• Piyodalar oqimining zichligi
  • Transport va piyodalar oqimining harakat miqdori va tarkibi.
  • Piyodalar harakat tezligi




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/23
    Sana29.05.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #256961
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
    Bog'liq
    3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari

    Piyodalar harakat tezligi
     
    - piyodalarning yoshiga, psixologik holatiga, harakatlanish 
    maqsadiga, qatnov zichligiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha 1,8-5,7 km/soat tashkil etadi. 
    Minimal tezlik 0,7

    0,8 km/soat bilan asosan yosh bolalik ayollar va qariyalar harakatlansa
    maksimal tezlik 10 km/soat bilan esa yoshlar harakatlanadi. Piyodalar harakatiga ob-havo sharoiti 
    katta ta’sir ko‘rsatadi. Yaxshi ob-havo sharoitda yuqori tezlikda harakatlanish kuzatiladi. 
    Shuningdek, piyodalar harakat tezligi o‘rtacha qiymatdan ertalabki soatlarda 25

    30 % ga ko‘proq, 
    aksincha, kechki vaqtlarda 15

    20 % pastroq bo‘ladi. 
    Piyodalar oqimining zichligi
     
    – piyodalar sonini 1m
    2
    trotuar maydoniga to‘g‘ri keladigan 
    nisbat bilan aniqlanadi. Piyodalar oqimining zichligi trotuarning eniga va piyodalarning harakat 
    miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, ularning nisbati piyodalarning harakatlanish qulayligini 
    belgilaydi. Masalan, Vilnyus shahri markaziy prospektidagi piyodalar zichligi 0,6

    1,2 piyoda/km
    2
    tashkil etadi, katta shaharlarda esa bu ko‘rsatkich 3

    4 piyoda/m
    2
    (Sankt-Peterburgdagi Nevskiy 
    prospektida piyodalar harakat miqdori 20.000 piyoda/soat), shuningdek, Moskva, Kiev 
    ko‘chalarining ba’zilarida 3 piyoda/m
    2
    gacha zichlik kuzatiladi. Kichik enli trotuarlarda 
    (1,5mgacha) piyodalarning maksimal zichligi 0,5

    0,6 piyoda/m
    2
    tashkil etadi. [2].
    Transport va piyodalar oqimining harakat miqdori va tarkibi. 
    Harakat miqdori yillar, oylar, sutka soatlari va hafta kunlari hamda yo‘lning bo‘laklariga 
    nisbatan o‘zgaruvchan ko‘rsatkichdir. Harakat miqdorining o‘zgarishini quyida respublikamiz 
    yo‘llariga xos misollar orqali ko‘rsatamiz. 
    Harakat miqdori avtomobil yo‘lining ahamiyatiga va uning atrofidagi viloyat va tumanlarning 
    iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Masalan,Toshkent-Qo‘qon avtomobil yo‘lida 
    harakat miqdorining yildan-yilga oshib borishiga asosiy sabab qo‘shni respublikalar va chet el bilan 
    transport aloqalari shu yo‘l orqali amalga oshirilishidir.Aksincha harakat miqdorining pasayishi 
    iqtisodiy - ijtimoiy aloqalarning cheklanishi yoki katta hajmdagi qurilish ishlarining yakunlanishi 
    oqibatida yuzaga keladi (2.1-rasm). 

    Download 1,75 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish