• Dinamometrlashning asosiy sharoitlari
  • Avtomobilning konstruktiv va ekspulatatsion parametrlarini aniqlash




    Download 325,29 Kb.
    bet1/3
    Sana05.12.2023
    Hajmi325,29 Kb.
    #111368
      1   2   3
    Bog'liq
    7-lecture


    AVTOMOBILNING KONSTRUKTIV VA EKSPULATATSION PARAMETRLARINI ANIQLASH.






    Reja:
      1. Avtomobilning konstruktiv parametrlarini aniqlash


      2. Avtomobilning tortish sinovlari
      3. Dinamometrlashning asosiy sharoitlari

      4. Foydalanilgan adabiyotlar






    Avtomobil va traktorni konstruktiv parametrlarini aniqlash

    Konstruktiv parametrlarni aniqlash avtomobillarni dastlabki va qabul sinovlarida amalga oshiriladi.


    Avtomobilnini konstruktiv parametrlarga quyidagilar kiradi: gabarit o’lchamlari, baza, iz, yo’l tirqishi, sig’imlar xajmi, konstruktiv va foydalanish massasi, yurituvchilarga statik yuklama, keraksiz yuk va qo’shimcha jixozlar massasi, yurituvchilarni tuproqqa bo’lgan bosimi, og’irlik markazining koordinatlari.
    Traktorning o’lchamlari uni tuproq tishlagichlari 3 mmdan ortiq chuqurlikka botishga yo’l qo’ymaydigan qoplamasi bo’lgan gorizontal maydonchaga qo’yib aniqlanadi. Maydonchaning qiyaligi 10 dan, yuza notekisliklari balandligi 3 mm dan oshmasligi kerak. Chiziqli o’lchamlarni o’lchash xatoli 0,5% ortiq bo’lmasligi kerak. O’lchashlar uchun o’lchov tasmasi, chizgichlar, etalonlardan foydalaniladi.
    Yo’naltiruvchi g’ildiraklar holati yoki sharnir rama elementlari o’lchashlar vaqtida traktorning to’gri chiziqli xarakatiga mos kelishi; shinalardan bosim traktorni transport sifatida ishlashi uchun tayyorlovchi zavod ko’rsatkich me’yorlarga; agar konstruktsiyada tortish-tirkash qurilmasini rostlash ko’zda tutilgan bo’lsa, o’lchashlar vaqtida uni traktor eng katta va eng kichik gabarit o’lchamlariga ega bo’ladigan holatlarga keltirish kerak bo’ladi. Gabarit o’lchamlarini, baza, iz va yo’l tirqishini pogonasimon o’zgarishida bu parametrlarning traktor konstruktsiyasida ko’zda tutilgan barcha qiymatlarini o’lchash o’tkaziladi. Agar rostlashpogonasiz bo’lsa, berilgan parametrlarning o’zgarish chegaralari aniqlanadi.
    G’ildirakli traktorning bazasi va izi gorizontal o’lchamlarning o’rtacha arifmetik qiymati sifatida xisoblanadi (rasmga qarang):

    L= (l1 +l2 +l3 +l4 )/4; B= (b1 +b2 +b3 +b4 )/4



    Bazani aniqlashda o’lchanayotgan kattaliklar (o’lchamlar) yurituvchilar joylashuvi bo’ylama - tik simmetriya tekisligiga, izini aniklashda esa – unga bo’lgan normalga parallel bo’lishi kerak. O’lchamlar gildirakni tayanch maydonchaga izining konturini ichidan va tashkarisidan yoki 70 mmdan ortik bo’lmagan balandlikda o’lchanadi.
    Yo’l tirkishini o’lchashda traktorga yokilgi kuyilgan, ortikcha yuklar va asboblarni xam ko’shib to’ldirilgan, xaydovchi o’rindigiga 75 kg massali yuk o’rnatilgan bo’lishi kerak. Yo’l tirkishi traktor elementlarining eng past nuktasidan tayanch yuzasigacha bo’lgan masofa sifatida aniklanadi. Bunda tekisliklar bilan chegaralangan zona (doira) tashkarisida joylashgan traktor elementlari xisobga olinmaydi.
    L4

    G’ildirakli traktorning bazasi va izini aniqlash.


    Yo’l tirqishini o’lchash.

    Yoqilg’i quyish sig’imlarining xajmi bo’sh idishga tayyorlovchi zavod tavsiya etgan satxgacha (darajagacha) quyiladigan suyuqlik xajmiga mos keladi. Traktor


    gorizontal maydonchaga o’rnatilgan bo’lishi, maydonchaning mikroprofilini va ruxsat etilgan qiyaligi gabarit o’lchamlarini o’lchashdagi kabi bo’lishi kerak. O’lchash xatoliklari 1 % dan oshmasligi kerak. Yoqilgi bakining ishchi xajmini aniqlashda to’lik quyilgan bakdan sarf shtutseri orqali quyib, (bo’shatib) olingan yoqilgi xajmini o’lchash kerak.
    Traktor massasi avtomobil torozilarida tortib o’lchanadi. O’lchash vaqtida traktor gorizontal bo’lishini ta’minlash kerak. Uning qiyalik burchagi 0,50 dan oshmasligi lozim. Yo’l qo’yiladigan xatolik 0,5% foydalanish massasi qurilmani tuzilishining massasi to’liq to’ldirilgandan baklar, keraksiz yuk, qo’shimcha jixozlar, asboblar va traktorchining massasi (75 kg) yig’indisidan iborat bo’ladi.
    G’ildirakli traktorning yuritgichlariga statik yuklanishni aniqlash uchun navbat bilan xar bir g’ildirakni torozisiga chiqariladi. Zanjirli traktorning o’ng va chap bortlarini navbati bilan torozisida tortiladi. Yerga bo’lgan bosim yakka yuritgichni qattiq asosga o’rtacha shartli bosimi bilan aniqlanadi

    Download 325,29 Kb.
      1   2   3




    Download 325,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobilning konstruktiv va ekspulatatsion parametrlarini aniqlash

    Download 325,29 Kb.