|
Mavzu: Soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari
|
bet | 2/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 120,34 Kb. | | #232446 |
Bog'liq Subxonova Charos kurs ishiKurs ishining maqsadi yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari, Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armalari – ularning to‘lovchilari, jamg‘armalarga majburiy ajratmalarning obyekti, stavkalari va to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan.
Kurs ishining obekti soliqqa oid qonun buzilishlarga soliq tizimi orqali ta’sir etishning asosiy yo‘nalishlari, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy usullari, soliqqa oid qonun buzilishning oldini olish tadbirlarining samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Kurs ishining tarkibi yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishga, soliqlarning huquqiy asoslarini qamrab olishga harakat qilingan test savolli variantlari keltirilgan. Ushbu test savolli variantlari talabalarni o‘zlarining ustida yanada ko‘proq ishlashlariga, fanni chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.
1.Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir.Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim.Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishibilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu obyek-tivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalarham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal qilishini talabetadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshaqlar) varentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliya-lashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan,davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydi.Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni mablag‘bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni budjet hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko‘rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsa-dida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni obyektiv zarur qilib qo‘yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat bo‘lib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi. Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan obyektiv va subyektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish, ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash,soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo‘lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlarning tutgan o‘rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o‘zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish usullari xilma-xil bo‘lganligi bilan asoslanib kelingan.Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir.Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish,davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vosi-tasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbayi hisoblanadi.Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723—1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini ko‘rsatib berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib,ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.N.I. Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818-yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf-odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «...soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib qoldi.Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalqorasida tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir». Bu so‘zlardan yana bir bor aminbo‘lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan.Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida turgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi.Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi.
«Soliqlar, — deb yozadi D. Rikardo, — hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular capital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi».1Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan.
S.G. Pepelyayev «Soliq — ommaviy hokimiyat subyektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda xolisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir»deb, ta’kidlagan.D.G. Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo‘jalik subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi».S.H. Gataulin «...soliqlar o‘zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga quyidagicha javob beradi: «Soliqlar — bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy manbayi bo‘lib,iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir.Soliqlar davlat budjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to‘laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o‘zida aks ettira olmaydi.Bundan tashqari, iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar obyekti bo‘lib nima hisoblanadi, degan savollarga javob bera olmaydi.Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, — «Soliqlar – milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir».2
O. Olimjonovning fikriga ko‘ra: «Soliqlar — davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir».3 Soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo‘lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqti-sodiyotdagi o‘rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.Bugungi kunda soliq kategoriyasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o‘rnini, soliqlarning nazariy jihatlarini aniqroq va to‘liqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish muammosi fanda mavjuddir.Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarurbo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi. Soliqni to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar budjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni ko‘paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infrastruk-turasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki vatashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar orqali to‘playdi.Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tad-birkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi,narx belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi.
|
| |