Gorizontal otilgan jismning tangensial tezlanishi √3g/2 bo‘lgan paytda uning tezligi gorizont bilan qanday burchak (◦) hosil qilgan




Download 20,44 Kb.
Sana24.05.2024
Hajmi20,44 Kb.
#252117
Bog'liq
Fizika baza umumiy


1-variant

  1. Gorizontal otilgan jismning tangensial tezlanishi √3g/2 bo‘lgan paytda uning tezligi gorizont bilan qanday burchak (◦) hosil qilgan?

A) 22,5 B) 30 C) 60 D) 45

  1. Vertikal pastga otilgan jismning harakat boshidan 4 s o‘tgan paytdagi tezligi 45 m/s bo‘lsa, 1 s avval uning tezligi (m/s) qanday bo‘lgan? g=10 m/s2

A) 35 B) 25 C) 20 D) 30

  1. 0,3 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 20 t massali vagon 0,2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 30 t massali vagonni quvib yetadi. Agar to‘qnashuv noelastik bo‘lsa, to‘qnashuvdan keyin vagonlarning umumiy tezligi (m/s) qanday bo‘ladi?

A) 0,34 B) 0,22 C) 0,18 D) 0,24

  1. 3 kg massali jismga 4 m/s2 tezlanish bergan kuch, 6 kg massali jismga qanday tezlanish (m/s2) beradi?

  1. 3 B) 4 C) 8 D)2

  1. Tinchlikdagi uzunligi 1,2 m bo‘lgan jism 0,6c tezlik bilan harakatlansa, uning uzunligi qanchaga (cm) o‘zgaradi? c − yorug‘likning vakuumdagi tezligi.

A) 24 ga kamayadi B) 30 ga ortadi
C) 30 ga kamayadi D) 24 ga ortadi

  1. Elektron va pozitron berilgan. Ularning elektr ta’siri qanday?

A) avval itarishib, so‘ngra tortishadi
B) ta’sirlashmaydi C) itarishadi
D) tortishadi

  1. Prujinali mayatnik gorizontal holatda A amplituda bilan tebranmoqda. Unga biriktirilgan jismning muvozanat nuqtasidan o‘tayotgandagi kinetik energiyasi 28 J bo‘lgan bo‘lsa, A/2 nuqtadan o‘tayotgandagi kinetik energiyasi (J) qanday bo‘ladi? A) 21 B) 7 C) 28 D) 14

  2. Kondensatorining sig‘imi 4 marta ortsa, ideal tebranish konturidagi erkin elektromagnit tebranishlar davri qanday o‘zgaradi? A) 2 marta kamayadi B) 4 marta kamayadi C) 4 marta ortadi D) 2 marta ortadi

  3. Idishdagi geliyning bosimi 240 kPa, ichki energiyasi 200 kJ. Gazning hajmi (l) qanday? A) 148 B) 740 C) 555 D) 370

  4. Tezligi 0,2c bo‘lgan zarra va foton bir-biridan uzoqlashmoqda. Ularning nisbiy tezligi qanday? c - yorug‘lik tezligi. A) 1, 2c B) 0, 8c C) c D) 0, 2c

  5. Moddiy nuqta x = A sin(πt/8) qonun bo‘yicha tebranmoqda. Vaqt o‘lchovi t=0 dan boshlansa qanday t vaqtda (s) moddiy nuqta bosgan yo‘l 1,5A ga yetadi? A) 28/3 B) 20/3 C) 23/3 D) 19/

  6. Alyuminiy simning uzunligi 2 m, ko‘ndalang kesim yuzasi 1 mm2. Bu sim 1 mm ga uzayishi uchun uni cho‘zuvchi kuch (N) qanday bo‘lishi kerak? Alyuminiyning elastiklik moduli 70 GPa. A) 70 B) 35 C) 140 D) 35/2

  7. 20 m chuqurlikdagi ko‘lning tubidan havo pufakchasi suv sirtiga ko‘tarilganda, uning hajmi necha marta ortadi?
    A) 20 B) 10 C) 7 D) 3

  8. Hajmi 20 m3 bo’lgan jismning 16 m3 hajmli qismi kerosinga botib turibdi. Shu jismning zichligini (kg/m3) toping. Kerosin zichligi 0,8 g/sm3 ga teng.

A) 640 B) 740 C) 800 D) 580

  1. Suyuqlik ustunining balandligi 3 marta orttirilib, idish tubining yuzasi shuncha marta kamaytirilsa, suyuqlik ustunining idish tubiga ko’rsatadigan bosimi qanday o’zgaradi?

A)9marta ortadi B) 9marta kamayadi
C)3marta ortadi D) 3marta kamayadi

  1. Qanday balandlikda atmosfera bosimi dengiz sathidagi bosimdan 2 marta kam bo’ladi?

A) 3400 B) 1250 C) 5400 D) 4560

  1. Ideal gazning harorati 227oC ga yetishi uchun uning hajmi izobarik ravishda 2 litrdan 4 litrgacha ortdi. Gazning boshlang’ich haroratini toping (oC).

A) -23 B) 113,5 C) 100 D) -173

  1. Tebranish konturida tok I=0,01cos1000t (A) qonuniyat bilan o‘zgarmoqda. Konturdagi kondensator sig‘imi 2⋅10−5 F. Konturdagi g‘altak induktivligini (mH) toping. A) 50. B) 100. C) 20. D) 150.

  2. Tovushning gazdagi tarqalish tezligi (𝜐1), suyuqlikdagi tezligi (𝜐2) va qattiq jismdagi tezligi (𝜐3) ga teng. Tezliklar orasidagi munosabatni aniqlang?

A) 𝜐3 < 𝜐2 < 𝜐1 . B) 𝜐3 > 𝜐2 > 𝜐1 .
C) 𝜐3 < 𝜐2 > 𝜐1 D) 𝜐3 = 𝜐2 = 𝜐1 .

  1. Uzunligi 1 m bo‘lgan massasi 3 kg taxtani silliq sirtdan ishqalanish koeffitsiyenti 0,1 ga teng sirtga gorizontal sudrab o‘tkazishda bajarilgan ishni (J) toping. A) 1,5. B) 1. C) 2. D) 3.

  2. O‘quvchi bola optik kuchi -4 D bo‘lgan ko‘zoynakda o‘qimoqda. Uning ko‘zoynaksiz eng yaxshi ko‘rish masofasi (cm) qanday? A) 12,5. B) 40. C) 20. D) 25.

  3. Zaryadlangan kondensatorni g‘altakka ulashdi. Qanday eng qisqa vaqt o‘tgandan keyin (T davr) kondensatordagi energiya g‘altakdagi energiyaga teng bo‘ladi? A) T/10. B) T/8. C) T/6. D) T/4.

  4. Polyarizator va analizatorning bosh tekisliklari orasidagi burchak 45 . Bu burchakni 60 gacha orttirilganda analizatordan chiqayotgan yorug‘likning intensivligi necha marta kamayadi?

  1. 1.5 B) 2 C) 2.5 D) 3

  1. q, q va 2q nuqtaviy zaryadlar bir to‘g‘ri chiziqda ketmaket, bir biridan bir xil masofada joylashgan. O’rtadagi zaryadga 8 N kuch ta’sir qiladi. 2q zaryadga qanday kuch (N) ta’sir qiladi? A) 8. B) 12. C) 16. D) 20.

  2. Quruq havo xona haroratida qanday o‘tkazgich hisoblanadi? A) p-n o‘tkazgich. B) yarim o‘tkazgich C) dielektrik. D) o‘tkazgich.

  3. Uzunligi 0,9 m bo‘lgan matematik mayatnik lift shiftiga osilgan. Lift tepaga 5 m/s doimiy tezlik bilan ko‘tarilayotgan bo‘lsa, mayatnikning tebranish davri (s) qanday? g=10 m/s2 A) 1,9 B) 1,2 C) 1,5 D) 2,6

  4. Volframdan elektronning chiqish ishi 4,5 eV ga teng. Agar volframdan yasalgan katodga 5 eV energiyali fotonlar tushsa, fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi (eV) qancha bo‘ladi? A) 0,3 B) 0,6 C) 0,4 D) 0,5

  5. Nuqtaviy zaryaddan 2 cm masofadagi nuqtada elektr maydon potensiali −2 V. Shu nuqtadagi maydon kuchlanganligini (V/m) toping. A) 50 B) 100 C) 10 D) 400

