Бензин (бензин)




Download 194,36 Kb.
bet1/2
Sana12.12.2023
Hajmi194,36 Kb.
#117238
  1   2
Bog'liq
Signal generatorlari, generatorlarning turlari, kvars generatorlari


Signal generatorlari, generatorlarning turlari, kvars generatorlari.
Tayyorladi: 121-22 Ismatov Javlonbek
Elektr signali generatorining tarkibiy tuzilish sxemasi
Kuchaytirgichni tashkil qilgan kaskad tranzistorining ishchi nuqtalari chiqishdagi tebranishlari amplitudasining ortishi bilan kuchaytirgich tranzistori dinamik tavsifnomasining nochiziqli sohasiga oʻtadi, natijada kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisenti qiymatga qadar kamayib boradi va kuchaytirgich chiqishida tezlanishlar amplitudasining statsionar qiymati oʻrnatiladi. Yuqorida koʻrilgan ifoda shuni koʻrsatadiki, kuchaytirgich signalni necha marta oshirsa teskari bogʻlanish zanjiri uni shuncha marta kamaytiriladi va bu shartga amplituda balans sharti deyiladi.
Musbat teskari bogʻlanish generatorlarda tashqi yoki ichki boʻlishi mumkin. Tashqi chastotaga bogʻliq zanjirlar tuzish bilan amalga oshiriladi.
Ichki musbat teskari bogʻlanish esa elektron asboblarning ish rejimlarida ishlashi bilan yuzaga keladi. Odatda sinusoidal tebranishlar generatorlarini tuzishda tashqi musbat zanjirlaridan foydalaniladi, chunki bunday teskari bogʻlanish ichki teskari bogʻlanishga nisbatan yuqori chastota stabiliga ega boʻlgan tebranishlarni hosil qiladi. Generatordagi statsionar tovushlar amplitudasini aniqlashda tebranishlar tavsifnomasi va teskari bogʻlanish chizigʻidan foydalangan holda grafik usulda aniqlash mumkin.
Tebranishlar tavsifnomasi – bu kuchaytirgich chiqishidagi tokning asosiy (birinchi) garmonikasi amplitudasining teskari bogʻlanish zanjiri orqali kuchaytirgichning kirishiga uzatilayotgan kuchlanishga bogʻliqligidir. Tebranishlar tavsifnomasi nochiziqlidir. Chunki uning koʻrinishi nochiziqli elementar parametrlari bilan aniqlanadi. Teskari bogʻlanish chizigʻi – bu kirish kuchlanishi amplitudasining kuchaytirgich chizish toki amplitudasining garmonikasiga bogʻliqligidir. Teskari bogʻlanish chizigʻi teskari bogʻlanish zanjirining susaytirish xususiyatini xarakterlaydi va u toʻgʻri chiziqli ogʻmadan iborat boʻladi, uning ogʻmasi chiziqli boʻlib,chiziqli toʻrt qutbli teskari bogʻlanish zanjirining parametrlari bilan aniqlanadi.
Yuqori chastotali generatorlar chastotasining stabilligiga ta’minlash manbayining kuchlanishi kuchli ta’sir qiladi. Chunki bu tebranish konturining ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga olib keluvchi kirish va chiqish qarshiliklarining reaktiv tashkil etuvchisiga bog‘liqdir. Shunga ko‘ra yuqori darajadagi stabil chastotali tebranishlarni hosil qilish uchun yuqori chastotali generatorlarning ta’minlash manbalarining kuchlanishi yuqori darajadagi stabilikka ega bo‘lishi lozim. Yuqori chastotali generatorlarning chastotasi atrof muhit haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki haroratning ortishi induktiv g‘altak va kondensator ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga, bu esa generatsiya chastotasining kamayishiga olib keladi, shunga ko‘ra keng harorat diapazonida ishlovchi generatorlarning chastotasini stabilizatsiya qilish maqsadida konturning asosiy kondensatoriga termokompensatsiya elementi sifatida tikondli kondensator parallel ulanadi, bu kondensatorning sig‘imi haroratning ortishi bilan kamayadi
Chastotaning temperatura stabilligi miqdori jihatdan chastotaning temperatura koeffisenti yordamida baholanadi. Chastotaning temperatura koeffisenti temperatura 10ga o‘zgargandagi chastotani nisbiy o‘zgarishiga teng.
Tikondli kondensatorda ulangan tebranish konturi.
Yanada yuqori darajadagi chastota stabilligini ta’minlash uchun kvarts generatorlaridan foydalaniladi, ya’ni yuqori asllikdagi tebranish konturiga pizaelektrik effekt xususiyatiga ega bo‘lgan kvarts plastinkasi ulanadi. Agar kvarts plastinkasining qoplamalariga o‘zgaruvchan elektr maydoni (kuchlanish) berilganda kvarts plastinkasida mexanik tebranishlar yuzaga keladi. Plastinkaning bu xususiyati teskari pezaeffekt deb ataladi. Plastinkada yuzaga kelayotgan mexanik tebranishlar o‘z navbatida qoplamalariga elektr zaryadlarning to‘planishiga olib keladi va ularning ishorasi mexanik tebranishlar chastotasiga mos ravishda o‘zgarib turadi, natijada plastinka orqali o‘zgaruvchan tok oqadi. Plastinkalar bu xususiyati to‘g‘ri pezaeffekt deb ataladi. Kvarts plastinkasini tutib turgich tebranish konturiga ekvivalent bo‘lib, ularning sxemasi 1.13-rasmda tasvirlangan.

Download 194,36 Kb.
  1   2




Download 194,36 Kb.