|
-mavzu. Yo‘l harakatining asosiy tavsiflariBog'liq 3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari14-mavzu. Yo‘l harakatining asosiy tavsiflari.
Tayanch iboralar: «transport harakatini tavsiflovchi ko‘rsakichlar. Piyodalar harakatini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Harakat miqdori. Harakat tarkibi. Transport va piyodalar oqimining
zichligi.
Xavfsiz harakatni tashkil etishda transport va piyodalar harakatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlarni tadqiq qilish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi.Quyida ular to‘g‘risidagi asosiy
tushunchalarga to‘xtalib o‘tamiz.
Transport vositalarining
harakat miqdori
(jadalligi) - yo‘lning biron-bir ko‘ndalang kesimidan
vaqt birligi ichida o‘tgan transport vositalarining soni (avt/sut yoki avt/soat). Bu ko‘rsatkich
kuzatish va avtomatik usullar bilan o‘lchanishi mumkin.
Kuzatish
(viziual ham deyiladi) usulida harakat miqdori yo‘lning ko‘rsatilgan bo‘lagida bir
yoki bir necha soat davomida hisobchilar yordamida maxsus tayyorlangan blankaga transport
vositalarining o‘tishini belgilash orqali aniqlanadi.Bu usuldan foydalanilganda soha me’yoriy
ko‘rsatmalariga amal qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘pchilik davlatlarda, shuningdek,
O‘zbekistonda ham avtomobil yo‘llaridagi harakat miqdorini kuzatuvchilar orqali aniqlanadi.
Avtomatik
usulda harakat miqdori har xil uslubda ishlaydigan datchiklar yordamida
hisoblanadi. Hozirda bu maqsad uchun quyidagi keng tarqalgan datchiklar ishlatiladi:
Pnevmatik; fotoelektrik; ulqtratovush; mexanik; radiolokatsion; induktiv; elektron; infraqizil
nurli.
O‘zbekiston Respublikasi umum foydalanuvidagi avtomobil yo‘llarida elektron ko‘p kanalli
schetchiklar ASD-5 va uning modifikatsiyalaridan foydalanilgan (engil va og‘ir yuk avtomobillarini
alohida-alohida hisoblash mumkin).
Harakat tarkibi
- transport oqimida har xil transport vositalarining nisbatini belgilovchi
ko‘rsatkich bo‘lib, u foizda yoki ulushda o‘lchanadi. Bu ko‘rsatkich transport oqimining tezligiga
va zichligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shahar ko‘chalarida harakat tarkibining o‘zgarishi quyidagicha:
Yengil avtomobillar 60-80 %; avtobuslar 5-15 %; trolleybuslar 5-10 %; yuk avtomobillari
9-15 %.
Shahar tashqarisidagi umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida harakat tarkibi quyidagicha
qiymatlarga ega bo‘lishi kuzatiladi: Yengil avtomobillar 30-60 %; avtobuslar 2-5 %; yuk
avtomobillari 30-40 %; avtopoezdlar 5-8 %; traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari 5-10 %.
Umuman olganda harakat tarkibining o‘zgarishi avtomobil yo‘lining xalq xo‘jaligida tutgan
ahamiyatiga bog‘liq, masalan, qishloq xo‘jaligidagi ichki yo‘llarda yuk va traktor mashinalari katta
miqdorda bo‘lsa, shahar yo‘llarida uning aksidir. Harakat tarkibini avvalgi ko‘rsatkichga o‘xshab
kuzatish yoki avtomatik usullar yordamida aniqlanadi.
|
| |