• Xarajatlardagi o‘zgarishlar
  • Loyihalarni joylashtirish o‘rni




    Download 21.95 Kb.
    bet2/4
    Sana19.03.2023
    Hajmi21.95 Kb.
    #46022
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Otrabotka (3)
    Otrabotka
    Loyihalarni joylashtirish o‘rni

    Loyihaning joylashish o‘rnini belgilovchi omillar turli-tuman bo‘lib, bu omillarni ham tahlil qilish lozim. Loyiha uchun NPVni maksimallashtiradigan joy ma’qul makon bo‘ladi. Ko‘p hollarda joylashish o‘rnini tanlash ham loyiha ko‘lamini belgilashdagi kabi bir qator jihatlarni hisobga olishni talab etadi. Masalan, sanoat korxonasi xomashyo bazasi yaqiniga yoki energiya manbai yaqiniga yoki mahsulot bozori yoniga yoki bo‘lmasa tegishli infratuzilmaga yaqin joyda qurilishi mumkin. Har bir variant o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Maksimal NPVni ta’minlaydigan joylashish makonini tanlanishi uchun bu afzalliklar va kamchiliklar baholanishi hamda taqqoslanishi lozim.


    Tez buziladigan mahsulotlar iste’molchilarga yaqin joylashtiriladi, katta hajmdagi xomashyo va materiallarni talab qiladigan ishlab chiqarish xomashyo bazasiga yaqin joylashtiriladi. Mehnat resurslarini ko‘p talab qiladigan ishlab chiqarish esa ishchi kuchi arzon hududlarga joylashtiriladi. Bular umumiy tavsiyalar, biroq aniq izlanishlar va tadqiqotlar asosida loyihaning tegishli qarorlari qabul qilinadi.




    Xarajatlardagi o‘zgarishlar

    Xarajatlarga va loyihani amalga oshirish grafigiga real baho berish uchun muhandislik va loyiha-konstruktorlik ishlanmalarining aniq bo‘lishi talab etiladi. Noto‘g‘ri berilgan baho iqtisodiy va moliyaviy tahlilda ham noto‘g‘ri yechimlarga olib kelishi mumkin.


    Xarajatlar smetasi loyiha turi va mavjud uslublarning imkoniyatidan kelib chiqib mumkin qadar maksimal aniqlikda baholangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, bunday smeta loyihani moliyalashtirish boshlanishidan ancha oldin tayyor bo‘lishi kerak. Loyiha turlariga qarab muhandislik va loyiha-konstruktorlik ishlari hajmi turlicha bo‘ladi, masalan, tekis joyda yo‘l qurish loyihasi hamda tog‘li joyda yo‘l qurish loyihasida loyiha konstruktorlik ishlari bir- biridan farq qiladi. Agar loyihada standart uskunalarni bir necha bor xarid qilish yoki an’anaviy ishlarni bajarish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, muhandislik va loyiha-konstruktorlik ishlariga ketadigan xarajatlar minimal bo‘ladi.
    Xarajatlar smetasi, odatda, ikki qismdan tashkil topadi:

    • Asosiy smeta.

    • Ko‘zda tutilmagan xarajatlar qo‘shimcha smetasi.

    Asosiy smeta dastlab loyihaning maqsadga muvofiqligini asoslash uchun tuziladi va tuzatib boriladi. U tuzilish paytida loyihaning eng aniq qiymatini aks ettiradi.
    Fizik ko‘rsatkichlarning ko‘zda tutilmagan o‘zgarishi. Sotib olinadigan

    uskunalar soni va turida, bajariladigan ishlar hajmi yoki loyihani amalga oshirish usullarida bo‘ladigan o‘zgarishlar tufayli loyiha xarajatlarining o‘zgarishi fizik ko‘rsatkichlarning ko‘zda tutilmagan o‘zgarishi zaxirasida aks etadi. Bunday o‘zgarishlar miqdori va xarakterini doim ham oldindan ko‘rib bo‘lmaydi. Tabiiy hodisalar, sel, bo‘ron, quroqchilik, yer qimirlashlari ko‘zda tutilmagan shunday hodisalarga misol bo‘la oladi va ulardan hech qaysi loyiha to‘liq himoyalanmagan. Quyida loyiha xarajatlari asosida kelib chiqadin loyihaning zararsizlik nuqtasini aniqlashni ko‘rib chiqamiz:





    Download 21.95 Kb.
    1   2   3   4




    Download 21.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyihalarni joylashtirish o‘rni

    Download 21.95 Kb.