada bo`ladigan vazifalarni bajaradigan kadrlarni tanlash, tayyorlash va belgilash, xizmat ko`rsatish dasturlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish (gid-ekskursovodlar, instruktorlar, animatorlar, metodistlar va boshqalarni). 7.Iste‘molchilarga o`z turistik mahsulotini yetkazish uchun reklama-informatsion faoliyat. 8.Turagentlik tizimi orqali iste‘molchilarga turlarni yetkazish va sotish. 9.Xizmat ko`rsatishning sifati va ishonchliligini nazorat qilish. 10.Xizmat ko`rsatish jarayonida turistlar bilan doimiy tezkor aloqa, paydo bo`ladigan muammolarni hal qilish. Turoperator turizm bozorida xizmatlar ishlab chiqaruvchilar va ulaming iste‘molchilari (turistlar) orasidagi pozitsiyani egallaydi. Uning vazifasi alohida ishlab chiqaruvchilar xizmatlarini, ham asosiy xizmatlar, ham qo`shimcha xizmatlar sifatidagi turmahsulotni kompleks ko`rinishida iste‘molchilarga yetkazib berishdan iboratdir.
    Asosiy funksiyalar va ularni ketma-ket bajarilishi xorijiy turistlarni qabul qilish bo`yicha turoperatordan o`z mamlakatida quyidagi sxemada amalga oshiriladi. Turistlarni qabul qilish bo`yicha belgilangan funksiyalariga muvofiq turperator tanlagan xorijlik turistlar safarini qabul qilishni tashkil etish texnologiyasi quyidagilarni o`z ichiga oladi. 1.Umumiy rejalashtirish: xorijiy turistik bozorni tanlash va safarga talabni baholash (turistlar soni, sayohatdan-maqsad, turizm mavsumi va boshq.). Bu ko`rsatkichlar xorijiy turistik bozorlar kon‘yukturasini o`rganish asosida aniqlanadi. Marshrutlar, dasturlar, xizmatlar paketi klassligi va tarkibini rejalashtirishda qabul qiluvchi firmalar odamlar va moliyaviy, moddiy texnik resurslarini hisobga olish zarur. Eng avvalo ularni mehmonxonada transportda, ob‘ektlarni ko`rsatishda zarur xizmatlarni ta‘minlay olish imkoniyatlari hisobga olinadi. 2. Mahalliy turoperator tomonidan turistik mahsulotni ular hali ham xorijiy turistik bozorda sotish va harakatni tashkil etish maqsadida xorijiy mamlakat (mamlakatlar) bilan hamkorlik o`rnatish. Ular bilan xorijlik turistlarni qabul qilish va xizmat ko`rsatishning aniq shartlarini kelishib olish, jumladan:
     xorijiy turistlarning umumiy soni, guruhlar soni, ulardagi son tarkibi:
     guruhlarning kelish va qaytish sanasi, xalqaro transport turi;
     xorijiy turistlarning sayohat marshrutlari va dasturlari (kunlar bo`yicha);
     taqdim etiladigan xizmatlar paketi, ularning miqdoriy va sifatiy tarkibi;
     xizmatlar paketi narxi;
     vizaviy qo`llab-quvvatlash majburiyati, hisob-kitob sharti, turlarni bronlashtirish va bekor qilish, xizmat ko`rsatish, reklamatsiya va boshqa mavjud shartlar bajarilishi uchun javobgarlik. 14 3. Qabul qilish bo`yicha turoperatorning xorijiy tomon bilan tur shartlarini kelishib olishi bilan parallel ravishda turistik xizmat yetkazib beruvchilar bilan ham xizmat ko`rsatish yuzasidan qat‘iy shartlashib olinadi. Shu maqsadda turfirma zarur xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan tegishli shartnoma tuzadilar. Bunday shartnomalar tuzilayotganda yetkazib beruvchining barcha javobgarliklari – bekamu ko`st xizmat ko`rsatish, xorijiy turistga yetkazilgan zarar, sog`ligi, hayoti va mulki, daxlsizligi uchun javob berajagi to`g`risida kelishib olinadi. Qabul qilish bo`yicha turoperator ayniqsa xorijiy turistlarga ekskursiya xizmati ko`rsatish uchun gid-tarjimonlarni taklif etishda e‘tiborli bo`lishi lozim. Gidlar xorijiy tilni yaxshi egallagan, ko`rsatiladigan ob‘ektlar, mazkur mamlakat hayoti, tarixi haqida mukammal axborotga, bilimga ega bo`lishlari zarur. Ular xorijiy turistlar bilan ishonchli aloqaga kirishadigan, yuksak madaniyatli suhbatdan fazilatiga ega bo`lishlari kerak. 4.Qabul qilish bo`yicha mazkur mamlakat turpoperatori xorij bozoriga turlarni sotish reklama kompaniyasini o`tkazish boshlanishi bilan sotish ustidan nazorat o`rnatish kerak. Bu maqsadda xorijiy turoperator mazkur mamlakat har bir guruh bo`yicha bronlashtirilgan turning sotilishi (progrecc repot) haqida muntazam axborot berishni o`z zimmasiga oladi. Tomonlar shuningdek har bir bronlashtirilgan turistlar uchun vizaviy qo`llab-quvvatlashni o`z vaqtida ta‘minlashlari lozim.
    Xorijiy turistlar yetib kelishi arafasida turoperator xorijlik sheriklariga avans to`lovlari tushganini o`z vaqtida tekshirib ko`rishga mashhur. Bir vaqtning o`zida korxonani xorijiy turistlarni qabul – qilish va xizmat ko`rsatishga tayyorligi tekshiriladi, turistlarni mehmonxonaga kelish vaqti, ularning oxirgi soni, bir yoki ikki xonali nomerlarga familiyalar bo`yicha bronlashtirish (rooming list), ovqatlantirish vaqti, menyu, avto transport berish, uchrashuv va kuzatuv, ekskursiya, muzey, teatr va boshqalarga bilet borligi kabilar haqidagi axborotlar aniqlanadi. 6.Yetkazib beruvchilar bilan xizmat ko`rsatish yuzasidan kelishilgan shartlarga amal qilinishi milliy turoperator tomonidan nazoratga olinishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda turfirma o`zining ma‘sul xodimini tayinlaydi. U xorijiy turistlarga qanday xizmat ko`rsatilayotganini kuzatadi. Agar kamchilik yuz bersa darhol tuzatish va yetkazilgan zararni to`latishga harakat qiladi. Xalqaro turizmda qabul qilingan adolatlarga muvofiq xorijiy turistlarning katta qismi xorijiy turfirmalar xodimlari kuzatuvida (tour leader) sayohat qiladilar. Ularni vazifasiga xizmat ko`rsatish sifatini nazorat qilish va turistik guruh a‘zolariga vujudga kelgan muammolarni hal etishda yordam ko`rsatish kiradi. Shartnoma shartlari bo`yicha turfirmalar o`zlarining xorijiy sheriklari bilan bunday kuzatuvchilarni bepul qabul qilishga to`g`ri keladi. Shunga qaramasdan, u xorijiy kuzatuvchilar bilan hamkorlikdan manfaatdor bo`lishi kerak, qaysikim xorijiy turistlar turfirmalar har qanday lavozimdagi shaxsga nisbatan ko`proq ishonishadi. Xorijiy turistlar sayohati oxirida turfirma tursafar ishtirokchilariga anketa so`rovlari o`tkazishni tavsiya etadi. Javoblar mazkur mamlakat Rossiya turfirmalariga ularning ishi sifatiga ob‘ektiv baho berish va bu bahodan o`zining kelgusidagi turmahsulotlarini yaxshilashda foydalanish imkonini beradi. Xorijiy turistlar tomonidan xizmat ko`rsatishni tashkil etishda bildirilgan shikoyatlar darhol inobatga olinib, tekshirib ko`riladi va zarur bo`lsa yetkazilgan zarar to`lanadi.
    Turizm bozorining funksiyalari va tarkibi.
    Turistik bozor - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta‘minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste‘molchisi o`rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi. Har bir turmahsulot ishlab chiqaruvchisi va iste‘molchisi o`rtasida bir-biriga mos tushmaydigan iqtisodiy manfatlar bo`ladi. Ularning bir-biriga mos kelishi oqibatida esa turmahsulotni sotish va sotib olish jarayoni vujudga keladi. Bozorda o`ziga xos bir xususiyat bo`lib, bu ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi qiziqishlarining kelishuvidir. Bozorda markaziy holatni iste‘molchi yaratadi. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o`z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi Turistik bozor murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to`g`ridan-to`g`ri emas, balki o`rtadagi dallol orqali (xo`jalik sub‘ekti-turoperator-turagent-iste‘molchi) sotiladi. Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e‘tiborga olish kerak:-ya‘ni ko`rsatib o`tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi (masalan, mexmonxona, turistlarni qabul qilish joyi yoki turoperatorlarda). Turistik bozor ma‘lum bir o`ziga xos joy yoki geografik hudud bilan chegaralanmagan. Shuning uchun turistik mahsulotning oldi-sotdi ishlari sotuvchi va haridorlarni jalb qilmagan holda -teleks, telegramma, faks, telefon, aniq hisob-kitob orqali amalga oshirilishi mumkin. Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali faoliyat yuritadi :  erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o`z maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yo ki minimal harajat bilan mahsulotni sotib olish ) ga intiladilar;  ko`rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va xavfsizligi bo`yicha asosiy qoidalarning borligi;  iste‘molchining erkin xolatda tanlay olish imkoni; Zamonaviy turistik bozor quyidagi o`ziga xos bo`lgan funksiyalarni bajaradi: 1.Turistik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati funksiyasi. Bu turistik mahsulot va o`zaro pul almashuvida ayon bo`luvchi qiymat harakatini bildiradi. Buning natijasida jamiyat takror ishlab chiqarishning normal yo`nalishi ta‘minlanadi, turizmni rivojlantirish uchun pul mablag`i paydo bo`ladi va yig`iladi. 2.Iste’molchi (turist)ga turistik mahsulotni yetkazib berish jarayonini tashkillashtirish funksiyasi. Turist o`z mablag`ini turistik mahsulotga sarf qilgan holda o`zining moddiy va ma‘naviy ehtiyojini qondiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki-turistik bozor ishchi kuchining harajatini qoplagan xolda jamoaning asosiy ishlab chiqarish kuchini qayta tiklaydi. 17 3.Mehnatga moddiy manfatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish funksiyasi.Taqsimlash bozoridagi o`zaro pul va turistik mahsulotni taqsimlash jarayonining tugalangan shaklidan iborat. Turistik bozor o`ziga xos xususiyatlariga ega: 1.Turistik xizmatlarning sezilmasligi. Bunda qilingan daraja va sifatning kafolati, mahsulotning ishonchligi, shuningdek turning iste‘molchilik xususiyatlari xaqida mukammal egadir. 2.Turistik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni iste’moli orasida vaqt uzilishi bo‘ladi, shuning uchun turmahsulotni taklif qilish kanallarining (mahsulotni sotuvchi) aniqligi va ishonarligi o`ta muhimdir. 3.Turistik talabga mavsumiy almashuvlar va turistik oqimning shakli ta’sir qiladi. Ushbu salbiy xodisalarning oldini olish uchun narx-navoni differesiallash (xizmat ko`rsatuv elementlari bo`yicha mavsumga qarab), shuningdek turistlarni yetkazib berish xajmini muvozanatlash orqali erishish mumkin. 4.Mahsulot sifati ko‘p xollarda aniq ijrochilarga bog‘liq, shuning uchun turistik korxonalar ichidagi menejment doimo rivojlanishi lozim. 5.Turistik bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy tarqoqlik mavjud, shuning uchun o`zoqlashgan hamkorlar bilan tezkor aloqalar o`rnatish muhim hisoblanadi. Turistik talab deganda - to`lash imkoniyatiga ega bo`lgan axolining turmahsulotga bo`lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi. Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya‘ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo`lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo`lishi tushuniladi. Bu holatda takliflar ishlab chiqarish bilan bir xil bo`lmagan xolda undan soni jixatidan farq qiladi. Aniq bir turistik mahsulot (marshrut)ning taklif qilinadigan soni bozordagidan yuqori bo`lishi mumkin. Turistik mahsulotga bo`lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistik resurslar xajmiga bog`liq (shakllanadi) bo`ladi. Talab va taklif o`rtasida o`zaro bog`liqlik bo`ladi: talab faqatgina taklifni yuzaga keltirmaydi, bundan tashqari taklif aniq bir tarzda talabga ta‘sir ko`rsatadi. Masalan: turistik xizmatga bog`liq bo`lgan talab xajmi unga bo`lgan narx ko`tarilganda ortib boradi, narx tushsa takliflar soni ham kamayadi. Turistik bozorda turistning xizmatga bo`lgan talabi uchun pul vositasining almashinuvi sodir bo`ladi. Muvofiqlashtirilgan xolatdagi almashinuvda bir tomondan turistik mahsulot ikkinchi tomondan esa turistik industriyaning kirib kelishi uchun sharoit yaratiladi.

    Turagentlik xizmatlarini tashkil etishda axborot texnologiyalari


    Ko`p hollarda joriy bron qilish shartlari asosida turagent turoperator tomonidan rejalashtirilgan turlarning sotilishi uchun hech qanday tijoriy majburiyatlarni o`z zimmasiga olmaydi. Bu holda barcha xavf turoperator zimmasida bo`ladi. Agar majburiy sotishlar kvotasi joriy etilmagan bo`lsa, turagent faolligi faqat uning o`zining moddiy manfaatdorligi bilan taqiqlanadi (qancha ko`p tur sotsa, shuncha ko`p foyda oladi). Turagentlar uchun qo`shimcha rag`batlantirish bo`lib, ko`p hollarda komissionlarning o`sib borish shartlari xizmat qiladi. Masalan, turagent birinchi sotilgan 10 ta yo`llanma uchun 5% miqdorida komissionga ega bo`lsa, keyingi sotilgan 20 ta yo`llanma uchun komission miqdori 7% ga oshadi. Agar 30 ta yo`llanma sotilgan bo`lsa, keyingi har bir sotilgan tur uchun komissiya miqdori tur qiymatining 10% ni tashkil etadi. Agentlik bitimini imzolashdan oldin uning qatnashchilari o`z hamkorlarining ishonchliligiga ishonch hosil qilishlari uchun, ularni o`rganishlari kerak. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, turagent, o`z subagentlaridan yoki bevosita mijozlarning o`zidan pulni yig`ib olib, g`oyib bo`lishi mumkin bo`lgan "soxta" turoperatorga uchrab qolishi mumkin. Yoki aksincha, turagent turoperatorning yuqori imidjidan foydalanib, o`z mijozlaridan pulni yig`ib oladilar va g`oyib bo`ladilar va shu bilan birga ularni turoperator bilan o`zlari muhokama qilib olishlariga majbur qiladilar. Shunday hollarni oldini olish maqsadida agentlik bitimining har bir qatnashchisi zarur chora-tadbirlar qabul qilishi lozim. Hamkor turistik korxonaning mazkur faoliyat bilan shug`ullanish uchun litsenziyasining mavjudligini tekshirish zarur. Shuningdek, tijorat xavfi sug`urtasi masalasini ham kun tartibiga qo`yish mumkin. Shartnomaning aniq shartlarini va sug`urtasining ushbu ko`rinishi bo`yicha sug`urta qoplamasi summasi individual holda kelishiladi, chunki bu firma ishlaydigan mamlakat, sotishlar hajmi kabi omillarga bog`liq bo`lishi mumkin. Har qanday holda ham professional mas‘uliyatlarni sug`urta qilish nafaqat firmaning o`ziga foydali, balki turfirma ishonchliligining yana bir dalili bo`lib xizmat qiladi. Xalqaro va mamlakatimiz qonunchiligi jiddiy ravishda turoperator va turagentning iste‘molchilar oldidagi majburiyatlari uchun kafolat beradilar va tartibga solib turadilar. Turoperator va turagentlarni sertifikatsiyalashning yangi shartlari nomlari keltirilgan tashkilotlarning turistlar oldidagi majburiyatlari va javobgarliklarining aniq ajratilishini nazarda tutadi. Turmahsulotning vositachi tashkilotlar orqali sotish tizimi sotish kanallari deb ataladi. Ba‘zi bunday firmalar nisbatan kichik turoperatorlar tomonidan yaratilgan va sotish uchun taklif etilgan inklyuziv va pekidj turlarni sotishga maxsuslashgan bo`ladilar. Odatda ulgurji-turoperatorlar kichik dilerlardan tashkil topgan o`z tarmoqlarini shakllantiradilar. Turlarni sotish bo`yicha kichik mahalliy agentliklar qancha ko`p bo`lsa, potensial turistga tur haqida ma‘lumot yetkazish va turmahsulotning samarali sotilishini 108 tashkil qilish imkoniyatlari shunchalik ko`p bo`ladi. Xalqaro statistika ma‘lumotlariga ko`ra, turmahsulotlarning 80% dan ortig`ini aynan kichik agentliklar sotadilar Harakteri bo`yicha turistik firmalar chakana va ulgurji firmalarga bo`linadilar. Chakana savdo bilan shug`ulanadigan agentlar - bular, qoida bo`yicha, uncha sezilarli bo`lmagan kapital va cheklangan bozorga ega bo`lgan vositachi tashkilotlardir. Vositachi bo`la turib, ular yirik turistik va avtotransport kompaniyalari siyosatiga bog`liq faoliyat yuritadilar. Va bozorda muhim rol o`ynaydilar, chunki turistik safarlarning sezilarli qismi aynan ular orqali sotiladi Turizm rivojlangan mamlakatlardagi turagentliklar tajribalari shuni ko`rsaladiki turagentliklarning optimal soni fuqarolar soniga hisoblanganda, har 10000 kishiga bir turistik agentlik to`g`ri kelishi optimal hisoblanadi. Chakana turistik firmalalar turistik xizmat ko`rsatish va transport korxonalari xizmatlarini sotib oladigan mijozlar bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqalar asosida ishlaydilar. Ulgurji turistik firmalar - standart (yoki seriyali) inklyuziv yoki pekidj turlarni sotish bo`yicha yirik masshtabli operatsiyalar o`tkazadigan yirik turoperatorlar hisoblanadilar. Turistik xizmatlarning ulgurji savdosi qayta sotish maqsadida xizmatlari sotib olish bilan bog`liq har qanday faoliyatlar tushuniladi. Turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda ulgurji turoperatorlar tutgan o`rni alohida ahamiyatga ega. Mohiyatan ular tashkil qilingan turizmning, shu jumladan xalqaro turizmning ham asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadilar. Ulgurji firmalar o`z ishlariga reklama, ijara, savdo zallari, personallarga to`lovlar, aylanma mablag`larni shakllantirish kabi harajatlar bilan aniqlanadigan sezilarli darajadagi katta kapital qo`yishlariga to`g`ri keladi. Amaliyotda ulgurji firma va chakana firmalr orasidagi farqlarini aniqlash qiyin bo`ladi, chunki har ikkalasi ham ulgurji, ham chakana operatsiyalarni bajarishlari mumkin. Alohida hollarda wholesalar faqat ma‘lum xizmatlar ko`rinishiga maxsuslashishi mumkin, masalan, mehmonxona zanjirlari yoki transport korxonalariga xizmat ko`rsatish. Nisbatan ravshanroq misol qilib, fransuz firmasi «Feniks»ning, Moskvadagi turistik agentliklarga Parij va Londonda ko`rsatiladigan mehmonxona xizmatlarini sotish bilan shug`ullanishini olishimiz mumkin. Agent turmahsulot realizatsiyasi jarayonidagi qatnashchilari zanjirida oxirgi va muhim zvenodir. U ko`pincha to`g`ridan-to`g`ri sotish usuli bo`yicha ishlaydi va mijozlarni ko`p hollarda tavsiyalar bo`yicha, ishda, uyda jamaot idoralarida o`z qarindoshlari, tanishlari orasidan topadi. Oxirgi yillarda turmahsulot sotish tizimi ikki ommaviy shaklga ega bo`ldi: an’anaviy va noan’anaviy. Turistik xizmatlarning sotishning an‘anaviy shakllariga bu faoliyat ularning hayotiyligini ta‘minlaydigan va asosiy hisoblanadigan ko`p sonli turfirmalar kiradi.Statistika ko`rsatishicha, bu xorijda turizm sohasidagi nisbatan keng tarqalgan tadbirkorlik strukturalaridan biri hisoblanadi. AQShda 30 mingdan ortiq bunday firmalar hisoblangan. Turistik firmalarning bunday ko`p sonli miqdorida ularning funksional, tarkibiy, tijoriy harakteristikalarida katta farqlarni kuzatish mumkin. Turistik xizmatlarni sotishning noan‘anaviy shakllari turizm bilan bog`liq bo`lmagan tarmoqlarda yuzaga keladi va aktiv faoliyat ko`rsatmoqda. Xalqaro turizmning tez sur‘atlarda rivojlanishi yirik noturistik kompaniyalaniing o`z kapitallarini turizm industriyasiga qo`yishga undamoqda. Bugungi kunda yirik aviakompaniyalar, 109 banklar, sug`urta jamg`armalari, savdo uylari va universal magazinlar bizneslarining sezilarli qismini tashkil etadigan turistik sayohatlar sotish bo`yicha o`z filiallarini ochishlari odatiy hol bo`lib qolgan. Bu kabi kompaniyalarning an‘anaviy turistik firmalar bilan raqobat ko`rashidagi asosiy ustunlik tomoni ularda o`zlarining ko`p sonli sotish punktlari yoki filiallari, bron qilish va rezervatsiya tizimlarining mavjud bo`lishidir. Aviakompaniyalar, qoida bo`yicha, chiptalar sotish bo`yicha ko`p sonli kassalarda, tashqi tizimlar bilan ulangan o`z bron qilish tizimlariga ega bo`ladilar. Banklar hatto o`z mijozlariga xizmat ko`rsatadigan ko`p sonli bo`lim va filiallariga ega bo`ladilar. Sug`urta jamg`armalarida esa sug`urta agentlarining "armiyasi" faoliyat yuritadilar Savdo uylar ishbilarmonlar va biznesmenlarga ularning ishlari bilan bog`liq turistik xizmatlarni taklif qiladilar. Universal magazinlarda tashrif buyuruvchilar o`zlari istagan turistik yo`nalishlarni kataloglar bo`yicha tanlashlari va sotib olishlari mumkin bo`lgan maxsus seksiyalar (bo`limlar) tashkil etiladi. Sotishning noan‘anaviy shakllaridan biri korporativ mijozlarga to`g`ridan-to`g`ri sotish hisoblanadi. Sotishning bunday shaklidan tashkilotlar, idoralar, jamoalar, maktablar, kollejlar kabi muassasalarning xodimlaridan tashkil topgan turistik guruhlar sayohatini tashkil qilishda foydalaniladi. Korporativ mijozlarning to`g`ridan-to`g`ri buyurtmasi asosida tashkil qilinadigan intensiv