Mavzu: Turizmni tashkillashtirishda turagentliklarning roli




Download 215,77 Kb.
bet2/3
Sana22.05.2024
Hajmi215,77 Kb.
#249623
1   2   3
Bog'liq
AbdurahmonovMuzaffar.

XULOSA VA TAKLIFLAR.
Xizmatlar sohasi turizmda eng ko’p daromad keltiradigan bo’lishi uchun birinchi navbatda xodimlarning malaka va tajribalari yuqori darajada bo’lishi, ikkinchidan xizmat narxlari xalqaro standartlar doirasida bo’lishi, uchinchidan turistik obyektlar belgilangan talab va tartibga mos bo’lishi lozim.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi uchun xos bo’lgan bozor
iktisodiyoti tamoyillarini amalga oshirish (raqobatchilik va erkin tadbirkorlik rivojlanayotgan) sharoitlarida muvaffaqiyatga intiluvchi korxonalar birinchi o’ringa iste’molchilar manfaatlarini qo’yishlari lozim. SHu munosabat bilan korxona rahbariyati raqobatchilik kurashidagi yutuqlarni iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish bilan bog’lashi zarur. Turizm sohasiga sarmoyalarni jalb qilish va umuman, sarmoyalar to’g’risida fikr yuritishdan avval xorijiy sarmoyalar nima ekanligi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish kerak. O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonuniga muvofiq quyidagilar xorijiy sarmoyadorlar bo’lishlari mumkin:

  • xorijiy davlatlar.

  • xorijiy yuridik shaxslar.

  • xalqaro tashkilotlar.

  • xorijiy fuqarolar, birlashmalar.

  • xorijda doimiy ravishda istiqomat qiluvchi O’zbekiston Respublikasining fuqarolari.

Ushbu qonunga ko’ra xorijiy sarmoyadorlar tomonidan ishbilarmonlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga foyda olish maqsadida jalb etilayotgan moddiy boyliklar va ularga egalik huquqlari, shuningdek, xorijiy mulkka egalik huquqlarining barcha shakllari xorijiy sarmoyalar hisoblanadi.
Uzoq muddatli hususiy sarmoyalar kelishining asosiy sharti erkin valyutada istiqbolli foyda, keyingi o’rinda foydaning barqarorligi va qonuniy ko’payishini ta ‘minlovchi mamlakatning ma‘lum darajadagi ichki va tashqi siyosiy barqarorligi turadi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun sarmoyalarning ahamiyatini baholash qiyin. Masalan, aynan xorijiy sarmoyalar Janubin Koreyaning iqtisodiy o’sishiga sezilarli ta ‘sir ko’rsatdi. Xorijiy sarmoyalarni ustuvor tarmoqlar bo’yicha taqsimlashning to’nlov uslubi, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishning turli shakllari tufayli sarmoyalardan samarali foydalanildi. Misol uchun mamlakatni industrlashtirishning dastlabki bosqichlarida qarzlar va kreditlar shaklidagi xorijiy sarmoyalar ichki sarmoyalarning yarmini ta ‘minlagan bo’lsa, keyinchalik to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalarning ahamiyati o’sib bordi. Hozirgi kunda, jahon postindustrial jamiyatning ostonasida turgan bir paytda, O’zbekiston uchun ma‘lumotlar banki, turli komputer tarmoqlari vatelekommunikatsiyalarning mavjudligi hayotiy zarurdir, chunki, o’zimiz shohidi bo’lganimizdek, kommunikasiya (aloqa) tarmoqlarining rivojlanishi sarmoyadarlar ahamiyat beradigan eng asosiy omildir. O’tish davridagi mamlakatlar, shuningdek, O’zbekistonda ham bozor islohotlarini amalga oshirish tarixan muhim iqtisodiy va ijtimoiysiyosiy ta‘sirga ega institutlarni qayta ko’rish zarurati tufayli sekinlashdi. Ishlab chiqarish bazasi eksirgan, chunki avvallari sifat ko’rsatkichlarini e ‘tiborga olmagan holda asosan miqdoriy ko’rsatkichlarga erishishga ko’proq urg’u berilardi. Xususiy tarmoqdan farqli o’laroq, davlat korxonalari uchun bozor islohotlariga moslashish qiyin kechmoqda.
Buning sababi shundaki, o’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda samaradorlikdan ko’ra ko’proq moliyaviy ahvolni yaxshilashga, boshqaruvni takomillashtirishdan ko’ra davlat korxonalari tarmog’ining qisqartirishga ustuvor ahamiyat beriladi. To’g’ri xorijiy sarmoyalar va hamkorlikning boshqa shakllari O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ko’tarishga yordam berishi mumkin. Mamlakatimizda olib borilayotgan chora tadbirlar natijasida 2025-yilgacha boʻlgan davrda mobaynida Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlanish pragnozlari ko’rib chiqilgan. O’zbekistonning tarixiy merosi bu yerga turistlarni jalb qilishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Sayoramizda qadimiy, lekin uncha mashhur bo’lmagan tarixga va tarixiy obidalarga boy joylar juda kam qolgan. O’zbekiston boy madaniy meros va toza tabiiy hudularni o’zida uyg’unlashtiruvchi mamlakat bo’lib, bu yerda Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir Temur davrlariga mansub 4000 dan ortiq tarixiy yodgorliklar joylashgan. Fargona vodiysi, Toshkentning tog’li joylari mamlakatning qorli tog’lar bilan o’ralgan eng so’lim hududidir. Biroq, Respublikada zamonaviy turizm ahvolining tahlili shuni ko’rsatadiki, mamlaktning o’ziga xos salohiyati va imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Buning uchun katta miqdorda sarmoyalar kerak va eng muhim vazifalardan biri ko’proq xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishdan iborat.
Hozirgi kunda xorij sarmoyalarini jalb etmasdan investitsion faollikni oshirish va sarmoya resurslarini ko’paytirishning sira iloji yo’q. Xorijiy sarmoyaning faol ahamiyatini nafaqat AQSh, Germaniya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarda, balki Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong singari Osiyoning tezlikda rivojlangan mamlakatlari hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham ko’rish mumkin.
Qo’shma korxonalarni tashkil qilish, qo’shma ishlab chiqarish va turistik majmualarni hamkorlikda qurish uchun to’g’ri xorij sarmoyalarini jalb etish.


Download 215,77 Kb.
1   2   3




Download 215,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Turizmni tashkillashtirishda turagentliklarning roli

Download 215,77 Kb.