  6. Akkumulyator 60 A·h zaryad to‘plagan. Bu necha kulon bo‘ladi? A) 108000 B) 27000 C) 54000 D) 216000

  7. Optik kuchi 5 dptr bo‘lgan linzaning fokus masofasi (cm) qancha? A) 20 B) 25 C) 10 D) 15

2-VARIANT



  1. FIKi 45 % bo‘lgan issiqlik mashinasi sovutgichga 110 J issiqlik berdi. U isitgichdan qancha issiqlik olgan (J ).

A) 110 B) 155 C) 145 D) 200

  1. Diskning diametri 16dm va aylanish chastotasi 0,5 s-1 ga teng. Disk chekka nuqtasining chiziqli tezligini toping. (m/s) π = 3,14

A) 1.57 B)25.12 C) 200.96 D)100.48

  1. 2m/s tezlik bilan ketayotgan 360 g koptokga futbolchi orqasidan 3,6N ⋅s kuch impulsi berdi. Koptokning oxirgi impulsini toping (kg ⋅m/s)

A)2.88 B)3.6 C)0.72 D) 4.32

  1. Massasi 20 kg bo‘lgan rezina gorizontal tekislikda yotibdi. Sirt va rezinaning bir-biriga tegib turgan qismlari orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0.2 ga teng. Rezinani gorizontal yo‘nalishda 100 N kuch bilan tortsak, rezina va sirt orasida qanday ishqalanish kuchi vujudga keladi ? (N) g=10 m/s2

A)100 B)20 C)40 D)60

  1. Lift pastga 3m/s tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Undagi 200kg massali ayiqning og‘irligini toping. (N)

g =10m/s2
A)2600 B)2000 C)1400 D)600

  1. Bir tomchi suv diametri 5 mm bo‘lgan vertikal shisha naychadan tushmoqda. Tomchining og‘irligini toping.σsuv=73 mN/m, ρ=1000 kg/m3 , g=10 m/s2 . A) 1146 μN B) 565 μN C) 229 μN D) 287 Μn

  2. Suv quyilgan chelak yuqoriga 2 m/s2 tezlanish bilan ko‘tarilmoqda. Agar chelakdagi suv ustunining balandligi 30 cm bo‘lsa, suvning chelak tubiga bosimini aniqlang (kPa). g=10 m/s2 . A) 3 B) 2,2 C) 1,1 D) 3,6

  3. Bosimi 0,5 MPa va harorati 52 0C bo‘lganda, 1 mol gaz qanday hajmni egallaydi (litr)? A) 5,8 B) 5,4 C) 6,2 D) 6

  4. Harakat tenglamari x1=2t+4 [m] va x2=4t-6 [m] bo‘lgan ikkita mashina qancha vaqtdan keyin uchrashadilar? A) 2 s B) 3,5 s C) 5 s D) ular uchrashmaydilar

  5. Kuch moment bu – … A) aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismga ta’sir etayotgan kuchning aylanish o‘qidan kuchning ta’sir chizig‘igacha bo‘lgan eng qisqa masofaga ko‘paytmasi B) aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismga ta’sir etayotgan kuch C) aylanish o‘qiga ega bo‘lmagan jismga ta’sir etayotgan kuchning jism uzunligiga ko‘paytmasi D) aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jism massasining jismga ta’sir etayotgan kuchga ko‘paytmasi

  6. Quduqqa tosh tashlandi. Tosh quduq tubiga tekkach uning ovozi 1 s o‘tgach eshitilgan bo‘lsa, toshning quduqqa erkin tushish vaqtini toping (s). Tovushning havoda tarqalish tezligi 320 m/s. Havoning qarshilik kuchini hisobga olmang. A) 9. B) 10. C) 11. D) 8.

  7. Jismning to‘g‘ri chiziqli harakati s = 3t + 2t2 tenglama bilan ifodalanadi. Jismning t1 = 1 s dan t2 = 3 s gacha bo‘lgan vaqt intervalida o‘rtacha tezlik topilsin. A) 6 m/s. B) 7 m/s. C) 8 m/s. D) 11 m/s.

  8. Qarshilik kuchi 20 kN bo‘lganda, 5 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan mashina motorining quvvati 400 kW bo‘lsa, FIK necha foiz bo‘ladi? A) 50. B) 40. C) 25. D) 30.




Download 20,44 Kb.




Download 20,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gorizontal otilgan jismning tangensial tezlanishi √3g/2 bo‘lgan paytda uning tezligi gorizont bilan qanday burchak (◦) hosil qilgan

Download 20,44 Kb.