• 1-savol. Qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot tushunchasi.
  • Qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni (Joint production process)
  • Ikkilamchi mahsulot (By product)
  • Qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish




    Download 34.92 Kb.
    bet1/7
    Sana06.02.2024
    Hajmi34.92 Kb.
    #152292
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1- Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlani-fayllar.org
    3-Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


    1-Mavzu. Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish

    Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarni kompleks ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash va


    ikkilamchi mahsulotlar tannarxini aniqlash tartibi bilan tanishtirish.
    Ma’ruzaning rejasi:
    1.
    Qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot tushunchasi.
    2.
    Qo‘shma mahsulot tannarxini baholash va tannarx illyustratsiyasi.
    3.
    Ikkilamchi mahsulotlar hisobi.
    1-savol. Qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot tushunchasi.
    Qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni, qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulotlar shunday
    tarmoqlarga talluqli, qaysiki bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish boshqasini ishlab chiqarish
    bilan texnologik bog‘liqlikda bo‘ladi.
    Qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni (Joint production process) bu bir ishlab chiqarish
    jarayonida ikkita va undan ortiq mahsulot ishlab chiqarilgan hollarda yuzaga keladi.
    Qo‘shma mahsulot (Joint product) deganda esa qo‘shma ishlab chiqarish jarayonidan
    olinadigan mahsulotlarga aytiladi. Ayrim adabiyotlarda qo‘shma mahsulot va asosiy mahsulotni
    bir-biridan farqlashadi. Qo‘shma ishlab chiqarish natijasida bir nechta mahsulot yuqori sotish
    qiymatiga ega bo‘lsa bu qo‘shma mahsulot deb ataladi. Agar qo‘shma mahsulotlarning ichida
    bittasi boshqalariga nisbatan yuqori sotish qiymatiga ega bo‘lsa bu asosiy mahsulot deb ataladi.
    Demak, asosiy mahsulot qo‘shma mahsulotning eng asosiysi ekan.
    Ikkilamchi mahsulot (By product) asosiy mahsulot bilan birgalikda ishlab chiqariladigan
    va texnologik jarajayonning ma’lum nuqtasida qo‘shma mahsulotdan ajraladigan hamda sotish
    narxi nisbatan kichik bo‘lgan mahsulotga aytiladi.
    Qo‘shma va ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlariga: kimyo
    sanoati, neftni qayta ishlash, tog‘, sut-un, moy-yog‘ ishlab chiqarish sanoati korxonalarini
    kiritish mumkin.
    Masalan, sut mahsulotini bitta texnologik jarayonda qayta ishlash natijasida bir qancha
    mahsulotlar, jumladan sut, qatiq, qaymoq, pishloq, chakka, ayron, qurt va boshqa mahsulotlarni
    birin-ketin olish mumkin.
    5-chizmada qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni natijasida to‘rtta qo‘shma mahsulot va
    ikkita ikkilamchi mahsulot to‘rtta jarayon markazlarida olinishi diagramma oqimida
    ko‘rsatilgan. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, barcha mahsulotlar ikkita ishlab chiqarish
    jarayonidan, aralashtirish va pishirish jarayonidan o‘tayapdi. Ushbu ikkita jarayonda to‘plangan
    barcha xarajatlar esa oltita mahsulotga ham oid bo‘ladi. Bu ikki jarayonning oxirigacha, ya’ni
    mahsulotlar ajralgunga qadar amalga oshirilgan xarajatlar qo‘shma tannarx (joint cost) deb
    ataladi. Jarayon tugashi bilan mahsulotlar ajralib alohida indentifikatsiyalanadigan, ya’ni
    texnologik ishlov berish jarayonida mahsulot biri ikkinchisidan jismoniy ajralib kelgusida
    ularning mahsulot tannarxini alohida hisoblash mumkin bo‘lgan nuqtasiga ajralish nuqtasi

    Download 34.92 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 34.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish

    Download 34.92 Kb.