turlar turmahsulot realizatsiyasining istiqbolli yo`nalishi hisoblanadi. Bunday turlarni sotish turoperatorning to`g`ridan-to`g`ri buyurtmachi - tashkilotning shartnoma-topshirig`i asosida amalga oshiriladi. Bunday sotish bozorlarini shakllantirish uchun tashkilotlar va idoralar, muassasalar to`g`risida eng to`g`ri va to`liq ma‘lumotlar zarur bo`ladi. Tezkor marketing ishlarini olib borish uchun tegishli ma‘lumotlar bazasiga ega bo`lish lozim bo`ladi. Bundan tashqari, turmahsulotlarni sotishning noan‘anaviy shakllariga turlarni global kompyuter tarmoqlari, bron qilish va buyurtma berish tizimlari, Internet orqali sotishni ham kiritsa bo`ladi. Turlar va turistik xizmatlarni sotishning bu usuli hozirda xalqaro hamda mamlakatimiz turizm bozorlarida keng tadbiq qilinmoqda. Mamlakatimiz firmalarida «Turvin», "Klyuch" va boshqalar kabi maxsuslashtirilgan kompyuter dasturlari joriy qilinmoqda va foydalanilmoqda. Aynan ushbu usul XXI asrda turistik firmalarning an‘anaviy ish usullarini sezilarli darajada kamaytirishga qodir hisoblanadi. Turizm bozorida yuqorida keltirilgan sotish shakllarining kombinatsiyalashgan ko`rinishlari ham uchrab turadi. Misol tariqasida turoperator-turagent o`zaro faoliyati texnologiyasi bo`yicha taklifni olish mumkin. Yangi joylarga turlar tashkil qilish qarorini qabul qilishdan oldin turistik firmalar marketing izlanishlarini olib borishlari lozim. Mijozlar ehtiyojlari, qiziqishlarini, talab tendensiyasini aniqlash zarur. Bu iste‘molchi talablarini nisbatan to`liqroq qondiradigan turpaketni shakllantirishga yordam beradi. Bu izlanishlar yana turlarni to`g`ri rejalashtirishni to`g`ri olib borish va xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnoma kompaniyalarini olib borishga yordam beradi. Tayyorgarlik ishlari yangi yo`nalish, yangi dastur bo`yicha yoki yangi mamlakatga birinchi turistlar jo`natilishidan ikki yil oldin va undan ko`proq ham oldin boshlanadi. Xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar bilan munosabatlar shartnoma ko`rinishida rasmiylashtiriladi. Har bir faoliyat yilida shartnoma kompaniyalari o`tkazilib, unda shartnomalar imzolanadi. Shartnoma kompaniyasi oldidan quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oluvchi shartnoma rejasi tuziladi:  hamkor nomi;  shartnomaning asosiy predmeti;  shartnomaning amal qilish muddati;  shartnomalarni tuzish muddatlari;  alohida maiumotlar. Bu reja real tasvirga - sayohat jarayonida xizmatlar bilan ta‘minlash bo`yicha turistik firma xodimlarining faoliyat sxemasini tuzishga imkon beradi. Shartnoma rejasi tarkibi sayohat ko`rinishi va ko`rsatiladigan xizmatlarga bog`liq. Bir necha tur ko`rinishlari bo`lsa, dastlab har bir tur bo`yicha kichik rejalar tuziladi, keyin shartnomalar tuzish muddatlari yoki geografik prinsiplar bo`yicha hamkorlar guruhlanadigan umumiy reja tuziladi. Shartnoma rejasini tuzishdan oldin taxminiy hamkorlarni aniq tasavvur qila olishimiz, shuningdek muzokaralar chog`ida shartnoma tuzishga ham tayyor bo`lishimiz lozim. Turistik firmalar shartnoma kompaniyasini istiqbolini ishlab chiqishda turistikmehmonxona yo`nalishidagi ma‘lumot spravochniklaridan keng foydalanadilar. Xalqaro turistik tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turistik agentliklar, mehmonxona-restoran biznesi spravochniklari turistlarga ko`rsatiladigan dam olish va sayohatni tashkil qilish, joylashtirish va mehmonxona xizmatlari to`g`risdagi ma‘lumotlarni o`z ichiga oladi. Shuningdek, muntazam ravishda chop etiladigan milliy, mahalliy va korporativ spravochniklar ham xuddi shunday ma‘lumotlarni o`z ichiga oladi. Yo`l ko`rsatkichlar, yo`nalishlar, tarixiy obektlar spravochniklari, mahalliy sanalar kalendarlari, ya‘ni xizmat 128 ko`rsatish dasturlari va turlarni tuzishda foydalanadigan hamma narsalar turoperatorlar yangi yo`nalishini ishlab chiqishda va shartnoma rejasini tuzishda qo`llanadigan adabiyotlar hisoblanadi. Xizmat yetkazib beruvchilar bilan shartnoma imzolashdan avval muzokaralar olib boriladi. Ularni shunday o`tkazish kerakki, natijada, kutilgan, zarur bo`lgan, yaxshi, sifatli, kerakli miqdordagi va kutilgan narxlardagi turmahsulotga ega bo`laylik. Hamkorlar bilan muzokaralarga batafsil tayyorgarlik ko`rish kerak. Quyidagilarni tahlil qilishimiz lozim: 1. Muzokara sharoitlari - hamkordan sizga aynan nima kerak? Qanday hajmda? Qaysi davrga? Hamkordan siz qo`shimcha ravishda nimani xohlaysiz? Undagi, bozordagi mahsulot va xizmatlar narxi darajasi qanday? Talablar ajratiladimi yoki yo`q? Masalan, avvaldan buyurtma qilingan yoki tasdiqlangan mavjud grafik bo`yicha yil davomida, har hafta, muntazam ravishda 4 kunga keladigan turistlar guruhini (30 kishi) joylashtirish lozim. Joylashtirish, transport, sport va ko`ngil ochish xizmatlari zarur bo`ladi. Narx o`rtacha bozor narxidan ulgurji sotib olishga beriladigan 10% chegirma olib tashlanganiga teng bo`lishi kerak. Turistik klass uchun xizmat ko`rsatish va joylashtirish darajasi ajratilmaydi. Turistlar guruhi tarkibi o`rta sinf kategoriyasi turistlari. 2. Mumkin bo‘lgan qarorlarni amalga oshirish yo‘llari - Kim nimani va qaysi muddatlarda bajarayotganini aniq bilish zarur. Qanday qilib qaror qilishning bir bosqichi boshqasiga o`tadi? Shartnoma tuzish vositalari qanday tayyorgarlik bosqichida turibdi? Shartnoma loyihasi va turistlarning kelish grafiklarini kim tayyorlaydi? Qo`shimcha xizmatlar bo`yicha masalalar qanday kelishiladi? Ularni shartnomaga darhol qo`shish kerakmi yoki yo`qmi? Shartlar shartnoma matniga qo`shiladi, muzokaralar davomida esa ular yo qoldiriladi yoki olib tashlanadi. 3. Muzokaralar bo‘yicha sizning hamkoringiz «Portreti» - hamkor maqsadlari sizning maqsadlaringizdan qanchalik farq qiladi? Hamkor strategiyasi qanday parametrlarga (muddatlar, xizmat ko`rsatish darajasi, xizmatlar to`plami) asoslanadi? Ushbu tavsiyanomalarni qo`llab turib, muzokaralar boshlanishidan avval uni olib borish rejasini tuzib olish lozim. Bu sizning zaif tomonlaringizni aniqlash va qo`shimcha yechimlarni topishga yordam beradi. Muzokaralarni olib borish rejasi sizga hamkorlar munosabatini oldindan bilish imkonini beradi va oldindan alternativ taklif va qarorlar tayyorlashga yordam beradi. Istalgan muzokaralarda nafaqat strategik yondashuv, balki psixologik tayyorgarlik ham zarur bo`ladi. Siz muzokaralarga tayyorlandingiz va natijada, turistlarga xizmat ko`rsatishda xizmat yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzildi. Strategik reja tayyor. Ammo siz psixologik tomondan bunga tayyormisiz? Ko`pincha, muzokaralar noto`g`ri murojaat oqibatida buziladi. Buning oldini olish maqsadida mutaxassislar muzokaralarni olib borish va muloqot uyushtirishrda psixologik qoidalarini ishlab chiqdilar. Turoperatorlar o‘rtasidagi shartnomalar. Mehmonxonalar, avialiniyalar va boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar jarayonida boriladigan joy, guruhlardagi turistlar soni va ularning kelish sanalari belgilanganidan keyin shartnoma va bitimlarni imzolash bosqichi keladi. Shartnoma tomonlarining majburiyati va mas‘uliyatlarini tartibga solish uchun zarur. Xususan mehmonxonalarda sotilmagan joylar, samolyotda bo`sh joylar qolganda yoki charter aviareyslar bekor qilinganda har bir holat uchun jarima, sanksiyalarni ko`zda tutish uchun zarur bo`ladi. Turoperatorning to`g`ri tashkil qilingan shartnoma ishi uning turli xizmatlar yetkazib beruvchilar faoliyatiga bog`liq bo`lmaslikka yordam beradi. Yirik 129 turoperatorlar, odatda, mehmonxonalar bilan, arzonlashtirilgan narxlarda ma‘lum joylar soniga yoki mehmonxonaning to`liq bandligini ta‘minlash uchun uzoq muddatli shartnoma tuzadilar. Bunda turoperator uchun xavf ham mavjud - barcha turlari sotilmagan hollarda bo`sh joylar uchun o`z hisobidan pul to`lashga majbur. Uncha katta bo`lmagan yoki maxsuslashgan turoperatorlar ahamiyatli, mustaqil, inklyuziv turlarni sota turib, mehmonxonalar bilan erkin sotish haqida bitimga ega bo`lishi mumkin va bunda mehmonxonalar turistlarning maksimal soni uchun joylashtirishni kafolatlashga rozi bo`ladilar. Bunday bitimlar uncha katta bo`lmagan turistik dasturlar uchun foydali bo`lishi mumkin, ammo ular sezilarli kamchilikka ega, chunki mehmonxonalar egalari ba‘zida ma‘lum sanada mehmonxonani yopish huquqini o`zlarida saqlab qoladilar. Turizmda shartnomaviy o`zaro munosabatlar xalqaro va milliy foqarolik huquq me‘yorlari bilan tartibga solinadi. Xalqaro darajada bunday munosabatlar quyidagi asosiy hujjatlar bilan tartibga solinadi:  turistik agentliklar uyushmalarining Butunjahon Federatsiyasi Bosh assambleyasi tomonidan 1970 yil 22 oktabrda sayohatlar uchun shartnoma bo`yicha Xalqaro konvensiyasi;  Yevropa xavfsizlik va hamkorlik davlatlarining 1994 yil Venadagi uchrashuvida qabul qilingan Turistlar shartnomalari va ularni almashtirish bo`yicha Nizomi;  1929 yil 12 oktabrda qabul qilingan, 1955 yil va 1975 yillarda o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan xalqaro havo tashuvlarining asosiy qoidalarini unifikatsiya qilish to`g`risidagi bitim (Varshava konvensiyasi);  1967yil Bryusselda qabul qilingan yo`lovchilar va yuklarning xalqaro avtomobil tashuvlari bo`yicha Jeneva konvensiyasi;  1996 yil 29 oktabrda MDH davlatlari - qatnashchilari Parlamentlararo assambleyasi tomonidan qabul qilingan "MDH davlatlari - qatnashchilarining turizm sohasidagi hamkorliklarining asosiy prinsiplari haqida" va boshqalar. Turizm sohasidagi shartnoma munosabatlari milliy darajada quyidagi me‘yoriyhuquqiy aktlar orqali tartibga solinadi: 1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2002 y. 310-sonli "O`zbekiston Respublikasida xalqaro turizm va mehmonxona biznesini rivojlantirishning chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori; 2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2002 y PF-3099-sonli "O`zbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyutalar muomalasini tartibga solish to`g`risida"gi Farmoni; 3. Markaziy bank boshqaruvining 10.05.2002 y. 504-1-sonli "Yo`l cheklarini berish va undan foydalanish tartibi to`g`risidagi Nizomiga o`zgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV 21.05.2002 y. ro`yxatga olingan 1115-1 -son); 4.Markaziy bank boshqaruvining 10.05.2002 y. 505-1-sonli " Ayirboshlash punkti haqidagi Nizomga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida"gi Qarori (AV 21.05.2002 y. ro`yxatga olingan 1114-1-son); 5.Turistik xizmatlarni sertifikatsiyalash tartibi (O`zbekiston Respublikasi sertifikatsiyalash milliy standartlari) (O`zdavstandart tomonidan tasdiqlangan, AVda 18.03.2000y. ro`yxatga olingan 911-son); 6. Turistik guruhlarni xorijga yuborishning vaqtinchalik tartibi (AVda 07.03.2000 y. 908-son bilan ro`yxatga olingan, O`zbekturizm tomonidan 04.02.2000 y. 22G`217-P- 130 son bilan. TIV, MXX, IIV tomonidan 10.02.2000 y., DCHKKtomonidan 09.02.2000 y tasdiqlangan); 7. O`zbekiston Respublikasining 20.08.1999y. 830-1-sonli «Turizm to`g`risida»gi Qonuni; 8. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.1999y. PF-2286-sonli "O`zbekistonda 2005 yilgacha davrda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to`g`risida"gi Qonuni; 9. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.1998 y. 346-sonli "Turistik tashkilotlar faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to`g`risida"gi Qarori; 10. O`zbekiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini ko`rsatish qoidalari (AVda 12.01.1998 y. ro`yxatga olingan 389-son, Kommunal xizmat ko`rsatish Vazirligi tomonidan 22.12.1997y tasdiqlangan); 11. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.1992 y. 484-sonli "O`zbekturizm" Milliy kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish masalalari to`g`risida"gi Qarori. Reseptiv turoperatorga xizmatlar yeikazib beruvchilar bilan shartnoma. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar turistlarga xizmat ko`rsatish va hamkorlar bilan o`zaro munosabatlar masalalari kiritilgan uslubiy shartnomalar asosida tuziladi. Tur yo`nalishida turistlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar bilan bo`ladigan barcha o`zaro munosabatlar yozma shartnomalar tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Ular oldi-sotdi shartnomasining uslubiy shakliga, yoki komissiya shartnomasiga, yoxud ayirboshlash shartnomasi (turistik guruhlarning valyutasiz ayirboshlanishi) shaklida bo`lishi mumkin. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarning asosiy mazmuni uslubiy shartnoma mazmuniga o`xshashdir: shartnoma predmeti, asosiy shartlar, xizmatlar yetkazib beruvchilarning huquq va majburiyatlari, turoperatorning huquq va majburiyatlari, tomonlar javobgarliklari, fors-major holatlari, hamkorlarning huquqiy manzillari va rekvizitlari. Shartnoma tomonlar orasida tegishli shaklda, barcha mavjud shartlar bo`yicha kelishuvga erishilgan holda tuziladi. Mavjud shartlar deganda qonunchilik tomonidan tan olingan yoki shu faoliyat uchun zarur bo`lgan shartnoma predmeti to`g`risidagi shartlar, shuningdek, tomonlardan birining arizasi bo`yicha kelishuvga erishish lozim bo`lgan shartlar tushuniladi. Shunday qilib, tomonlar o`z xohishlariga ko`ra shartnoma shartlarini o`rnatish huquqiga egalar, chunki har bir holatning turistlarga xizmat ko`rsatish xususiyatlari va kelishiladigan tomonlarning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`lgan o`ziga xosligi mavjuddir. Bunga faqat tegishli shartlar mazmuni qonunchilik tomonidan ta‘qiqlangan hollargina kirmasligi mumkin.
    Mehmonxonalar, avialiniyalar va boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar jarayonida boriladigan joy, guruhlardagi turistlar soni va ularning kelish sanalari belgilanganidan keyin shartnoma va bitimlarni imzolash bosqichi keladi. Shartnoma tomonlarining majburiyati va mas‘uliyatlarini tartibga solish uchun zarur. Xususan mehmonxonalarda sotilmagan joylar, samolyotda bo`sh joylar qolganda yoki charter aviareyslar bekor qilinganda har bir holat uchun jarima, sanksiyalarni ko`zda tutish uchun zarur bo`ladi. Turoperatorning to`g`ri tashkil qilingan shartnoma ishi uning turli xizmatlar yetkazib beruvchilar faoliyatiga bog`liq bo`lmaslikka yordam beradi. Yirik 129 turoperatorlar, odatda, mehmonxonalar bilan, arzonlashtirilgan narxlarda ma‘lum joylar soniga yoki mehmonxonaning to`liq bandligini ta‘minlash uchun uzoq muddatli shartnoma tuzadilar. Bunda turoperator uchun xavf ham mavjud - barcha turlari sotilmagan hollarda bo`sh joylar uchun o`z hisobidan pul to`lashga majbur. Uncha katta bo`lmagan yoki maxsuslashgan turoperatorlar ahamiyatli, mustaqil, inklyuziv turlarni sota turib, mehmonxonalar bilan erkin sotish haqida bitimga ega bo`lishi mumkin va bunda mehmonxonalar turistlarning maksimal soni uchun joylashtirishni kafolatlashga rozi bo`ladilar. Bunday bitimlar uncha katta bo`lmagan turistik dasturlar uchun foydali bo`lishi mumkin, ammo ular sezilarli kamchilikka ega, chunki mehmonxonalar egalari ba‘zida ma‘lum sanada mehmonxonani yopish huquqini o`zlarida saqlab qoladilar. Turizmda shartnomaviy o`zaro munosabatlar xalqaro va milliy foqarolik huquq me‘yorlari bilan tartibga solinadi. Xalqaro darajada bunday munosabatlar quyidagi asosiy hujjatlar bilan tartibga solinadi:  turistik agentliklar uyushmalarining Butunjahon Federatsiyasi Bosh assambleyasi tomonidan 1970 yil 22 oktabrda sayohatlar uchun shartnoma bo`yicha Xalqaro konvensiyasi;  Yevropa xavfsizlik va hamkorlik davlatlarining 1994 yil Venadagi uchrashuvida qabul qilingan Turistlar shartnomalari va ularni almashtirish bo`yicha Nizomi;  1929 yil 12 oktabrda qabul qilingan, 1955 yil va 1975 yillarda o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan xalqaro havo tashuvlarining asosiy qoidalarini unifikatsiya qilish to`g`risidagi bitim (Varshava konvensiyasi);  1967yil Bryusselda qabul qilingan yo`lovchilar va yuklarning xalqaro avtomobil tashuvlari bo`yicha Jeneva konvensiyasi;  1996 yil 29 oktabrda MDH davlatlari - qatnashchilari Parlamentlararo assambleyasi tomonidan qabul qilingan "MDH davlatlari - qatnashchilarining turizm sohasidagi hamkorliklarining asosiy prinsiplari haqida" va boshqalar. Turizm sohasidagi shartnoma munosabatlari milliy darajada quyidagi me‘yoriyhuquqiy aktlar orqali tartibga solinadi: 1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2002 y. 310-sonli "O`zbekiston Respublikasida xalqaro turizm va mehmonxona biznesini rivojlantirishning chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori; 2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2002 y PF-3099-sonli "O`zbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyutalar muomalasini tartibga solish to`g`risida"gi Farmoni; 3. Markaziy bank boshqaruvining 10.05.2002 y. 504-1-sonli "Yo`l cheklarini berish va undan foydalanish tartibi to`g`risidagi Nizomiga o`zgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV 21.05.2002 y. ro`yxatga olingan 1115-1 -son); 4.Markaziy bank boshqaruvining 10.05.2002 y. 505-1-sonli " Ayirboshlash punkti haqidagi Nizomga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida"gi Qarori (AV 21.05.2002 y. ro`yxatga olingan 1114-1-son); 5.Turistik xizmatlarni sertifikatsiyalash tartibi (O`zbekiston Respublikasi sertifikatsiyalash milliy standartlari) (O`zdavstandart tomonidan tasdiqlangan, AVda 18.03.2000y. ro`yxatga olingan 911-son); 6. Turistik guruhlarni xorijga yuborishning vaqtinchalik tartibi (AVda 07.03.2000 y. 908-son bilan ro`yxatga olingan, O`zbekturizm tomonidan 04.02.2000 y. 22G`217-P- 130 son bilan. TIV, MXX, IIV tomonidan 10.02.2000 y., DCHKKtomonidan 09.02.2000 y tasdiqlangan); 7. O`zbekiston Respublikasining 20.08.1999y. 830-1-sonli «Turizm to`g`risida»gi Qonuni; 8. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.1999y. PF-2286-sonli "O`zbekistonda 2005 yilgacha davrda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to`g`risida"gi Qonuni; 9. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.1998 y. 346-sonli "Turistik tashkilotlar faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to`g`risida"gi Qarori; 10. O`zbekiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini ko`rsatish qoidalari (AVda 12.01.1998 y. ro`yxatga olingan 389-son, Kommunal xizmat ko`rsatish Vazirligi tomonidan 22.12.1997y tasdiqlangan); 11. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.1992 y. 484-sonli "O`zbekturizm" Milliy kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish masalalari to`g`risida"gi Qarori. Reseptiv turoperatorga xizmatlar yeikazib beruvchilar bilan shartnoma. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar turistlarga xizmat ko`rsatish va hamkorlar bilan o`zaro munosabatlar masalalari kiritilgan uslubiy shartnomalar asosida tuziladi. Tur yo`nalishida turistlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar bilan bo`ladigan barcha o`zaro munosabatlar yozma shartnomalar tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Ular oldi-sotdi shartnomasining uslubiy shakliga, yoki komissiya shartnomasiga, yoxud ayirboshlash shartnomasi (turistik guruhlarning valyutasiz ayirboshlanishi) shaklida bo`lishi mumkin. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarning asosiy mazmuni uslubiy shartnoma mazmuniga o`xshashdir: shartnoma predmeti, asosiy shartlar, xizmatlar yetkazib beruvchilarning huquq va majburiyatlari, turoperatorning huquq va majburiyatlari, tomonlar javobgarliklari, fors-major holatlari, hamkorlarning huquqiy manzillari va rekvizitlari. Shartnoma tomonlar orasida tegishli shaklda, barcha mavjud shartlar bo`yicha kelishuvga erishilgan holda tuziladi. Mavjud shartlar deganda qonunchilik tomonidan tan olingan yoki shu faoliyat uchun zarur bo`lgan shartnoma predmeti to`g`risidagi shartlar, shuningdek, tomonlardan birining arizasi bo`yicha kelishuvga erishish lozim bo`lgan shartlar tushuniladi.. Shunday qilib, tomonlar o`z xohishlariga ko`ra shartnoma shartlarini o`rnatish huquqiga egalar, chunki har bir holatning turistlarga xizmat ko`rsatish xususiyatlari va kelishiladigan tomonlarning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`lgan o`ziga xosligi mavjuddir. Bunga faqat tegishli shartlar mazmuni qonunchilik tomonidan ta‘qiqlangan hollargina kirmasligi mumkin. 16.2.Mehmonxona xo„jaligi va ovqatlantirish tashkilotlar bilan shartnoma tuzish. Xalqaro mehmonxona xizmatlari bilan turoperatorlar va turagentlar o`zaro munosabatlarini tartibga soladigan bitim va hujjatlar bizga ma‘lum va keng qo`llanilib kelinmoqda. Ulardan bittasi - 1970 yilda Xalqaro mehmonxonalar uyushmasi va Turistik agentliklar uyushmalarining Butunjahon Federatsiyasi rahbarligida ishlab chiqilgan mehmonxona konvensiyasidir. Konvensiya shartnoma tuzadigan tomonlar majburiyatlarini, uning amal qilish sohalarini, mehmonxona shartnomalari turlarini, 131 ularni tuzishning alohida va umumiy qoidalarini, komissionlar darajasi va to`lovlar tartibini, shuningdek, shartnomalarni bekor qilish shartlarini aniqlaydi. 1979 yil Mehmonxona konvensiyasiga qator o`zgarishlar kiritildi va u "Xalqaro mehmonxona konvensiyasi" nomini oladi, 1993 yildan boshlab mehmonxonalar va turagentliklar munosabatlari kodeksiga aylandi va mehmonxona shartnomalarini tuzishda foydalanilmoqda. Kodeks mehmonxona korxonalariga kategoriyasi va mehmonxona joylashuvi, shuningdek, ko`rsatiladigan xizmatlar sifati bo`yicha aniq ma‘lumotlar berish majburiyatini yuklaydi. Unda turagent o`z mijozlariga komissiya shartnomalari bo`yicha belgilangan narxlardan baland hamda belgilash huquqiga ega emasligi qayd etiladi. Bu mehmonxonalar bilan xuddi shu shartlar asosida ishlaydigan turoperatorlarga ham tegishlidir. Bunda na turagent, na turoperator va na mehmonxona shartnomada kelishilgan narxlarni oshkor qilishga haqli emas. Turistik biznes va mehmonxona korxonalarining o`zaro munosabatlarini tartibga soladigan hujjatlar Xalqaro mehmonxonalar uyushmasi Kengashi (02.11.81 y.) tomonidan ma‘qullangan Xalqaro mehmonxona qoidalari va 1989 y. BTTning regional komissiyalari tomonidan ma‘qullangan klassifikatsion standartlar asosidagi Mehmonxona klassifikatsiyalari kriteriylarining hududlararo uyg`unlashuvi hujjati hisoblanadi. Bu hujjatlar tavsiya harakteriga ega bo`lsada va majburiy hisoblanmasada, ular tarkibida turizmda mehmonxona biznesi va agentlik-operatorlik biznesi orasidagi o`zaro munosabatlarining xalqaro amaliyotiga mustahkam kirib olgan ko`plab nizomlar mavjudir. O`zbekiston hududida turlar tashkil qilishda va mahalliy mehmonxona korxonalari bilan o`zaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.97 y. 389-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini ko`rsatish Qoidalaridan ham foydalanish lozim. Mehmonxona xizmatlarini ko`rsatuvchi korxonalar bilan o`zaro munosabatlar asosan quyidagi bitimlar bilan aniqlanadi: - 30-80% bandlikni ta’minlash kafolati bilan joylar kvotasi haqida shartnoma. Bunday shartnoma bo`yicha turistik firma mehmonxonadan shartnomada kelishilgan davr mobaynida turistlar bilan to`ldirishi lozim bo`lgan belgilangan miqdorda joylarni oladi. Bunda u ajratilgan joylar kvotasining 30-80% miqdorida to`lov amalga oshirishni kafolatlaydi, hatto, bu joylardan foydalanilmasa ham. Firma kvotaning qolgan qismini belgilangan muddatlarda bekor qilish huquqiga ega. Firma bu shartnoma bo`yicha mehmonxona joylariga odatdagi tariflarga nisbatan past narxlami oladi. - Bandlikni ta’minlash kafolatisiz joylar kvotasi haqida shartnoma. Bu shartnoma bo`yicha firma unga ajratilgan joylar kvotasini to`ldirishga hech qanday kafolat bermaydi. Firma mehmonxona bilan odatdagi tariflar bo`yicha hisob-kitob qiladi. - To‘liq to‘lovlarni amalga oshirish bilan joylarni qat’iy sotib olish haqida shartnoma. Bunday shartnoma bo`yicha firma mehmonxonaga ajratilgan joylar kvotasi bo`yicha, ularning to`lish-to`lmasligidan qat‘iy nazar, to`lovlar to`liq amalga oshirilishini kafolatlaydi. Bunday sharoitlarda firma mehmonxonaga joylashtirish narxlarini odatdagi narxlarga nisbatan tushirish uchun savdolashadi. - Joriy bron qilish haqida shartnoma. Bu turistik firmalar uchun nisbatan odatiy shartnoma hisoblanadi, ayniqsa, individual turizm bilan shug`ullanadiganlar uchun. Shartnoma bo`yicha firma mehmonxonadan hech qanday joylar kvotasini olmaydi. Mijozlar murojaat qilganlarida u mehmonxonaga bron qilish uchun talabnoma yuboradi va undan tasdiqlanganligi to`g`risida ma‘lumot olganidan keyingina mehmonxona 132 xizmatlarini sotishni amalga oshiradi. Bunday shartnomalarda odatdagi mehmonxona tariflari amal qiladi.
    Istalgan variantda ham quyidagi shartlarni ko`zda tutish (kelishib olish) kerak:  nomerlar narxi va bron qilish;  nomerlar turlari va ularning zarur miqdori;  xizmat ko`rsatish (mavsum) davomiyligi;  bo`sh davrlar;  turistlarning ketish grafiklari;  bir marta xizmat ko`rsatish davomiyligi va muddatlari;  ko`rsatiladigan xizmatlar to`plami;  ovqatlantirishni tashkil qilish shakli va miqdorini mehmonxona restoranida ovqatlantirish variantlari;  turistlarga ovqatlantirish xizmatini ko`rsatish vaqti;  dam olishda maxsus qulayliklar (masalan, nogironlar, faxriylar uchun vah.k.);  personallar gapirishi kerak bo`lgan tillar;  turistlar kelishini tasdiqlash muddatlari (bron qilish);  jarima sanksiyalarini e‘lon qilmasdan kelishlarni bekor qilish muddatlari;  bekor qilish o`lchami va muddatlari bo`yicha jarima sanksiyalari;  ko`p miqdordagi kelishlar va doimiy bandlik uchun chegirmalar;  miqdor jihatdan kam kelish, kelishlarning uzilishi, mehmonlarni joylashtirishdan bosh tortish uchun moddiy javobgarliklar;  boshqa spesifik masalalar (masalan, mehmonxonada sauna, bilyarddan foydalanish nomer narxiga kiradimi yoki yo`q, basseynning ish vaqti va boshqalar). Bundan tashqari, xizmatlar yetkazib beruvchi hamkor berayotgan kafolatlarga ham e‘tibor berish lozim. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarda (shartnomada) narxlarning teskari oshishi imkonsizligi haqidagi shartni (narxlarni faqat sotilmagan xizmatlargagina oshirish mumkin) ko`rib chiqish kerak va bu shartning bajarilishi mexaniznmi ishlab chiqish lozim. Ovqatlantirish korxonasi bilan shartnoma. Bunday shartnomalar alohida ovqatlantirish korxonalari bilan to`ziladi, agar ovqatlantirish turistlarni joylashtirish vositalaridan tashqarida amalga oshirilsa va mehmonxona korxonalari bilan shartnomalarga kiritimagan bo`lsa. Bu yo`nalishli, tematik turlarda bo`lishi mumkin. Bunday shartnomalarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:  bir vaqtning o`zida xizmat ko`rsatiladigan turistlar soni;  buyurtmalarning o`lchami va muntazamligi;  ovqatlantirish ko`rinishi (shved stoli, xizmat ko`rsatish va);  taomnomalarning taxminiy variantlari;  turli ovqatlantirish ratsionlariga taxminiy narxlar;  ko`p sonli mijozlar yoki mijozlar bilan doimiy ta‘minlanganlik uchun chegirmalar;  ovqatlantirish uchun buyurtmalar berish muddatlari;  jarima sanksiyalarisiz buyurtmalarni bekor qilishning oxirgi muddatlari;  u yoki bu tomon aybi bilan ovqatlantirishdagi uzilishlar uchun muddatlari belgilangan moddiy javobgarlik. 