• Birinchi tamoyil
  • -mavzu. Piyodalar harakat xafvsizligini oshirish yo‘llari




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/23
    Sana29.05.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #256961
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari

    17-mavzu. Piyodalar harakat xafvsizligini oshirish yo‘llari. 
     
    Tayanch iboralar: Piyodalar harakatini tashkil etish tamoyillar. Piyodalar o‘tish joylarida 
    ziddiyatsiz harakatni tashkil etish.
    Piyodalar harakatini tashkil etish avtomobil yo‘llarini va shahar ko‘chalarini ikkita bo‘lakka 
    bo‘lib, olib borilishi lozim. Birinchi bo‘lak chorraha va tutashma joylar, ikkinchi bo‘lak chorraha va 
    tutashmalar oralig‘idagi yo‘l bo‘yidagi mintaqa. 
    Piyodalar harakatini tashkil etish qo‘yidagi 
    tamoyillar
    bo‘yicha amalga oshiriladi: 
    I. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydilar. 
    II. Piyodalar transport vositalarining harakatiga qisman (vaqti-vaqti bilan) ta’sir 
    ko‘rsatadilar. 
    III. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatadilar. 
    Birinchi tamoyil
    talabini bajarish uchun piyodalar harakatini tashkil etishda chorraha va 
    tutashmalar mintaqasida piyodalar yo‘lning (ko‘chaning) bir tarafidan ikkinchi tarafiga o‘tishi 
    uchun yer osti tonneli yoki qatnov qismining ustidan yo‘l o‘tkazgich inshootlari quriladi. 
    Shuningdek ikki chorraha oralig‘ida piyodalar harakatlanishi uchun yo‘lning ikki tarafidan yoki bir 
    tarafidan yo‘lka belgilanib, piyodalar yo‘lning qatnov qismiga chiqishini bartaraf etishi uchun 
    to‘siqlar o‘rnatiladi. Bu tamoyil bo‘yicha piyodalar harakatining tashkil etilishi avtomagistrallarda, 
    yuqori darajali yo‘llarda va asosan tezyurar shahar ko‘chalarida ko‘zda tutiladi. Chorrahada yoki 
    tutashmada bunday harakatni tashkil etilishi natijasida piyodalar va transport vositalari orasida 
    ziddiyatli vaziyat vujudga kelmaydi. Rivojlangan mamlakatlarning shahar ko‘chalarida va 
    avtomagistrallarda shu tamoyil bo‘yicha harakat tashkil etilgan bo‘lib, piyodalar o‘tish joylarida 
    YTH kuzatilmaydi.Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasining katta shaharlarida, xususan, 
    Toshkentda piyodalar uchun yer osti yo‘llari qurilishi keng rivoj oldi. Masalan, Markaziy va Bosh 
    universal, «Bolalar dunyosi» magazinlari, Oloy, Eski jo‘va bozorlari, shimoliy va janubiy vokzallar 
    hududida yer osti yo‘llari barpo etilib, shu mintaqadagi harakat xavfizligi ta’minlanishi bilan 
    birgalikda, transport vositalari o‘rtacha tezligining oshishiga erishildi. Afsuski, ko‘pchilik hollarda 
    piyodalar bunday mintaqalarda yo‘l harakat qoidalarini buzib, qatnov qismida harakatlanishi 
    natijasida yer osti yo‘laklarining samaradorligi pasayishi, aynan bu sutkaning qorong‘i vaqtida 
    kuzatiladi. 

    Download 1,75 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Piyodalar harakat xafvsizligini oshirish yo‘llari

    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish