• Hududlar sanoatini transformatsiyalash va diversifikatsiyalashda qanday natijalarga erishildi
  • O‘zbekiston hududlarining iqtisodiyotni sanoatlashtirish dinamikasi tahlil qilindi




    Download 19.53 Kb.
    Sana11.04.2023
    Hajmi19.53 Kb.
    #50287
    Bog'liq
    Abduqadir ma\'lumot
    А Кохоров, 1 шўъба 23 04 2022 энергетика, 14.03.2023 ректор очиқ мулоқот баён, Kurs ishi xujjatlari, Doc2, 1. Korporativ boshqaruv predmeti, maqsadi va vazifalari, Egamberdiyeva T- monograph 1, 1124 (1), 5 Core Elements eBook , 1-amaliy, Bitiruvchilar forumi 2023, I bob. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari-fayllar.org, mavzu banki, 2022 yil 18 may kuni Namangan muhandislik, Soliq solish prinsiplari

    O‘zbekiston hududlarining iqtisodiyotni sanoatlashtirish dinamikasi tahlil qilindi
    2017—2022-yillarda O‘zbekiston hududlarining iqtisodiyotni sanoatlashtirish dinamikasi va tendensiyalari tahlil qilindi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.
    Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur davrda mamlakat sanoati jadal rivojlandi. 2017—2022-yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 134,2 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot o‘sishidan (129,5 foiz) yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
    Andijon, Namangan, Xorazm, Jizzax, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ishlab chiqarish quvvatini oshirish, investitsiya va tadbirkorlik faolligini (asosan, to‘qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari, kauchuk va plastmassa, qurilish materiallari, elektron qurilmalar, elektrotexnika ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, metallurgiya) rag‘batlantirish hisobiga sanoat tarmog‘ida hududlar kesimida yuqori o‘sishga (1,4—1,9 baravar) erishildi.
    Mahalliy resurslar va hududlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy shakllari maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar, klasterlar keng joriy etildi. 
    Natijada 2022-yilga kelib mamlakat sanoat ishlab chiqarishida 2017—2022-yillarda tashkil etilgan 20 ta erkin iqtisodiy zonaning ulushi 4,9 foiz, 506 ta klasterning ulushi 5,2 foiz, 317 ta kichik sanoat zonasining ulushi 1,2 foizgacha oshdi.
    Hududlar sanoatini transformatsiyalash va diversifikatsiyalashda qanday natijalarga erishildi? 
    Mamlakatning 10 ta viloyati (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari) YHM tarkibida sanoat tarmog‘ining ulushi ortdi.
    Aksariyat hududlarning (Andijon, Jizzax, Xorazm, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari) qayta ishlash sanoatida o‘rta-yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning hissasi oshdi.
    Qoraqalpog‘iston, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlarida ishlab chiqarish sanoati tarkibi yanada diversifikatsiyalashdi.
    Sanoat rivojlanish darajasi past bo‘lgan Buxoro, Jizzax, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarish respublika parametriga yaqinlashib, mintaqalararo nomutanosibliklar qisqardi.
    Umuman olganda, 2017—2022-yillarda mamlakatda mintaqaviy siyosat bo‘yicha amalga oshirilgan samarali islohotlar natijasida hududlarning sanoat salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishga erishildi. 
    Xulosa sifatida aytish mumkinki, kelgusida hududlar sanoatini rivojlantirish istiqbollari ishlab chiqarish omillari (inson kapitali, resurs tejamkor texnologiyalar, innovatsiyalar va b.) samaradorligi tufayli sifat o‘zgarishini ta’minlashdan iborat bo‘lishi lozim.
    Download 19.53 Kb.




    Download 19.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston hududlarining iqtisodiyotni sanoatlashtirish dinamikasi tahlil qilindi

    Download 19.53 Kb.