Reja: Deformatsiya turi
15 – ma’ruza (2 soat)
INJENERLIK INSHOOTLARNI GEODEZIK KUZATISHLAR
Reja:
1.Deformatsiya turi
2.Deformatsiya asboblari
3.Siljish parametrlari
Deformatsiya turlari. Inshootlar deformatsiyasi ularning poydevoriga va inshootning o‘ziga turli xil tabiiy va texnogen faktorlar ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi. Asosan inshoot va binolar deformatsiyasi ular poydevoridagi tuproq qatlamining xarakatiga boqliq. Bu xarakatlar tik xolatda va gorizontal xolatda yuzaga kelishi mumkin.
Poydevorlarning tik deformatsiyasi quyidagilarga bo‘linadi:
CHo‘kish-deformatsiyalar, poydevor tagidagi tuproqning tashqi ta’sir va alohida xolatlarida tuproqning o‘z oqirligi ta’sirida zichlanishi natijasida yuzaga keladi va bunda tuproq strukturasi tubdan o‘zgarmaydi.
Siqilish deformatsiyalari, tuproqning zichlanishi natijasida yuzaga keluvchi va tashqi ta’sir sababli tuproq strukturasi tubdan o‘zgarishiga olib keladi, masalan, tuproqning namlanishi, muzlangan tuproqning erishi va hokazolar;
Burtish deformatsiyalari, tuproq qatlamiga turli ximiyaviy moddalar ta’sirida yoki uning namligi, xarorati o‘zgarishi natijasida tuproq xajmining o‘zgarishi;
O‘tirish deformatsiyalari, er osti qazilma boyliklarini qazib olish, gidrogeologik sharoitning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Poydevor cho‘kishining matematik xarakteristikasi poydevorning boshlanqich va cho‘kish sodir bo‘lgandan keyingi tekisliklari oraliqidagi tik kesma bilan ifodalanadi.
Agarda bu kesmalar inshoot poydevorining barcha burchaklarida teng bo‘lsa bunday cho‘kish bir tekisda cho‘kish deyiladi, agarda kesimlar teng bo‘lmasa notekis cho‘kish xisoblanadi. SHunday qilib bir tekisda cho‘kish inshootning barcha qismiga bo‘lgan tashqi muxit ta’siri bir xilda bo‘lgan, hamda poydevor tagidagi toq jinslarining bir xilda siqilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bu xolat amalda kam uchraydi.
Notekis cho‘kishlar inshoot qismlariga turli xil ta’sir ko‘rsatilish va tuproqning turlicha siqilishi natijasida yuzaga keladi va bu xolat bino va inshootlarni oqishiga, egilishi va boshqa xil o‘zgarishlariga olib keladi. Bu o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lganda bino poydevorlari va devorlarida yorilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Inshootning o‘z oqirligi natijasida sodir bo‘ladigan cho‘kishlar tuproq qatlamining siqilib borishi natijasida ma’lum vaqtda keyin to‘xtaydi.
Bunda odatdagiday, qumli tuproqlarda cho‘kish katta tezlikda xarakatlanadi va tez to‘xtaydi. Loy tuproqli joylarda esa teskari xolatda, ya’ni sezilarli bo‘lmagan tezlikda boshlanib, ko‘p yillar davomida tugamaydi.
Bir tomonlama kuch ta’sirida (masalan, suv bosimi) inshootlarining gorizontal siljishi sodir bo‘ladi.
Bino va poydevorlarning birgalikdagi siljishi quyidagi parametrlar orqali ifodalanadi:
a) alohida poydevor yoki qurilish blokining to‘liq cho‘kishi S;
b) bino va inshootlar poydevorining o‘rtacha cho‘kishi Sur ;
v) poydevor nuqtalarining notekis cho‘kishi S;
g) nisbiy notekis cho‘kish , ya’ni poydevor ikki nuqtasi orasidagi cho‘kish farqini nuqtalar orasidagi masofaga nisbati;
d) poydevor nishabligi i; ya’ni cho‘kish farqi S ni poydevor eni yoki uzunligi nisbati. Poydevor nishabligi inshootning oqishiga (kren) olib keladi.
e) inshootning burilish burchagi x;
j) inshootning gorizontal siljishi u.
Deformatsiyani kuzatish inshoot qurilishi boshlangan vaqtdan, to undan foydalanishning birinchi yillargacha davom ettiriladi. Bunda kuzatish bosqichlari bir oraliqlarda olib borilishiga xarakat qilinadi. Bino va inshootlar poydevorlari va konstruksiyalarining siljishi va cho‘kishini geodezik kuzatish maxsus texnikaviy vazifaga binoan bajariladi. U erda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) bino va inshootlarning kuzatilishi kerak bo‘lgan qismlari;
b) boshlanqich reperlar va cho‘kish markalarining joylashishi;
v) kuzatish davriyligi;
g) talab qilingan aniqligi;
d) xisobot xujjatlarining ro‘yxati.
