• 9-modda. Soliq solishning aniqligi va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi prinsipi
  • 10-modda. Adolatlilik prinsipi
  • 11-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
  • 12-modda. Oshkoralik prinsipi
  • 44-modda. Royalti
  • Soliq solish prinsiplari




    Download 17.1 Kb.
    Sana28.02.2024
    Hajmi17.1 Kb.
    #163879
    Bog'liq
    Soliq solish prinsiplari
    А Кохоров, 1 шўъба 23 04 2022 энергетика, Abduqadir ma\'lumot, 14.03.2023 ректор очиқ мулоқот баён, Kurs ishi xujjatlari, Doc2, 1. Korporativ boshqaruv predmeti, maqsadi va vazifalari, Egamberdiyeva T- monograph 1, 1124 (1), 5 Core Elements eBook , 1-amaliy, Bitiruvchilar forumi 2023, I bob. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari-fayllar.org, mavzu banki, 2022 yil 18 may kuni Namangan muhandislik

    Soliq solish prinsiplari
    Soliq solish majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
    8-modda. Majburiylik prinsipi
    Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan yig‘imlarni to‘lashi shart.
    Hech kimga soliqlar va yig‘imlarning barcha alomatlariga ega bo‘lgan, biroq ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
    9-modda. Soliq solishning aniqligi va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi prinsipi
    Soliqlarni va yig‘imlarni belgilovchi soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilarni hamda ushbu soliqlarning va yig‘imlarning boshqa barcha elementlarini, shu jumladan ularni to‘lash muddatlari va tartibini aniqlab berishi kerak.
    Soliq organlari soliq munosabatlari doirasida soliq to‘lovchilar bilan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni to‘g‘ri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shart. Bunda soliq organlari soliq to‘lovchilarning qonuniy faoliyatiga asossiz to‘siqlar yaratishga haqli emas, soliq to‘lovchilar esa soliq organlari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratishi kerak.
    10-modda. Adolatlilik prinsipi
    Soliqlar va yig‘imlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas.
    Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan soliqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
    11-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
    Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir.
    O‘zbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy makonini buzuvchi, xususan, O‘zbekiston Respublikasining hududi doirasida tovarlarning (xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag‘larning erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yadigan soliqlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    12-modda. Oshkoralik prinsipi
    Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari rasman e’lon qilinishi shart.
    Rasman e’lon qilinmagan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
    13-modda. Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi
    Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin etiladi.
    44-modda. Royalti
    Har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun to‘lovlar royalti deb e’tirof etiladi, shu jumladan:
    san’at, adabiyot, ilm-fan, shu jumladan dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalariga, chizmaga, dizaynga yoki modelga, rejaga, maxfiy formulaga, texnologiyaga yoki jarayonga, audiovizual asarlarga hamda turdosh huquqlar obyektlariga, shu jumladan ijrolar va fonogrammalarga bo‘lgan mualliflik huquqlari;
    patentlar, tovar belgilari, savdo markalari yoki huquqning boshqa shunga o‘xshash turlari;
    sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborot (nou-xau). Bunda ilmiy-texnika sohasidagi intellektual faoliyat natijalari va (yoki) kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari to‘g‘risidagi, ilgarigi tajribadan kelib chiqadigan, iqtisodiy faoliyatda amaliy jihatdan qo‘llaniladigan, shuningdek (uning uchinchi shaxslarga ma’lum emasligi tufayli) haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lgan sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega axborot (agar bunday ma’lumotlardan qonuniy asosda erkin foydalanish imkoniyati uchinchi shaxslarda mavjud bo‘lmasa) va uning oshkor etilishi natijasida iqtisodiy naf olish mumkin bo‘lsa, bu axborot nou-xau deb tushuniladi.
    Download 17.1 Kb.




    Download 17.1 Kb.