- 35 -
7.
Aravani bosib (urib) ketish
. Harakatlanayotgan transport
vositasi harakatlanayotgan
aravani urib ketishi.
8.
Hayvonlarni urib (bosib) ketish
. Transport vositasi yovvoyi yoki uy hayvonini urib
ketishi.
9.
Boshqa (qolgan) YTH
. Bu turdagi YTHga tramvayning relsdan chiqib transport vositasini
yoki
piyodalarni urishi, yuk avtomobillaridan yuk tushib ketishi natijasida bo‘ladigan falokatlar,
passajirning yiqilib tushishi va h.k. kiradi.
Quyidagilar YTH sifatida hisobga olinmaydi:
-traktorlar, boshqa o‘zi yurar mashinalar va mexanizmlar bilan ular mo‘ljallangan asosiy
ishlab chiqarish amallarini (er haydash,
xandoqlar qazish, dalada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
yig‘ish, avtokranlar yordamida amalga oshiriladigan yuk ortish-tushirish ishlari, machta
tayanchlarini o‘rnatish va h.k.) bajarayotgan vaqtda ro‘y bergan hodisalar (ular
asosan
ekspluatatsiya tartiblarini va texnika xavfsizligiga rioya qilinmaganlikdan kelib chiqqan hodisalar);
-odamlarni hayotdan mahrum etish yoki ular salomatligiga, yohud mulkiga zararyetkazishga
qaratilgan qasddan qilingan harakatlar natijasida vujudga kelgan
hodisalar;
-jabrlanuvchining o‘z joniga qasd qilishga urinish oqibati hisoblangan hodisalar;
-tabiiy ofatlar natijasida vujudga
kelgan hodisalar;
- 36 -
-haydovchi rulda bo‘lmagan paytda texnika xavfsizligining buzilishi natijasida vujudga
kelgan hodisalar (motorni dastak bilan o‘t oldirish yoki ulamada turgan motorni o‘t oldirish va
h.k.);
-xududi yopiq bo‘lgan
tashkilotlarda, aerodromlarda, harbiy qism-larda va boshqa
qo‘riqlanadigan ob’ektlarda vujudga kelgan hodisalar;
-sport yig‘inlarini o‘tkazish davrida transport vositasining nosozligi yoki haydovchi-
sportsmen yoki boshqa qatnashchilarning aybi bilan vujudga kelgan hodisalar;
-harakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik nosozligi bilan bog‘liq bo‘lgan
yong‘inlar.
Norvegiya, Oslo transport iqtisodiyoti instituti tomonidan 1996 yil chiqarilgan yo‘l
harakati
xavfsizligi ma’lumotnomasiga ko‘ra, 2000 yil butun dunyo bo‘yicha YTHda haloq bo‘lgan insonlar
soni bir millionga yetgan. Shuni aytish lozimki, 1991 yilda, yer yuzida [7] YTHda 500.000 kishi
haloq bo‘lgan, 1981 yilda esa 250.000 inson haloq bo‘lgan.Demak, 10 yil ichida falokatlar soni 2
barobarga o‘sgan. YTH statistik ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki,
oxirgi yigirma yil
davomida ularning miqdori 4 martaga yaqin oshgan.
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida 1981-2001 yillarda sodir etilgan YTH (3.1-
rasm) jahon miqyosidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan oxirgi 10 yil ichida kamaydi. Masalan, 1991 yil
18272 bo‘lsa, 2000 yilga kelib 10941 ta sodir bo‘ldi, ya’ni 1,67 barobar kamaydi.
Avtomobillashtirish rivojlangan davlatlardaYTH oxirgi 7 yil(1993
1999 yillar) ichidagi
o‘zgarish ko‘rsatkichlari quyidagi 3.1-jadvalda keltirilgan [8].
Jadvaldagi ko‘rsatkichlardan ko‘rinadiki, AQSH, Italiya, Polqsha, Turkiya va Portugaliya
davlatlaridan tashqari barcha davlatlarda YTH umumiy sonining kamayishi
kuzatiladi va bunda
O‘zbekiston Respublikasida 1993 yilga nisbatan 1999 yildagi ko‘rsatkich 12,8 % ga pasaygan.
Lekin O‘zbekiston uchun mustaqillikka erishgandan keyingi 1992 yildan 2001 yilgacha bo‘lgan
YTH umumiy sonining kamayishi 27,7 % tashkil etadi, bu ko‘rsatkich avtomobillashtirish yuqori
bo‘lgan davlatlar erishgan yutuqlarning eng yuqorilardan biridir.
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
20
1985
1987
1989
1991
1993
1995
1997
1999
2001
2003