Poydevor va binolar deformatsiyasi kuzatish natijalari, bino va inshootlarning qanchalik mustaxkamligi aniqlashga, hamda cho‘kish sodir bo‘lishini oldini olishga imkon beradi.
Deformatsiya sabablari. YUqorida ko‘rsatilgandek, poydevorlar deformatsiyasi unga tabiiy va texnogen faktorlar ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Tabiiy faktorlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
1) toq jinslarining turli xil injener-geologik va gidrogeologik xodisalarga moyilligi;
2) toq jinslarining sovuqda muzlash va muzlangan jinslarning erishi;
3) gidrometrik sharoitning o‘zgarishi, ko‘p yillik xarorat, namlik va er osti suvi satxining o‘zgarishi.
Texnogen faktorlarga quyidagilar kiritiladi:
1) inshootning o‘z oqirligi ta’siri;
2) er osti suvlarining sun’iy ravishda ko‘tarilish va pasayishi sababli toq jinslarining xususiyatini o‘zgartirish;
3) er osti ishlari natijasida pofdevorning zaiflashishi;
4) binoga qo‘shimcha qavat qurilishi yoki yonidan yangi bino barpo etilishi natijasida, poydevorga bo‘lgan bosim (kuch) o‘zgarishi;
5) turli xil agregatlar, ishlashi transportlar xarakati sababli poydevor tebranishi.
SHular bilan birga inshoot deformatsiyasiga poydevor shakli, o‘lchamlari va mustaxkamligi ham ta’sir qiladi.
Geometrik nivelirlash usuli. Ko‘pgina bir xil andazali inshootlar poydevorlari cho‘kishini kuzatish aniqligi I yoki II guruh nivelirlash uslubi yordamida ta’minlanadi.
Faqatgina ayrim xollardagina cho‘kishni aniqlashda yuqori aniqlikda nivelirlashning maxsus usullari qo‘llaniladi.
Nivelirlashning I guruh uslubi yordamida poydevor cho‘kishini aniqlash asbobning ikki gorizontida, to‘qri va teskari yo‘nalishda, yuqori aniqlikdagi nivelirlar H-05 va Ni 002 yordamida bajariladi. Nivelirlashda invarli reyka qo‘llanildi.
Nivelirlash yo‘li boshlanqich (asos) reperdan boshlanib shu reperda yoki boshqa reperda tugaydi. Vizirlash nuri uzunligi 25 m dan oshmasligi, uning er yuzasidan yoki poldan balandligi 0,8 m dan kichik bo‘lmasligi kerak. Ayrim hollarda, vizirlash nuri uzunligi 15 m dan oshmaganda nurning balandligi 0,5 m bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Nivelirlash tashqi muxit qulay va reyka shtrixlari tasviri etarlicha aniq ko‘rinadigan sharoitda amalga oshiriladi.
Inshoot ichkarisida joylashgan markalarga otmetka uzatish deraza va eshik tirqishlari orqali uzatiladi. Issiq va sovuq xavo oraliqida nivelirlash rnatish tavsiya etilmaydi. Nivelirning i burchak qiymati 20” dan katta bo‘lmasligi, stansiyalardagi elka uzunligi farqi esa 0,4 m dan oshmasligi kerak.
YOpiq nivelirlash yo‘lidagi elka tengsizliklari yiqindisi 2 m gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Ikkita asbob gorizontidan olingan nisbiy balandliklar farqi 0,8 mm dan oshmasligi kerak.
YUqori aniqlikda nivelirlashda stansiyada nisbiy balandlikni o‘lchash xatoligi 0,1 mm ni tashkil etadi, nivelir yo‘li yoki poligonlar boqlanmaslik cheki, quyidagi formula yordamida hisoblangan qiymatdan oshmasligi kerak.
fhl(mm)= 0.3 (26.1)
bu erda n- stansiyalar soni.
Reperlar otmetkasini fasillardagi harorat o‘zgarishi sezilarli darajada o‘zgartiradi. SHuning uchun fundamental reperlarning kuzatilayotgan poydevor bilan bir xil xaroratda bo‘lishga harakat qilinadi.
Ko‘pgina sanoat inshootlarini kuzatishda nivelirlashning II guruh uslubi qo‘llaniladi. Uni H-1, H-2 va Ni 007 turdagi nivelirlar yordamida bajariladi.
Nivelirlash bitta asbob gorizontida, to‘qri va teskari yo‘nalishda amalga oshiriladi. Vizirlash nuri balandligi er yuzasi yoki poydevordan 0,5 m dan kichik bo‘lmasligi kerak. Nivelirdan reykalargacha bo‘lgan masofalar farqi 1 m dan katta bo‘lmasligi, yopiq yo‘l uchun ularning yiqindisi 3-4 m dan katta bo‘lmasligi kerak. Vizir chiziqi uzunligi 30 m dan oshmasligi kerak.
