• Texnik tahlil Loyihalarni texnik tahlil qilishning vazifalari va tarkibi
  • Mavzu: Texnik tahlil Guruh: 25-19 iq bajardi: L. I. Qo’shimova




    Download 21.95 Kb.
    bet1/4
    Sana19.03.2023
    Hajmi21.95 Kb.
    #46022
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Otrabotka (3)
    Otrabotka

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
    NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
    NAVOIY DAVLAT KONCHILIK-TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
    QaYTA O’ZLASHTIRISH


    FAN: Investitsion loyihalar tahlili
    MAVZU: Texnik tahlil
    Guruh: 25-19 IQ
    Bajardi:L.I.Qo’shimova
    Qabul qildi:­­­­­­­­­­____________

    Navoiy-2023




    Texnik tahlil


    Loyihalarni texnik tahlil qilishning vazifalari va tarkibi

    Texnik tahlilda loyihaning asosiy texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi va chuqur tahlil qilinadi. Jumladan ishlab chiqarish xarajatlari (TC), doimiy xarajatlar (FC) va o‘zgaruvchan xarajatlar (VC)aniqlanadi, mahsulotni sifati, mahalliy xomashyodan mahsulot ishlab chiqarish, yangidan ishlab chiqarilgan mahsulot va uning eksport salohiyati kabi savollar va ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Texnik tahlil loyihaning maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi.


    Texnik tahlilning asosiy maqsadi – loyihada ko‘zda tutilgan mahsulotni sifati va miqdorini tannarxini kamaytirgan holda ishlab chiqaruvchi jihozlar va texnologiyani saralab olishdir. Texnik tahlilga quyidagilarni ko‘rib chiqish va belgilash kiradi:

    • Texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlar.

    • Loyihani joylashtirish o‘rni bo‘yicha muqobil variantlar.

    • Loyiha hajmi.

    • Loyihani amalga oshirish muddatlari.

    • Xomashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari va ularning yetarliligi.

    • Loyiha mahsuloti uchun bozor sig‘imi (hajmi).

    • Ko‘zda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda loyiha xarajatlari.

    Loyihalarni ishlab chiqishning texnik muammolari Turli loyihalarda uchraydigan texnik muammolar o‘ziga xos bo‘ladi. Ammo ayrim muammolar (barcha loyihalarga bo‘lmasada) ko‘pchilik loyihalarga xos bo‘ladi va ularni identifikatsiya qilish mumkin. Bu muammolar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: mulk shakli; loyiha ko‘lami; amalga oshirish muddatlari hamda texnologiyalarni tanlash va to‘plash.
    Ko‘pgina ko‘p maqsadli loyihalar xarajatlarga ko‘ra bir-birini to‘ldiruvchi, daromadlarga ko‘ra esa bir-birini o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Masalan, sug‘orish va gidroelektrostansiya uchun umumiy to‘g‘on qurish alohida-alohida to‘g‘on qurishga nisbatan kam xarajat talab etadi. Lekin elektr energiyasi olish uchun qishda oqizilgan suv sug‘orish uchun foydasiz bo‘lsa, yozda sug‘orish uchun elektr energiyasi olish ehtiyojlaridan ko‘proq suv oqiziladi. Suv oqizish miqdori GES talablari uchun ham qishloq xo‘jaligi talabi uchun ham zarur bo‘lgan optimal miqdordan ko‘p bo‘ladi.

    Download 21.95 Kb.
      1   2   3   4




    Download 21.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Texnik tahlil Guruh: 25-19 iq bajardi: L. I. Qo’shimova

    Download 21.95 Kb.