• Ko‘rsatkichlar Summa
  • Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromadni ajralish nuqtasigacha amalga




    Download 34.92 Kb.
    bet6/7
    Sana06.02.2024
    Hajmi34.92 Kb.
    #152292
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1- Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlani-fayllar.org
    3-Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
    Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromadni ajralish nuqtasigacha amalga
    oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib borish usuli. Bu usul nomidan ko‘rinib
    turibdiki, ikkilamchi mahsulotni sotishdan olinadigan to‘liq sof daromad qo‘shma tannarxning
    kamayishiga olib boriladi. Yuqoridagi misolda qo‘shma tannarx 55,000 p.b.ga teng. Ikkilamchi
    mahsulotni to‘liq sotishdan olinadigan mo‘ljaldagi sof daromad 2,303 p.b.ga teng.
    Natijada, ushbu sof daromad summasiga kamaytirilgandan keyingi qo‘shma tannarx
    summasi
    55,000 - 2,303 = 52,697 p.b.
    Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan qo‘shma tannarx summasi teng bo‘ladi
    52,697 p.b. / 1,000 birlik = 52,70 p.b.
    Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot:
    Ko‘rsatkichlar
    Summa
    Sotish hajmi (800 birlik)
    800 birlik * 100 p.b. = 80,000 p.b.
    Sotilgan mahsulotlarning tannarxi (800 birlik * 52.70 p.b.) = 42,160 p.b.
    Yalpi foyda
    37,840 p.b.
    Ushbu usulda amalga oshirilgan hisob-kitob natijalarini buxgalteriya schyotlarida aks
    ettirish tartibini ko‘rib chiqaylik.
    Ikkilamchi mahsulotni qo‘shimcha qayta ishlash jarayoni bilan bog‘liq amalga oshirilgan
    xarajatlariga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
    Ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni 850
    Materiallar 300
    Mehnat haqi 320
    Taqsimlangan ishlab chiqarish ustama 230
    Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad summasiga quyidagicha
    buxgalteriya provodkasi beriladi:
    Olinadigan schetlar yoki pul mablag‘lari schetlari 2,100
    Ikkilamchi mahsulot zahirasi scheti 2,100
    Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad summasiga quyidagi buxgalteriya
    yozuvi beriladi:
    Ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni 1,250
    Ishlab chiqarish jarayoni 1.250
    Ikkilamchi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonidan qabul qilinganda quyidagicha yozuv
    beriladi:
    Ikkilamchi mahsulot zahirasi scheti 2,100
    Ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni 2.100
    Ayrim provodkalari birinchi usuldagisidan farq qilmaydi. Asosiy farq shundan iboratki,
    ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad birinchi usulda sotilgan mahsulotlarning

    tannarxining kamayishiga olib borilgan bo‘lsa, ikkinchi usulda esa ishlab chiqarish jarayoni


    schetining kamayishiga olib borilgan. Provodkalardan ko‘rinib turibdiki, ikkilamchi
    mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni alohida schetda yuritish ko‘zda tutilgan, qaysiki bu schet
    ajralish nuqtasidan keyin ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlash uchun amalga oshirilgan
    xarajatlar hamda ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad summasiga debetlanib
    ikkilamchi mahsulotning qiymati shakllangan va schetni kreditlash orqali ikkilamchi
    mahsulotlar zahirasi schetiga o‘tkazilgan.
    Xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’kidlash joizki qo‘shma ishlab chiqarish jarayonida muhim
    masala ularning qiymatini aniqlash hisoblanadi. Amaldagi qiymatni aniqlash usullari ma’lum
    qo‘layliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud ekanki, qaysiki bu funksional qiymat
    usullarini ishlab chiqishni va joriy qilishni taqoza qiladi.

    Download 34.92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 34.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromadni ajralish nuqtasigacha amalga

    Download 34.92 Kb.