133 16.3.Avtotransport korxonalari va aviakompaniya bilan shartnomalar. Turistlarni avtotransport yordamida tashishni tashkil qilishning o`zaro Xalqaro munosabatlari 1982 yil 26 mayda Dublinda qabul qilingan avtobuslarda yo`lovchilarni nomuntazam Xalqaro tashuvlari to`g`risidagi Yevropa bitimi bilan tartibga solinadi. Ushbu Bitimga muvofiq nomuntazam Xalqaro yo`lovchilar tashishni tashkil qilishda Sharqiy va G`arbiy Yevropa mamlakatlarida avtobus bortida bo`lishi lozim bo`lgan maxsus nazorat hujjatidan (yo`l varaqalari) foydalaniladi. Avtotransport korxonalari bilan o`zaro shartnoma munosabatlari O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi ("Tashuvlar" bobi); tegishli idoralar buyruqlari bilan tasdiqlangan avtobuslarda yo`lovchilarni tashish xavfsizligini ta‘minlash haqidagi Nizom va avtomobil transporti nizomi bilan tartibga solinadigan transport vositalarini ekipaji (haydovchisi) bilan ijaraga olish shartnomasi asosida o`rnatiladi. Transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasi bo`yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga (turfirmaga) transport vositasini vaqtinchalik foydalanishga, haq to`lash asosida beradi va avtoransport vositasini boshqarish va undan texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatadi. Avtobus haydovchilari tomonlarning shartnomada keltirilgan tartib va qoidalariga hamda odatdagi amaliyot talablariga javob berishlari lozim. Chunki ular ijaraga beruvchi tomon xodimlari hisoblanadilar va avtoransport kompaniyasining avtotransport vositasini boshqarish hamda undan texnik foydalanish bilan bog`liq ko`rsatmalariga, shuningdek, turfirmaning avtobusdan tijorat maqsadida foydalanishiga tegishli ko`rsatmalariga bo`ysunadilar. Agar transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasida boshqacha nazarda tutilmagan bo`lsa, sug`urta qilish qonun yoki shartnoma kuchga kirishi uchun zarur deb topilgan hollarda transport vositasini sug`urta qilish majburiyati va ularga yoki uchinchi shaxslarga avtobusdan foydalanish bilan bog`liq yetkazilgan zarar mas‘uliyati ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatiladi. Agar avtobusning ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasida boshqacha nazarda tutilmagan bo`lsa, turfirma avtobusdan foydalanish bilan bog`liq, foydalanish jarayonida zarur bo`ladigan yoqilg`i va boshqa materiallar uchun harajatlarni, yig`imlar (to`xtash joyi, yo`l uchun) bo`yicha harajatlarni o`z zimmasiga oladi. Bundan tashqari avtotransport korxonasi bilan shartnomada quyidagilarni kelishib olish zarur: turistlarga xizmat ko`rsatish uchun ajratiladigan avtotransport vositalarining markasini; narxlar va tariflarni; avtotransport grafigi va ishlash muddatlarini; avtotransportdan foydalaniladigan yo`nalishlari; avtotransport ajratish uchun talabnoma berish muddatlarini; jarima sanksiyalarisiz talabnomalarni bekor qilish muddatlari; turistlarga xizmat ko`rsatish uchun avtotransport berilishidagi uzilishlar uchun ATK javobgarligi; avtotransportdan foydalanishdagi uzilishlar uchun turistik firma javobgarligi; turistlar kech qolganda avtotransportning maksimal kutish muddatlari; avtotransport kech qolganda (berilmaganda) turistlarning maksimal kutish muddatlari; xizmat ko`rsatishda avtotransport vositasidan foydalanishda ekskursovodlar, gidlar, turistlarning huquq va majburiyatlari; chegirmalar va imtiyozlar (imkoni mavjud variantlari). Xalqaro vamamlakatimiz turizmida avtobus turlarida turistlar xavfsizligini va xizmat ko`rsatish standartlarini ta‘minlash bo`yicha chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Ko`p davlatlarda turistlar va ekskursantlarni avtobuslarda tashishni litsenziyalash amaliyotga kiritilgan. Yevropa transport komissiyasi qarori bilan haydovchi joyi bilan birgalikda 9 va undan ortiq joyga ega bo`lgan barcha avtobuslarni maxsus nazorat pribori - taxograf bilan 134 ta‘minlash talabi kiritilgan. Bu, samolyotdagi "qoraquti" analogi, qurilma yo`nalishda haydovchi va avtobus harakatini nazorat qiladi va barcha ma‘lumotlarni taxogrammalarga yozib boradi. Turistik avtobusda taxograf mavjudligi bilan ham avtotransport korxonasi bilan tuziladigan shartnomaga kiritiladi. Yevropa yo`nalishlarini tashkil qilishda mazkur band, shuningdek, yo`l varaqalari mavjudligi ham shartnomada kelishilib olinishi lozim. Aviakompaniyalar bilan shartnomalar. Barcha aviatashuvlar qoidalari mamlakatimizda xalqaro bitimlar bilan tartibga solinadi va ulardan biri "Xalqaro havo tashuvlariga tegishli ba‘zi qoidalarni unifikatsiyalash to`g`risidagi" 1929 y. Varshava konvensiyasi bo`lib, 1959 y. o`zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilingan (Gamburg qoidalari). Aviatashuvchilar bilan o`zaro shartnoma munosabatlari O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi ("Tashuvlar" bobi) asosida amalga oshiriladi. Aviakompaniyalar bilan shartnomalar uch ko`rinishda bo`lishi mumkin: a) muntazam aviareyslardagi joylar kvotasi bo`yicha shartnomalar; b) agentlik bitimlari; v) charter (samolyotni ijaraga olish). Joylar kvotasi qattiq yoki yumshoq bo`lishi mumkin. Bu ham shartnoma shartlariga, ham maxsus imtiyoz va chegirmalarga ta‘sir qiladi. Joylarning qattiq kvotasida joylar sotilmasligi uchun barcha javobgarlik, joylar sotilmasligining sabablaridan qat‘iy nazar, turistik firma zimmasiga tushadi. Moliyaviy yo`qotishlar turfirma hisobiga bo`ladi. Joylarning yumshoq kvotasida turfirma uchun, turistik yo`llanmalar sotilmaganligi sababli, joylar kvotasini yoki uning bir qismini bekor qilish mumkin bo`lgan muddatlar belgilanadi. Bu muddatlar qolgan joylarni aviakompaniyaning o`zi yoki uning boshqa agentlari orqali sotishni ko`zda tutadi. Muntazam aviareyslardagi joylar kvotasi bo`yicha aviakompaniyalar bilan shartnomalar quyidagilarni o`z ichiga oladi:  boriladigan joy belgilangan, turlarning "borish" va "kelish" yo`nalishlarida amal qilish grafigi;  har bir guruhdagi turistlar soni (joylar kvotasi);  talabnomalar berish va aviachiptalar sotib olish muddatlari;  chiptalarga buyurtmalarni jarima ushlab qolinmaydigan holda bekor qilish (yumshoq blok);  sotib olinadigan chiptalarga tariflar turlari, imtiyozli tariflar berish shartlari;  joylar kvotasiga chegirmalar va imtiyozlar;  sotib olingan, ammo ishlatilmagan chiptalarni qaytarish muddatlari va tartibi, qaytarish muddatlaridan kelib chiqadigan moddiy javobgarlik (yumshoq blok).


    Download 215,77 Kb.
      1   2   3




    Download 215,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Turizmni tashkillashtirishda turagentliklarning roli

    Download 215,77 Kb.