-savol. Qo‘shma mahsulot tannarxini baholash va tannarx illyustratsiyasi




Download 34.92 Kb.
bet3/7
Sana06.02.2024
Hajmi34.92 Kb.
#152292
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlani-fayllar.org
3-Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
2-savol. Qo‘shma mahsulot tannarxini baholash va tannarx illyustratsiyasi.
Qo‘shma mahsulotlar buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri
har bir
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini baholash va unga oid bo‘lgan axborotlarni ichki va
tashqi foydalanuvchilarga taqdim etish bo‘lib hisoblanadi. Jami mahsulot tannarxi, qo‘shma
mahsulot tannarxiga oid axborotlar moliyaviy hisobotlarda foydalaniladi va soliq hamda boshqa
davlat idoralariga taqdim etiladi hamda boshqaruv tannarx hisobotlarida foydalanadi.
Qo‘shma mahsulot tannarxini baholashdagi muhim masalalardan biri bu qo‘shma
tannarxning alohida mahsulotlarga onson identifikatsiyalanmasligidir. Qo‘shma tannarx
qo‘shma mahsulotlarga taqsimlash tannarx hisoboti standartlari talablariga muvofiq holda, ya’ni
muvofiqlik tamoyiliga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Qo‘shma mahsulotlar tannarxini hisobga olishda ikkita bosqichda amalga oshirish talab
etiladi:
1. Ajralish nuqtasidan keyin har bir qo‘shma mahsulot uchun mahsulot tannarxini
aniqlash (baholash);
2. Qo‘shma tannarxni qo‘shma mahsulotlarga taqsimlash.
Birinchi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar alohida uslubiyotni talab etmaydi.
Ajaralish nuqtasidan keyin har bir mahsulotga sarflangan material, mehnat va ustama xarajatlar
hisob kitobi yuqoridagi mavzularda bayon etilgan tartibda amalga oshiriladi. Shu bois, ushbu
mavzuda ikkinchi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar mazmuniga to‘xtalib o‘tamiz.
Qo‘shma mahsulot tannarxi illyustratsiyasini Farington Industrial Products misolida
ko‘rib o‘tamiz. Mahsulotlarning bir guruhi qo‘shma ishlab chiqarish jarayonidan o‘tadi, qaysiki
unda mahsulotlarga yuqori uglerod bosimida ishlov berilib po‘lat quyiladi. Ishlab chiqarishda
to‘rtta mahsulot olinadi, qaysiki ular korroziyaga bardoshli va uzoq muddatga chidamli
hisoblanadi.
Identifikatsiyalash bilan taqsimlash o‘rtasidagi farq qo‘shma mahsulot tannarxiga doir
qarorlarini qabul qiluvchi menedjerlar uchun ahamiyat kasb etadi. Misol uchun qo‘shma
mahsulotlardan birining bozor qiymati sezilarli darajada kamaysa bu uni ishlab chiqarishni
to‘xtatish taqoza qiladi va bu holat ko‘proq agarda bozor qiymati ajralish nuqtasidan keyingi
xarajatlarni qoplay olmasa.
Alohida mahsulotlarning to‘liq tannarxi bu unga taqsimlangan qo‘shma tannarx va
ajralish nuqtasidan keyin amalga oshirilgan tannarx yig‘indisidan iborat. Bizning misolimizda
uchta mahsulot qo‘shma tannarx va ajralish nuqtasidan keyingi tannarxlardan tashkil topgan.
Faqat, XZ-880 mahsulot ajralish nuqtasidan keyin sotishga tayyor holga keltirilgan, ya’ni unga
qo‘shimcha ishlov berish zaruriyati yo‘q.
9.1-jadvalda keltirilgan mahsulotlarning narxlarini 9.2-jadvalda hisoblab chiqilgan

tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, ayrim holatlarni qayd qilish


mumkin. Z-800 mahsulot birligining tannarxi 10.25 p.b. bo‘lgan holda sotish narxi undan past
bo‘lib 10.00 p.b.ni tashkil etmoqda. Bozor esa uni yuqori narxda sotishga imkon bermaydi.
Natijada kompaniya ushbu mahsulotni tannarxidan past narxga (farqi 0.25 p.b.) sotishga majbur
bo‘ladi. Agar tahlil jarayoniga mahsulotni sotish, distributsiya va ma’muriy xarajatlarni ham
qo‘shadigan bo‘lsak u holda zarar summasi yana oshadi. Z-900 mahsulotga yalpi marjin 1 barrel
ga 1 p.b.ni tashkil etmoqda (15 p.b.sotish narxi – 14 p.b. mahsulot tannarxi). Bu ham juda past.
Lekin XZ-880 XZ -990 mahsulotlarda yalpi marjin yuqori bo‘lib mos ravishda 16 p.b. va 26
p.b.ga yetgan. Buning sababi natural birliklar metodida kichik narxga ega bo‘lgan mahsulotlar
kichik hajmga va ko‘proq miqdorga ega bo‘lishi natijasida negativ yalpi marjinga ega bo‘lishi
mumkin. Yuqori narxga ega bo‘lgan mahsulotlar esa yuqori marjin ko‘rsatkichiga ega
bo‘lmoqda. Shu bois, natural birliklar metodini mahsulotlar narxi o‘rtasida katta farq bo‘lmagan
hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Usullar turli xil bo‘lsa ham ajralish nuqtasidan keyingi tannarx bir xil hisoblanadi,


chunki ajralish nuqtasidan keyingi xarajatlar tanlanayotgan metodga bog‘liq emas. Bu usulda
har bir alohida qo‘shma mahsulot turli xil mahsulot birligi tannarxiga ega. Ushbu usul natijalari
natural birliklar asosida taqsimlash metodiga nisbatan tannarx Z-800 mahsulotda 44 foizga kam
[(10.25 p.b. – 5.75 p.b.) / 10.25 p.b.], XZ-990 mahsulotda esa 52 foizga yuqori [((59.25 p.b. –
39.00) * 39.00 p.b.]. Qolgan ikkita mahsulot bo‘yicha farqlar uncha katta emas. Usullarni
tanlash ishlab chiqarish holatidan, mahsulotlarning jismoniy tavsiflaridan kelib chiqib amalga
oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Download 34.92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 34.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-savol. Qo‘shma mahsulot tannarxini baholash va tannarx illyustratsiyasi

Download 34.92 Kb.