|
3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Yo‘l harakatini tavsiflovchi asosiy parametrlar va ularni o‘rganish usullari. Ishning maqsadi
|
Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 15,47 Kb. | | #121562 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot 3
3-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Yo‘l harakatini tavsiflovchi asosiy parametrlar va ularni o‘rganish usullari.
Ishning maqsadi: Xavfsiz harakatni tashkil etishda transport va piyodalar harakatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tadqiq qilish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun “Kichik guruhlarda ishlash” ta’lim texnologiyasidan foydalanamiz.
Quyida ular to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarga to‘xtalib o‘tamiz.
Harakat miqdori(jadalligi) - yo‘lning biron-bir ko‘ndalang kesimidan vaqt birligi ichida o‘tgan transport vositalarining soni (avt/sut yoki avt/soat) - bu ko‘rsatkich kuzatish va avtomatik usullar bilan o‘lchanishi mumkin.
Kuzatish (viziual ham deyiladi) usulida harakat miqdori yo‘lning ko‘rsatilgan bo‘lagida bir yoki bir necha soat davomida hisobchilar yordamida maxsus tayyorlangan blankaga transport vositalarining o‘tishini belgilash orqali aniqlanadi. Bu usuldan foydalanilganda soha me’yoriy ko‘rsatmalariga amal qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘pchilik davlatlarda, shuningdek, O‘zbekistonda ham avtomobil yo‘llaridagi harakat miqdorini kuzatuvchilar orqali aniqlanadi.
Avtomatik usulda harakat miqdori har xil uslubda ishlaydigan datchiklar yordamida hisoblanadi. Hozirda bu maqsad uchun quyidagi keng tarqalgan datchiklar ishlatiladi:
Pnevmatik; fotoelektrik; ultratovush; mexanik; radiolakatsion; induktiv; elektron; infraqizil nurli.
O‘zbekiston Respublikasi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida elektron ko‘p kanallik schetchiklar ASD-5 va uning modifikatsiyalaridan foydalanilgan (yengil va og‘ir yuk avtomobillarini alohida-alohida hisoblash mumkin).
Harakat tarkibi - transport oqimida har xil transport vositalarining nisbatini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u foizda yoki ulushda o‘lchanadi. Bu ko‘rsatkich transport oqimining tezligiga va zichligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shahar ko‘chalarida harakat tarkibining o‘zgarishi quyidagicha: yengil avtomobillar 60-80 %; avtobuslar 5-15 %; trolleybuslar 5-10 %; yuk avtomobillari 9-15 %.
Shahar tashqarisidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida harakat tarkibi quyidagi qiymatlarga ega bo‘lishi kuzatiladi: yengil avtomobillar 30-60 %; avtobuslar 2-5 %; yuk avtomobillari 30-40 %; avtopoezdlar 5-8 %; traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari 5-10 %. Umuman olganda harakat tarkibining o‘zgarishi avtomobil yo‘lining xalq xo‘jaligida tutgan ahamiyatiga bog‘liq, masalan, qishloq xo‘jaligidagi ichki yo‘llarda yuk va traktor mashinalari katta miqdorda bo‘lsa, shahar yo‘llarida uning aksidir. Harakat tarkibini avvalgi ko‘rsatkichga o‘xshab kuzatish yoki avtomatik usullar yordamida aniqlanadi.
Harakat oqimining tezligi - yo‘l bo‘laklari bo‘yicha har xil transport vositalarining tezligini alohida va umuman o‘zgarishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich, o‘lchov birligi m/s yoki km/soat.
Maqsad va vazifalariga qarab tezlik (hisobiy, oniy, aloqa, konstruktiv, texnik tezlik) quyidagi turlarga bo‘linadi:
Hisobiy tezlik - yakka avtomobillarning (xavfsizlik va ustuvorlik sharti bo‘yicha) ob-havoning muqim sharoitida, avtomobil shinasining yo‘l qatnov qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish holatida, yo‘lning eng noqulay ruxsat etilgan elementlariga ega bo‘laklarida mumkin bo‘lgan eng katta tezlikdagi harakatiga aytiladi. Bu tezlik bo‘yicha yo‘lning rejadagi, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimdagi barcha geometrik elementlari loyihalanadi.
Oniy tezlik - aniq kichik masofadagi real yo‘l sharoitidagi haqiqiy tezlik. U yakka avtomobillarning yoki transport oqimining u yoki bu belgilangan qisqa masofadagi (odatda masofa 50, 100, 150, 200 metr belgilanadi) tezligini bildiradi. Bu tezlikdan ma’lum yo‘l bo‘laklarida harakatni tashkil qilishda keng ko‘lamda foydalaniladi.
Topshiriqlar
Transport va piyodalar harakatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar nimalarga bog‘liq?
Harakat miqdori deganda nimani tushunasiz?
Harakat tarkibi qanday aniqlanadi?
Harakat tezligining qanday turlarini bilasiz?
Harakatning oniy tezligini qanday tushunasiz?
Transport oqimining tezligi qanday aniqlanadi?
Transport oqimi zichligi nima?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Yo‘l harakatini tavsiflovchi asosiy parametrlar va ularni o‘rganish usullari. Ishning maqsadi
|