• Ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati (SSMBQ) asosida taqsimlash.
  • Ajralish nuqtasida qiymatni baholash metodi
  • 3-savol. Ikkilamchi mahsulotlar hisobi
  • Yalpi foyda asosida taqsimlash metodi




    Download 34.92 Kb.
    bet4/7
    Sana06.02.2024
    Hajmi34.92 Kb.
    #152292
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1- Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlani-fayllar.org
    3-Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
    Yalpi foyda asosida taqsimlash metodi. Yalpi foyda metodi, ba’zi adabiyotlarda yalpi
    marjin yoki doimiy kontributsiya foizli metodi deb ataluvchi usulda qo‘shma tannarx qo‘shma
    mahsulotlarga yalpi foydaning bir xil foizi asosida taqsimlanadi. Qo‘shma mahsulotlar guruhiga
    talluqli bo‘lgan yalpi foyda sotishdan olingan daromaddan ularning jami ishlab chiqarish
    tannarxini ayirish orqali topiladi. Yalpi marjin foizi yalpi marjin summasini mahsulotlarni sotishdan olingan daromadga bo‘lish orqali topiladi.

    Ajralish nuqtasida sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati (SSMBQ) asosida
    taqsimlash. Bu usulda qo‘shma tannarx har bir mahsulotga ajralish nuqtasida sof sotish mumkin
    bo‘lgan qiymat proporsiyasi asosida taqsimlanadi. Sof sotish mumkin bo‘lgan qiymati bu ajralish
    nuqtasidagi sotishilishi mumkin bo‘lgan qiymati minus sotish va distributsiya xarajatlari. Ko‘p
    qo‘shma mahsulotlar ajralish nuqtasida bozorga tayyor holatga keladi, qaysiki u ajralish
    nuqtasida bozor qiymatidan uni tayyor holatga keltirish jarayonlarini chegirish orqali topiladi.
    Ajralish nuqtasida qiymatni baholash metodi. Agar qo‘shma mahsulot ajralish
    nuqtasida bozor qiymatiga ega bo‘lmasa buxgalterlar bozor qiymatini baholashlari shart bo‘ladi.
    Ajralish nuqtasida baholangan bozor qiymati bu mahsulotning bozor qiymatidan ajralish nuqtasidan keyingi tannarxni ayirish orqali topiladi.
    3-savol. Ikkilamchi mahsulotlar hisobi.
    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qo‘shma mahsulot va ikkilamchi mahsulot hamda chiqindi
    mahsulot o‘rtasidagi farqlar ularning qiymati bilan belgilaniladi. Ikkilamchi mahsulot qo‘shma
    yoki asosiy mahsulotga nisbatan kichik qiymatga ega bo‘ladi. Ikkilamchi mahsulotni chiqindi
    mahsulotlardan farq qilish talab etiladi. Ikkilamchi mahsulot chiqindi mahsulotga nisbatan
    iste’mol qiymati balandroq bo‘ladi va natijada uning qiymati ham yuksakroq bo‘ladi. Boshqa bir
    katta farqi ikkilamchi mahsulot asosiy mahsulotdan ajralgandan so‘ng yana qayta ishlanishi
    mumkin, qaysiki bu qo‘shimcha material, mehnat va ustama xarajatlarni sarflashni zaruriyat
    qilib qo‘yadi. Chiqindi mahsulotlar esa qayta ishlanmaydi.
    Ikkilamchi mahsulotning sotishdan olingan daromadlarni ikkita ko‘rsatkichga ajratish
    mumkin: 1) Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi daromad. Bu ko‘rsatkich ikkilamchi
    mahsulotni sotishdan tushgan yalpi tushum bilan belgilanadi; 2) Ikkilamchi mahsulotni
    sotishdan olingan sof daromad. Bu ko‘rsatkich ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan yalpi

    daromaddan ajralish nuqtasidan keyin qayta ishlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni


    chegirish orqali topiladi.
    Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daromad qo‘shma mahsulotning sotish
    tannarxi yoki ajralish nuqtasigacha amalga oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib
    boriladi.
    Ikkilamchi mahsulotni hisobga olishning ikkita usuli amal qiladi:
    1)
    Ikkilamchi mahsulot sotishdan olingan sof daromadni qo‘shma mahsulotning sotish
    tannarxining kamayishiga olib borishi usuli;
    2)
    Ikkilamchi mahsulotni sotishdan olingan sof daroadni ajralish nuqtasigacha amalga
    oshirilgan qo‘shma tannarxning kamayishiga olib borish usuli.
    Ushbu usullarning qo‘llanilishini amaliy misollarda ko‘rib o‘taylik. Masalan, ishlab
    chiqarish jarayoni natijasida asosiy mahsulot va ikkilamchi mahsulot olinadi. Yanvar oyi
    davomida 1,000 birlik mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi quyidagicha shakllandi:
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri material 23,000 p.b.
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat 17,000
    Ustama ishlab chiqarish 15,000

    Download 34.92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 34.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yalpi foyda asosida taqsimlash metodi

    Download 34.92 Kb.