YOpiq poligondagi yoki I – guruh punktlari orasidagi yo‘l qo‘yarli boqlanmaslik quyidagicha hisoblanadi.
fhl(mm)=1,0 (26.2)
bu erda n- stansiyalar soni.
Er inshootlari, hamda kuchli siqiladigan tuproqlarda barpo qilinadigan inshootlar cho‘kishini kuzatish III-guruh nivelirlash uslubida bajarilishi mumkin. Bunda H3 va Ni 007 turdagi nivelirlar va ikki tomonlama santimetr bo‘lakli reyka qo‘llaniladi. Nivelirlash ikkita asbob gorizontida, bitta yo‘nalishda bajariladi. Vizirlash nuri uzunligi 40 m dan oshmasligi kerak. Vizir chiziqi balandligi 0,3 m dan kichik bo‘lmasligi, nivelirdan reykalargacha bo‘lgan masofalar farqi 2 m dan oshmasligi, ularning nivelirlash yo‘lidagi yiqindisi esa 5 m dan oshmasligi kerak. Nivelir yo‘lining boqlanmaslik cheki quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
fhl(mm)=2,0 (26.3)
bu erda n- stansiyalar soni.
O‘lchash natijalarini qayta ishlash. Odatdagiday, nivelirlash aniqligini baholash natijalariga va tenglashtirishdan olingan tuzatmalarga asosan oshiriladi.
Stansiyadagi nivelirlashning o‘rta kvadratik xatoligi quyidagicha hisoblanadi.
mhcm= (26.4)
bu erda d-stansiyadagi ikkilangan o‘lchashlar farqi;
n- nivelir tarmoqidagi teng aniqlikdagi farqlarning soni.
YOpiq nivelirlash poligoni yoki yo‘llarining bitta stansiyasida mhct va bir kilometrda ηkm nisbiy balandlik xatoligi quyidagicha hisoblanadi
mhct= (26.5)
va
km= mhct ,
bu erda fh- poligondagi yoki yo‘ldagi boqlanmaslik;
n- nivelirlash stansiyalari soni; N-poligonlar yoki yo‘llar soni; -poligonlar yoki yo‘llar uzunliklari yiqindisi.
Tenglashtirish natijalariga asosan 1 km yo‘lning o‘rta kvadratik hatoligi
km= (26.6)
bu erda N- tarmoqdagi barcha tomonlar soni;
r-tugun nuqtalar soni;
r-yo‘l vazni
-tenglashtirishdan olinadigan tuzatma.
O‘lchash aniqligi baholangandan va tenglashtirilgandan keyin cho‘kish markalarining otmetkalari H hisoblanadi va cho‘kish bo‘yicha jadval tuziladi. Bunda quyidagilar aniqlanadi:
Oxirgi ikkita kuzatish sikli ( j – 1 va j ) orasidagi cho‘kish qiymati S.
S( j-1)=H1 – Hj-1 ; (26.7)
Dastlabki kuzatuvdan boshlab cho‘kishlar yiqindisi
S j= Hj – H0 ; (26.8)
poydevor nishabligi
i1,2 = (26.9)
bu erda l1,2 - poydevordagi 1 va 2 nuqtalar orasidagi masofa;
poydevor o‘qi bo‘ylab simmetrik egilish qiymati
f = (26.10)
va nisbiy egilish
fnis (26.11)
bu erda S 1 va S3 poydevor o‘qidagi chekka markalar cho‘kishi;
S2 – o‘rtadagi markalarning cho‘kishi; l1,3 – chekka markalar 1 va 3 orasidagi masofa;
CHo‘kishning o‘rtacha oylik yoki o‘rtacha yillik cho‘kish tezligi (N marka uchun)
= (26.12)
bu erda t – oylarda yoki yillarda ifodalangan vaqti;
SN – shu vaqt mobaynidagi cho‘kishlar yiqindisi.
Barcha inshoot uchun o‘rtacha cho‘kish tezligi
ur= , (26.13)
bu erda r – kuzatilayotgan markalar soni.
CHo‘kish jarayonini aniq ko‘rsatish uchun bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlar bo‘ylab profil tuziladi (14 – rasm) poydevor markalarining birgalikdagi grafiklari (15 – rasm), harakat va er osti suvlarining o‘zgarish grafiklari tuziladi.
CHo‘kish va poydevorlarda yoriqlar paydo bo‘lshini aniq tasavvur qilish uchun poydevor va er osti suvlarining haroratini kuzatish natijalariga ega bo‘lish kerak bo‘ladi.
http://fayllar.org
|